scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SARATONGA QARSHI KURASHDA AXBOROT-TEXNOLOGIK YECHIMLARNING JAMOAT SALOMATLIGIDAGI AHAMIYATI

Ko'ziboyev, Sarvar; Eshbayeva, Kamila

Abstract

Mazkur maqolada onkologik kasalliklarga qarshi kurashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) o‘rni va ularning jamoat salomatligi tizimidagi samaradorligi tahlil qilinadi. Elektron sog‘liqni saqlash tizimi, telemeditsina, sun’iy intellekt asosidagi diagnostika va aholining xabardorligini oshiruvchi raqamli platformalar orqali saraton kasalliklarini erta aniqlash hamda profilaktika choralarini kuchaytirish masalalari yoritilgan.

Full text

32 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns SARATONGA QARSHI KURASHDA AXBOROT-TEXNOLOGIK YECHIMLARNING JAMOAT SALOMATLIGIDAGI AHAMIYATI Ko’ziboyev Sarvar Qarshiboy o’g’li [email protected] Eshbayeva Kamila Uralovna https://orcid.org/0009-0002-6660-597X Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.17616039 Annotatsiya: Mazkur maqolada onkologik kasalliklarga qarshi kurashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) o‘rni va ularning jamoat salomatligi tizimidagi samaradorligi tahlil qilinadi. Elektron sog‘liqni saqlash tizimi, telemeditsina, sun’iy intellekt asosidagi diagnostika va aholining xabardorligini oshiruvchi raqamli platformalar orqali saraton kasalliklarini erta aniqlash hamda profilaktika choralarini kuchaytirish masalalari yoritilgan. Kalit so‘zlar: jamoat salomatligi, onkologiya, axborot texnologiyalari, telemeditsina, sun’iy intellekt, profilaktika, sog‘liqni saqlash tizimi. Annotatation: This article analyzes the role of information and communication technologies (ICT) in the fight against oncological diseases and their effectiveness in the public health system.The issues of early detection of cancer and strengthening preventive measures through electronic health systems, telemedicine, artificial intelligence-based diagnostics, and digital platforms that raise public awareness are highlighted. Keywords: public health, oncology, information technology, telemedicine, artificial intelligence, prevention, healthcare system Аннотация:В статье анализируется роль информационно-коммуникационных технологий (ИКТ) в борьбе с онкологическими заболеваниями и их эффективность в системе здравоохранения.Освещены вопросы раннего выявления онкологических заболеваний и усиления профилактических мер с помощью электронных систем здравоохранения, телемедицины, диагностики на основе искусственного интеллекта, цифровых платформ, повышающих осведомленность населения. Ключевые слова: общественное здравоохранение, онкология, информационные технологии, телемедицина, искусственный интеллект, профилактика, ,система здравоохранения. Saratonga qarshi kurash bugungi kunda global jamoat salomatligining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda dunyo bo‘yicha 19 milliondan ortiq yangi saraton holatlari qayd etilgan. Zamonaviy tibbiyotda axborot texnologiyalarining joriy etilishi onkologik kasalliklarni erta aniqlash, profilaktika, ma’lumotlar monitoringi va bemorlarni kuzatishda muhim o‘rin tutmoqda2,3. Axborot-texnologik yechimlarning jamoat salomatligidagi o‘rnini ko’rib chiqadigan bo’lsak, axborot texnologiyalari sog‘liqni saqlash tizimida quyidagi asosiy yo‘nalishlarda samarali qo‘llanilmoqda. Masalan, Elektron sog‘liqni saqlash (e-health) yani bemor ma’lumotlarini yagona elektron bazada saqlanishini aytadigan bo’lsak. Bugungi kunda respublikamizda Sog’liqni saqlash Vazirligining 2025 yil 19 martdagi «Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida tibbiy hisob hujjatlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish to‘g‘risida»gi 70-sonli buyrugiga muvofiq olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini raqamlashtirish uchun ishlab chiqilgan yagona DMED tibbiyot tizimi joriy etilgan. U bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun tibbiy xizmat sifatini optimallashtirish va yaxshilash uchun keng qamrovli yechim taklif etadi. Bunda kasalliklarni erta aniqlash va kuzatishning osonlashishi, takroriy tahlillar sonini kamayishi, shifokorlar o‘rtasida hamkorlik yaxshilanishi, jamoat salomatligi statistikasi real vaqt rejimida shakllanishi va xavfsiz, ekologik va tezkor ma’lumot aylanishini ta’minlaydi 1. O’sma kasalliklarini erta aniqlash, sifatli kuzatuv va reabilitatsiya qilish uchun telemeditsina imkoniyatlaridan foydalanish — zamonaviy jamoat salomatligining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Telemeditsina onkologiya sohasida masofaviy tibbiy maslahatlar, diagnostika, ma’lumot almashish va bemor monitoringini osonlashtiradi. Telemeditsina esa uzoq hududlarda yashovchi bemorlarning onkolog bilan masofadan maslahatlashish imkoniyatini beradi. 2023-yildan boshlab “Telemeditsina markazlari” tashkil etilgan. “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimi doirasida onkologiya yo‘nalishida pilot 33 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns telekonsultatsiyalar o‘tkazilmoqda. Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va Buxoro viloyatlarida masofaviy onkologik maslahatlar yo‘lga qo‘yilgan. Saratonga qarshi kurashda axborot-texnologik vositalaridan yana bittasi bu sun’iy intellektdir5,6. Sun’iy intellekt (AI) algoritmlar, xususan, kompyuter tomografiyasi (KT), magnit-rezonans tomografiya (MRT) va mamografiya tasvirlarini tahlil qilishda keng qo‘llanilmoqda. Masalan, Google Health kompaniyasi ishlab chiqqan AI-model sut bezlari saratonini 94% aniqlik bilan aniqlay oladi. Bunday texnologiyalar O‘zbekistonda aholi skrining dasturlariga integratsiya qilinsa, saraton holatlarini erta bosqichda aniqlash imkoniyati oshadi. Yani, tashxisni aniqlik bilan qo‘yish, SI yordamida patologik namunalar (biopsiya), genetik testlar va tasviriy diagnostika natijalari tahlil qilinadi. Masalan, IBM Watson for Oncology tizimi bemorning tibbiy tarixini o‘rganib, eng maqbul davolash usullarini tavsiya etadi. Bu jarayon inson omilidan kelib chiqadigan xatolarni kamaytiradi va tashxis sifatini oshiradi. Davolashni rejalashtirish va monitoring soxasida SI asosida yaratilgan dasturlar bemor uchun individual davolash rejasi ishlab chiqadi. Telemeditsina orqali uzoq hududlardagi bemorlar uchun onkolog-mutaxassislar masofadan maslahat berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Jamoat salomatligida qo‘llanishi bo’yicha sun’iy intellekt epidemiologik ma’lumotlarni tahlil qilish orqali hududiy saraton kasalliklari statistikasi, xavf omillari va resurslar taqsimotini avtomatik aniqlaydi. Mobil ilovalar va onlayn platformalar: aholi orasida saraton xavfi, sog‘lom turmush tarzi va skrining dasturlari haqida xabardorlikni oshiradi. Bu esa sog‘liqni saqlash boshqaruvchilari uchun maqsadli profilaktika dasturlarini ishlab chiqishga yordam beradi3,4. Saratonga qarshi kurashda axborot-texnologik yechimlar jamoat salomatligi tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Ular diagnostika, profilaktika va tibbiy xizmat sifatini yaxshilash bilan birga, aholining xabardorligini oshiradi hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi. References: 1. Sog’liqni saqlash Vazirligining 2025 yil 19 martdagi «Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida tibbiy hisob hujjatlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish to‘g‘risida»gi 70-sonli buyrugi. 2. Ministry of Health of the Republic of Uzbekistan. e-Health Implementation Report, 2023. 3. Park S., Kim J. “Digital Health Innovations in Cancer Prevention.” Public Health Journal, 2022. 4. Karimova N., Muminov S. “Axborot texnologiyalarining sog‘liqni saqlashdagi roli.” Tibbiyot va jamoat salomatligi jurnali, 2024. 5. Трофимов В. В. и др. ИНФОРМАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ. – 2009. 6. Информационные технологии в медицине. 2011-2012» / Под ред. Г.С. Лебедева и Ю.Ю. Мухина.