TARJIMADA VARIANTLILIK VA INVARIANTLILIK TUSHUNCHALARINING MOHIYАTI HАMDА SPЕSIFIK XUSUSIYАTLАRI
Abstract
TARJIMADA VARIANTLILIK VA INVARIANTLILIK TUSHUNCHALARINING MOHIYАTI HАMDА SPЕSIFIK XUSUSIYАTLАRI
Full text
57 TARJIMADA VARIANTLILIK VA INVARIANTLILIK TUSHUNCHALARINING MOHIYАTI HАMDА SPЕSIFIK XUSUSIYАTLАRI Karimova Dilafro‘z Halimovna BuxDU, Nemis filologiyasi kafedrasi dotsenti Egamberdiyeva Oydina Zayniddinovna Buxoro xalqaro universiteti 1-bosqich magistranti Annotasiya. Ushbu maqolada tarjima variantlari va invariantlari tushunchalarining ilmiy-nazariy, terminologik mohiyati, xalq ertaklari bilan adabiy ertaklar tilining oʻziga xosligi, ularda qoʻllanilgan lingvokulturemalarni tarjimada berish muammolari, talqini va tavsifi, xalq e'tiqodiy qarashlari, milliyligi bilan bogʻlanishi va ularni tarjima jarayonida saqlab qolish imkoniyatlari oʻrganilib tahlilga tortilgan. Tayanch tushunchalar: Invariant, variant, lingvokulturema, terminologik mohiyat, lingvomadaniy, spesifik xususiyat, paradigmatik xususiyat, qiyosiy folklorshunoslik. Аннотация. В данной статье раскрывается научно-теоретическая и терминологическая сущность понятий варианты и инварианты перевода, своеобразие языка народных сказок и литературных сказок, проблемы перевода используемых в них лингвокультурализмов, их толкование и описание, их изучается и анализируется связь с религиозными воззрениями людей, национальностью, возможности их сохранения в процессе перевода. Ключевые слова: Инвариант, вариант, лингвокультурема, терминологическая сущность, лингвокультурология, специфика, парадигматическая особенность, компаративистское фольклористика. Abstract. In this article, the scientific-theoretical, terminological essence of the concepts of translation options and invariants, the uniqueness of the language of folk tales and literary tales, the problems of translation, interpretation and description of the linguoculturalisms used in them, the connection with people's religious views, nationality, and the possibilities of preserving them in the process of translation are studied and analyzed. Supporting concepts: Invariant, variant, linguokulturema, terminological essence, linguocultural, specific feature, paradigmatic feature, comparative folklore. Mamlakatimizda istiqlol yillarida qiyosiy adabiyotshunoslik tarkibida qiyosiy folklorshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik yuqori taraqqiyot bosqichiga koʻtarilib, yangicha tafakkur va milliy mafkura asosida yaratilayotgan tadqiqotlarning oʻrni hamda salmogʻi ortib bormoqda. Ana shunday izlanishlar
58 qatorida turishga da'vogar boʻlib turgan ushbu tadqiqotda ilk marta tarjimada variantlilik va invariantlilik muammosi nemis ijodkorlari aka-uka Grimm ertaklarining oʻzbek tiliga bevosita va bilvosita tarjima qilingan matnlari asosida tadqiq qilinib, bunda tarjima variantlariga xos xususiyatlarni, ular orasida mukammalini belgilab koʻrsatishga asos boʻluvchi belgilarni ochish koʻzda tutildi. Shuningdek, nemis ertaklarining oʻzbek tiliga oʻgirilishida qanday tarjima usullari keng qoʻllanilganiga ham e'tibor qaratildi. Ularda lingvokulturemalar, milliy realiyalarning berilishi orqali olmon xalqining ruhiyati, milliy-ma'naviy madaniyati, oʻziga xos mentaliteti qanday badiiy aks ettirilgani oʻrganildi. Dunyo xalqlari ertaklarining variantlashuv omillarini va koʻrinishlarini qiyosiy adabiyotshunoslik, folklorshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik qatorida tarjimashunoslik nuqtai nazaridan ham oydinlashtirishga qiziqish tobora ortmoqda. Bunga tarjimashunoslikda ertaklarni bir tildan boshqa tilga oʻgirishda pragmatik, kognitiv, lingvokulturologik, antropologik yondashuvning kuchayishi, tarjima strategiyalari takomillashuvi, yangicha metodlar kashf etilishi adekvatlikka erishish imkonini kengaytirayotgani bilan ahamiyatli boʻlmoqda. Natijada tarjimada bir ertakning bir necha tarjimalari paydo boʻlib, kelib chiqqan variant turlari orasidagi umumiy va differensial jihatlarni, asliyat va oʻgirma oʻrtasidagi ekvivalentlik, adekvatlik parametrlarini, bevosita hamda bilvosita tarjima variantlariaro aloqadorlikni aniqlash, nazariy asoslarini ochish zaruriyatini koʻrsatmoqda. Hozirgacha nemis ma'rifatchilik adabiyotining gʻoyaviy-badiiy takomiliga katta hissa qoʻshgan aka-uka Grimm ertaklari ham qator xorijiy tillarga, jumladan, oʻzbek tiliga bevosita va bilvosita tarjima qilingani uchun ularning tarjima variantlari, invariantlari nazariyasini yoritish lozimdir.Keyingi paytlarda invariant va variantlilik atamalari juda koʻp fanlar doirasida keng qoʻllaniladigan boʻlib qoldi. Bu koʻpincha tilshunoslik va adabiyotshunoslikda kuzatiladi. Aslida falsafaning gnoseologiya boʻlimi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan “mohiyat” va “hodisa” tushunchalari zamirida paydo boʻlgan invariant va variantlilik tushunchalari har bir fanning spesifikasidan kelib chiqqan holda turlicha oʻrganiladi. U haqda tadqiqotlarda har xil fikrlar, yoʻnalishlar vujudga kelgan. Bu tushuncha va hodisalar tarjimashunoslik sohasiga ham daxldordir. “Variant” deganda, bir matnning boshqa bir matnni inkor etmagan holda yonma-yon yashashi tushuniladi. Variantlar bir-biridan katta farq qilmaydi. Bu tushuncha bilan bogʻliq holda “variant”, “variantdosh”, “variantlilik” atamalari qoʻllanadi. “Variant” soʻzi lotincha “Varius” [1; 114] soʻzidan olingan boʻlib, “har xil”, “turlicha”, “xilma-xil” degan ma'nolarni bildiradi. “Variant” tushunchasi tarjimashunoslikda qoʻllanganda, ma'lum bir asarning tarjima jarayonida vujudga keltirilgan, bir-biridan sal boʻlsa-da farq qiluvchi turli tarjima matn nusxalarini bildirib keladi. Bunday matnlar koʻp jihatdan bir-biriga oʻxshash va yaqin boʻladi.
59 Tarjima variant ma'lum bir asarning aniq koʻrinishi boʻlib, ba'zan ularda ayrim soʻz, ifoda yoki ibora tushurib qoldirilishi yoki mutarjim biladigan tilda yoki anglagan xolatda oʻzgartirilishi mumkin. Bir asar tarjimasining ozmi-koʻpmi farqlarga ega boʻlishiga qaramay, ular baribir syujet, kompozisiya, obraz va motivlar tuzilishidagi umumiy belgilarini saqlab qolaveradi. Tarjima variantlarida badiiylik darajasi qay darajada saqlanganligi uning axamiyatini, nufuzini belgilaydi. Tarjima varianti hajm jihatdan bir xil boʻlmaydi. Bu tarjimonning soʻz bilish va uni tarjimada keltirish mahorati bilan bogʻliq. Invariant deganda, shuni aytish mumkinki, variantlar oʻzaro qiyoslansa, dastlab ularning ikki turini farqlash imkoni paydo boʻladi. Birinchisi, asliyat matni. U xaqiqiy, an'anaviy, ijodiy variant boʻlib, tili va ifoda uslubi oʻzi mansub xalqning qadriyati sifatida koʻrinadi. Fonema va tovush munosabati invariant-variant dialektikasini oʻzida aks ettiradi. Darhaqiqat, umumiylik-xususiylik, mohiyat-hodisa, imkoniyat-voqelik dialektikasining tilda namoyon boʻlishini ifodalash uchun tilshunoslar koʻpincha invariant-variant atamalaridan foydalanadilar. Invariantlilik tushunchasi tilshunoslikka falsafadan kirib kelgan boʻlib, “barqaror, oʻzgarmas belgilar yigʻindisi” degan ma'noni bildiradi. "Invariant" tushunchasi tilshunoslikka matematika sohasidan kelgan, ya'ni bu atama F. Kleyn tomonidan birinchi marta 1872-yilda turli xil oʻzgarishlar ostida oʻzgarishsiz qoladigan qiymatni belgilash uchun ishlatilgan. Tilshunoslikda invariant - bu tilning mavhum tizimining elementi, uning aniq amalga oshirilishidan uzoqlashish tushuniladi [1]. Fonologiyaning asoschilaridan biri Boduen de Kurtene tilshunoslikda invariantlik hodisasiga birinchi boʻlib e'tiborni qaratib, fonemani "til tovushining yagona, doimiy namoyadasi", ya'ni, til tizimining fonetik darajasidagi invarianti deb talqin qilgan. Uning ayni paytdagi varianti va shakli allofon hisoblanadi. Grammatika darajasida invariantni N.V Persov oʻzining "Rus tilining soʻz oʻzgaruvchanligida invariantlar" nomli asarida tadqiq qiladi. Olim invariant deganda "turli xil lingvistik yoki vaziyat sharoitida namoyon boʻladigan tegishli birlik yoki tegishli ma'noning turli xil talqinlarini birlashtirgan umumiy tarkib", deb tushunadi Falsafiy tushuncha sifatida “invariant” koʻrinishi “variant” atamasiga zid qoʻyiladi. Bunday zidlantirish L.Elmslev asarlarida yorqin ifodasini topgan [2; 52]. Uning ta'kidlashicha, matnning koʻp joylarida “ayni bir xil qoʻshma gaplar”, “ayni bir xil sodda gaplar”, “ayni bir xil” soʻzlar va hokazolar uchraydi. Boshqacha aytganda, har bir qoʻshma gapning, har bir sodda gapning, har bir soʻzning bir qancha namunalari uchraydi. Ana shu bir qancha namunalar variantlar, bu variantlar ortidagi mohiyat esa invariant sanaladi [6; 85]. Demak, har bir invariant bir qancha variantlar orqali voqelanadi, yuzaga chiqadi. Invariant nazariyasining vujudga kelishi gnoseologiya uchun katta ahamiyatga ega boʻldi. Chunki u in'ikos nazariyasini chuqurlashtirdi va
60 unga aniqlik kiritdi [6].Tarjima invariant deganda, ikki iborani – asl va tarjima tili matni, ya'ni turli xil iboralarni soʻz oʻyini yoki oʻzgartirishlardan keyingi holatidagi oʻxshashlik tushuniladi. Tarjima invarianti sifatida biz asl va natijali (erishilgan, tarjima) matnlarning semantik tengligini anglashimiz kerak. Ammo ba'zi tilshunoslar bu tushunchani kengroq tushuntirishadi. Ularning fikricha, asl va maqsadli matnlarni birlashtirgan matn real holatni aks ettira oladi. Agar vaziyat boshqacha tushunilsa, bu koʻp tillilik vaziyatida ham yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tushunmovchilikka olib keladi va koʻpincha komik hazillarga asos boʻladi. Masalan, misol keltiradigan boʻlsak, doʻkondagi vaziyat: Der Kunde: Ich brauche frische Milch. Xaridor: Menga toza sut kerak. Der Verkäufer: Bitte, aber hier ist ein Geschäft, aber keine Farm. Sotuvchi: Marhamat, ammo biz doʻkonmiz, ferma emas. Bu oʻrinda ogʻzaki ravishda aytilgan har xil vaziyatlar turli xil pragmatik urgʻu bilan yuzaga keladi. Xaridor oʻziga achimagan, muddati oʻtmagan sut kerakligini aytayotgan boʻlsa, sotuvchi esa har qanday sut sogʻib olinganidan keyin, ma'lum bir muddat oʻtgach, doʻkon peshtaxtasidan oʻrin olishini uqtirmoqda. Agar sotuvchining nutqidagi hazilni tarjimon boshqacha ma'noda aytsa (Toza sut kerak boʻlsa, fermaga boring) hazil yoʻqolgan boʻlib, uning jumlalaridagi ma'nolar kinoyaga aylangan boʻlar edi. Shuning uchun tarjimaning invarianti nafaqat semantikaga (ma'noga), balki pragmatikaga (kommunikativ, soʻzlashuv niyatiga) ham asoslanadi. Odatda, tarjima qilish jarayoni bir tildagi matnni boshqa tilga aylantirish deb anglanadi. Shuning uchun tarjima qilishda har doim ikkita matn mavjud boʻlishi nazarda tutiladi. Xulosa qilib aytganda, variantlillik tarjima jarayonlarining spesifik xususiyatlaridan biridir. U muayyan bir asarning (ertakning ham) barcha tarjima variantlari majmui haqida bahs etadi. Bir soʻz bilan aytganda, bir ertakning xar bir tarjima namunasi variantlarda tarqalishi va bir-biri bilan yonma-yon yashab kelishiga “tarjima varianti” deyiladi. Tarjima invarianti – matnning funksional dominantlarini hisobga olgan holda tarjima yordamida ma'lum bir kommunikativ vaziyatda muayyan bir matn turini tarjima qilish jarayonida saqlanadigan murakkab mavhum semantik komponent sanalib, muvaffaqiyatli tarjimani yaratish uchun minimal va etarli hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. – 2-е изд., стер. – М: УРСС: Едиториал УРСС, 2004. 2. Ельмслев Л. Метод структурного анализов лингвистике. – М., 1960. – С.52. 3. Д.Х.Каримова. Вариантность в переводе (на примере произведений братьев Гримм). Вестник науки и образования, 2019.
61 4. Karimova Dilafruz Halimovna. Aka-uka Grimm ertaklari o‘zbekcha tarjima variantlarining davriy statistikasi. O‘zMU xabarlari, ISSN 2181 – 7324. B.228231. 5. Мирзаев Т. Алпомиш достонининг ўзбек вариантлари. – Тошкент: Фан, 1968. – Б.25. 6. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Qurbonova M., Boqiyeva G. Hozirgi o`zbek adabiy tili. (Fonetika – Leksikografiya). – T., 2005. B.57. 7. Солнцев В.М. Язык как системно-структурное образование. – М., 1961. – С. 217-218.