NOGIRONLIGI BO'LGAN SHAXSLAR VA KEKSALAR TURIZMI
Abstract
Hozirgi kunda mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksalarga katta e’tibor qaratilib, ularga bir qancha imtiyozlar yaratib berilgan. O‘zbekiston bo‘ylab sayohat (ichki turizm) qilishda ularga qanday imtiyozlar bor?
Full text
122 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR VA KEKSALAR TURIZMI Umarov Mirodil Mirkomil o‘g‘li “Menejment” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi, Ibragimov To‘lqin Tohirovich 1-son jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasi assistenti Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.17617027 Hozirgi kunda mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksalarga katta e’tibor qaratilib, ularga bir qancha imtiyozlar yaratib berilgan. O‘zbekiston bo‘ylab sayohat (ichki turizm) qilishda ularga qanday imtiyozlar bor? Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning sayohat qilishlari uchun “Sayohat barcha uchun” loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu loyiha doirasida har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ming nafardan nogironligi bo‘lgan shaxslar O‘zbekistonning turistik shaharlariga bepul sayohat qilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, turizm, madaniy meros, konsert-tomosha obyektlari hamda aeroport, avto va temir yo‘l vokzallarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun zarur infratuzilma yaratish ham ushbu loyihaning bir qismi hisoblanadi. “Keksalar uchun turizm” loyihasi nima? Bu – keksalarni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan Iguruh nogironligi bo‘lgan keksalarga yiliga bir marotaba mamlakat ichida bepul turistik sayohatlarni tashkil etishdir. Ushbu loyiha qanday amalga oshiriladi, loyihada ishtirok etish uchun nima qilish lozim? Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 340-sonli qaroriga asosan, loyihada faqatgina tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining xulosasi asosida, I-guruh nogironi deb topilgan va pensiya yoshiga yetgan mamlakatda istiqomat qiluvchi keksalar qatnasha oladi. Loyihaning maqsadi – yoshi katta bo‘lgan va nogironligi tufayli mamlakatning turistik manzillariga tashrif buyurish imkoniyati yo‘q bo‘lgan aholi qatlamiga ushbu imkoniyatni taqdim etish va ularning ijtimoiylashuvini rivojlantirish hisoblanadi. Sayohat davomidagi turar-joy, ovqatlantirish va transport xarajatlari bepul hisoblanadi. Bunda xarajatlarning ellik foizi “Vaqf” xayriya loyihasi tomonidan, qolgani esa “Nuroniy” jamg‘armasi hisobidan qoplanadi. Shuningdek, sayohat davomida loyihada qatnashayotganlarga shifokorlar tomonidan kerakli tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Bunda siz sayohatdan oldin https://uzbekistan.travel/uz/ portalidan yoki 71-200-00-88 raqami orqali sayohat manzili to‘g‘risida kerakli ma’lumotlarni olishingiz mumkin. Loyihada ishtirok etishni xohlaganlar doimiy yashaydigan joydagi tuman (shahar) hokimliklariga murojaat qilishi mumkin. Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini raisiga ham sayohat qilishni xohlashi haqida aytishi mumkin. “Keksalar uchun turizm” yilning qaysi vaqtida amalga oshiriladi? Ushbu loyiha har yili 1-noyabrdan 30-noyabrgacha amalga oshiriladi. Bunda siz 1-oktyabrga qadar tuman (shahar) hokimliklarining oila va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limlariga murojaat qilishingiz kerak. Sababi yuqoridagi qarorga asosan ular 1-oktyabrga qadar sayohat qiluvchilar ro‘yxatini shakllantirishi belgilab qo‘yilgan. Noyabr oyi davomida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining rasmiy veb-saytlarida turistik manzillar, muzeylar va boshqalar tomonidan ixtiyoriy taqdim qilinadigan chegirmalar va aksiyalar e’lon qilinadi. Sayohat davomida kimlar keksalarga hamrohlik qiladi? Sayohat davomida har bir turistik obyektlar va muqaddas qadamjolar tarixi haqida tushuntirish uchun ko‘ngillilar (volontyorlar) hamrohlik qiladi. Bunda ular turizm sohasidan yaxshi xabardor bo‘lishi kerak. Turizm sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar qanday sharoitlarni yaratishi kerak? O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 15 oktabrdagi 641-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan, transport xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotlar (xususiy va davlat tashkilotlari ham) nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratishi kerak: Jamoat transportini maxsus vositalar bilan jihozlashi, shu jumladan alohida joylar jihozlashi; Eshitish qobiliyati zaif bo‘lganlar uchun axborot tablolari o‘rnatishi hamda bekatlar ovozli tarzda e’lon qilishi;
123 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns Shahar va qishloq jamoat transporti vositalarining yo‘nalishlari hamda ko‘rsatkichlari keskin farqlanuvchi rangdagi yirik harflar bilan tasvirlanishi, Yo‘lovchi poyezdlarining vagonlari maxsus o‘rinlar va perronlar, shuningdek, temir yo‘l vokzallari maxsus mexanik panduslar bilan jihozlanishi lozim. Aeroportlarda va aerovokzallarda, yirik temir yo‘l stansiyalarida, shuningdek metroda nogironligi bo‘lgan shaxslarni transport vositalarigacha kuzatib borish choralari ta’minlanishi kerak. Mehmonxonalarda nogironligi bo’lgan shaxslar uchun qanday sharoitlar yaratilishi kerak? “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi Qonunning 25-moddasiga asosan esa, mehmonxona egalari umumiy xonalarning kamida bittasini o‘rindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay tarzda jihozlashi shart. Shuningdek, eshitish va ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarga e’lonlar uchun displeylar hamda ovozli qurilmalar o‘rnatilishini ta’minlashi shartligi belgilangan. E’tibor bering! Binoning o‘rindiqli aravachadan foydalanuvchi nogironligi bor shaxslar uchun ajratilgan xonalari eshigi eniga 0.9 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Eshikning xona oldidagi shaxsning yuzini ko‘rish uchun mo‘ljallangan ko‘zchasi pol sathidan 1 metr 20 santimetr balandlikda (4 va 5 yulduzli mehmonxonalar uchun) joylashgan bo‘lishi lozim. Binoning vanna, dush kabinalari va unitazlar tayanch ushlagichlar bilan jihozlangan bo‘lishi shart. Eshitish va ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning tegishli ehtiyojlariga muvofiq e’lonlar uchun displeylar hamda ovozli qurilmalar, jumladan: ma’muriyat bilan ichki aloqa uchun elektron planshet; Brayl shriftli ichki telefon; Sanuzel va nomerda chaqiruv tugmasi; dinamik, mikrofon; yoritqichli xabar beruvchi qurilmalar xonada mavjud bo‘lishi lozim. Agarda yuqorida belgilangan talablarga rioya qilinmasa, ma’muriyat rahbari (mulkdori) Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51 prim 1-moddasiga muvofiq, bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishi mumkin. Ma’lumot o‘rnida hozirgi kunda BHM miqdori 340 ming so‘mni tashkil qiladi. Yuqoridagi holatlar kuzatilganda, siz quyidagilarga og‘zaki yoxud yozma tarzda shikoyat qilishingiz mumkin (ariza na’munasi 1-ilovada): Ma’muriyat joylashgan hududdagi tuman shahar hokimliklariga; Ijtimoiy himoya milliy agentligi “Inson” markazlariga; “O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi” ga. Ular muammoni o‘rgangan holda, noqulayliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan inklyuziv turizm (to‘siqsiz turizm, paraturizm) turini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qo‘mita O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda “Sayohat barcha uchun” xayriya loyihasini amaliyotga tatbiq etmoqda. 2019 yil 13-15 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan XXV Toshkent xalqaro turizm “Ipak yo‘lida turizm” ko‘rgazmasi doirasida Namangan viloyatida istiqomat qilayotgan 25 nafar nogironligi bo‘lgan kishilarning Toshkent shahriga sayohati tashkillashtirildi. Sayohat bilan bog‘liq barcha xarajatlar (transport, ovqatlanish, mehmonxona, gidlar xizmati va b.) Qo‘mita huzuridagi “Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” DUK maxsus hisob raqamiga kelib tushgan va “Rais buva” kanali, “Art hotel” mehmonxonasi, “Navro‘z” bog‘i, “Muza” qandolatchilik firmasi, ovqatlanish maskanlari va transport tashkilotining homiylik mablag‘lari hisobidan qoplandi. Ma’lumot uchun: “Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” DUK huzurida maxsus hisob raqam ochilgan. To‘lov tizimlari yordamida “Sayohat barcha uchun” loyihasiga mablag‘ o‘tkazish tashkillashtirilgan. Sayohatchilar ikki kun davomida Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari (“Xasti-Imom” majmuasi, “Navro‘z” bog‘i, “Humo Arena” va b.) hamda Toshkent xalqaro turizm ko‘rgazmasining ochilish marosimiga tashrif buyurishdi.
124 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns Sayohat davomida mazkur turizm turiga oid infratuzilmaning holati o‘rganildi va kelgusida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda infratuzilmani nogironligi bo‘lgan kishilar uchun moslashtirish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirish belgilandi. Nogironligi bor sayyohlar uchun dunyodagi eng qulay shaharlar aniqlandi. Dunyodagi eng inklyuziv shahar Niderlandiyadagi Amsterdam ekani ma’lum bo‘ldi. CEO Valuable 500 kompaniyasi tomonidan Buyuk Britaniya, AQSh, Avstraliya, Xitoy va Yaponiyada nogironligi bo‘lgan 5 ming shaxs o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot yakuniga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan sayyohlar ehtiyoji uchun eng qulay 10 ta shahar aniqlandi. Bunda qulay transport aloqalari, zarur belgilar mavjudligi, yashash joylarining turistik obektlarga yaqin joylashishi, shuningdek, nogironlarga e’tiborli bo‘lish kabi mezonlar inobatga olindi. Nogironligi bor sayyohlar uchun eng qulay 10 ta shahar: Amsterdam (Niderlandiya) 1. Las-Vegas (AQSh) 2. Nyu-York (AQSh) 3. Orlando (AQSh) 4. Parij (Fransiya) 5. Shanxay (Xitoy) 6. London (Buyuk Britaniya) 7. Singapur 8. Sidney (Avstraliya) 9. Tokio (Yaponiya) Shu bilan birga, reyting tuzuvchilari turizm uchun mas’ul idoralarning nogiron sayohatchilar uchun shaharlardan foydalanish imkoniyatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni davom ettirishga chaqirdi. Hisobotda aytilishicha, «nogironligi bo‘lgan odamlarning foydalanish imkoniyatini ta’minlash mexanizmlari sayohat va sayyohlik sanoati uchun chegaralangan bo‘lib qolmoqda, shuning uchun biz ushbu tadqiqotda nogironlar uchun sayohatning barcha jihatlarini o‘rganamiz», deyiladi hisobotda. Nnogironligi bo‘lgan shaxslarning mamlakatimiz bo‘ylab qulay sharoitlarda sayohat qilishlari uchun turizm infratuzilmasining imkoniyatlarini yanada takomillashtirish maqsadida: 1. 5 mingta audiogid xizmati yo‘lga qo‘yiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 2 ta planshet xarid qilinadi. 3. Panduslar o‘rnatiladi. 4. Sanitariya-gigiyena shoxobchasi to‘liq moslashtiriladi. “O`zbekiston Respublikasida to`siqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va uni rag`batlantirish choratadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–20-son, 12.01.2024 y.) qabul qilindi. Qarorga ko`ra, 2024 yildan: - nogironligi bo`lgan shaxslarning to`siqsiz harakatlanishi uchun madaniy meros ob`ektlarida ularga shikast etkazmagan holda pandus, plintus va liftlar hamda ko`zi ojizlar uchun madaniy meros ob`ektlarining kichraytirilgan o`lchamdagi maketlari o`rnatiladi va ular to`g`risida Brayl alifbosidagi ma`lumotlar joylashtiriladi; - temir yo`l va jamoat transportlarida hamda barcha aeroport, vokzal, avtoshohbekatlarda nogironligi bo`lgan va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun sharoitlar, maxsus ko`tarilish panduslari va qulay zina tutqichlari o`rnatiladi hamda kema aravachalari (nogironligi bo`lgan shaxslar uchun maxsus aravacha) qo`yiladi; 2027 yil 1 yanvarga qadar: - Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida I va II guruh nogironligi bo`lgan 1000 nafar shaxsga O`zbekiston bo`ylab sayohat qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq 500 ming so`mdan oshmagan qismi; - eshitish qobiliyatini yo`qotgan nogironligi bo`lgan shaxslar uchun surdogidlar tayyorlash kurslari xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
125 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns 2024 yil 1 apreldan 2026 yil 1 aprelgacha mehmonxona xizmatlarini ko`rsatuvchi tadbirkorlar mehmonxonaning kamida 3 ta xonasini nogironligi bo`lgan shaxslar o`rindiqli aravachadan foydalanishi uchun qulay tarzda jihozlasa, shuningdek, eshitishi va ko`rishi uchun displey hamda ovozli qurilmalar o`rnatsa, ularga har bir maxsus jihozlangan xona uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya beriladi: - yulduzli toifadagi mehmonxonalarga – 2 million so`m; - yulduzli toifa olmagan mehmonxonalarga – 1 million so`m. Qaror bilan Nogironligi bo`lgan shaxslar uchun to`siqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va ularning sayohat qilishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Dasturda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan: - 2024 yil 1 martdan nogironligi bo`lgan shaxslar uchun Uzbekistan.travel yagona milliy turistik axborot portalidan foydalanish imkoniyatini yaratish; - respublikaning har bir hududida nogironligi bo`lgan bolalar uchun milliy hunarmandchilik terapiyasi faoliyatini tashkil etish; - avia, temir yo`l hamda avtobus biletlarini xarid qilish bo`yicha onlayn platformalarda eshitish va ko`rish bo`yicha nogironligi bo`lgan shaxslarning tegishli ehtiyojlariga muvofiq e`lonlar uchun taktil hamda ovozli funksiyali displeylarni joriy qilish. Toshkentda nogironligi bo‘lgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi. Markaz inklyuziv turizmni rivojlantirish va nogironlarning harakatlanishi uchun sharoit yaratishga ko‘maklashish yo‘nalishlarida ish olib boradi. Poytaxtda Nogironlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda turizm vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Markaz Ijtimoiy turizm assotsiatsiyasi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi hamkorligida tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadi nogironligi bor fuqarolar va ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun xayriya tadbirlarini o‘tkazishdan iborat. Nogironlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: - inklyuziv turizmni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish; - nogironlarning harakatlanishi uchun sharoit yaratishga ko‘maklashish; - ijtimoiy turizm sohasida davlat dasturlari, huquqiy hujjatlar va boshqa qarorlar loyihalarini ishlab chiqish va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; - turistik obektlarda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish; - Samarqand, Buxoro, Xiva, Qoraqalpog‘istonda qulay turistik yo‘nalishlarni rivojlantirish; - vazirliklar va boshqa davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda xayriya tadbirlarini tashkil etish. References: 1. Nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksalar uchun ichki turizmdagi imtiyozlar - Huquq Plus 2. https://kun.uz/news/2019/11/22/inklyuziv-turizm-nogironligi-bolgan-kishilar-uchun-sayohat-tashkiletildi?q=%2Fnews%2F2019%2F11%2F22%2Finklyuziv-turizm-nogironligi-bolgan-kishilar-uchun-sayohattashkil-etildi 3. https://kun.uz/03170914#! 4. https://www.independent.co.uk/travel/news-and-advice/accessible-cities-disabled-travellers-londonb2220571.html 5. https://darakchi.uz/oz/179744 6. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi 7. https://www.gazeta.uz/oz/2022/03/22/center/.