scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TARJIMONNING SHAKLLANISHI JARAYONIDAGI MUHIM OMILLAR

Gʻiyosov Bobur Temurovich

Abstract

TARJIMONNING SHAKLLANISHI JARAYONIDAGI MUHIM OMILLAR

Full text

52 TARJIMONNING SHAKLLANISHI JARAYONIDAGI MUHIM OMILLAR Gʻiyosov Bobur Temurovich Tarix fanlari nomzodi, dotsent. Alfraganus universiteti Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada innovasion yondashuvlar, tarjimonning shakllanishi, nutq san’ati, usto-shogird-hamkorligi, doimo ilmiy izlanishda bo‘lish, rus tilining ahamiyati, ilmiy amaliyotni o‘tash, so‘z boyligi, tarjimon mahorati va boshqa masalalar atroflicha yoritilgan. Tayanch so‘zlar va iboralar: tarjimonning shakllanishi, nutq san’ati, ustozshogird hamkorligi, doimiy ilmiy izlanish, ilmiy-amaliy faoliyat, rus tilining ahamiyati,amaliyot, so‘z boyligi . Аннотация: В данной научной статье изложены формирование переводчика, ораторское исскуство,взаимодействие учителя и ученика, постоянное саморазвитие, научно-практическая деятельность, значение русского языка, практика, словарный запас и искусство перевода и другие вопросы. Опорные слова и фразы: формирование переводчика, ораторское искусство, взаимодейтсвие учителя и ученика, его своеобрызные ценные качества, любить книгу. Annotiation: This scientific article provides a detailed discussion of innovative approaches, the formation of a translator, the art of speech, the mentor-apprentice collaboration, the importance of continuous scientific research, the significance of the Russian language, the completion of practical training, vocabulary enrichment, the translator’s skills, and other related issues. Key words and phrases: formation of a translator, art of speech, mentorapprentice collaboration, continuous scientific research, scientific and practical activity, importance of the Russian language, practice, vocabulary. Ma’lumki, hozirgi davr har qanday sohada innovasion yondashuvlarni talab qilmoqda. Tamaddunlar, xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotlar mohir tarjimonlarning ishtirokisiz o‘tmagan. Tarjimonning shakllanishi – murakkab jarayon. Bu jarayon kompleks tayyorgarlikni talab qilgan va shunday bo‘lib qoladi. Sharq donishmanlaridan birining ta’kidlashicha, “izlanayotgan ilm tolibi uchun 24 soat kam”. Ushbu dono fikr – hamon dolzarb. Bu haqikatni talabalar va щta mas’uliyatli kasbni ixtiyor etgan insonlar doimo esda saqlagani ma’qul. “Bir soat mehnat qilish, kun bo‘yi tushuntirish berishdan ko‘ra afzalroqdir.”(1) Tarjimonlik – azaliy, mas’uliyatli va faxrli kasblardan biri. Tarjimashunosligimiz tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Buyuk Ipak yo‘lida xalqlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda 53 asosan tilmochlar muloqot vazivasini bajarganlar. 1960-1980-yillarda yuzlab tajribali tarjimonlarimiz Osiyo va Afrika mamlakatlarida sobiq Sovet mutaxasssilari bilan yelkama-yelka turib, o‘z missiyalarini sharaf bilan bajarganlar. Hozirgacha tarjimonlarni tayyorlayotgan oliy o‘quv yurtlari bu borada yuqori samaralar bergan ajoyib g‘oyalar va ishlanmalardan samarali foydalanilmoqda. Darhaqiqat, mohir tarjimonning shakllanishida quyidagi asosiy omillar o‘z ahamiyatiga egadir: 1. Avvalo o‘zining ona tilini mukammal bilishi - ushbu kasbning asosiy talabi. 2. O‘zi tanlagan xorijiy til yoki tillarni mukammal o‘rganishi, bunga nazariy va amaliy jihatdan jiddiy yondashuvlarni talab etadi. 3. Milliy va jahon adabiyotini ko‘p o‘qish, ular bilan yaxshi tanish bo‘lish tarjimalar jarayonida doimo va hamma joyda asqotadi. Adabiyot bilan yaqindan oshno bo‘lgan tarjimonning so‘z boyligi salmoqli bo‘ladi, nutq madaniyati risoladagidek shakllanadi va turli madaniyatlar haqidagi bilimlar va tasavvurlar tarjimon mahoratining yuksalishiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Tabiiyki, adabiyotga mehr qo‘yish tarjimonda teran va ravon so‘zlash, tarjima qilish ko‘nikmalarini orttira boradi. 4. Har qanday mohir tarjimon ustoz ko‘rmog‘i darkor. Negaki, ustoz tarjimashunoslik ilmining nozik qirralarigacha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi, murakkab vaziyatlardan yo‘qotishlarsiz chiqib ketish yo‘llarini shogirdiga o‘rgatadi, qolaversa, kasb sirlarini yetkazadi. 5. Hox shakllanayotgan, xox shakllangan mohir tarjimon bo‘lsin, u muntazam izlanishda bo‘lishi, xorijiy tillardagi so‘z boyligini orttira borishi lozim. Yurtimizda tarjimon mutaxasisslarni yetishtirish jarayonida bir noqislik saqlanib qolmoqda. U ham bo‘lsa, rus tilini chetlab o‘tib, xorijiy tillarni o‘rganishga asosiy e’tiborni qaratish. Natijada, diplomli tarjimon doimo rus tilisiz yuragida bir hadik bilan yashaydi. Bundaylarni “chala tarjimonlar”, deya tilga oladilar. Axir yurtimizning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi rus tili orqali amalga oshayotgani yaqqol ko‘zga tashlanayaptiku. Bu haqiqatni anglab yetmayotgan ayrim talaba-yoshlarni tushunish qiyin. Ular “ishqilib mehnat faoliyatimda rus tili bilan to‘qnash kelmay, sharmanda bo‘lmay”, deya doimo hadik bilan yuradilar. Xususan, har qanday xorijiy tilni o‘qitish darsi haqiqiy mahorat darsi bo‘lishi darkor. Ushbu kasb vakili doimo qabul qilingan protokolga muvofiq va mavsumga monand kiyinishi, o‘z imidjiga e’tibor qaratgan holda toza va ozoda yurishi, intizomli bo‘lishi, amalga oshirgan tarjimalari sirlarini oshkor qilmasligi, hushmuomalaligi asosiy omillardan hisoblanadi. “Tarjimon o‘zining kasbiy faoliyati mobaynida turli holatlar va vaziyatlarga tushishi mumkin; muzokaralar, ishbilarmonlar uchrashuvlari va o‘zaro shartnomalarni imzolash, sud jarayonlari, huquqiy va hamkorlik masalalarini muhokama qilish va ular yuzasidan shartnomalarni imzolash, xorijiy mehmonlar bilan madaniy dasturlarni 54 amalga oshirish ( masalan, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarga sayohat), muzeylar va teatrlarga tashrif buyurish, turli tadbirlardagi o‘zaro kommunikativ aloqalarni shakllantirishdagi tarjimon ishtiroki shular jumlasidandir”.(2) Og‘zaki yoki yozma tarjimada muayyan ma’noni bir tildan boshqa tilga soddagina o‘girish boshqa, uni yuksak tarjimonlik mahorati ila o‘ta go‘zal va ta’sirchan yetkazib berish boshqa. Yuksak mahoratli tarjimonlar doimo ilmda, jamiyatda va aslzodalar doiralarida katta hurmat va ehtiromga sazovor bo‘lganlar. Tarjimonlarni tayyorlayotgan oliy o‘quv yurtlarida tegishli zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan auditoriyalarda shug‘ullanish va zamonaviy, innovasion dasturlardan foydalanish nihoyatda zarur. O‘rganilayotgan til bo‘yicha xorijiy gazetalar va jurnallardan darslarda samarali foydalanish ta’lim tajribsida sinovlardan o‘tgan vositadir. Mana shu ikki muhim omillarni o‘quv jarayoniga tatbiq etmoqlik ko‘p jihatdan o‘zini oqlagan uslubdir. Ayni vaqtda tarixga oid bilimlarning ham munosib o‘rnini ta’kidlagan bo‘lardik. “Agar tarix insoniyat yashab rivojlanishi uchun ijtimoiy zarurat va ma’naviy-ma’rifiy ehtiyoj bo‘lsa, tarix fani bu ehtiyojlarning ro‘yobga chiqishi uchun mas’ul bo‘lgan yuksak intellektual ilmiy-amaliy faoliyatdir”(3). O‘zining yorqin istiqbollarini ko‘rishni hamda mohir tarjimon bo‘lishga astoydil bel bog‘lagan inson albatta taniqli diplomatlar yaratgan memuarlarni o‘qib-o‘rganishi, o‘zi uchun foydali xulosalar chiqarishi nihoyatda muhim. U doimo o‘zi uchun muhim bo‘lgan mamlakat haqida OAVda tarqalayotgan barcha yangiliklarni bilishi va kuzatib borishi ham nihoyatda muhim. Zero bo‘lajak tarjimon aynan o‘sha yangilik yoki voqea bilan bog‘lik masalalarga dabdurustdan to‘qnash kelish mumkin. Tarjimonlar va filologlarni tayyorlayotgan oliy o‘quv yurtlarida o‘rgatilayotgan har bir xorijiy til darsi haqiqiy mahorat darsi bo‘lmog‘i lozim. Xorijiy tillarni o‘rganayotgan talabalar chet ellik mehmonlar bilan bo‘ladigan muloqotlari katta samara berishi allaqachon o‘z isbotini topgan. 1970-1980 yillarda ToshDU Sharq fakulьtetining 3-5-kurslar talabalarini respublikamizda muntazam o‘tkazib kelingan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari kinofestivallari, Misr, Suriya filmlari kinofestivallari, Misr madaniyati kunlari va boshqa tadbirlarga keng miqyosda jalb etilardi. Natijada bunday yondashuv talabalar uchun eng foydali va yuqori samarali amaliyot vazifasini o‘tar edi. Bilimga chanqoq talabalarimiz xorijiy mehmonlar bilan yuzma-yuz muloqotlarda ilgari olgan nazariy bilimlarini sinovdan o‘tkazib, og‘zaki tarjima ko‘nikmalarini shakllantira borar edilar. Tabiiyki, ularda kasbga qiziqish va mehr-muhabbat hissi uyg‘ongan. Hozirda ham sayyohlik davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o‘zaro shartnomalar imzolash imkoniyatlari mavjud. Talabalarning malakaviy amaliyoti yurtimizga tashrif buyurgan xorijiy mutaxassislar, pedagoglar bilan jonli muloqotlarda o‘tgani ma’qul. Darvoqe, so‘ngi yillarda O‘zbekiston Davlat Jaxon tillari universiteti talabalari Jazoirda 55 malakaviy amaliyotni o‘tab kelayotganlari mohir tarjimonlarni shakllantirishda muhim hayotiy ahamiyat kasb etmoqda. Tarjimon faoliyatida so‘zma-so‘z tarjima ko‘pincha muvaffaqiyatli chiqmagan va chiqmaydi ham. Turli iboralar va tushunchalarni so‘zma-so‘z tarjima qilish ko‘pincha ma’noni zaiflashtiradi. Masalan: “Ver jajde svoyey!” tushunchasini o‘zbek tilida “Chaqog‘ingga ishon!” tarzida savodsizlarcha aks etishi va bema’niligi ko‘pchilikning g‘ashini keltiradi”.(3) Mohir tarjimon ba’zida asliyatdan ham ta’sirliroq, mazmunliroq tarjimani bera oladi. Tarjimonning ohangrabosi erkin yondoshuvdadir. Ijodkor tilning butun boyligini ishga solib, xayrli ishga qo‘l uradi. Bunday asarlarni o‘qiyotib, uning tarjima varianti ekanligiga ishonmay qolasiz. Go‘yoki, rus yoki ingliz olimi yo yozuvchisi erinmasdan, o‘zbek tilida asar yozganda, degan hayolga borasiz. “Tarjima barcha voqeliklar, hodisalar va qadriyatlarga ta’sir ko‘rsatadi – muqaddas kitoblardan to she’riyatgacha, tinchlik muzokaralaridan to to‘fonlardan ogoh etishgacha, madaniyatni yoyishu jahon iqtisodiyotini rivojlantirishgacha, qolaversa, urushlaru va epidemiyalarni jilovlashga qodir”.(5) Binobarin, soha vakillari zimmasiga katta mas’uliyat yuklatilgan. Ayrim soha vakillari o‘z faoliyatlarida ayollarga nisbatan “chiroyli” so‘zini takrorlayveradilar. So‘z boyligi cheklangan bunday “tarjimonlar” qator tillarda mavjud bo‘lgan “go‘zal”, “latofatli”, “maftunkor”, “jozibali”, “nafosatli”, “yuksak madaniyatli”, “farishtali”, “ketvorgan”, “istarali”, “nazokatli”, “nozik tabiatli”, “nozik didli”, “nozanin” singari sinonimlarni qo‘llashdan yiroqlar. Oqibatda soha vakilining imidji pasaya boradi va raqobatli mehnat bozorida nazardan qoladi. Insonni yoshligidan boshlab kitob bilan oshno bo‘lishga o‘rgatmoq – otaonaning va mehribon ustozning burchi. Bundan kelajakda ota-onalarning o‘zlari ham albatta manfaat ko‘radilar. Qiblagoh va volidaning o‘z zurriyotiga qoldiradigan eng noyob merosi – yaxshi tarbiya, yuksak ma’naviyat va bilimdir. Ma’naviyat ham, bilim ham avvalo ota-ona, hokisor olimlar, donishmandlar bilan bo‘ladigan doimiy muloqotlar va nihoyat kitob orqali bola ongiga singadi. Aynan kitob va ustozlarning bergan bilimi hamda tinimsiz izlanishlar tufayli insonlar bashariyat e’tirofiga va ehtiromiga musharraf bo‘lganlar, yuksak “Nobel” mukofoti sohiblariga aylanganlar, koinotga safar qilganlar. Muvaffaqiyatlar, yuksalishlar va yutuqlar avvalo, kitoblarda aks etgan shox asarlar bilan do‘stlashish orqali yuzaga kelishi ayni haqiqatdir. Professional tarjimonni tayyorlash jarayoni anchayin murakkab bo‘lib, kompleks yondashuvni talab etadi. Ular albatta yurtimizning qiyofasini, jahon hamjamiyatidagi xalqaro xalqaro nufuzini va imidjini belgilovchi muhim omildir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Taranov P.S. Zolotaya Kniga rukovoditelya. Moskva, Agentstvo “FAIR”.2006.S.113. 56 2. Alimova Kamola. Kultura professionalnogo obщyeniya gida-pervodchika. // Tarjimashunoslik: muammolar, yechimlar va istiqbollar mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman materiallari. 2022 yil 31-may. Toshkent2022. 434-bet. 3. Bobur Gʻiyosov. Adabiyot va ma’naviy barkamollik.// “Guliston”.2018 yil, 3son.23-bet. 4. Maqola muallifi B.Gʻiyosovning sinxron tarjimon maqomidagi o‘zbekistonlik mohir tarjimon Ibrohimov Baxtiyor Rahmatovich bilan suhbatidan. Toshkent, 2025 yil 12 sentyabr. 5. Kelli Natali, Syetshe Yost. Tonkosti perevoda. Izd.KoLibri, 2021. S.3.