scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TALABALARDA STRESSGA BARQARORLIKNI OSHIRISH VA STRESSNI KELTIRIB CHIQARUVCHI OMILLAR

Erkinova, Bashorat; Saidmuratova, Shahrizoda; Baxodirov, Javoxir

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 11, 2025 161 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us TALABALARDA STRESSGA BARQARORLIKNI OSHIRISH VA STRESSNI KELTIRIB CHIQARUVCHI OMILLAR Erkinova Bashorat Sirojiddinovna Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabasi Saidmuratova Shahrizoda Sayfiddinovna Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabasi Baxodirov Javoxir Erkinovich Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabasi Mavzuning dolzarbligi. Talabalik davri yoshlikning eng muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, o‘quv jarayonlari davomida turli stress omillarining ta’siri talabaning salomatligi va ta’lim jarayonlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Stressning zararli ta’sirlarini o‘rganish va stressga barqarorlikni oshirish bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi, Oliy o‘quv yurtlari talabalarida stressga barqarorlikni oshirish imkoniyatlarini o‘rganish hamda stressni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha samarali choralarni ishlab chiqish. Tadqiqot materiali va usullari. Tadqiqot Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalarida olib borildi. Unda jami 112 nafar 1-kurs talabalari ishtirok etdi. Ishtirokchilar eksperimental guruh (TG, 67 nafar) va nazorat guruhi (NG, 45 nafar)ga ajratildi. Talabalarning stress holatini baholash uchun maxsus anketa va "Talabalik davrining stress omillari" metodikasi qo‘llanildi. Tadqiqot natijalari: ➢ Talabalarda stressni keltirib chiqaruvchi 17 ta asosiy omil aniqlangan, jumladan, yangi muhitga moslashish, katta o‘quv yuklamasi, moliyaviy muammolar, oiladan uzoqda yashash, shaxsiy hayot muammolari. ➢ Kichik kurs talabalari o‘quv faoliyati bilan bog‘liq stressogen omillarga ko‘proq duch kelishi qayd etilgan. ➢ Eksperimental guruh talabalari psixokorreksiya amaliyoti natijasida stress darajasini pasaytirishga erishgan, nazorat guruhida esa bunday o‘zgarish kuzatilmagan. Xulosa. Stressga barqarorlikni oshirish talabalik davrida ta’lim jarayonlarining muvaffaqiyatli kechishini ta’minlaydi. Talabalarga stressni kamaytirish uchun jismoniy mashqlar, to‘yib uxlash, kitob o‘qish kabi usullar tavsiya etiladi. Tadqiqot natijalari stressni kamaytirishga qaratilgan choratadbirlarning samaradorligini ko‘rsatdi. Stressning zararli va foydali jihatlarini aniqlash talabaning shaxsiy rivojlanishi va salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.