TARJIMA SAN'ATINING O'ZIGA XOS QOIDALARI, MUAMMOLARI VA LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
Abstract
TARJIMA SAN'ATINING O'ZIGA XOS QOIDALARI, MUAMMOLARI VA LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
Full text
21 TARJIMA SAN’ATINING O‘ZIGA XOS QOIDALARI, MUAMMOLARI VA LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI Prof. Jamoliddin Yoqubov O‘zDJTU Аннотация: В данной статье мы сосредоточились на двух аспектах искусства перевода: 1) История теории перевода и конкретные правила перевода, 2) Лингвистические проблемы перевода на разных языках и лингвокультурные особенности их перевода. Abstract: In this article we focus on two aspects of the art of translation: 1) The history of translation theory and specific rules of translation, 2) Linguistic problems of translation into different languages and linguocultural features of their translation. Ключевые слова: исскуство перевода, перевод, переводчик, реалия, лингвокультурологический аспект, риторика, прагматика. Key words: art of translation, translation, translator, reality, linguocultural aspect, rhetoric, pragmatics. Mazkur maqolamizda biz tarjima san’atining ikki qirrasiga e’tiborni qaratdik: 1) Tarjima nazariyasining tarixi va tarjima qilishning o‘ziga xos qoidalari, 2) tarjimaning turli tillardagi lisoniy omillari va ularni tarjima qilishdagi lingvomadaniy xususiyatlari. Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun bizda tajriba ham, shart-sharoit ham yetarli, deb o‘ylaymiz. O‘zbekistonda jahon xalqalari bilan turli sohalarda olib boriladigan keng ko‘lamdagi xalqaro hamkorlikning rivojlanishida tarjimonlarning o‘rni beqiyosdir. Tarjimashunoslikning o‘ziga xos nazariya sifatida san’at darajasida rivojlanishiga taniqli tilshunos va tarjimashunos olimlar V. Komissarov, A. Fyodorov, L. Barxudarov, Ya. Resker, Gʻ. Salomov, Q. Musayev, O. Mo‘minov, Yu. Nayda, J. Ketford va boshqalar katta hissa qo‘shdi. Tarjima nazariyasi borasida XX asrda amalga oshirilgan ilmiy ishlarning, yaratilgan tarjima maktablarining mantiqiy davomi XXI asrda ham o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Tarjima – bu san’at demakdir, tarjimonning san’ati esa – bu o‘z tushunchasini boshqa tilga tarjima qilib uzatish. Tarjimon begona voqelikni to‘g‘ri anglashi, tushunishi, mulohaza qilishi, yozuvchining holatini ko‘rishi, anglashi, his qilishi kabi holatlarni to‘g‘ri tarjima yordamida o‘z kitobxoniga yetkazib berishi lozim. O‘zbekistonda tarjima san’atini rivojantirishda Gʻaybulloh AS-SALOMning fidokorona mehnati o‘ta buyuk hisoblanadi. Gʻ. Salomov tarjima san’ati haqidagi fikrlarini quyidagicha ifodalaydi: “ Tarjima orqali xalqlar bir-birlari bilan muomala qilganlar, olimlar bir-birlari bilan fikrlashganlar, adiblar bir-birlari bilan muloqotda bo‘lganlar. Hamma zamonlarda – xoh adabiy, xoh ilmiy, xoh siyosiy kitoblar tarjimasi
22 bo‘lsin – xalq, u yaratgan yoki yaratayotgan madaniyat, fan, adabiyot va san’at bundan faqat naf ko‘rgan[ Salomov 1983, 18-b.] Tarjima - ilm va san’at. U ilm bo‘lganda ham, asrlar davomida ne-ne mutafakkirlar, turli soha vakillari, yozuvchi va shoirlar xayolini band etib kelayotgan murakkab ilm, san’at bo‘lganda ham, san’atlar shohi. O‘ziga xos ahamiyati va sirusinoatlarga boyligi jihatidan unga teng keladigan san’at yo‘q[ Odiljon Safarov 2024, 3-b.]. Hozirgi davrda XXI asrning zamonaviy tarjimashunosligiga juda ko‘plab o‘zbek tarjimonlari va lingvistlari o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Bulardan Xurshid Davron, Muhammad Ali, Ibrohim Gʻafurov, Qudratxon Musayev, Najmiddin Komilov, Ibrohim Gʻafurov, Shaxriyor Safarov, Ibaydullo Mirzayev, Muhammadjon Xolbekov, Omon Mo‘minov, Begoyim Xolbekova, Shuxrat Sirojiddinov, Gʻanisher Raximovlarni aytib o‘tish lozim. Ma’lumki, tarjima inson faoliyatining eng qadimiy turlaridan biri bo‘lib, u tufayli biz jamiyat taraqqiyoti tarixining barcha tafsilotlarini ochiq-oydin tasavvur etamiz.Tarjima tufayli milliy adabiyotlarga yangi g‘oyaviy yo‘nalish, yangicha syujet, janr, yangi obraz va badiiy tasvir vositalari kirib keladi. Shu ma’noda, tarjimani asliyatni qayta yaratish, talqin etish san’ati deb ta’riflash mumkin. Bizning nazarimizda, tarjima – bu bir tildagi axborotni boshqa tilda bayon etish demakdir. Tarjima va asliyat matnlarda aniqlangan milliy madaniyatlarning o‘xshashligi va farqlarini tadqiq qilish asos hisoblanadi. O‘zbekistonning sobiq birinchi Prezidenti Islom Karimovning “ Tarixsiz kelejak yo‘q” degan dono fikrlarini davom ettirgan holda aytish lozimki, har bir tadqiqot ob’yektining o‘z tarixi mavjud. Jumladan, fransuz tilida tarjima nazariyasining ham o‘zi xos tarixiy rivojlanish bosqichlari bor. Fransuz tili tarixi va adabiyoti tarjima haqida ko‘plab tarixiy an’anaviy boylikka ega. Jumladan, Ye.G. Etkind o‘zining “ Buyuk fransuz tarjimonlari” maqolasida “Fransiyada tarjima tarixi” fojia bilan boshlandi deb yozgan edi. Ushbu maqolaning birinchi qatori fransuz Uyg‘onish davrining insonparvari, tarjimoni, yozuvchi va bosmaxona matbaachi Etyen Dolega bag‘ishlangan. Ta’kidlash lozimki, shaxsan Etyen Dolening fransuz tiliga qo‘shgan xizmati shundaki, u tufayli ilk bor fransuz tiliga traducteur (tarjimon) va traduction (tarjima) so‘zlari kirib kelgan. Eng muhimi E. Dole asarining tarixiy xizmati shundaki, mazkur asar «Bir tildan ikkinchi tilga yaxshi tarjima qilishning o‘ziga xos xususiyati” ("La maniere de bien traduire d’une langue en autre”) 1540 yili birinchi marta chop etildi. E. Dolening mazkur ilmiy ishi tarjima nazariyasining preskriptiv yo‘nalishidagi bosh manba bo‘lib xizmat qilgan. Muallif o‘z asarida to‘laqonli yaxshi tarjima qilishning beshta qoidasini taklif qiladi:
23 1) tarjimon eng avvalo muallifning predmet haqidagi fikrini va bu ob’yekt haqidagi uning hukmini yaxshi tushunmog‘i lozim; 2) tarjimondan til asliyatini yaxshi bilish va uni yuksak darajada tarjima qilish talab qilinadi; 3) tarjimon matnning asl nusxasini so‘zma so‘z tarjima qilmasligini inobatga olmog‘i lozim; 4) tarjimondan tarjima normalarini yaxshi bilgan holda umumiy qo‘llaniladigan lisoniy shakllar bilan cheklanishi talab etiladi, ammo yangi lesik iboralarni hech qanday o‘ylamasdan o‘zicha ixtiro qilib, tarjimaga kiritishi mumkin emas; 5) tarjimondan notiqlik nutq normalariga rioya qilish talab qilinadi, ayniqsa, “gaplarni bir-biriga bog‘lash va birlashtirish qoidalariga noziklik bilan shunday yondashish kerakki, unda inson qalbi faqatgina qanoatlanib qolmasdan, balki uning quloqlari eshitib roxatlanishi kerak, chunki odatdagi nutqda bunday uyg‘unlik mavjud emas”[La maniere de bien traduire d’une langue en autre 1540]. Tarjimonning maqsadi – axborotni uzatish degani, bu bir tilni ikkinchi tilga almashtirish emas, balki asosiy matn mazmunidan kelib chiqib, saralangan maxsus til vositalari orqali tarjima mohiyatiga mos keladigan muqobil tarjimani berishdir. Hozirgi zamon lingvistikasida “tarjima” terminiga jarayon va natija deb ta’rif berilgan. T.V.Jerebiloning lingvistik terminlar lug‘atida “tarjima” terminiga quyidagicha ta’rif berilgan: 1. matn mazmunidagi axborotni lisoniy vositalar bilan boshqa tilga uzatish; 2. ikki yoki undan ortiq tillar qiyoslashining maqsadi ular orasidagi semantik xususiyatlarning mos kelishini qidirib topish; 3. matn mazmunidagi axborotning g‘oyasini to‘la ochib berish uchun boshqa tildagi vositalarni izlab topish, shuningdek mazmun va shakl nuqtai nazardan matnning asl nusxasidagi mazmun mohiyatining to‘la ochib berilishining tarjimaga mos kelishi. 4. Sosiolingvistik nuqtai nazaridan, tarjimon tarjima jarayonida chiroyli talaffuzga va ekstralingvistik xarakterdagi ma’lumotga ham ega bo‘lishi lozim [Словарь лингвистических терминов. 2010]. A.D.Shveyserning fikricha, “tarjima” bir yo‘nalishdagi ikki jarayonni qamrab oluvchi muloqatning tillararo va madaniy fazaviy jarayondir . Tarjima jarayoni – o‘ta qiyin, ko‘p aspektli, tarjimondan nafaqat lingvistik, ammo ekstralingvistik, lingvomadaniy bilimlarni ham talab qiladi. Tarjima ob’yekti o‘ta murakkab jarayondir. II. Tarjima masalalarida 6 xil muammo mavjud: leksik-semantik, grammatik, sintaktik, ritorik, pragmatik va madaniy (lokalizatsiya-xududiy).
24 1. Tarjimada leksiko-semantik muammolar Fransuz tilidan boshqa tillarga tarjima qilishda o‘ziga xos muammolari mavjud. Leksik-semantik muammolar lug‘atlar, izohli lug‘atlar, turli sohalar bo‘yicha, jumladan, bank sohasiga doir terminlar maxsus ekpertlar bilan maslahatlashish orqali hal qilinishi mumkin bo‘lgan muammolardir. Ushbu holatda matnlarda terminlarning o‘zaro almashishi xususiyatidan kelib chiqib, neologizmlar, semantik lakunalar, sinonim va antonimlar leksik sathida ikki yoki undan ortiq semantik ma’nolarni ifodalashiga e’tiborni qaratish lozim. Tarjimonning vazifasi o‘quvchiga muallif maqsadini aniq yetkazish bilan birga faqatgina eksplisit axborotni emas, balki implisit ma’lumotni ham to‘g‘ri uzatish lozim. Albatta, bu tarjimon uchun o‘ta murakkab vazifa, tarjimon doim ham yaxshi tarjima qila olmasligi mumkin, chunki turli xil tillarning dunyoviy manzarasi va mentaliteti mos kelmaydi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi leksik muvofiqlik turlari : 1.To‘liq leksik muvofiqlik. 2. Qisman leksik muvofiqlik. 3. Umuman mos kelmaslik. 4. To‘liq leksik muvofiqlik. Mas., so‘zlarning polisemantik xususiyati: house(uy, boshpana, parlament va h.k., head(bosh, kalla, rahbar, boshliq va h.k.), serviette (salfetka, sochiq, portfel; papka), “libre” so‘zi «erkin, ozod” yoki kontekstdan kelib chiqib, “bepul” ma’nolarni anglatadi, “tour”-navbat, minora, aylanma, aylanib o‘tish kabi. Biz fransuz tilidan rus tiliga tarjima qilishda ikki til yo‘nalishida tez-tez qiyinchiliklarga duch kelamiz. Masalan, rus tilidagi лиса, лошадь, собака, ворона, кошка (tulki, ot, it, qarg‘a, mushuk) so‘zlari ayol jinsiga qarashli bo‘lsa, fransuz tilida esa ular: renard(m), cheval (m), chien (m), corbeau (m), chat (m) erkak jinsiga mos keladi. Demak, fransuz va rus tillaridagi jins kategoriyasi doim ham bir-biriga mos kelavermaydi. Tarjimon badiiy asarni tarjima qilishda o‘sha xalqqa xos qiziq, g‘ayriodatiy urf-odat va realiyalarini yaxshi bilmog‘i kerak. 2. Tarjimada grammatik muammolar Grammatik muammolar, masalan, temporallik, tus(aspekt) kategoriyasi (tus kategoriyasini ifodalashda zamonga nisbatan ish harakatning davomiylik jarayoni yoki holatni ifodalashda fe’l va kishilik olmoshining qo‘llanishi, olmosh bilan fe’l birgalikda ifodalanganda turli semantik harakatni, jumladan, harakatning rivojlanishi jarayoni yoki holatni ko‘rsatishga hizmat qilishini inobatga olish lozim. Masalan, ingliz, fransuz va o‘zbek tillarida so‘z tartibi: I go to school – Je vais à l’école – Men maktabga boryapman. -S-P, - o‘zb. SOP Fransuz tilidagi tout olmoshini tahlil qiladigan bo‘lsak, ushbu olmosh o‘ziga xos semantik xususiyatga ega: birinchidan, ushbu olmoshning mazmunini ochib berish ot oldidan yoki otdan so‘ng artik bilan yoki artiklsiz kelishiga bog‘liq, ikkinchidan, tout olmoshining aniq yoki noaniq artikl bilan kelishini nazarda tutmog‘ lozim.
25 Fransuz tilidan rus tiliga tarjima qilish jarayonida tarjimon tout olmoshining ko‘p ma’noni anglatishini bilmog‘i kerak, jumladan, tout olmoshi rus tilida "весь", "целый" ёки "каждый" ma’nolarini anglatib keladi. Agar olmosh ot oldida aniq artikl bilan qo‘llansa, tout olmoshi fransuz tilidan rus tiliga "весь" deb tarjima qilinadi. Masalan: ➢ Il veut savoir toute la vérité . – Он хочет знать всю правду. ➢ J’y ai pensé toute la soirée. - Я думал об этом весь вечер. Agar olmosh ot oldida noaniq artikl bilan qo‘llansa, bu holda tout olmoshi fransuz tilidan rus tiliga "целый" sifati yordamida tarjima qilinadi: C’est tout un problème. – Это целая проблема, Ce n’est plus un village, c’est toute une cité. - Это больше не деревня, это целый город Bordi-yu tout olmoshi ot oldida artiklsiz qo‘llansa, unda mazkur olmosh fransuz tilidan rus tiliga "всякий, каждый, любой“ so‘zlari orqali tarjima qilinadi. ➢ Quyidagi misollarni tahlil qiladigan bo‘lsak, tout olmoshi o‘ziga xos semantik ma’nolarni ifoda etadi: ➢ Tout enfant a droit à l’instruction. – Каждый ребёнок имеет право на образование Contre toute espérence il a réussi ce role. – Вопреки всякому ожиданию эта роль ему удалась Ta’kidlash lozimki, fransuz tilida yordamchi so‘zlar katta rol o‘ynaydi. Yuqorida misollardan ko‘rinib turibdiki, artikllar otlar oldida kelganda matnning mazmunini sezilarli darajada o‘zgartirib yuboradi. Jumladan, quyidagi uchta gapni qiyosiy tahlilga tortamiz va bu holatni guvohi bo‘lamiz. ➢ Je mange le chocolat. – Я ем шоколад. ➢ Je veux du chocolat. – Я хочу шоколада. ➢ J’ai mangé le chocolat. – Я съел целую шоколадку. Aytish lozimki, fransuz tilida artikl mavhum tushunchani aniq predmetga aylantirib yuborish xususiyatiga ega. Masalan: l’attention – vnimaniye - diqqat, ➢ une attention – znak vnimaniya, podarok-e’tibor belgisi; sovg‘a; ➢ la beauté – krasota-go‘zallik, une beauté krasotka - go‘zal-sohibjamol qiz.. 3.Tarjimada sintaktik muammolari Sintaktik muammolar sintaktik parallelizmlar, sintaktik munosabatlar (boshqaruv,bitishuv), fe’llarning aktivlik va majhullik nisbati, gap yoki ish harakatni ifodalovchi hikoyalarda voqelikning amalga oshish jarayonini shakllantirish, ritorik figuralar shakllanishining tarkibiy qismi, gap va nutqlarda so‘z tartibining o‘zgarish holati, shuningdek so‘zlarning anaforik xususiyatini gapning boshida, she’rlarda va frazalarda kelishini inobatga olish kuzatiladi.
26 Fransuz tilida gaplar uzun va murakkab shakllarda berilsa, o‘zbek tilida esa qisqa va aniq sodda gaplar yordamida ifodalanadi. Masalan: Fransuz tilida: Dans un coin sombre de la pièce, elle attendait, les mains tremblantes, que quelque chose arrive enfin. O‘zbek tilida: Xonaning qorong‘i burchagida u kutib turardi. Qo‘llari titrardi. Nihoyat biror narsa sodir bo‘lishini kutardi. White flagoq bayroq, He laughed – U kuldi. house-plan -uy plani-plan doma. 4. Tarjimada ritorik muammolar Ritorik muammolar bevosita o‘hshatish bilan bog‘liq. Ish harakatni mantiqiy fikrlash stilistik figuralar(vositalar) (qiyoslash, metafora, metonimiya, sinekdoxa, oksimoron, paradoks va boshqalar) va diksiya( chiroyli talaffuz yordamida so‘z va gaplarni aniq-ravshan aytish) bilan bog‘liq. Il est têtu comme un âne– U eshakdek o‘jarOн упрямый как осёл Rus kishisi farzand ko‘rmagan odamga: on bыl bezdetenu befarzand edi – eng muqobil variant-u tirnoqqa zor edi - jarangliroq chiqadi. Tarjimada emosionallik, stilistik va madaniy bo‘yoqdorlik. Le vent se lève, il faut tenter de vivre.Shamol esmoqda – yashashga intilmoq lozim. Il avait le cœur serré en pensant à sa mère restée au village. O‘zbek tilida: Onasi qishloqda qolib ketganini o‘ylab, yuragi siqildi. Badiiy matn tarjimasini yuqori saviyada amalga oshishida tarjimon quyidagi til omillariga e’tiborni qaratish kerak deb o‘ylaymiz. Tarjima tarixiy o‘tmish dunyosi bilan bog‘liq bo‘lsa, tarjimon darhol arxiv hujjatlar bilan tanishib chiqish darkor, shuningdek o‘sha davr hamma realiyalarni bilishi va ularning badiiy asarlardagi tarjimasini kitobxonlar ongiga qanday yetkazib berish masalasini o‘ylashi zarur. Birinchidan, stilistik uslublarni ishlab chiqish va taxlil qilish lozim. Bu yerda asosiy e’tibor frazelogizmlarga qaratiladi, ba’zan ularning boshqa tilda muqobil varianti bo‘lmaydi: jumladan, fransuz tilidagi frazeologizm “avoir un rat dans la tete” ni so‘zma-so‘z “uning boshida kalamush bor” deb tarjima qilinsa, juda kulgili bo‘ladi, aslida u “xomkalla, esi past” degan ma’noni anglatadi, ushbu frazeologik birikma esa rus tili variantida «bez sarya v golove» deb tarjima qilinadi. Ikkinchidan, tarjimaning sifatli chiqishida lisoniy olam(dunyo manzarasi) ning ta’siri bo‘ladi. Masalan, agar o‘zbeklar yoki ruslar aks ursa «Sog‘ bo‘ling!- Будьте здоровы!» deyiladi. Fransuzlar esa bu holatni boshqacha ifodalaydi: «A vos souhaits!» – «Пусть сбудутся ваши желания! – Sizning istaklaringiz amalga oshsin», «A vos amours!» – – «Пусть у вас будет удача в любви!- Muhabbatda omadingiz kelsin!».
27 Fransuz tili So‘zma -so‘z tarjima To‘g‘ri tajima To‘g‘ri tajima Il pleut des cordes Идёт дождь из верёвок Льёт как из ведра Chelaklab quymoqda Elle a le cœur sur la main У неё сердце на ладони Она очень щедрая Ona ochen щyedraya Uning qo‘li ochiq C’est la fin des haricots Это конец фасоли Всё пропало / конец всему Всё пропало / конец всему Hamma narsa tugadi Uchinchidan, tarjimon badiiy asarni tarjima qilishda o‘sha xalqqa xos qiziq, g‘ayriodatiy urf-odat va realiyalarini yaxshi bilmog‘i kerak. Muayyan bir xalq va millatga xos turmush tushunchalarini anglatadigan so‘zlar – realiyalar deyiladi. Masalan, ispan tili adabiyotini tarjima qilishda pancho (yoping‘ich), machete (cholg‘i-o‘roq), sombrero (shlyapa), flamenko (bayram), jazoir adabiyotini tarjima qilishda arab xalq hayotining realiyalarini: kuskus (taom), tamtam, suk (bozor) tarjimon yaxshi bilishi kerak. Fransuz tarjimoni uchun esa rus va o‘zbek realiyalarini: samovar, starosta, choyxona, mahalla, mahalla raisi, sunnat, beshik to‘yi tarjima qilish ancha qiyinchilik tug‘diradi. Yuqoridagi aytilgan lisoniy omillar tarjima sifatiga ta’sir qiladi, matn tarjimasini sifatli amalga oshirishda tarjimon leksik va sintaktik transformatsiyalarga murojaat qilishga majbur bo‘ladi. 5. Tarjimada pragmatik muammolar: Kishilik olmoshlarning faol qo‘llanish tarjimasi misolida. Pragmatika – bu odamlarning til birliklariga bo‘lgan sub’yektiv munosabatidir. L.S. Barxudarov Tarjimaning pragmtik ma’nolarini o‘rganishda har bir so‘zning leksik-semantik ma’nosini 3 tipga bo‘lib o‘rganishni tavsiya qiladi: 1) so‘zning stilitik xarakteristikasi; 2) so‘zning registri; so‘zning emosional bo‘yog‘i. Masalan, bitta jumlada ikki-uch xil pragmatik emosional bo‘yoq uchrashi mumkin: Please come in (rasmiy), Come in (neytral), Come in will you (maishiy, salbiy bo‘yoqli), Get the hell in here (familyar, salbiy emosional). Pragmatik masalalar “sen” va “siz” olmoshlari bilan uzviy bog‘liqdir. Jumladan, ushbu olmoshlar yordamida idiomatik frazalar, iboralar, dikton(maqol-matal va hikmatli so‘zlar)lar, ironiya(kinoya, piching), hazil va jargonlar qo‘llanishida uchraydi. Ammo bu qiyinchiliklar boshqa qiyinchiliklarni ham o‘z ichiga olishi mumkin, masalan, inglizcha-fransuzcha matn tarjimasida kishilik olmoshi "siz". Bu holatda
28 tarjimon “sen” va “siz” olmoshlaridan qaysi biri matn mazmuniga mos kelishini va ularni to‘g‘ri qo‘llashni o‘ylab ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Agar “siz” olmoshini qo‘llasa, unda ma’no o‘zgarib, xushmuomalik kategoriyasiga aylanib ketishi mumkin. Bu holat esa doim ham tarjimaga mos kelavermaydi. 6. Tarjimada lingvo-madaniy muammolar Madaniy muammolar turli tillarda madaniyat har xil bo‘lib, ular o‘sha xalq madaniyatini aks ettiradi. Jumladan, har xil millatda taomlarning nomlanishi har xil, bayramlar va har xil madaniyatni anglatuvchi urf-odatlarni ham ko‘rsatish mumkin. Tarjimon esa har ikki til sohiblari madaniyatini chuqur bilishi va anglashi lozim. Frazeologik birikma misolida milliy kolorit yoki bir millatga xos bo‘lgan tasvir tarjimasi: Nemis tilida – Wenn die Hunde mit dem Schwanz bel-len(qachonki, itlar dumlari bilan akkillasalar) iborasi qo‘llansa, inglizlarda - -when the moon turns green cheese( qachonki, oy yashil pishloqq aylansa) iboras anolog sifatida tanlansa, fransuz tilida - Quand les poules auront des dents( qachonki tovuqlarning tishlari bo‘lsa). Rus tilida – Когда рак свистнет на горе и рыба запоет ( qachon tog‘da qisqichbaqa hushtak chalsa va baliq kuylasa) tarjima qilinsa, o‘zbek tilida – “tuyaning dumi yerga tekkanda” iborasini tanlash mumkin. Ta’kidlash lozimki, diniy e’tiqodlarni o‘rganish, xalqning hayoti, turmush tarzi, moddiy va ma’naviy madaniyati bilan tanishish. Jumladan, bunga misol qilib fransuz tiliga tarjima qilingan oddiy gapni keltirish mumkin: “Bir jazoir qishlog‘ida Laid el Kebir bayramiga qo‘y so‘yishgan”. Ba’zi talabalar ushbu gapni quyidagicha tarjima qilishgan: “«On a tué un mouton pour feter Laid el Kebir dans un village algérien”. Bir ko‘rinishidan ushbu gapning tarjimasi to‘g‘riga o‘xshaydi. Ammo talabalar o‘sha joydagi musulman urf-odati bo‘yicha qo‘yning tomog‘idan so‘yishini hisobga olmaganlar. Bu yerda tarjima uchun «zabit-urib o‘ldirmoq» (abattre), «ubit-o‘ldirmoq» (tuer), «zakolot-sanchib o‘ldirmoq» (poignarder) fe’llari mos kelmaydi. Birdanbir to‘g‘ri deb quyidagi tarjima variantlarini hisoblash mumkin: ➢ «On a égorgé un mouton pour feter Laid el Kebir dans un village algérien»; yoki «Dans un village algérien on a égorgé un mouton pour feter Laid el Kebir». Yuqoridagi aytilgan lisoniy omillar tarjima sifatiga ta’sir qiladi, matn tarjimasini sifatli amalga oshirishda tarjimon leksik va sintaktik transformatsiyalarga murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Shunday qilib, misollar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, tarjima jarayonidagi asosiy kamchilik va xatolarning sabablari shundaki, ikki xalq tili, ularning hayotidagi mentalitetning bir-biridan farq qilishi, turli xalq lisoniy manzarasining bir-biriga mos kelmasligi, tarjima jarayonida turli xil kasblar, nutqdagi shevalar, diniy e’tiqodlar,
29 jargon va argolarning har xil nomlanishini hisobga olmaslik, tarjima sifatini pasayishiga olib keladi. Tarjimon birinchi navbatda, asl nushani to‘la-to‘kis idrok etishi, so‘ngra uni o‘z tilida bekami-ko‘st qayta ifodalashi darkor. Filologiya fanlari doktori, keksa yozuvchi va mohir tarjimon Korney Chukovskiy o‘zining «Iskusstvo perevoda» nomli mashhur asarida quyidagi rus maqolini epigraf qilib olgan edi: «Tarjima xuddi xotinga o‘xshaydi: to‘g‘ri bo‘lsa – chiroyli emas, chiroyli bo‘lsa – to‘g‘ri emas». Bu maqol tarjima san’atining asosiy xususiyatini, uning zaminidagi mavjud ziddiyatni juda to‘g‘ri aks ettirgan. Zero, to‘g‘ri tarjima etishni maqsad qilib qo‘ygan kishi, ko‘proq, xijjalab tarjima qilishga, muddaosi chiroyli tarjima qilishdan iborat bo‘lgan kishi esa ko‘proq o‘zini avtorlashtirishga moyil bo‘ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: “Маънавият”, 2008, 138-139 бетлар. 2. Кари Э. О переводе и переводчиках во Франции. В кн.: Мастерство перевода. М., 1966. С. 449. 3. Одилжон Сафаров. Антик таржимавий тафаккурни ўрганиш муаммолари ва уларнинг ечимлари. «Mymtoz soz”, 2024. Б.-3. 4. Раҳимов Ғанишер. Таржима назарияси ва амалиёти. Дарслик-мажмуа. Тошкент 2016. 5. Саломов Ғ. Илмий ҳамкорлик ва фан тараққиёти хизматида// Таржима назарияси асослари. -Т.: Ўқитувчи, 1983. 18-б. 6. Словарь лингвистических терминов. Изде 5 [Электроный ресурс]. – Назрань, 2010. – 280 с. – Режим доступа: http: //gerebilo.ucoz.ru/ 7. Таржима санъати. Мақолалар тўплами. Еттинчи китоб. Muharrir nashriyoti. Тошкент - 2023 8. Швейцер, А.Д. Теория перевода: Статус, проблемы, аспекты. – Изд. 3е – М.: Издательство: Либроком, 2012. – 216 с. – 9. Эткинд Е. Великие французские переводчики (новая книга Э. Кари). В кн.: Мастерство перевода. М., 1965, с. 467. 10. La manière de bien traduire d’une langue en autre fait par Estienne Dolet natif d’Orléans, 1540. 11. Merimée, P. Le Coup de pistolet. Traduit de Pouchkine [Texte] [Электронный ресурс]. – Режим доступа: www.tititudorancea.fr./ z/prospere_merimée le coup de pistolet.htm