scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TALABALARNING AXBOROT KOMPETENTLILIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MUAMMOLARI

Yakubov Baxtiyor Baxriddin o'g'li

Abstract

Maqolada talabalarning axborot kompetentliligini rivojlantirishning dolzarb pedagogik muammolari tahlil qilingan. Unda ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, o‘qituvchilarning raqamli madaniyatini rivojlantirish va talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish zarurligi yoritilgan. Shuningdek, kasbiy fanlar integratsiyasi asosida dasturiy ta’minot yaratish axborot kompetentligini rivojlantirishning samarali yo‘li sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.

Full text

2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 169 TALABALARNING AXBOROT KOMPETENTLILIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MUAMMOLARI Yakubov Baxtiyor Baxriddin o‘g‘li Termiz davlat universiteti Kompyuter va dasturiy injiniring kafedrasi o‘qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17618415 Annotatsiya. Maqolada talabalarning axborot kompetentliligini rivojlantirishning dolzarb pedagogik muammolari tahlil qilingan. Unda ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, o‘qituvchilarning raqamli madaniyatini rivojlantirish va talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish zarurligi yoritilgan. Shuningdek, kasbiy fanlar integratsiyasi asosida dasturiy ta’minot yaratish axborot kompetentligini rivojlantirishning samarali yo‘li sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Tayanch so‘zlar: axborot kompetentliligi, raqamli pedagogika, AKT, innovatsion ta’lim, kasbiy fanlar integratsiyasi. Annotation. The article analyzes the current pedagogical issues of developing students’ information competence. It highlights the importance of integrating information and communication technologies into the educational process, improving teachers’ digital literacy, and enhancing students’ practical skills. Creating software based on the integration of professional subjects is presented as an effective way to develop information competence. Keywords: information competence, digital pedagogy, ICT, innovative education, integration of professional subjects. Аннотация. В статье рассмотрены актуальные педагогические проблемы развития информационной компетентности студентов. Подчёркивается необходимость внедрения информационно-коммуникационных технологий в образовательный процесс, повышения цифровой культуры преподавателей и формирования у студентов практических навыков. Создание программного обеспечения на основе интеграции профессиональных дисциплин представлено как эффективный способ развития информационной компетентности. Ключевые слова: информационная компетентность, цифровая педагогика, ИКТ, инновационное образование, интеграция профессиональных дисциплин. Hozirgi davrda ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida qaralmoqda. Shu boisdan ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Prezident farmonlari bilan zamonaviy kompyuter texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha bir qator qarorlar qabul qilingan. Ushbu qarorlar asosan yoshlarga berilayotgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi shakllarda tushuntirish, ularni global axborot maydonida faoliyat yurita oladigan mutaxassislar sifatida tayyorlashga qaratilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-sonli farmoni doirasida ta’lim muassasalarida axborot infratuzilmasini rivojlantirish, elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va pedagoglarning 2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 170 AKTdan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirish belgilangan.[1] Mazkur farmonlarda yosh pedagoglar zimmasiga o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, axborot resurslaridan oqilona foydalanish, o‘rganilayotgan obyekt va jarayonlarni zamonaviy texnologiyalar asosida modellashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish vazifasi yuklatilgan. Bundan tashqari, xalqaro darajada ham ta’limda AKTdan foydalanishga oid muhim hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, UNESCOning “ICT in Education Policy Guidelines” [2] ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanishni milliy strategiyalar asosida tashkil etish, dars mashg‘ulotlarini zamonaviy interaktiv vositalar yordamida olib borish, o‘qituvchilarni doimiy ravishda yangi texnologiyalarga mos ravishda qayta tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Shunday qilib, ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Qabul qilingan qaror va farmonlar, shuningdek, xalqaro tavsiyalar yoshlarning nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalarini ham mustahkamlashga, o‘qituvchilarning raqamli pedagogika sohasidagi malakasini oshirishga xizmat qilmoqda. XXI asrda jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biri bu axborot resurslari va texnologiyalari hisoblanadi. Globallashuv jarayonida axborot oqimi nihoyatda tezlashib, ta’lim tizimida ham yangi yondashuvlarni talab etmoqda. Shu boisdan talabalarning axborot kompetentliligini rivojlantirish masalasi dolzarb ilmiy-pedagogik muammolardan biri sifatida qaralmoqda. [3] Jahon hamjamiyatiga integratsiya hamda dunyo oliy ta’lim hududida ishtirok etish mavjud oliy ta’lim tizimida jiddiy o‘zgarishlar zarurligini ko‘rsatdi. Ulardan biri oliy ta’lim tizimini jahon standartlari asosida qayta qurish bo‘ldi. Xususan, axborot-ta’lim jarayonini tashkil etishning kredit-modul tizimini joriy etish bo‘yicha dunyo tajribasini tahlil qilish ushbu tizim pedagog kadrlarni tayyorlashda qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqladi. Ma’lumki, o‘qituvchi barkamol avlod ta’lim-tarbiyasi uchun mas’ul shaxs bo‘lib, axloqiy qiyofasi, pedagogik kompetentlikni namoyon etishi zarur. Mazkur vazifadan kelib chiqib, respublikamizda milliy ta’lim tizimining tashkiliyhuquqiy asoslarini shakllantirish uchun keng sharoit yaratildi. Xususan, bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kompetentlik darajasini rivojlantirish, ta’lim samaradorligini oshirish, xususan, bo‘lajak pedagog kadrlarni innovatsion faoliyatga yo‘naltirish, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoniga ta’lim trendlari, innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni tatbiq etish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish ustuvor vazifalar sifatida tavsiflanadi. Darhaqiqat insoniyat jamiyatida qadimiy kasblardan biri bo‘lgan pedagog kasbi har doim murakkab va mas’uliyati hisoblangan. Qadimgi mutafakkirlarning asarlarida yoshlarga ustozlik qilish yo‘lini tanlagan odam nafaqat muayyan xususiyatlarga ega bo‘lishligi balki, mazkur kasb uchun qobiliyat turiga moyil bo‘lishi, balki tegishli tayyorgarlikka ham ega bo‘lishi kerak. Axborot kompetentliligi deganda, talabaning nafaqat kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasi, balki axborotni izlash, tahlil qilish, saralash, baholash va uni amaliy faoliyatda samarali qo‘llash qobiliyati tushuniladi. Bu kompetentlik zamonaviy sharoitda shaxsning kasbiy rivoji va raqobatbardoshligini ta’minlaydi. [4] Axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha qabul qilinayotgan qaror va farmonlar nafaqat ta’lim jarayonida AKTdan samarali foydalanish imkoniyatlarini 2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 171 kengaytirmoqda, balki jamiyatimizda innovatsion yondashuvlarning shakllanishiga ham sabab bo‘lmoqda. Har bir hujjat o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, ta’lim sifatini oshirish, talabalarni axborot-kommunikatsiya ko‘nikmalariga tayyorlash va axborot kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilmoqda [1]. 2017-yil 14-sentyabrdagi PQ–3274-son qaror asosida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishidagi ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi. Ushbu qaror mamlakatimiz ta’lim tizimida yangi bosqichni boshlab berdi. Qarorda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng foydalanish, o‘quv jarayonida interaktiv usullardan foydalanish, yuqori kasbiy mahoratga ega bo‘lgan malakali pedagoglarni jalb etish, shuningdek, o‘quvchilarni nafaqat respublika, balki xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlash vazifalari belgilandi. Mazkur qarorning ahamiyatli jihatlaridan biri shundaki, u nafaqat o‘rta ta’limda, balki butun ta’lim tizimida integratsion yondashuvni kuchaytirishga xizmat qildi. Chunki mazkur ixtisoslashgan maktabda fanlarni o‘qitish jarayoni faqatgina nazariy bilim bilan cheklanib qolmay, balki axborot texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash bilan uyg‘unlashgan holda olib borilishi ko‘zda tutilgan. Natijada, o‘quvchilar dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o‘z g‘oyalarini sinovdan o‘tkazish, amaliy loyihalar ishlab chiqish va xalqaro maydonda o‘z bilimini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.[5] Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlanganidek, “yangi fikr, yangi g‘oya, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi”.[6] Bu fikr ta’lim tizimida ham tub o‘zgarishlarni amalga oshirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va zamonaviy dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish zarurligini anglatadi. Mazkur g‘oya amaliy ifodasini topgan hujjatlardan biri – 2018-yil 19-fevralda qabul qilingan PF–5349-son Farmondir. Ushbu farmonning asosiy maqsadi AKT sohasini yanada takomillashtirish, ta’lim uchun zamonaviy o‘quv rejalar va dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek, raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoniga kengroq tatbiq etishdan iborat edi. Farmonda ta’lim jarayonini raqamlashtirish orqali darslarni samarali tashkil etish, elektron ta’lim resurslarini ko‘paytirish va o‘quv dasturlarini zamon talablariga moslashtirishga alohida urg‘u qaratildi. Bu esa bevosita talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish masalasiga ham daxldor. Chunki, birinchidan, o‘quv dasturlarida AKTning keng joriy etilishi talabalarning raqamli ko‘nikmalarini shakllantiradi; ikkinchidan, yangi dasturiy ta’minotlardan foydalanish ularning kasbiy fanlar bo‘yicha bilimini axborot texnologiyalari bilan uyg‘unlashtirish imkonini beradi; uchinchidan, talabalarda mustaqil ishlash, elektron resurslardan foydalanish, ma’lumotlarni tahlil qilish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Tadqiqotchi olimlar ham ushbu yo‘nalishda turli fikrlarni bildirganlar. Masalan, Fokina V.N. innovatsion madaniyatni “o‘qituvchining ta’lim jarayoniga yangi elementlarni kiritish, yangiliklarga psixologik tayyorlik va axborot kompetentligining shakllanganlik darajasi bilan belgilanadigan jarayon” sifatida izohlaydi.[7] Bu fikr shuni ko‘rsatadiki, axborot kompetentligiga ega bo‘lmagan pedagogning innovatsion faoliyat olib borishi qiyin, chunki har qanday yangilik avvalo o‘qituvchining axborot texnologiyalaridan foydalanish qobiliyatiga bog‘liq. Smolnikova S.L. esa zamonaviy jamiyatni axborot texnologiyalari hayotning barcha sohalariga chuqur kirib borganligi bilan tavsiflaydi. [8] 2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 172 Unga ko‘ra, bugungi kunda ta’lim jarayoni jamiyatdagi umumiy axborotlashuvdan ajralib qolishi mumkin emas, aksincha, uni uzviy ravishda to‘ldirishi va rivojlantirishi zarur. Shuningdek, F.Umarova tadqiqotlarida texnik oliy ta’lim muassasalarida raqamli pedagogik vositalarni tatbiq etish samaradorligini ko‘rsatib, interaktiv dars vositalari, virtual laboratoriyalar va real vaqtli monitoring tizimlaridan foydalanish talabalarning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishi hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishini ta’kidlaydilar.[9] L.Ahmedova ingliz tili o‘qitishda elektron ta’lim platformalaridan foydalanishni o‘rganib, o‘qituvchining axborot kompetentligining darajasi talabalarning til ko‘nikmalari o‘sishiga bevosita ta’sir etishini aniqlagan. Bu fikr, ayniqsa, filologiya va xorijiy tillarni o‘qitishda kasbiy fanlar integratsiyasi asosida AKTdan foydalanish naqadar samarali ekanini ko‘rsatadi.[10] Shu nuqtai nazardan, mavjud dasturiy ta’minotlarning ko‘pi alohida fanlarga qaratilgan bo‘lsa-da, ularning kasbiy fanlar integratsiyasi asosida yaratilishi yetarli emas. Demak, talabalarni zamonaviy kasbiy faoliyatga tayyorlash, ularning axborot kompetentligini rivojlantirish uchun integratsiyalashgan dasturiy ta’minotni yaratish va takomillashtirish dolzarb ilmiy-amaliy vazifa sifatida namoyon bo‘lmoqda. Foydalanil adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5349son Farmoni 2. UNESCO. ICT in Education Policy Guidelines. – Paris, 2022. 3. Adashboyev Sh. Uzluksiz malaka oshirish tizimida oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining raqamli kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari. Avtoreferat. Toshkent: 2024 4. Abdiraxmonova G. Axborot kompetentligini rivojlantirish masalalari. – T.: O‘zbekiston Milliy universiteti, 2020. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentyabdagi PQ–3274-son Qarori 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–5349-son Farmoni, 2018-yil 19-fevral. 7. Fokina V.N. Innovatsionnaya kultura prepodavatelya vuza. – Moskva, 2016. 8. Smolnikova S.L. Informatsionnoye obshchestvo i obrazovaniye. – Moskva: Nauka, 2015. 9. Umarova F., Mirzayeva N. Zamonaviy raqamli pedagogik vositalardan foydalanish samaradorligi. – Toshkent: 2025. 10. Ahmedova L. Ingliz tilini o‘qitishda elektron ta’lim platformalaridan foydalanish tajribasi. – Toshkent, 2023.