scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

GEOLOGIYA TERMINLARNING TARJIMASIDA EKSTRALINGVISTIK MA'LUMOTLAR AHAMIYATI

L.A. Rixsiyeva

Abstract

GEOLOGIYA TERMINLARNING TARJIMASIDA EKSTRALINGVISTIK MA'LUMOTLAR AHAMIYATI

Full text

62 GEOLOGIYA TERMINLARNING TARJIMASIDA EKSTRALINGVISTIK MA’LUMOTLAR AHAMIYATI L.A. Rixsiyeva OʻzDJTU Annotatsiya: Ushbu magolada terminlarni oʻzlashtirish jarayoni murakkab hodisa boʻlib, lingvistik jihatlari ekstralingvistik omillar bilan chambarchas bogʻlanganligi va bu omillar aynan tarjima jarayonida namoyon boʻlishi bayyon etilgan.Tarjimon tarjimada vositachi sifatida ekstralingvistik ma’lumotlardan xabardor boʻlishi kerakligi va bunday ma’lumotlardan bexabarlik tarjimaning sifatini past, tushunarsiz fikrlar paydo boʻlish kabi muammolarni keltirib chiqishi mumkin. Kalit so‘zlar: geologiya, termin, terminologiya, ekstralingvistik omillar yoki ma’lumotlar, terminlar tarjimasi. Abstract: This article describes the process of assimilating terms is a complex phenomenon, where linguistic aspects are closely intertwined with extralinguistic factors, and these factors are particularly evident in the translation process. It is emphasized that a translator, acting as an intermediary, should be aware of extralinguistic information, and lack of such knowledge may lead to problems such as poor translation quality and the emergence of unclear ideas. Keywords: geology, term, terminology, extralinguistic factors or data, translation of terms. Аннотация: В данной статье описывается процесс ассимиляции терминов как сложное явление, в котором лингвистические аспекты тесно переплетаются с экстралингвистическими факторами, особенно ярко проявляющимися в процессе перевода. Подчеркивается, что переводчик, выступающий в роли посредника, должен владеть экстралингвистической информацией, а отсутствие таких знаний может привести к проблемам, таким как низкое качество перевода и возникновение неясных идей. Ключевые слова: геология, термин, терминология, экстралингвистические факторы или данные, перевод терминов. Geologiya terminologiyasida ilm-fan rivojlanishi bilan birga, mutaxassislar tomonidan o‘zlashtiriladigan ekstralingvistik ma’lumotlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ma’lumotlar nafaqat geologik terminlarning mazmunini to‘g‘ri tushunish va izohlashga yordam beradi, balki ularni turli kontekstlarda aniq tarjima qilish imkonini ham beradi. Geologiya fanining o‘rganish obyekti – yerning tarkibi va tuzilishi, uning tarixi va shakllanish jarayonlari – bo‘lgani uchun, bu jarayonlarni to‘g‘ri tushunish va tarjima qilishda ekstralingvistik omillar, jumladan madaniy, tarixiy va sohaga oid 63 bilimlar, bevosita ta’sir ko‘rsatadi. V.S. Vinogradov ekstralingvistik ma’lumotni bilimning muayyan sohasi bo‘yicha to‘g‘ri yo‘nalish olish imkonini beruvchi axborotlar majmuasi sifatida ta’riflaydi[2,35].Shu ma’lumotlar, bir kishidan ikkinchisiga ma’lumot uzatilish jarayonida obyekt va hodisalarni to‘g‘ri anglashga yordam beradi, ya’ni sohaviy axborotning mazmunini qabul qilish va uni izohlash jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi. L.K. Latyshev esa tarjimonlarni tayyorlash kontekstida bunday ma’lumotlarni “axborot oldi zaxirasi” deb ataydi va uni “matnlarni qabul qilish va talqin etishda qo‘llaniladigan ekstralingvistik bilimlar zaxirasi” sifatida tushuntiradi[4,84].Bu tushuncha tarjimonning matnni faqat lingvistik jihatdan emas, balki kontekstual va sohaviy bilimlar asosida ham izohlashini ta’minlaydi. L.A. Voronina va S.A. Letunlarning fikricha, ekstralingvistik “bilimlar zaxirasi” tushunchasi orqali ekstralingvistik ma’lumotlarning hajmi va tarkibini tasniflash, ularni tizimlashtirish bo‘yicha urinishlar amalga oshirilgan. Ular ta’kidlashicha, bu kontseptsiya tarjima nazariyasi doirasida yanada takomillashishi lozim[3, 92-103].Shu nuqtai nazardan, geologiya sohasida faoliyat yuritadigan tarjimonlar uchun zarur bo‘lgan ekstralingvistik ma’lumotlar turli kategoriyalarga bo‘linadi. N.N. Bobyrevaning ilmiy qarashlariga asoslanib, bu ma’lumotlarni tasniflash orqali tarjimonlarga sohaga oid terminlarni turli vaziyatlarda to‘g‘ri tarjima qilish va tushuntirish imkonini beruvchi amaliy ko‘rsatmalar berish mumkin [1,5-16]. Bu esa nafaqat tarjima sifatini oshiradi, balki mutaxassislar va keng auditoriya uchun matnlarning tushunarliligini ham ta’minlaydi. Natijada, ekstralingvistik ma’lumotlar geologik terminologiyani o‘zlashtirish va uni aniq tarjima qilish jarayonida ajralmas vosita sifatida xizmat qiladi, chunki u nafaqat lingvistik, balki madaniy, tarixiy va sohaga oid bilimlarni ham o‘z ichiga oladi. Geologik terminlarning madaniy ahamiyati: Ba’zi geologik hodisalar va xususiyatlar ma’lum hududlarda madaniy yoki ramziy ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, vulqon otilishi, lava turlari yoki boshqa geologik obyektlar hududning tabiiy jarayonlariga qarab turlicha nomlanadi. Tarjimon bunday hollarda, ayniqsa, tushunchaning madaniy jihatdan kamroq ahamiyatga ega bo‘lgan matnlarda, qo‘shimcha izohlar yoki aniqliklar kiritishi zarur. Shu nuqtai nazardan, ingliz tilidagi geologik terminologiyada “aa lava” kabi termin mavjud bo‘lib, u mahalliy Gavayi tilidan olingan va balzaltli lava turini anglatadi. Ushbu terminni o‘zbek tiliga tarjima qilishda, lavaning turini hisobga olib, generalizatsiya strategiyasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lib, natijada u “dag‘al balzaltli lava” shaklida ifodalanadi. Geologiyada terminologiyaning tarixiy ahamiyati: Har qanday ilmiy sohada bo‘lgani kabi, geologiya terminologiyasi ham tarix davomida doimiy rivojlanish jarayonidan o‘tadi. Yangi kashfiyotlar, tadqiqotlar va ilg‘or texnologiyalar nafaqat yangi terminlarni shakllantiradi, balki mavjud atamalarning ma’nosini qayta ko‘rib chiqishga ham olib keladi. Shu bois, tarjimon sohadagi so‘nggi ilmiy yutuqlardan xabardor bo‘lishi va tarjimalarda eskirgan yoki noaniq terminlardan foydalanmasligini ta’minlashi zarur. 64 Masalan, minerallarni tasniflash yoki tektonik jarayonlarni tushunishdagi ilmiy yangilanishlar tarjimada tegishli o‘zgarishlar kiritishni talab qiladi. Ingliz tilida ilgari keng qo‘llanilgan “continental drift” termini hozirda asosan “plate tectonics” bilan almashtirilgan, shuningdek, “glacial epoch” (muzlik davri) zamonaviy iqlimshunoslik kontekstida qayta ta’riflangan. Natijada, tarjimonning vazifasi faqat so‘zlarni tarjima qilish bilan cheklanmay, balki terminologiyaning zamonaviy holatini, uning ilmiy yangilanishlarini va tarixiy rivojlanishini ham hisobga olgan holda aniq va dolzarb tarjimani taqdim etishdir. Sohaga oid bilimlar ahamiyati: Bu turdagi ekstralingvistik ma’lumotlar asosan ikki asosiy guruhga bo‘linadi: a) Geomorfologik bilimlar: Geomorfologiya sohasi doirasida tarjimon geomorfologik jarayonlarni tushunishi zarur. Bu yer yuzasi shakllarini hosil qiluvchi eroziya, cho‘kindi to‘planishi, tektonik faoliyat kabi jarayonlarni, shuningdek, relyef shakllari yoki tog‘ jinslar o‘rtasidagi farqlarni bilishni o‘z ichiga oladi. Ko‘pgina geomorfologik terminlar aynan relyef shakllarini tasvirlash uchun ishlatiladi va ularning o‘rtasidagi farqlar kichik bo‘lsa-da, tarjimada muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, ingliz tilidagi “canyon”, “gorge” va “ravine” terminlari barchasi tik vodiylarni anglatadi, ammo ularning shakli, o‘lchami yoki kelib chiqishi jihatidan farqlanadi; b)Geologiya terminlarining boshqa fanlar bilan aloqasi: Tarjimon geologiya terminlarining ichki sohalarda va boshqa fanlarda qo‘llanishi haqida xabardor bo‘lishi kerak. Ko‘plab geologik terminlar boshqa fanlardan o‘zlashtirilgan yoki moslashtirilgan bo‘lishi mumkin. Shu bois, geologiyaning ichki sohalari va boshqa fanlar haqidagi bilimlarga ega bo‘lgan tarjimon terminlarni geologik kontekstda to‘g‘ri ishlatishini ta’minlay oladi. Xulosa qilib aytganda, ilmiy qarashlar va asosli tadqiqotlarga ko‘ra va geologiya terminologiyasidagi ekstralingvistik jihatlar shuni ko‘rsatadiki, geologik terminlarni tarjima qilish jarayoni faqat lingvistik mahoratni emas, balki geologik tushunchalar va terminlarning qo‘llaniladigan kontekstini chuqur anglashni ham talab qiladi. Geologiya sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan tarjimon murakkab geologik terminlarni aniq, to‘g‘ri va kontekstga mos tarzda tarjima qilishni ta’minlay oladi. Bunday tarjimon, nafaqat terminlarning lingvistik ekvivalentini aniqlaydi, balki ularning ilmiy, madaniy va sohaviy ma’nolarini ham hisobga olgan holda matnni o‘quvchiga tushunarli va ilmiy jihatdan ishonchli shaklda yetkazadi. Shu nuqtai nazardan, ekstralingvistik ma’lumotlar tarjimaning sifatini oshirishda ajralmas vosita sifatida xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Бобырева Н. Н. Translation of Texts for Special Purposes. – Казань: Казанский (Приволжский) федеральный университет, 2012. – C. 5-16. 2. Виноградов В. С. Введение в переводоведение. – М.: РАО, 2001. – С. 35. 65 3. Воронина Л. А., Летун С.А. Экстралингвистическая информация и её объяснительный потенциал в обучении корейскому языку // Общество. Коммуникация. Образование. – Санкт-Петербург: СПбПУ, 2021. – С. 92-103. 4. Латышев Л. К. Перевод:проблемы теории, практики и методики преподавания. – М.: Просвещение, 1988. – C. 84.