scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

NEMIS TILIDA KRIMINOLOGIK LEKSIKANING LINGVOKOGNITIV JIHATLARI VA O'ZBEK TILIGA TARJIMA MUAMMOLARI

Farxod Mirzayev

Abstract

NEMIS TILIDA KRIMINOLOGIK LEKSIKANING LINGVOKOGNITIV JIHATLARI VA O'ZBEK TILIGA TARJIMA MUAMMOLARI

Full text

66 NEMIS TILIDA KRIMINOLOGIK LEKSIKANING LINGVOKOGNITIV JIHATLARI VA O‘ZBEK TILIGA TARJIMA MUAMMOLARI Farxod Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi xodimi E-mail: [email protected] Tel: (97)765 41 51 Annotatsiya: Ushbu maqolada nemis tilidagi kriminologik leksikaning lingvistik va kognitiv jihatlari yoritiladi. Nemis tilidagi kriminologik leksik birliklar va ma’nolarining kognitiv strukturasi, shuningdek, bu leksik birliklarning insonning huquqiy va jinoiy xulq-atvorini tushunishdagi o‘rni aniqlanadi. Shu bilan birga, terminlar ma’nolarining shakllanish va kognitiv jarayonlar orqali xalq tilidagi jinoiy faoliyat bilan bog‘liq leksik elementlarning tuzilishi hamda rivojlanish jihatlari tahlil qilinib, nemis tilidagi kriminologik leksik birliklarining o‘zbek tiliga tarjima qilishdagi aniqlik, ma’nolarning yo‘qolishi yoki xato yetkazilishi kabi muammolar ham muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: kriminologik leksika, lingvistik, kognitiv, termin, leksik elementlar, kognitiv jarayonlar, madaniy va huquqiy kontekst Аннотация: В данной статье освещаются лингвистические и когнитивные аспекты криминологической лексики немецкого языка. Определяется когнитивная структура криминологических лексических единиц и их значений, а также их роль в понимании правового и преступного поведения человека. Кроме того, анализируются особенности формирования значений терминов и когнитивные процессы, лежащие в основе структурирования и развития лексических элементов, связанных с преступной деятельностью в разговорном языке. Также обсуждаются проблемы точности перевода немецких криминологических лексических единиц на узбекский язык, утрата смысловых оттенков и возможные ошибки в передаче значений. Ключевые слова: криминологическая лексика, лингвистический, когнитивный, термин, лексические элементы, когнитивные процессы, культурный и правовой контекст Abstract: This article highlights the linguistic and cognitive aspects of criminological vocabulary in the German language. It identifies the cognitive structure of criminological lexical units and their meanings, as well as their role in understanding human legal and criminal behavior. Furthermore, it analyzes the processes of meaning formation and cognitive mechanisms underlying the structure and development of lexical elements related to criminal activity in colloquial language. The paper also discusses the challenges of accurately translating German 67 criminological lexical units into Uzbek, including issues of semantic loss and potential misinterpretation. Keywords: criminological lexicon, linguistic, cognitive, term, lexical items, cognitive processes, cultural and legal contexts Ilmiy-texnikaviy inqilob tadqiqotchilarning dunyo haqidagi bilimlarini kengaytirdi va chuqurlashtirdi, bu esa maxsus chegara bilmas so‘zlar shaklida terminologik rasmiyatchilikni talab qiluvchi ko‘plab yangi tushunchalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Shu munosabat bilan so‘nggi yillarda terminologiya sohasisini shakllantirish yo‘llari va tamoyillarini o‘rganish va ayrim sohaviy arxaik terminlarni qayta ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan maxsus tadqiqotlar soni tabiiy ravishda ko‘paydi. Bu asosan huquqshunoslik terminologiyasiga e’tiborning kuchayishi bilan tavsiflanadi. Yurisprudensiya sohasida, ommaviy axborot vositalarida va kundalik hayotda tildan foydalanishning faollashuvi va kengayishi insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni huquqiy tartibga solishning jamoatchilik ehtiyoji bilan izohlanadi. Qonun hujjatlari va sud qarorlarining asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ko‘plab lingvonazariy prinsiplari to‘la to‘kis ishlab chiqilmaganligining muammosi mavjud. Yuridik terminologiya haqiqatan ham o‘ziga xos xususiyatga ega va tadqiqotchilarda katta qiziqish uyg‘otadi, bu esa ushbu muammoning huquqshunoslar uchun ham tilshunoslar uchun ham birdek dolzarbligini ko‘rsatadi. Shuning bilan bir qatorda, sо‘nggi yillari kognitiv ilmning shiddat bilan rivojlanishi lingvistik tadqiqotlarda ham konsept tushunchasi muammosining dolzarblashishiga sabab bо‘ldi. Chunki kognitiv yondashuv asosida lingvisttadqiqotchi aynan til orqali inson kognitiv mexanizmini anglashga erishadi. Bu esa, tilning barcha sath, sistemasi yuzasidan olingan faktik ma’lumotlarni yangi-yangi xulosalar bilan boyitish imkonini yaratadi [1, 98]. Hozirgi tilshunoslikda eng dolzarb yondashuvlar tilda aks ettirilgan tafakkur jarayonlarini o‘rganish bilan bog‘liq, bu esa zamonaviy bilimlar rivojlanishning yangi bosqichida fanlar sinteziga va tabiiy ravishda insonning ko‘p o‘lchovli lingvo-aqliy mavjudligiga aylanadi. Kognitsiya va kommunikatsiya, o‘rganish va muloqot jarayonlari, nutq va fikrlash faoliyati kabi asosiy tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Shu munosabat bilan kriminologiya (huquqiy bilimlar sohasi)da terminologiya tizimlarini kognitiv terminologiya nuqtai nazaridan o‘rganish hozirda dolzarb hisoblanadi. Kriminologik leksika huquq va kriminologiya sohalarida qo‘llaniladigan maxsus terminlar to‘plamidir. U jamiyatda huquqiy diskurs va jinoyat haqidagi tasavvurni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ilmiy tahlilda lingvokognitiv yondashuv kontekstida kriminologiyada qo‘llaniladigan terminlarni o‘rganish ularning konseptual mohiyatini, madaniy xususiyatlarini va tarjima qiyinchiliklarini aniqlash imkonini beradi. Nemis tili Yevropa huquq tizimining yetakchi tillaridan biri sifatida 68 o‘zbek tiliga tarjima qilishda alohida yondashuvni talab qiluvchi kriminologik terminlarning rivojlangan tizimiga ega. Terminlarni o‘rganishga lingvokognitiv yondashuv ularning konseptual tuzilishini tahlil qilish, shuningdek, ularning kasbiy muloqotdagi rolini aniqlashga asoslanadi. Olimlardan L.M. Alekseeva va S.L. Mishlanovalar o‘zlarining “Когнитивное терминоведение: теоретические аспекты” nomli ilmiy-tadqiqot ishlarida ta’kidlaganidek, kognitiv terminologiya bizga terminlarni nafaqat mustaqil til birliklari, balki kasbiy bilim va madaniy kontekst bilan bog‘liq elementlar sifatida ham o‘rganishga imkon beradi [2, 35]. Masalan, nemis tilidagi “das Verbrechen” (jinoyat) termini qonunning jiddiy buzilishi bilan bog‘liq aniq yuridik ta’rifga ega. Biroq, bu termin o‘zbek tiliga tarjima qilinganida, noaniqlikdan qochish uchun aniqlik kiritishni talab qilishi mumkin. Muhim jihati shundaki, kriminologik terminlar ko‘p hollarda nafaqat huquqiy voqelikni, balki jamiyatning madaniy xususiyatlarini ham aks ettiradi. Masalan, “die Rechtsstaatlichkeit” (qonun ustuvorligi) termini Germaniya huquq tizimi uchun asosiy ahamiyatga ega bo‘lib, qonuniylik, adolat va qonun oldida tenglik tushunchalarini o‘z ichiga oladi. O‘zbek tilida bu terminning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekvivalenti bo‘lmagani uchun ifodalovchi tuzilmalardan foydalanish talab etiladi[3, 12]. Tarjimaning asosiy muammolaridan biri nemis va o‘zbek tillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekvivalentlarning kamligi yoki yo‘qligidir. Masalan, “der Betrug” terminini “firibgarlik” deb tarjima qilish mumkin, ammo bu tarjima har doim ham terminning barcha tomonlarini qamrab olmaydi. V.F. Novodranova “Когнитивный подход к изучению терминосистем” nomli tadqiqot ishida qayd etganidek, terminologiya tizimi murakkab kognitiv tuzilmalarni tashkil etuvchi o‘zak tushunchalarga asoslanadi[4, 8]. Bu tarjimondan asliyat va tarjima qilinayotgan tillarni chuqur bilishni talab etadi. Tarjimada madaniy farqlar muhim rol o‘ynaydi. Misol uchun, nemis tilidagi “das Opfer” (qurbon) termini huquqiy termin sifatida jabrlanuvchiga murojaat qilish uchun qo‘llanadi[5, 14]. O‘zbek tilida bu so‘z ko‘proq emotsional ma’noga ega bo‘lib, diniy yoki axloqiy jihatlar bilan bog‘lanishi mumkin. Nemis tili o‘zining murakkab grammatikasi va uzun qo‘shma so‘zlari bilan mashhur. Masalan, “der Rechtsgewährungsanspruch” (huquqiy himoya uchun da’vo) so‘zi o‘zbek tiliga tarjima qilinganda moslashishni talab qiladi. V.N. Fadeyev ta’kidlaganidek: “tilni o‘rganishga kognitiv yondashuv murakkab tuzilmalar elementlari o‘rtasidagi yashirin aloqalarni aniqlashga yordam beradi” [6, 18]. “der Mord” termini (qotillik): Germaniya qonunchiligida bu so‘z og‘irlashtiruvchi holatlar bilan qasddan sodir etilgan qotillik degan ma’noni anglatadi. O‘zbek tiliga tarjima qilganda yuridik kontekstni aniqlab olish kerak: masalan, alohida 69 shafqatsizlik yordamida qasddan odam o‘ldirish haqida gap ketayotganini ko‘rsatish lozim[7, 21]. “ der Diebstahl” (o‘g‘irlik) termini: Bu termin Germaniya jinoyat kodeksida aniq ta’rifga ega. Biroq o‘zbek tilida uning tarjimasi kontekstga qarab ya’ni oddiy o‘g‘irlikdan tortib, o‘g‘irlikning murakkab shakllarigacha turlicha bo‘lishi mumkin[8, 21]. “ die Rechtsstaatlichkeit” (qonun ustuvorligi) termini: Bu tushuncha o‘zbek tiliga tarjima qilishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekvivalenti yo‘qligi sababli tavsifiy yondashuvni talab qiladi. Tarjimon bu borada O‘zbekistonda qonuniylikni idrok etishning madaniy o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi kerak [9, 23]. Tarjima uchun tavsiyalar quyidagicha bo‘lishi mumkin: o Murakkab terminlarning ma’nosini yetkazish uchun kontekstual ekvivalentlardan foydalanish. o Ikkala mamlakatning madaniy xususiyatlarini hisobga olish. o Terminlarning ma’nosini aniqlashtirish uchun kriminolog yoki huquqshunoslar bilan maslahatlashish. o Terminlarning konseptual tuzilishini tahlil qilish uchun kognitiv yondashuvni qo‘llash. Agar tarjima qilingan matn manba matnidan farqli huquqiy tizimga tegishli bo‘lsa yoki tarjima matnining qabul qiluvchisi boshqa huquq tizimining vakili bo‘lsa, tarjimada qiyinchiliklar yuzaga keladi. Tarjima qilish huquqiy tizimlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan bevosita bog‘liq: agar ikkala huquqiy tizim ham bir huquqiy tizimga tegishli bo‘lsa, huquqiy mazmunning nisbatan yaqinligini taxmin qilish mumkin; turli xil huquqiy tizimlar, an’analar va huquqiy tushunchalar bo‘lganda, tarjima qilish uchun mos keladigan oqibatlarga olib keladigan mutlaqo boshqa huquqiy qarorlarga olib keladi[10, 280]. Sh. Ko‘chimov kodekslardagi konkret misollar orqali tarjima xatoliklarini ko‘rsatadi. U Jinoyat kodeksining 23-moddasida “qonun qattiqroq javobgarlik bilan bog‘lagan bo‘lsa” jumlasining noto‘g‘ri keltirib o‘tilganligini ilmiy jihatdan isbotlaydi [11, 58]. Bu turdagi xatoliklardan qochish uchun terminologik aniqlik va kontekstual ma’no tahlili zarur bo‘lib, xususan, o‘zbek qonunchiligidagi shunga o‘xshash konstruksiyalarni bilish lozim. Lingvokognitiv yondashuvga keladigan bo‘lsak, tilning jamiyatda jinoyat haqidagi tasavvurlarni qanday shakllantirishini o‘rganishni ham o‘z ichiga oladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bir xil hodisa - jinoyat - aniq terminlar va iboralar turli tillarda turlicha ifodalanishi yoki ifodalanmagan bo‘lishi mumkin. Masalan: So‘z birikmasi: Nemis tilida “die Straftat” (jinoiy qilmish) kabi birikma mavjud bo‘lib, ularning boshqa tillarda ekvivalenti bo‘lmasligi yoki turli xil ma’nolarga ega bo‘lishi mumkin. 70 Madaniy stereotiplar: Ayrim so‘zlar ona tilida so‘zlashuvchilarda jinoyatchilik va jinoyatchilar haqida turli tushunchalar yoki stereotiplarni keltirib chiqarishi mumkin. T.A. Gromova ta’kidlaganidek, bunday tushunchalar jamiyatning qonun, tartib va adolat haqidagi tasavvurlariga ta’sir qilishi mumkin [12, 32]. Ommaviy axborot vositalarining jinoyatni aks ettirishi ham unga nisbatan jamoatchilik fikrini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, so‘zlar va iboralarni tanlash voqealar qanday qabul qilinishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. “der Täter” termini: yangilik xabarlarida ushbu terminning qo‘llanilishi shaxsning sodir etilgan jinoyat uchun shaxsiy javobgarligini bildirishi mumkin. “das Opfer” termini: bu so‘zni tez-tez ishlatish jabrlanuvchiga hamdardlik va huquqbuzarga nisbatan salbiy munosabatni uyg‘otishi mumkin. M.I Kuznesovaning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari leksika va stilistikani taqdim etish uslubini tanlash orqali jinoyatchilik haqida jamoatchilik fikrini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi[13, 34]. Tarjima muammosini chuqurroq tushunish uchun bir nechta misollarni tahlil qilamiz: Sud qarorlarini tarjima qilish: sud qarorlarini tarjima qilishda terminlarning nafaqat huquqiy to‘g‘riligini, balki ularning madaniy mazmunini ham hisobga olinishi maqsadga muvofiq. O‘quv materiallari tarjimasi: Jinoyat huquqi bo‘yicha darsliklar nemis amaliyotidan misollarni tarjima qilishda mahalliy qonunchilikning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi kerak. Yangiliklar tarjimasi: yangiliklarni tarjima qilishda nafaqat faktik ma’lumotlarni, balki matnning hissiy bo‘yoqdorligini ham saqlash kerak. Ushbu misollar kriminologik leksik birliklarni tarjima qilishda barcha farqlarni hisobga olgan holda kompleks yondashuv muhimligini ta’kidlaydi. Kriminologik leksikaning lingvokognitiv tahlili shuni ko‘rsatadiki, til nafaqat jamiyatning huquqiy voqeligini aks ettiradi, balki uning jinoyatchilik va adolat haqidagi tasavvurini ham shakllantiradi. Bunday o‘ziga xos leksikani bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish ikkala til tizimini va ularning madaniy kontekstini chuqur tushunishni talab qiladi. Kriminologik leksikaning lingvokognitiv jihatlarini o‘rganish ham tilshunoslar, ham amaliyotchi tarjimonlar uchun muhim tadqiqot yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Til bizning jinoyatchilik va huquqiy tartibot haqidagi tasavvurlarimizni qanday shakllantirishini tushunish bizga madaniyatlar va tillar o‘rtasida ma’lumotni yanada aniqroq yetkazish imkonini beradi. 71 Xulosa o‘rnida aytish kerakki, kriminologik leksikani muvaffaqiyatli tarjima qilish faqat ikkala mamlakatning til xususiyatlarini va madaniy kontekstini chuqur anglash bilan baholanadi. Bu esa tarjimondan nafaqat tillarni bilishni, balki turli madaniyatlarda huquqiy tushunchalarni idrok etishga ta’sir etuvchi ijtimoiy-madaniy omillardan xabardor bo‘lishini ham talab qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Sayidirahimova, N.S. Kognitiv tilshunoslikda “tushuncha” va “konsept”, ularni tahlilqilish usullari. O‘zbekistonda xorijiy tillar, 2(43), 98-107. 2. Алексеева Л.М. Мишланова С.Л., «Когнитивное терминоведение: теоретические аспекты», Екатеринбург: УрФУ, 2007, с. 34-36. 3. Гулинская Н.В. «Культурные аспекты перевода юридических текстов», Москва: Наука, 2015, с. 12-15. 4. Новодранова В.Ф. «Когнитивный подход к изучению терминосистем», Москва: Наука, 2000, с. 7-10. 5. Трубачев О.Н., «Лингвокультурологический анализ немецкой лексики», Москва: Наука, 2018, с. 14-17. 6. Фадеев В.Н. «Когнитивные исследования языка», Санкт-Петербург: СПбГУПС, 2016, с. 15-18. 7. Шмелев Д.Н. «Правовая лексика в контексте когнитивной лингвистики», Москва: Наука, 2020, с. 20-23. 8. Гусева А.Е. «Терминология уголовного права: проблемы перевода», Москва: Наука, 2019, с. 21-24. 9. Пицкова Л.П. «Лексико-фразеологические поля современного немецкого языка», Москва: МГОУ, 2011, с. 22-25. 10. de Groot, Gérard-René. Recht, Rechtssprache und Rechtssystem - Betrachtungen über die Problematik der Übersetzung juristischer Texte. 1991. In: Terminologie & Traduction. 3. s. 279-316. 11. Sh. Ko‘chimov. O‘zbekistonda qonun tarjimashunosligining dolzarb masalalari. Форум переводоведов – 2022, 2(28), 58-64. 12. Громова Т.А. «Языковая репрезентация преступности», Санкт-Петербург: Издательство РГПУ им. А.И. Герцена, 2021, с. 30-33. 13. Кузнецова М.И. «Медиа-текст как объект лингвистического анализа», Москва: Наука. 2020. с. 34-37.