YURAK QON-TOMIR KASALLIKLARI JAMOAT SALOMATLIGI MUAMMOSI SIFATIDA
Abstract
Ushbu maqolada yurak-qon tomir kasalliklarining (YQTK) global va milliy miqyosdagi tarqalishi, ularning asosiy xavf omillari hamda jamoat salomatligiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va profilaktik dasturlarning ahamiyati yoritilgan.
Full text
50 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns YURAK QON-TOMIR KASALLIKLARI JAMOAT SALOMATLIGI MUAMMOSI SIFATIDA Naimova Gulruh Husniddin qizi Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17616154 Annotatsiya: Ushbu maqolada yurak-qon tomir kasalliklarining (YQTK) global va milliy miqyosdagi tarqalishi, ularning asosiy xavf omillari hamda jamoat salomatligiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va profilaktik dasturlarning ahamiyati yoritilgan. Kalit so‘zlar: yurak-qon tomir kasalliklari, jamoat salomatligi, gipertoniya, profilaktika, sog‘lom turmush tarzi. Аннотация: В статье анализируется распространенность сердечно-сосудистых заболеваний (ССЗ) в мире и стране, их основные факторы риска и влияние на общественное здоровье. Также подчеркивается важность профилактики заболеваний, здорового образа жизни и профилактических программ. Ключевые слова: сердечно-сосудистые заболевания, общественное здравоохранение, артериальная гипертензия, профилактика, здоровый образ жизни. Abstract: This article analyzes the prevalence of cardiovascular diseases (CVD) globally and nationally, their main risk factors, and their impact on public health. It also emphasizes the importance of disease prevention, a healthy lifestyle, and preventive programs. Keywords: cardiovascular disease, public health, hypertension, prevention, healthy lifestyle. Kirish Yurak-qon tomir kasalliklari (YuIK) dunyo bo‘yicha o‘limning eng asosiy sabablaridan biridir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 17 milliondan ortiq inson yurak va qontomir kasalliklari oqibatida hayotdan ko‘z yumadi. Bu esa global o‘lim holatlarining qariyb 30 foizini tashkil etadi [1,3,5,6]. O‘zbekiston Respublikasida ham ushbu kasalliklar yetakchi o‘lim sabablaridan biri bo‘lib, jamoat salomatligi tizimi oldida muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammo sifatida turibdi. XXI asrda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, birinchi navbatda aholining kasallanishi, nogironligi va o‘limining yetakchi sabablaridan biri bo‘lgan yurak qon-tomir kasalliklari aholi salomatligiga katta xavf tug‘dirmoqda. XXasr boshlarida yurak qon-tomir kasalliklari, qon aylanish tizimi kasalliklari aholining umumiy kasallanishlar strukturasida bor-yo‘g‘i bir necha foizni tagshkil qilar edi xolos. O‘tgan asrning 50yillarida dunyo kasalliklar reytinggida 10-11 o‘rinda edi. Keyinchalik industrilizatsiya, urbanizatsiya, sivilizatsiya jamiyatining turmush tarzini o‘zgarishi, ruhiy-emotsianal zo‘riqishlar, stresslar va boshqa xavf omillarining ta’siri hamda yurak qontomir kasalliklarini tashxislashni yaxshilani shi natijasida qon aylanish tizimi kasalliklarining ulushi keskin oshdi [3,4]. Qon aylanish tizimi kasalliklari umumiy kasallanishlar strukturasida ikkinchi, aholining o‘lim sabablari orasida birinchi o‘rinni egallaydi. Ushbu patologiya bilan kasallanish 40-50 yoshli aholi orasida keskin oshib bormoqda. Yurak qontomir kasalliklariga quyidagilar kiradi: yurakning ishemik kasalligiyurak mushaklarini qon bilan ta’minlovchi qon tomirlari kasalliklari; Gipertenziya (gippertoniya) kasalligi; bosh miya tomirlari kasalligimiyani qon bilan ta’minlovchi qon tomirlar kasalliklari; periferik arteriyalar kasalliklariqo‘l, ayoqlarni qon bilan ta’minlovchi qon tomirlar kasalliklari; revmokarditstreptokokk bakteriyalar chaqiradigan revmatik xurujlar natijasida kelib chiqadigan yurak mushaklari va yurak klapanlarining zaralanishi; tug‘ma yurak yetishmovchiligi (porogi); chuqur venalar trombozi va o‘pka emboliyasi. Yurak qon-tomir kasalliklarining ko‘plab xavf omillarini ikki guruhga bo‘lish mumkin [6,8,9]. Birinchi guruh omillarga o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan, ammo unga ta’sir etish mumkin bo‘lgan omillar: Bunga yosh, jins va nasl kiradi. Ikkinchi guruh o‘zgartirish mumkin bo‘lgan xavf omillar kiradi. Misol uchun tamaki chekish, ortiqcha tana vazni, ko‘plab spirtli ichimliklar iste‘mol qilish, past jismoniy faollik va boshqalar kiradi.
51 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns Yurak qon-tomir kasalliklari JSST Departamenti • Xalqaro mediklar jamoasining (dunyoning 133 mamlakatidan 2,3 mingta ekspertlar) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisi orasidagi jami o‘lim sabablarining 1/3 qismi yurak qontomir kasalliklari bilan bog‘liq. • 1990-2015 yillar orasidagi statistik tadqiqotlar ma’lumotlariga ko‘ra 2015 yilda dunyo bo‘yicha 400 mln odamda yurak qon-tomir kasalliklari qayd etilgan bo‘lsa, u 18 mln odamning o‘limiga sabab bo‘lgan.. • Ushbu sabablardan eng yuqori o‘lim ko‘rsatkichi Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Janubiy Аmerika, Qora Аfrika va Okeaniyada, eng past o‘lim ko‘rsatkichi Yaponiya, Аndorra, Peru, Frantsiya, Isroil va Ispaniyada qayd etilgan [9]. • Tadqiqotchilarning fikrlariga ko‘ra 1990-2010 yillar oralig‘ida o‘rtacha o‘lim ko‘rsatkichi sekin asta kamayib borgan bo‘lsa, oxirgi besh yilda ushbu jarayon sekinlashgan. Masalan: 1990 yili yurak qon-tomir kasalliklaridan 100 ming odamga o‘lim ko‘rsatkichi 393 tani tashkil etgani holda, ushbu ko‘rsatkich 2010 yilda 307 tani, keiyngi besh yilda esa 286 tani tashkil etdi. • yurak qon-tomir kasalliklaridan o‘lim ko‘rsatkichlarining kamayish jara yoni sekinlashgan mamlakatlar qatoriga olimlar АQSh, Kanada, Аvstraliya, Yangi Zellandiya, Yaponiya, Janubiy Korea hamda G‘arbiy Yevropa mamlakatlarini kiritishmoqda. • 2016 yili yurak qon-tomir kasalliklaridan o‘lim Rossiyada 48,7%, Buyuk Britaniyada 29%, Fransiyada 22% va Germaniyada 35% ni tashkil etdi. Bu natija past darajani bildiradi [7]. Yurak-qon tomir kasalliklari nafaqat sog‘liqni saqlash tizimiga, balki mamlakat iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mehnatga layoqatli yoshdagi aholining ushbu kasalliklar tufayli erta o‘limi yoki nogironligi mehnat unumdorligini pasaytiradi. Bundan tashqari, YQTKni davolash uchun zarur bo‘lgan tibbiy xarajatlar davlat byudjeti va oilaviy iqtisodga katta yuk bo‘ladi. YQTKning oldini olishda birlamchi profilaktika (xavf omillarini kamaytirish) va ikkilamchi profilaktika (kasallik aniqlangandan so‘ng asoratlarning oldini olish) muhim o‘rin tutadi. Jamoat salomatligi nuqtayi nazaridan quyidagi choralar samarali hisoblanadi: sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha milliy dasturlarni amalga oshirish; jismoniy faollikni targ‘ib qilish (aholi o‘rtasida sport tadbirlari, sog‘lom yurishlar); tamaki mahsulotlari va alkogol iste’molini cheklash siyosatini kuchaytirish; sog‘lom yurak haftaliklari, bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etish; aholining tibbiy savodxonligini oshirish orqali sog‘lom turmush tarziga rag‘bat uyg‘otish [8,9]. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda YQTK profilaktikasi bo‘yicha bir qator islohotlar amalga oshirildi. Xususan, Prezident qarorlariga muvofiq, “Sog‘lom hayot uchun 5 ming qadam” loyihasi, “Yurak haftaligi” tashabbuslari, shuningdek, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini kuchaytirish choralari ko‘rildi. Bularning barchasi aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va YQTK ko‘rsatkichlarini kamaytirishga xizmat qiladi [10]. Xulosa Yurak-qon tomir kasalliklari jamoat salomatligi uchun dolzarb global muammo hisoblanadi. Ularning oldini olish uchun davlat siyosati, sog‘liqni saqlash tizimi, ta’lim muassasalari va jamiyatning barcha qatlamlari birgalikda harakat qilishi zarur. Sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, muntazam profilaktik ko‘riklardan o‘tish va xavf omillarini nazorat qilish yurak salomatligini asrashning eng samarali yo‘lidir References: 1. B.M. Maamtqulov. ‘Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish”. Darslik. Toshkent-Ilm ziyo. 2013. 574 b. 2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Milliy yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olish dasturi, 2023. 3. Yusuf S., et al. Global Burden of Cardiovascular Diseases and Risk Factors, Circulation Journal, 2022. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4567-son qarori, 2022-yil. 5. WHO Regional Office for Europe. Prevention and control of noncommunicable diseases, 2023. 6. World Health Organization. Cardiovascular diseases (CVDs) – Fact Sheet. 31 July 2025. Available at WHO website.
52 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns 7. World Heart Federation. Global Impact of Cardiovascular Disease. 2019 data. Available via the World Heart Observatory. 8. Rehman S., Rehman E., Ikram M. et al. “Cardiovascular disease (CVD): assessment, prediction and policy implications.” BMC Public Health, 21:1299 (2021). DOI:10.1186/s12889-021-11334-2. 9. A Systematic Review of Major Cardiovascular Risk Factors: A Growing Global Health Concern. (2022/2023). PubMed. 10. Pan American Health Organization / WHO. Cardiovascular disease burden in the Region of the Americas, 2000–2021. 2025. Available at PAHO website.