2025 AUGUST NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 8 91 XORIJIY TILLARNI O‘QITISH METODIKASI – INNOVATSIYA VA ISTIQBOLLAR Azizova Durdona Odiljon qizi e-mail:
[email protected] Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti, Toshkent, 100149, O‘zbekiston Respublikasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17616013 Annotatsiya: Ushbu maqolada chet tillarini boshlang‘ich ta’limda yangicha zamonaviy innovatsion usullarda dars o‘tib, tez va oson metodikalar qo‘llagan holda o‘rgatish. Boshqa fanlarni chet tillari bilan bog‘lab, innovatsion darslarni tashkillashtirish, hamda chet tilida muloqot qilish metodikasini maktabgacha ta’lim sohasida qo‘llab ko‘rish metodlari, ko‘proq ochiq darslar tashillashtirish, o‘quvchi yoshlarni o‘zlari xoxlagan chet tilini tanlab o‘qib, o‘rganib hamda chet el bilan hamkorlikda o‘quvchi yoshlarni yoki talabalarni almashish choratabdirlarini tashkillashtirish, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi zamon bilan hamnafas holda doimiy ravishda takomillashib bormoqda. Texnologik taraqqiyot, pedagogik yondashuvlar va innovatsion usullar orqali til o‘rganish jarayoni yanada samarali bo‘lishiga erishilmoqda. Maqolada xorijiy tillarni o‘qitish metodikasidagi asosiy innovatsiyalar va kelajak istiqbollari haqida qisqacha ma’lumot keltirilgan. Kalit so‘zlar: Chet tillari, rus tili, ingliz tili, turk tili, arab tili, til va ifoda, nutq, lingvistika, maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, ona-tili, innovatsion metodika, kommunikativ yondashuv, Duolingo, Babbel, Memrise kabi ilovalar, kreativlik, sun’iy intellekt va robotlar yordamida o‘qitish, tilshunoslik. Kirish. Hozirgi zamon, davr talabi albatta o‘quvchi yoshlarning xorijiy tillarni yana mustahkamlab o‘z ona tilidek o‘rganib dunyo bilan hamnafaslikda ish olib borish, bilim va ko‘nikmalarini almashinish bilan hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yilib kelinmoqda. Boshlang‘ich ta’lim va maktabgacha ta’lim yo‘nalishlarida albatta xorijiy tillarni o‘rgatish ularning chet tillariga yanada qiziqishini ortiribgina qolmay, chet davlatlar bilan hamkorlikda ish olib borishga ham yo‘l ochadi. Hozirda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rus tili, ingliz tilida turli xil metodlar qo‘llanilib ish yuritilmoqda bu bolalarga juda yoqib chet tillarini o‘rganishini, yanada tez va oson qilib bermoqda. Ta’lim sohasida albatta katta rol o‘ynaydigani bu chet tillarini maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, o‘rta-maxsus ta’lim hamda oliy ta’limda darslik sifatida dars o‘tib, olib borish eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Maktablarda darslik qilib o‘tilayotgan arab tili, ingliz tili va rus tillari o‘quvchi yoshlar o‘rtasida turli xil chet davlatlardagi fanlar va sport bo‘yicha musobaqalarda qo‘rqmasdan qatnasha olish imkonini yaratib bermoqda, bu esa o‘quvchi yoshlar uchun eng katta yutug‘lardan biri hisoblanada. Chet tiliga talab yanada ortib bormoqda. Shu jumladan oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda til sertifikatlari ancha qo‘l kelmoqda. Bakalavrni tugatib magistraturaga o‘qishga hujjat topshirmoqchi bo‘lib yurgan talaba yoshlar uchun turk va ingliz tili bo‘yicha til bilish sertifikati ham eng muhim kerakli hujjatlardan biri hisoblanadi. Buning qanday foydasi bor degan savol tug‘uladi? Masalan siz magistraturaga o‘qishga topshirmoqchisiz imtihondan o‘tish ballidan ham pasroq ball oldingiz, sizning tili bilish sertifikatingiz qo‘shimcha ball hisoblanib, olgan ballingizga qo‘shilib, magistraturaga o‘qishga kirishingiz mumkin. Chet tillarini o‘rgatish va o‘rganishning zamonaviy o‘qitish metodlari mavjud.
2025 AUGUST NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 8 92 Zamonaviy o‘qitish metodlari: Kommunikativ yondashuv; bu metod tilni jonli muloqot vositasi sifatida o‘rgatishga asoslanadi. Grammatik qoidalarga emas, balki nutqni tabiiy shaklda rivojlantirishga e’tibor beriladi. Kommunikativ yondashuv – bu til o‘qitishning zamonaviy va samarali metodlaridan biri bo‘lib, u o‘quvchilarning real hayotda tilni qo‘llash qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Ushbu yondashuv an’anaviy grammatik qoidalar va tarjima asosida o‘qitish usullaridan farqli ravishda, o‘quvchini faol muloqotga jalb qilishga asoslanadi. Til muloqot vositasi—bu metod tilni grammatik qoidalar majmui sifatida emas, balki jonli muloqot vositasi sifatida ko‘rib chiqadi. O‘quvchilar tilni real hayotda ishlatishni o‘rganadilar. Faol ishtirok va mashqlar—o‘quvchilar dars davomida doimiy ravishda suhbatlarda, ro‘znomalar tuzishda, muhokamalarda va amaliy mashqlarda qatnashadilar. Kontekst va muhit— o‘rganilayotgan til real hayotiy vaziyatlar orqali o‘rgatiladi: savdo qilish, suhbatlashish, yo‘l so‘rash kabi vaziyatlar yaratilib, o‘quvchilar amaliy tajriba orttiradilar. Xato qilish – tabiiy jarayon—o‘quvchilarning xatolarini doimiy tuzatish emas, balki ularning tabiiy nutq shakllanishiga imkon berish muhimdir. Xatolar orqali o‘rganish prinsipi ishlaydi. To‘liq til sho‘ng‘ishi—til muhitiga to‘liq kirib borish orqali o‘quvchilar tilni tabiiy shaklda o‘zlashtiradilar. Misol uchun, o‘quvchini tilga boy muhitga joylashtirish yoki butun dars jarayonini faqat o‘rganilayotgan tilda olib borish. Rol o‘yinlari—o‘quvchilar real hayotiy vaziyatlarni sahnalashtirish orqali tilni jonli mashq qiladilar. Masalan, do‘konda xarid qilish, mehmon kutish yoki rasmiy uchrashuvni tasvirlash. Muammo asosida o‘rganish —o‘quvchilar muammoli vaziyatlar ustida ishlash orqali tilni o‘rganadilar. Suhbat va muhokamalar—talabalar guruhlar yoki juftliklar shaklida mavzular bo‘yicha suhbatlashadilar, fikr almashadilar va bir-birlarini tinglab, til o‘rganishni kuchaytiradilar. Interaktiv texnologiyalar—mobil ilovalar, chatbotlar, sun’iy intellekt bilan ishlaydigan dasturlar o‘quvchilarga tilni muloqot orqali o‘rganish imkoniyatini beradi. Kommunikativ yondashuvning afzalliklari: Tabiiy nutq shakllanadi – O‘quvchilar real hayotda kerakli bo‘lgan iboralarni ishlatishni o‘rganadilar. Xatolardan o‘rganish imkoni – Grammatik kamchiliklarga haddan ortiq e’tibor bermasdan, nutq shakllanadi. Tilni amaliy qo‘llash – Til faqat yozma emas, balki og‘zaki muloqot vositasi sifatida rivojlantiriladi. O‘quvchilar amaliy vazifalar bajarish orqali til o‘rganish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladilar. Misol uchun, real hayotga mos keladigan topshiriqlar (savdo qilish, yo‘l so‘rash, rasmiy hujjatlar tayyorlash) bajariladi. Task-Based Learning – bu xorijiy til o‘qitishda zamonaviy va innovatsion metod bo‘lib, o‘quvchilarni real hayotiy vazifalar orqali til o‘rganishga undaydi. Ushbu metod o‘quvchilarni faqat grammatik qoidalarni yodlashdan ko‘ra, tilni amaliy qo‘llashga va faol muloqotga jalb qilishga yo‘naltiradi. Amaliy vazifalar orqali o‘rganish—o‘quvchilarga real hayotga mos keladigan topshiriqlar beriladi va ular ushbu topshiriqlarni bajarayotgan vaqtida tilni tabiiy ravishda o‘rganadilar. Muloqot markazda turadi—til grammatik qoidalar asosida emas, balki muloqot qilish orqali o‘zlashtiriladi. O‘quvchilar og‘zaki yoki yozma vazifalarni bajarish orqali til ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. O‘quvchilar faol ishtirok etadi—o‘quvchilar dars jarayonida mustaqil fikrlashga va o‘z topilmalarini ifodalashga undaladi. O‘qituvchi esa yo‘lyo‘riq ko‘rsatib, o‘quvchilarga ko‘mak beradi. O‘quvchilarga vazifa tushuntiriladi va kerakli til ko‘nikmalari beriladi. Vazifa konteksti keltirib chiqiladi (masalan, mehmon kutish yoki xarid qilish vaziyatlari).
2025 AUGUST NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 8 93 Vazifani bajarish bosqichi (Task Stage) O‘quvchilar berilgan topshiriqni mustaqil yoki guruhda bajaradilar. Bu bosqichda o‘qituvchi faqat kuzatuvchi bo‘lib, o‘quvchilarni erkin fikrlashga undaydi. Tahlil va fikr-mulohaza bosqichi (Post-Task Stage) O‘quvchilarning ishi tahlil qilinadi va til jihatidan takomillashtiriladi. Til qoidalari o‘quvchilar bajargan vazifalar asosida tushuntiriladi. Task-Based Learning usullaridan misollar: Savdo qilish topshirig‘i – O‘quvchilar do‘konda xarid qilish senariysi asosida tilni o‘rganadilar. Intervyu tayyorlash – O‘quvchilar birbirlaridan ma’lumot olib, suhbat tuzadilar. Sayohat rejasini tuzish – O‘quvchilar chet elga sayohatni rejalashtiradi va kerakli so‘z va iboralarni o‘zlashtiradilar. Task-Based Learningning afzalliklari: Tilni tabiiy o‘rganish – Grammatikadan ko‘ra, amaliy tajribaga asoslangan o‘rganish shakllanadi. Muloqotni rivojlantirish – O‘quvchilar tilni mustaqil fikrlash va muloqot qilish orqali o‘zlashtiradilar.O‘quvchilarning faolligi – Til o‘rganish jarayoni qiziqarli va interaktiv bo‘ladi. Immersion metodining afzalliklari: Tez va samarali til o‘rganish – O‘quvchilar tabiiy muhitda tilni amaliy ravishda o‘zlashtiradilar. Grammatikadan ko‘ra nutqqa e’tibor berish – Tilni jonli ishlatish orqali muloqot ko‘nikmalari rivojlanadi. O‘z-o‘zini majburlash tamoyili – O‘quvchi doimiy ravishda tilga duch kelgani uchun uni o‘zlashtirish jarayoni tezlashadi. Tilga qiziqishni shakllantirish—Yosh bolalar uchun o‘yin usullari, vizual materiallar va interaktiv mashqlar yordamida chet tiliga qiziqishni oshirish muhimdir. Ochiq darslar va tajriba asosida o‘rgatish—Bolalar uchun ochiq darslarni ko‘paytirish, o‘z tajribalarini baham ko‘rish va mustaqil ravishda til o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish. Boshqa fanlarni chet tillari bilan bog‘lash—Matematika, tarix, fan va boshqa fanlarni chet tili asosida o‘qitish orqali til o‘rganishni tabiiy ravishda jadallashtirishga erishiladi. O‘quvchilar uchun til tanlash erkinligini ta’minlash—Har bir o‘quvchi o‘z qiziqishiga qarab xorijiy tilni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Bu tilga bo‘lgan ishtiyoqni oshiradi va samarali natijalarga olib keladi. Talabalar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish—Chet davlatlar bilan hamkorlik orqali talabalar almashinuvini tashkillashtirish, ularni xorijiy til muhitiga moslashtirish va xalqaro tajriba orttirishiga imkon yaratish. Nutq va lingvistika bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lib, inson tafakkuri, muloqot madaniyati va tilshunoslik ilmiy tadqiqotlarining muhim yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Nutq insonning fikrlarini og‘zaki va yozma shaklda ifodalash vositasi bo‘lsa, lingvistika esa tilning tuzilishi, rivojlanishi va qo‘llanilish qonuniyatlarini o‘rganadi. Nutqning asosiy tamoyillari—Nutq odamlar o‘rtasida ma’lumot almashish, fikr bildirish va hissiyotlarini ifodalash uchun asosiy vosita hisoblanadi. U quyidagi elementlardan iborat: Fonetik jihat – Nutq tovushlar tizimi, talaffuz va intonatsiyaga asoslanadi. Leksik jihat – So‘z boyligi va lug‘at tarkibi nutqning boyligiga ta’sir qiladi. Grammatik tuzilish – So‘zlarning bir-biriga bog‘lanishi va gap tuzilishi. Semantik mazmun – So‘z va gaplarning ma’nosi, fikrning to‘g‘ri ifodalanishi. Pragmatik jihat – Nutqning qo‘llanilishi va suhbatdoshga ta’sir qilish usuli. Lingvistika va uning asosiy yo‘nalishlari— Lingvistika inson nutqining tuzilishini, tilning rivojlanishini va qo‘llanish xususiyatlarini o‘rganuvchi fan bo‘lib, quyidagi asosiy yo‘nalishlarga bo‘linadi: Fonetika-Til tovushlarining
2025 AUGUST NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 8 94 o‘ziga xosligi, talaffuz qonuniyatlari va nutq akustikasi bilan shug‘ullanadi. MorfologiyaSo‘zlarning tuzilishi, shakllanishi va grammatik elementlari o‘rganiladi. Sintaksis-So‘zlarning gap tarkibida qanday joylashishi va bog‘lanishi tahlil qilinadi. Semantika-So‘z va iboralarning ma’nosi, ularning fikrni ifodalashdagi roli o‘rganiladi. Pragmatika-Tilning ijtimoiy jihati, nutqning suhbatdoshga ta’siri, kommunikativ uslublar tahlil qilinadi. Til va nutq insonning o‘zini ifodalash vositasi bo‘lib, jamiyat rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Lingvistika esa til madaniyatining rivojlanishiga hissa qo‘shib, uning ilmiy o‘rganilishini ta’minlaydi. Tilning paydo bo‘lishi insoniyat, jamiyat rivoji bilan uzviy bog‘liq. Insoniyat jamiyatdan uzilib, yolg‘iz holda yoki hayvonlar orasida yashagan bolaning tili qanday chiqishini tasavvur qilish qiyin emas. Ota-ona o‘zbek bo‘lgan bolakay go‘daklikdan turklar orasida yashasa, uning tili o‘zbek emas, turkcha chiqishi tabiiy. Til o‘z-o‘zidan nasldan-naslga o‘tmaydi. Nasldan-naslga uning tashqi ko‘rinishi o‘tishi mumkin, lekin tili o‘tmaydi. Arab va forscha so‘zlar tilimizda ko‘p bo‘lsa-da, o‘zbek tili qon-qarindoshligi geneologik jihatdan turkiy tillar oilasi guruhiga mansub. Til va ifoda inson tafakkurining eng muhim elementlaridan biri bo‘lib, u fikr almashish, muloqot qilish va madaniy merosni uzatishda asosiy rol o‘ynaydi. Til faqat lingvistik tizim emas, balki jamiyatni birlashtiruvchi vosita, inson ruhiyatining aksidir. Tilshunoslik tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, til va tafakkur, til va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar, tilning jamiyatdagi o‘rni , ichki tuzilishi—tilning tasnifi, uni tahlil qilish usullari va shu kabi maslalarni o‘rganadigan fandir. Tilshunoslik tarixida qadimdan qarama-qarshi ikki fikr o‘rtasida kurash boradi. Shulardan biri XIX asrda Germaniyada Avgust Shleyxer tomonidan asos solingan tilning tabiiy hodisa ekanligi haqidagi fikrdir. Dunyodagi barcha tillarda asosiy va ikkinchi darajali yaruslar bor. Tilni bunday qatlamga ajratish barchaga maktab darsliklaridan ma’lum. Asosiy yaruslar: fonologiya, leksika va grammatikani tashkil etuvchi—morfologiya va sintaksisdir. Ikkinchi darajali yaruslarga stilistika va boshqalarni kiritish mumkin. Asosiy va ikkinchi darajali yaruslar orasida katta farq yotadi: asosiy yaruslar til va nutqda o‘z birliklariga ega, ikkinchi darajali yaruslar esa o‘z birliklariga ega bo‘lmaydi, o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida asosiy yaruslar birliklaridan foydalanadilar. Xulosa. Xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi zamon bilan hamnafas holda doimiy takomillashib bormoqda. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar va interaktiv o‘quv usullari til o‘rganish jarayonini yanada samarali va qiziqarli qilishga yordam bermoqda. Kommunikativ yondashuv, vazifa asosida o‘rganish (Task-Based Learning) va to‘liq sho‘ng‘ish metodi (Immersion) o‘quvchilarni real hayotiy tajribalar orqali tilni o‘zlashtirishga undaydi. Texnologik innovatsiyalar – sun’iy intellekt, virtual reallik (VR/AR), interaktiv ilovalar (Duolingo, Babbel, Memrise) til o‘rganish jarayonini individual va moslashtirilgan formatga aylantirdi. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda chet tillarni o‘rgatish, ochiq darslar tashkil etish va fanlar integratsiyasini qo‘llash kelajak avlodning til ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, xalqaro hamkorlik va talabalar almashinuvi dasturlari o‘quvchilarga chet til muhitida bevosita tajriba orttirish imkonini beradi. Kelajakda sun’iy intellekt yordamida shaxsiylashtirilgan ta’lim tizimlari til o‘rganish jarayonini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Xorijiy tillarni o‘qitishning istiqbollari innovatsion metodlar, ilg‘or texnologiyalar va pedagogik yondashuvlar orqali tobora yangi bosqichlarga ko‘tarilib, global muloqot imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
2025 AUGUST NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 8 95 Foydalanilgan adabiyotlar 1. Qudratova, S., & To'rabekova, D. (2023). ROLAN THE FUTURE OF THE STEAM INCREASING PERSONAL TEACHER'S FORMAT.Modern science and Research,2(9), 4044. 2. Qudratova, S. (2024). Increasing Problematic, which is one of the steam increasing in the foundation of the approach.Modern science and Research,3(1), 1-6. 3. Qudratova, S., & Hakimova, D. (From 2025). METHODOLOGY IN NATURAL SCIENCE WITH THE PRIMA TEA MUNCHING GRAD.International journal of artificial intelligence,1(1), 1420-1423. 4. Qudratova, S., & Tilovboyeva, S. (2024). GIVE STUDENTS A MODERN INTRODUCTION TO THE STUDY OF KNOWLEDGE IN PRIMARY EDUCATION.Modern science and Research,3(12), 378-382. 5. Qudratova, S., & Since Managed, D. (2024). MATHEMATICAL VIVID IMAGINATION THE FORMATION OF PRIMARY GRADE STUDENTS.Modern science and Research,3(12), 305-311. 6. Qudratova, S., & Tilovboyeva, S. (2024). THE ORGANIZATION OF THE USE SYSTEM FOR THAT CLASS INTERNATIONAL EXPERIENCE FOR STUDENTS.Nauka sovremennoy akademicheskie issledovaniya v,3(48), 160-164. 7. Qudratova, S. B., Atenov, J. D., & Normurodov, S. Z. (From 2025). START ‘CONSTIPATION IN THE GENERAL PRINCIPLES OF THE SCIENCE OF STEAM EDUCATION, TECHNOLOGY EDUCATION, SUBJECT AND TASKS.Inter education & global study, (2), 142-153. 8. Daughter, B. S. K., & Akramjanovich, K. A. (2024). STEAM TECHNOLOGY.Eurasian journal of academic research,4(7), 494-497. 9. Qudratov, T. B. (2021). International experiences in education.Vestnik master, (1-3 (112)), 66-67.