Full text
126 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns AVTOSERVIS KORXONALARI ISHCHILARINING PROFILAKTIK FAOLLLIGI VA UNI OSHIRISH MASALALARIGA DOIR MULOHAZALAR Isroilov Iqboljon Ismoiljon o’g’li ADTI, mgistratura 2-kurs talabasi Ilmiy raxbar: Madaxanov Akbarjan Sabirjanovich katta o‘qituvchi, t.f.n.ADTI https://doi.org/10.5281/zenodo.17617060 Annotatsiya: maqolada avtomobil servis xizmatlari sohasi ishchilarining mehnat sharoitlari va profilaktik faollik darajasining ayrim qirralari tahlil qilingan. Tadqiqotning empirik asosini avtoservis korxonalarining 330 nafar erkak-ishchilari o‘rtasida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalari tashkil etdi. Olingan ma’lumotlar asosida, soha ishchilari sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga yetarli etibor bermаyotganliklari ko’rsatib o’tilgan. Ishchilarning ko‘pchiligi muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tish, profilaktik amallarni bajarish kabi salomatlikni saqlashning asosiy tartib-qoidalariga rioya qilmasliklari qayd etilgan. Soha ishchilarining mehnat sharoiti va profilaktik faolliklarining amaldagi ko’rsatkichlaridan kelib chiqqan holda, ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga doir maxsus tavsiyalar majmuasi taklif qilingan. Kalit so’zlar: avtoservis, profilaktik faollik, havf omillari, havfsizlik qoidalari, tibbiy ko’rik, kimyoviy vositalar. Аннотация: В статье проанализированы отдельные аспекты условий труда и профилактической активности работников сферы автосервиса. Эмпирическую основу исследования составили результаты социологического опроса, проведенного среди 330 рабочих-мужчин автосервисных предприятий. На основе полученных данных указано, что рабочие данной сферы недостаточно уделяют внимания формированию здорового образа жизни. Большинство рабочих не проходят регулярные медицинские осмотры и не соблюдают основные правила сохранения здоровья. Исходя из показателей условий труда и профилактической активности, имеющих место на практике, для рабочих сферы автосервиса предложен комплекс специальных рекомендаций по формированию здорового образа жизни. Ключевые слова: автосервис, профилактическая активность, факторы риска, правила безопасности, профилактические осмотры, технические химические средства. Annotation: The article analyzes certain aspects of working conditions and preventive activity among employees in the automotive service sector. The empirical basis of the study consists of the results of a sociological survey conducted among 330 male workers of car service enterprises. Based on the obtained data, it is indicated that workers in this field pay insufficient attention to developing a healthy lifestyle. Most of them do not undergo regular medical examinations and do not follow basic health maintenance rules. Considering the actual indicators of working conditions and preventive activity, a set of specific recommendations for promoting a healthy lifestyle among automotive service workers is proposed. Keywords: automotive service, preventive activity, risk factors, safety rules, preventive medical examinations, technical chemical agents. Kirish. So‘nggi yillarda, aholiga texnik xizmat ko‘rsatish, xususan, avtoservis tarmog‘ida mehnat qiluvchi xodimlarning salomatligini saqlash masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu soha nafaqat mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmog‘i, balki inson sog’lig’iga salbiy ta’sir etuvchi mehnat sharoitlari mavjudligi jihatidan etiborga molik sohalardan biri hisoblanadi [5,6,9,13,15]. Bugungi kunda,sog‘lom turmush madaniyati va ijtimoiy sog‘liq o‘rtasidagi bog‘liqllik tasdiqlangan voqelikka aylanib bormoqda [8]. Xizmat ko‘rsatish sohasida mehnat gigiyenasi va xavfsizlik masalalasi [4] , ayniqsa avtoservis korxonalarida ergonomik yondashuvlarni yo’lga qo’yish , ularning ishchilari orasida turmush tarzi va sog‘lomlashtirish faoliyatini alohida organishni taqozo etayotganligini ta’kidlash o’rinli [2,19]. Aвтоta’mir va vulkanizatsiya ustahonalari uchun gigiyenik talablar ishlab chiqilgan [10]. Ammo, amalda ularga har doim ham rioya qilinaverilmaydi. Shu bois, avtoservis xodimlari orasida mexnatni muxofaza qilish va kasalliklarni oldini olishga zamonaviy yondashuvlarning lozimligini hayotning o’zi taqozo etmoqda [3,7,11,12,15,16]. Bunda avoservis himatchilarni mehnat sharoiti va sihat salomatligining mediko-gigienik qirralarini o`rganish va
127 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns baholashga e`tabor kuchaytirilmoqda.[14] Jumladan Sog`lom turmushni targib qilish va hodimlar sog`ligini qo`llab quvvatlash dasturlari yaratilmoqda [17,18,19,20,21]. Shuni alohida takidlash lozimki yiri kavtoservis korxonalaribilan bir qatorda shu yo`nalishda faoliyat yuritadigan kichik korxonalar ham mavjud ,ushbu korxonalar aksariyat ko`pchillik xollarda yakka tartibdagi tadbirkorlik maqomida faoliyat yuritishadi. Ularda yaratilgan ish sharoitlari va ishchilarining sihat salomatligini o`rganishga bag`ishlangan ilmiy izlanishlar yo`qligini e`tirof etish o`rinli shu bois ,ushbu tadqiqotda yakka tartibdagi tadbirkorlik maqomida faoliyat kichik avtoservis korxonalarini ishchilarining ish sharoitlari va profilaktik faolligining ayrim qirralari o`rganildi. Tadqiqotning maqsadi: Yakka tartibdagi tadbirkorlik maqomida faoliyat yuritayotgan kichik avtoservis korxonalari ishchilarining mehnat sharoiti va profilaktik faolligini o`rganish va olingan ma`lumotlar asosida taklif va tavsiyalar majmuasini yaratish . Tadqiqot uslublarining tasnifi. Ushbu tadqiqotni amalga oshirishda bir qator ilmiy usul va yondashuvlar qo‘llanildi. Asosiy empirik ma’lumotlar so‘rovnoma (anketa) usuli orqali to‘plandi, unda avtoservis korxonalarining 330 nafar erkak-ishchilari ishtirok etdi. So‘rov orqali ishchilarining sog‘lom turmush tarzi, tibbiy xizmatlarga, jumladan tibbiy ko‘riklarga bo‘lgan munosabatlarii o‘rganildi. Yig‘ilgan ma’lumotlar taxlilida statistik usuldan foydalanildi. Tadqiqot jarayonida tizimli yondashuv va tizimli tahlil printsipiga tayanildi. Olingan natijalar, ma’lumotlar. Ma’lumki, avtota’mirlash va vulkanizatsiya ustaxonalari qo’yiladigan gigienik meyor va talablari mavjud [10]. Ayni paytda, respondentlarni fikricha, avtoservis ish joylarida, mikroiqlim ko’rsatkichlari talab qilingan meyorlardan sezilarli miqdorlarda farq qiladi, va ushbu xolat, ishchilarining sog‘lig‘iga sezilarli salbiy ta'sir ko‘rsatishiga ishora qilishdi. Jumladan xodimlarning 22,0 % qish mavsumida ishxona "sovuq", 39,0 % esa, yozda "juda issiq" deb baholagan. Kuzatishlarimizda , ish joylarida qishda yetarlizsiz isitish, yozda esa samarali ventilyatsiya tizimining yo‘qligini qayd qilindi. Avtoservis korxonalarida ish faoliyati bilan bog’liq bolgan xavf omillari mavjudligi haqida respondentlarning javoblaridan quyidagilar ma’lum bo’ldi. Xodimlarning, 57,3 % mehanik shikastlanishlarga olib keluvchi, 19,4 % elektr toki urishi , 9,4 % issiqlik ta’siri etishibilan bog'liq xavflar mavjudligini ta’kidlashdi. Shovqin va vibratsiya hamda, teхnik kimyoviy vositalar tasirlari va boshqa xavf tug`diruvchi omillar mavjudligini qayd etganlar salmog’i mos ravishda 5,2 %, 4,5 % va 4,2 %ni tashkil etdi. Ayni paytda respondientlarning javoblariga qaraganda, ish jarayonida xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qiluvchilar 70,0 % ni, o’rtacha darajada amal qiluvchilar 30,0 % ni tashkil qildi. Shuni alohida ta’kidlash o’rinliki, respondientlarning ish jarayonida maxsus kiyim, qo'lqop, ximoya kozoynaklaridan foydalanishi tog’risida malumot olinganda, xodimlarning 64,0 % foydalanishi, 19,0 % kamdan-kam holatlarda foydalanishi va 17,0% esa foydalanmasliklari ma’lum bo’ldi. Avtoservis hizmati ishchilarining tibbiy faollik ko‘rsatkichlari o’rganilganda, xodimlarning 26,0% igina sog‘lig‘ini muntazam ravishda tekshtirib borishi, 16,0 % esa umuman tibbiy ko‘rikdan o‘tmay yurganligi aniqlandi. Aksariyat holatlarda (58,0%) faqat kasallikning aniq belgilari paydo bo‘lgandan keyin tibbiy yordamga murojaat qilish amalga oshirilari qayd etildi. Respondentlar tibbiyot muassalarida tashkil etilgan profilaktik xizmatlardan foydalanilmasligining asosiy sabablariyni ko’rsatishlariga qarab quyidagicha taqsimlandilar: -vaqt yetishmasligi (41%) ; tibbiy ko’rikda tavsiya qilinadigan tor doira mutaxassislarining maslahatlari va ular buyuradigan dorilarning qimmatligi (30,0%); - kasallik alomatlari bo’lmasa shifokorga borib vaqt ketkazishning keragi yo’q (17,0%); -shifokor qabuliga uzoq vaqt novbat kutishkerakligini ta’kid (12,0 %). Inson kundalik hayotida e`tibor berishi kerak bo’lgan voqeliklar majmuasida sog‘liqni "ikkinchi darajali" deb hisoblash (32,5%) – bu eng xavfli holat bo‘lib, sog‘liqni saqlash madaniyatining yetishmasligi va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqidagi tushunchaning pastligini ko‘rsatadi. Diagramma 1.
128 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns Xulosalar. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Yakka tartibdagi tadbirkorlik maqomida faoliyat yuritayotgan kichik avtoservis korxonalari ishchilarining mehnat sharoiti sanitariya-gigienik talablariga amalda javob bermayotgan bir paytda, ularni profilaktik faolliklari nisbatan past darajada ekanligini qayd etish o`rinli. Taklif va tavsiyalar. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yakka tartibdagi tadbirkorlik maqomida faoliyat yuritayotgan kichik avtoservis korxonalari ishchilarining mehnat sharoitini yaxshilash va profilaktik faolligini oshirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshrish asosli deb hisoblayamiz. 1. Tibbiy faollikni oshirish bo‘yicha tashkiliy takliflar 1.1. Avtoservis korxonalarida profilaktik tibbiy ko‘riklarni davriyligini tartibini nazorat qilishni kuchaytirish. 1.2. Profilaktik faollik ko‘rsatkichlarini korxona ishchilarining mehnat unumdorligi va mukofotlash tizimiga integratsiya qilish. 2. Innovatsion yondashuvlar asosidagi takliflar 2.1. Mobil sog‘liq monitoring tizimlarini joriy etish – xodimlar sog‘liq ko‘rsatkichlarini (qon bosimi, BMI, yurak urish tezligi) onlayn kuzatib borish imkonini yaratish. 2.2. Ish joylarida “Sog‘lom haftalik” yoki “Tibbiyot kuni” kabi raqamli profilaktik dasturlar tashkil etish. 2.3. Tibbiy xodimlar va korxona rahbariyati o‘rtasida sog‘liqni saqlash bo‘yicha elektron ma’lumot almashuv tizimini yo‘lga qo‘yish. 3. Rag‘batlantirish mexanizmlari bo‘yicha tavsiyalar 3.1. Tibbiy ko‘riklardan muntazam o‘tuvchi va sport faoliyatida qatnashuvchi xodimlar uchun moddiy rag‘batlantirish (bonus, mukofot, qo‘shimcha ta’til) tizimini joriy etish. 3.2. Korxonada sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qiluvchi “Eng sog‘lom xodim” nominatsiyasini tashkil etish. 3.3. Ish beruvchilar tomonidan sog‘lomlashtirish sug‘urtasi tizimini joriy etish orqali xodimlarning tibbiy faolligini iqtisodiy jihatdan qo‘llabquvvatlash. 4. Ish muhitini sog‘lomlashtirishga oid tavsiyalar 4.1. Avtoservis ustaxonalarida ventilyatsiya, yoritish va shovqin darajasi gigiyenik me’yorlarga mos bo‘lishini ta’minlash. 4.2. Kimyoviy moddalar bilan ishlovchi xodimlar uchun shaxsiy himoya vositalari (niqob, qo‘lqop, kombinezon) bilan to‘liq ta’minlash. 4.3. Ish joylarida sog‘lom ovqatlanish burchaklari yoki mobil oshxonalar tashkil etish. 5. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha tavsiyalar
129 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns 5.1. Har oyda “Sog‘lom hayot kuni” yoki profilaktika haftaligini o‘tkazish. 5.2. Tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikda ma’rifiy seminarlar va treninglar tashkil etish. 5.3. Tuman va viloyat miqyosida avtoservis xodimlari uchun sog‘liqni saqlash dasturlarini ishlab chiqish. 5.4. Profilaktik faollikni oshirishni mehnat xavfsizligi siyosatining majburiy qismi sifatida belgilash. References: 1.Abdullayeva, N. (2022). Ish joyidagi sog‘lom turmush dasturlarining samaradorligi. “Innovatsion tibbiyot” tezis to‘plami. 2.G‘aniyev, A. (2024). Avtoservis korxonalarida ergonomik yondashuvlar. “Texnik xizmat va boshqaruv”, №1. 3.Ismoilov, J. (2021). Ishlab chiqarish muhitida salomatlikni muhofaza qilishda raqamli texnologiyalar. TDTU to‘plami. 4.Karimov, B. (2023). Xizmat ko‘rsatish sohasida mehnat gigiyenasi va xavfsizlik masalalari. Toshkent: TTA nashriyoti. 5.Nurmatova, S. (2021). Ishlab chiqarishdagi psixofiziologik omillar va ularning tibbiy nazorati. Samarqand davlat tibbiyot instituti tezislari. 6.Raxmonov, D. (2022). Avtoservis xodimlari salomatligiga ishlab chiqarish muhitining ta’siri. “Tibbiyot va innovatsiyalar” jurnali, №4. 7.Xodjayeva, M. (2020). Kasbiy stress va uni boshqarishning innovatsion yo‘llari. “Sog‘lom avlod” jurnali, №2. 8.Yusupova, L. (2021). Sog‘lom turmush madaniyati va ijtimoiy sog‘liq o‘rtasidagi bog‘liqlik. “Sog‘lom hayot” ilmiy jurnali, №1. 9.Буткевич М. Н. (2009). Проблемы экологии в автосервисе. // Экология и промышленная безопасность, №2. 10.Гигиенические требования для авторемонтных и вулканизационных мастерских 03.04.2007 г. № 0226-07 11.Кузнецов В. С. (2022). Современные подходы к охране труда и профилактике заболеваний среди работников автосервиса. // Труд и безопасность, №6. 12.Михайлова О. Л. (2021). Формирование здоровьесберегающей среды в автосервисных организациях. // Социальная гигиена и организация здравоохранения, №7. 13.Николаев А. П., Федорова Н. В. (2020). Влияние производственных факторов на здоровье работников технического обслуживания автомобилей. // Медицина труда, №8, с. 22–28. 14.Рахматуллин Р. Ф. (2023). Медико-гигиеническая оценка условий труда и здоровья работников автосервиса. // Вестник Уфимского государственного университета, №3, с. 41–49. 15.Соловьёв А. Н., Петрова Е. Ю. (2020). Психофизиологические аспекты трудовой деятельности работников технического обслуживания автомобилей. // Психология труда и инженерная психология, №2. 16.Чернышев М. Г. (2023). Подходы к управлению рисками в автосервисе. // Инновации в промышленности, №1, с. 54–63. 17.World Health Organization (2022). Workplace health promotion and employee wellness programs. Geneva: WHO Press. 18.Johnson, P. (2022). Digital innovations in workplace health monitoring. Occupational Health Review, 64(4), 223–236. 19.Chen, L. & Wu, Y. (2020). Lifestyle and health promotion among blue-collar workers. Public Health Research, 18(7), 923–935. 20.European Agency for Safety and Health at Work (EU-OSHA). (2023). Healthy workplaces campaign: managing stress and psychosocial risks. Brussels. 21.Smith, J. & Brown, K. (2020). Innovative wellness programs for mechanical workers. Journal of Workplace Wellness, 12(1), 33–47.