scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTONDA RAYONLASHGAN VA QOZOG'ISTON SELEKSIYASIGA MANSUB YUMSHOQ BUG'DOY BA'ZI NAVLARI HOSILDORLIK KO'RSATKICHLARIGA ZARARLI XASVANING TA'SIRINI BAHOLASH

Turkistonova, Maftuna Tursunaliyevna

Abstract

Hozirgi kunda boshoqli don ekinlariga 50 dan ortiq turli xil zararkunanda hasharotlar zarar yetkazayotgani aniqlangan bo‘lib, Zararli xasva bug‘doy dalalarida keng tarqalib, don hosildorligiga va uning sifatiga katta zarar yetkazuvchi zararkunandalardan biridir. Ushbu maqolada zararli xasvaga chidamli navlarni tanlash va baholash bo‘yicha tadqiqot ishlari yoritilgan. Buning uchun ma’lum chegaralangan maydonga Respublikada rayonlashgan 20 ta va Qozog‘iston seleksiyasiga mansub 23 ta bug‘doy nav na’munalari uch qaytariqda ekilib, har bir nav (1m2) maxsus mato bilan o‘ralgan va zararli xasva hasharotlari sun’iy qo‘yilgan. Bu navlarning hosildorlikni ta’minlovchi miqdoriy belgilari tahlil qilingan.

Full text

Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 66 DOI: https://10.5281/zenodo.17618702 O‘ZBEKISTONDA RAYONLASHGAN VA QOZOG‘ISTON SELEKSIYASIGA MANSUB YUMSHOQ BUG‘DOY BA’ZI NAVLARI HOSILDORLIK KO‘RSATKICHLARIGA ZARARLI XASVANING TA’SIRINI BAHOLASH Maftuna Tursunaliyevna Turkistonova O‘zRFA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti 2-bosqich tayanch doktoranti E-mail: [email protected] ANNOTATSIYA Hozirgi kunda boshoqli don ekinlariga 50 dan ortiq turli xil zararkunanda hasharotlar zarar yetkazayotgani aniqlangan bo‘lib, Zararli xasva bug‘doy dalalarida keng tarqalib, don hosildorligiga va uning sifatiga katta zarar yetkazuvchi zararkunandalardan biridir. Ushbu maqolada zararli xasvaga chidamli navlarni tanlash va baholash bo‘yicha tadqiqot ishlari yoritilgan. Buning uchun ma’lum chegaralangan maydonga Respublikada rayonlashgan 20 ta va Qozog‘iston seleksiyasiga mansub 23 ta bug‘doy nav na’munalari uch qaytariqda ekilib, har bir nav (1m2) maxsus mato bilan o‘ralgan va zararli xasva hasharotlari sun’iy qo‘yilgan. Bu navlarning hosildorlikni ta’minlovchi miqdoriy belgilari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Yumshoq bug‘doy, nav, zararli xasva, chidamlilik, agrotexnik, nonboplik, bir boshoqdagi don soni, don og‘irligi. ASSESSMENT OF THE IMPACT OF SMUT DISEASE ON THE YIELD INDICATORS OF CERTAIN SOFT WHEAT VARIETIES BRED IN KAZAKHSTAN AND CULTIVATED IN UZBEKISTAN ABSTRACT At present, more than fifty different species of insect pests have been identified as harmful to cereal crops. Among these, the Hessian fly (Mayetiola destructor) is one of the most prevalent pests in wheat fields, causing substantial damage to both grain yield and quality. This study focuses on the selection and evaluation of wheat varieties resistant to the Hessian fly. For this purpose, twenty wheat varieties zoned within the Republic and twenty-three varieties developed through Kazakh breeding programs were cultivated in a designated experimental area under three replications. Each variety Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 67 was planted within a 1 m² plot enclosed with a special fabric to prevent external interference, and Hessian fly infestations were artificially introduced. Subsequently, the quantitative traits associated with yield formation in these varieties were analyzed to assess their resistance levels and productivity potential. Keywords: Soft wheat, variety, harmful crop, resistance, agrotechnical, breadmaking, number of grains per ear, grain weight. KIRISH 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida “Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga yetkazish” vazifalari belgilab berilgan bo‘lib, olib borilayotgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash va qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olish maqsadida biz ham ushbu tadqiqod ishimizni olib bormoqdamiz. Bug‘doy dunyodagi eng muhim oziq-ovqat ekinlaridan biri bo‘lib, dunyo aholisining uchdan bir qismidan ko‘prog‘i uchun asosiy iste’mol qiladigan mahsuloti bo‘lib xizmat qiladi. Bug‘doy bu nafaqat uglevodlar manbai, balki inson ovqat ratsionida katta miqdordagi oqsil manbai ham hisoblanadi. Hozirgi kunda boshoqli don ekinlariga 50 dan ortiq turli xil zararkunanda hasharotlar zarar yetkazayotgani aniqlangan bo‘lib, Zararli hasva Eurygaster integriceps Put. shunday zararkunandalar toifasiga mansub. Zararli xasva dunyo bo‘yicha keng tarqalgan va boshoqli don ekinlari uchun eng xavfli bo‘lgan so‘ruvchi hasharot hisoblanadi. Zararli xasva bug‘doyning asosan, unib chiqish, tuplanish, nay tortish, boshoqlash va pishish davrlarida ko‘proq zarar keltirishi aniqlangan. Mart oyining oxirgi o‘n kunligi, aprel oyining o‘rtalarida zararli xasva bug‘doyzorlar tomon uchib tarqala boshlaydi. Pishmagan bug‘doy boshoqlari zararlanishi natijasida qisman yoki butunlay puch bo‘lib qoladi, don tarkibidagi oqsil kamayib ketadi, zararlangan bug‘doy maydonlari hosildorligi hatto 45% dan 60%gacha tushib ketish holatlari kuzatilgan. G‘allachilik rivojlangan ko‘plab davlatlarda zararli xasvaga qarshi ko‘proq biologik preparatlar yordamida kurashiladi, maqsad hosil sifatini saqlab qolishdir. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Zararli xasvaning tabiatda dushmanlari ko‘p, turli xil yirtqichlar, patogenlar tabiiy sharoitda zararkunandaning populyasiyasini kamaytirib turadi (Canhilal et al., 2008; Kutuk et al., 2010). Hozirgi kunda zararli xasvaga qarshi kurashishda eng samarali usullar unga nisbatan chidamli navlarni tanlash orqali bu muammoga yechim topish mumkin. Ertapishar navlar ekilganda, xasva ularda to‘liq rivojlanib ulgurmaydi va natijada bug‘doy don sifatiga kam zarar yetkazadi. Xasva zarariga bardosh beradigan Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 68 hamda zararkunanda rivojlanishi uchun yoqimsiz navlar ham yaratilganki, ularni ekish qo‘shimcha mablag‘ sarf qilmay turib ekinlarni himoya qilish imkonini ta’minlaydi. Shunday navlar ham mavjudki, ular xasva so‘lagi fermenti ta’siriga uchramaydi va xasva don sifatiga ta’sir ko‘rsatolmaydi (Irnazarova N.I, 2025). Sababi xasva o‘simlikni va donni zararlaydi. Biz olib borayotgan ushbu tadqiqotimizda ham, dala sharoitida zararkunandaning tarqalishini baholash bilan birga himoyalangan sharoitda nav namunalarida o‘simlikning naychalash davrida maxsus mato bilan o‘ralgan, har bir metr kvadratga 6 donadan voyaga yetgan zararli xasvani qo‘yish yo‘li bilan tekshiruv o‘tkazildi. Bundan maqsad zararli xasva maxsus mato bilan o‘ralgan maydondagi bug‘doy don sifatiga qanchalik zarar yetkazishini va qaysi bug‘doy navlari undan kam zararlanishini aniqlash uslubi hisoblanadi (Krupnov, 2011). Olingan natijalar nazorat uchun ekilgan na’munalarga sholishtirish orqali taqqoslanadi. Bunda ekilgan na’munalarimizdan yetarlicha boshoq yig‘ib olinib, har bir boshoq uzunligi, bir boshoqdagi boshoqchalar soni, don soni, don og‘irligi hamda 1000 ta don vazni kabi hosildorlik ta’minlovchi asosiy ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. NATIJA VA MUHOKAMA Bug‘doyda don hosildorligini ta’minlovchi asosiy ko‘rsatkichlar boshoq og‘irligi, bir boshoqdagi don soni va uning og‘irligi, hamda 1000 ta don vazni ekanligi ko‘p tajribalarda tasdiqlangan (Qulmamatova et.al, 2022) Umumiy don (1m2) vazni bo‘yicha Respublikada rayonlashgan va eng ko‘p ekilayotgan ba’zi bug‘doy navlarining tajriba va nazorat maydonlaridan olingan sifat ko‘rsatkichlar o‘zaro solishtirilganda zararli xasva bilan eng ko‘p zararlangan hosildorlik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada kamaygan navlar Krossnodar-99, Asr, Zamin 1, Do‘stlik, Antanina*, Andijon-2, Vassa, Zimnitsa, Pervitsa, Tanya navlarida hosildorlik 45-50% gacha kamaygan bo‘lsa, eng ko‘p zararlanish Oq marvarid, Aleksevich, Antanina** navlarida hosildorligi qariyib 60% gacha kamayganligi kuzatildi. Zararkunandaga nisbatan chidamli bo‘lgan E’zoz, Jasmina, Semrug‘, Grom navlarida zararlanish kamroq kuzatildi. Qozog‘iston seleksiyasiga mansub bo‘lgan navlarda ham xuddi shu ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng ko‘p zararlanish Alatau, Alikhan, Farobi, Yzhnaya navlarida hosildorlik 50% gacha kamaygan bo‘lsa, Karlygash, Ybileinaya-60 navlarida bu ko‘rsatkich 60% ni ko‘rsatdi. Nisbatan zararkunandaga chidamli bo‘lgan va hosildorlik ancha yuqori bo‘lgan navlar Naz, Mereke 70, Karasai, Konditerskaya, Kylbiday kabi navlar bo‘ldi. Respublikada rayonlashgan navlarning bir boshoqdagi don soni va don og‘irligi statistik hisoblab chiqilganda, eng yuqori ko‘rsatkich E’zoz, Semrug‘ va Zamin-1, Vassa navlarida aniqlanga bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Oq marvarid, Jasmina va Rossiya seleksiyasiga mansub bo‘lgan Zimnitsa, Aleksevich, Gurt, Grom navlarida Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 69 kuzatildi. Xuddi shu ko‘rsatkichlar bo‘yicha Qozog‘iston navlari tahlil qilinganda eng yuqori ko‘rsatkich, Erithrospermum 350, Farabi, Steklovidnaya 24, Egemen, Mereke70, Konditerskaya navlarida, eng past natijalarni Yubileinaya-60, Karabalykskaya ozimaya, Almaly, Alikhan, Yznaya kabi navlarda don mayda bo‘lib qolganligi kuzatildi. Buning sababi sifatida zararli xasva bilan zararlanish natijasida o‘simlikning hosildorligi va bug‘doy don sifatiga ta’sir ko‘rsatganligi hisoblandi. 1000 don vazni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich E’zoz, Semrug‘, Zamin-1, Vassa va Asr, eng past Aleksevich, Gurt, Grom, Antonina* navlarida kuzatildi. Qozog‘iston navlarida 1000 don vazni bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich Kzlbiday, Mereke-70, Mayra va Karasai navlarida, eng past Alikhan, Aliya, Krasnavodopod, Karabalykskaya ozimaya navlarida bo‘ldi. XULOSA Yuqoridagi amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotimiz natijalariga ko‘ra Respublikada rayonlashgan va Qozog‘iston bug‘doy navlarida zararli xasva hashoratiga bardoshliligi turlicha bo‘lib, 2024-yilgi tadqiqotlarimizda Oq marvarid, Asr, Antonina*, Vassa va Grom navlari xasvaga o‘ta ta’sirchan, Krasnodarskaya 99, Ilg‘or, Semrug‘, Istiqlol va Andijon-2 navlari bu hashoratga bardoshli nav sifatida baholangandi. Antonina**, Vassa va Pervitsa navlarida zararli xasvaning zarari xo‘l kleykovina miqdoriga ta’sir qilmagan bo‘lsada, ularning sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatganligi aniqlangandi. 2024yilgi tajribamizda Respublikda rayonlashgan 20 ta nav hammasi maxsus mato bilan o‘ralganda, bunda zararli xasva hasharoti o‘simlikni tanlab zararlantirgan bo‘lsa, 2025 yilgi tadqiqotimizda har bir nav na’munamizni alohida qilib maxsus mota bilan o‘raldi. Bunda xasva bilan majburan zararlantirdik, bundan asosiy maqsad qaysi nav ushbu hasharotga chidamli, u bilan qay darajada zararlandi shuni baholadik. Olingan natijalarni tadqiq qilish orqali o‘simlik hosildorligi va don sifatiga keltirgan zarari ko‘rib chiqildi va natijalar tahlil qilindi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bu yilgi tadqiqodlarimizda Rayonlashgan navlarda umumiy don (1m2) vazni bo‘yicha nisbatan chidamli navlar E’zoz, Jasmina, Semrug‘, Grom navlari bo‘lgan bo‘lsa, Qozog‘iston seleksiyasiga mansub Naz, Mereke 70, Karasai, Konditerskaya, Kylbiday kabi navlar bo‘ldi. 1000 don vazni bo‘yicha E’zoz, Semrug‘, Zamin-1, Vassa va Asr navlarida bo‘lsa, Qozog‘iston navlarida 1000 don vazni bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich Kzlbiday, Mereke70, Mayra va Karasai navlarida kuzatilgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Ansari, M., Moraiet, M., Ahmad, S. 2014. Insecticides: Impact on the Environment and Human Health. In: Malik, A., Grohmann, E., Akhtar, R. (eds) Environmental Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 70 Deterioration and Human Health. Springer, Dordrecht. https://doi.org/10.1007/978-94007-7890-0_6 2. Canhilal R., Reid W., Kutuk H., El-Bouhssini M. Susceptibility of sunn pest, Eurygaster integriceps Puton (Hemiptera: Scutelleridae), to various entomopathogenic nematodes (Rhabditida: Steinernematidae and Heterorhabditidae) (PDF) // J. Agric. Urban Entom. 2008. V. 24. P. 19–26 3. D.E. Qulmamatova, S.K. Baboev and A.K. Buronov. Genetic variability and inheritance pattern of yield components through diallel analysis in spring wheat//SABRAO Journal of Breeding and Genetics 54 (1) 21-29, 2022 http://doi.org/10.54910/sabrao2022.54.1.3 4. Kutuk H., Canhilal R., Islamoglu M. et al. Predicting the number of nymphal instars plus new-generation adults of the Sunn pest from overwintered adult densities and parasitism rates // J. Pest Sci. 2010. V. 83. P. 21–25. 5. Vandana Dhaka and B.S. Khatkar. Effects of gliadin/glutenin and Hmw-Gs/LmwGs ratio on dough rheological properties and bread-making potential of wheat varieties// Journal of Food Quality.2015, :https://www.researchgate.net/publication/273158710 6. Dulov M.I., Sukanova E.S. Vliyanie klopa-cherepashki na texnologicheskie i xlebopekarnыe svoystva zerna sortov yarovoy myagkoy pshenitsы v usloviyax srednego povoljya//Niva Povoljya, 2008, № 3 (8) – S. 15-21. 7. Krupnov V.A. Seleksiya pshenitsы na ustoychivost k vrednыm klopam (eurygaster spp.): net li riska?// Vavilovskiy jurnal genetiki i seleksii, 2011, Tom 15, № 3,-S. 572578. 8. Rsaliev SH.S., Sarbaev A.T., Eserkenov A.A. Razvitie vrednoy cherepashki na ozimoy pshenitse v zernoseyuщix regionax Kazaxstana. Issledovaniya, Rezultatы, 2024, 2 (1). – S.359-367. DOI: https://doi.org/10.37884/2-1-2024/573