scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ZAMONAVIY TARJIMONLIK TA'LIMIDAGI AYRIM YO'NALISHLAR VA YANGI MALAKAVIY TALABLARNING O'ZIGA XOS JIHATLARI

Raxmanov Botir Maxmudovich

Abstract

ZAMONAVIY TARJIMONLIK TA'LIMIDAGI AYRIM YO'NALISHLAR VA YANGI MALAKAVIY TALABLARNING O'ZIGA XOS JIHATLARI

Full text

78 ZAMONAVIY TARJIMONLIK TAʼLIMIDAGI AYRIM YOʼNALISHLAR VA YANGI MALAKAVIY TALABLARNING OʼZIGA XOS JIHATLARI Raxmanov Botir Maxmudovich o‘qituvchi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti, Roman – german tillari tarjimashunosligi kafedrasi [email protected] Annotatsiya: Mazkur maqolada tarjimashunoslik va tarjimon mutaxassisligigaoid bilim va malakalarning zamonaviy jamiyat talablari hamda sharoitlari moslashuvi haqida fikr yuritiladi. Global kommunikatsilarning keskin kengayishi va ma’lumotlar oqimining to‘xtovsiz ravishda tezlashib borishi natijasida, bir vaqtning o‘zida bir necha tillardagi ma’lumotlarni o‘zaro almashuvi jarayoni ham o‘ta murakkab xususiyat kashf etmoqda. Bunday sharoitda tarjimonlar tayyorlasch va ularning ta’limini tashkil etishda zamonaviy yodashuvlar talab etiladi. Xulosa sifatida, zamonaviy tarjima ta’limi va tarjimonlik mutaxassisligiga oid muammolarni hal qilishda sohaga xos bo‘lgan bilim, malaka va tajribalarning o‘rni va ahamiyatiga e’tibor qaratiladi. Kalit so‘zlar: zamonaviy tarjima ta’limi, tarjimaga oid bilim va malakalar, kasbiy ko‘nikmalar, zamonaviy tarjima texnoligiyalari, amaliy tarzima ko‘nikmalari, madaniyatlararo muloqat. Abstract: This article discusses the adaptation of knowledge and skills of translation studies and the profession of translator to the requirements and conditions of modern society. As a result of the rapid expansion of global communications and the constant acceleration of the flow of information, the process of exchanging information in several languages at the same time is also becoming extremely complex. In such conditions, modern approaches to the training of translators and the organization of their education are required. In conclusion, attention is paid to the role and importance of knowledge, skills and experience specific to the field in solving problems related to modern translation education and the profession of translator. Keywords: modern translation education, knowledge and skills related to translation, professional skills, modern translation technologies, practical translation skills, intercultural communication. Аннотация: В данной статье рассматривается адаптация знаний и навыков переводоведения и профессии переводчика к требованиям и условиям современного общества. В результате быстрого расширения глобальных коммуникаций и постоянного ускорения потока информации, процесс обмена информацией на нескольких языках одновременно также становится чрезвычайно сложным. В таких условиях требуются современные подходы к подготовке переводчиков и организации их образования. В заключение уделяется 79 внимание роли и значению знаний, навыков и опыта, специфичных для данной области, в решении проблем, связанных с современным переводческим образованием и профессией переводчика. Ключевые слова: современное переводческое образование, знания и навыки, связанные с переводом, профессиональные навыки, современные переводческие технологии, практические навыки перевода, межкультурная коммуникация. Tezkor axborot oqimlari qurshovida kechayotgan bugungi kunda tarjima sohasi, xususan, tarjima qilishga oʼqitish bilan bogʼliq taʼlim jarayonlari tarjimaning mohiyati va undagi tarjimonning oʼrni haqidagi qarashlarda oʼziga xos ayrim oʼzgarishlar kechayotganini namoyon qilmoqda. Аgar badiiy tarjima istisno qilinadigan boʼlsa, ming yillar davomida sayqallangan va anʼanaviy xususiyat kasb etgan tajima, maʼlumki, oʼzida bir tildagi maʼlumotni ikkinchi bir tilga asosan tarjimonning oʼzi tamonidan amalga oshirishni nazarda tutadi. Аmmo bugungi kunga kelib, tarjima – bu shunchaki maʼlumotni yetkazib berish emas, balki asl matnga asoslangan va maqsadga yoʼnaltirilgan yangi bir matnni yaratishni va bu jarayonda tarjimonning ijodiy mahorati bilan birga keng qamrovli va oʼta marakkab raqamli texnologiyalar hamda dasturlar ham muhim ahamiyat kasb etmoqda 8 . Tarjima bilan bogʼliq mehnat bozorida yuzaga kelayotgan yangi talab va takliflar ayni chogʼda bir qator yangi anʼanalarni shakllantirmoqda va bu masala, oʼz navbatida, tarjimaga oʼqitish jarayonlaridagi yangi taʼlim texnologiyalari va oʼqitish usullarida ham oʼz aksini topmoqda. Tarjima taʼlimi anʼanaviy jihatdan, asosan, talabalarda tarjimaga oid nazariy va amaliy bilimlarni puxta egallash, tarjima turlari va usullari oʼrganish hamda chet tilidagi bilimlarini rivojlantirish kabi bilim va koʼnikmalarni oʼzlashtirishga yoʼnaltirilgan. Soʼngi oʼn yilliklarga kelib, taʼlimdagi asosiy eʼtibor tarjimaning amaliy jihatlari bilan bir qatorda tezkor va sifatli boʼlishiga eʼtibor qaratilmoqda. Bugungi kun tarjimonidan bevosita amaliy faoliyatni qay darajada samarali oshira olishi talab qilinmoqda. Hozirda u nafaqat tarjimaga oid anʼanaviy bilimlarni egallagan boʼlishi, balki murakkab kopьyuter texnologiyalarini oʼz ichiga oluvchi amaliy koʼnikmalarga ham ega boʼlishi lozim. Mazkur talablarni eʼtiborga olgan holda zamonaviy tarjima taʼlimida anʼanaviy bilimlarga qoʼshimcha tariqasida talabalar quyidagi bir qator amaliy malaka va koʼnikmalarni ham egallashlari 9 maqsadga muvofiq: - tarjima qilinayotgan tildagi asl matnni va tarjima qilingan tildagi yakuniy matlarni tahlil qilish va ularning mazmun-mohiyati, tarkibiy tuzilishi, uslubi, ifoda 8 Ingrid Kurz, Angela Moisl, Berufsbilder für Übersetzer und Dolmetscher: Perspektiven nach dem Studium. WUVUniv.-Verlag, 1997, 193 S. 9 Комиссаров В.Н. Современное переводоведение. Учебное пособие. М.: ЭТС, 2002. 424 с. 80 ohangini aniqlay olish koʼnikmasi. Bunda har ikkala tilga oid barcha bilimlar, shu jumladan, tilshunoslikning fonetika, marfologiya, grammatika, leksika va stilistika kabi sohalariga oid bilimlarini amalda qullay olish zarur boʼladi; - tarjimada tadqiqot koʼnikmasi, yaʼni turli sohalarga (tibbiyot, iqtisod, huquq va b.) maxsus matnlarni tarjima qilish uchun zarur boʼlgan maʼlumotlarni qidirib topish va ularni yangi matn yaratish jarayonida mohirlik bilan qoʼllay olish; - ijodiy faoliyat koʼnikmasi, asl matndagi mazmun-mohiyatni anglab olish (interpretatsiya qilish) va uni yangi matn yaratishda mohorat bilan qayta ijod qilish. Bunda asl tekstning shakli va mazmuniga mos ravishda yangi tarjima matnini yaratish nazarda tutilib, masalan, sud ajrimi matnini tarjimada ham barcha xususiyatlarini qayta yarata olishga erishish talab etiladi; - madayatlararo muloqatga oid bilim va koʼnikmalar. Bunda asl matn va tarjima matnidagi tillar oʼrtasida madaniy farqlarni eʼtiborga olish va ularni tarjimada maqsadga mos ravishda ifoda qilish nazarda tutiladi; - kommunikativ koʼnikma, yaʼni mijoz bilan erkin va mazmunli muloqatni tashkil qila olish, muloqatdan manfaatdor tamonlar bilan mohirona aloqa oʼrnatish koʼnikmasi. Xususan, xushmuomalalik , hozirjavoblik, suhbatdoshni oʼziga jalb qila olish kabi xususiyatlarni rivojlantirish zarur. Mazkur koʼnikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirish uchun tarjima taʼlimi jarayonida turli xil usullar va tadbirlardan keng foydalaniladi 10 . Bunda, avvalambor, talabalar rejalashtirilgan mavzularga xos boʼlgan matnlarni tahlil qilishadi. Bu jarayonda tarjimani qanday tashkil etish va unda qanday usullar va vositalardan samarali foydalanish mumkinligi haqidagi savollarga javob topadilar. Ushbu bosqichda talabalarning oʼqituvchi rahbarligi ostida tarjima qilishi alohida ahamiyatga ega boʼlib, ustoz ularga tarjima vositalarini tanlashda, qaysi uslubda tarjima qilish boʼyicha qaror qabul qilishda va tarjimonlik koʼnikmalarini takomillashtirishda bevosita yordam koʼrsatadi. Shu bilan birga, bu jarayonda talabalarning mustaqil tarjima qilish koʼnikmalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilib, har bir talaba oʼzga xos mustaqil va mualliflik tarjima uslubini shakllantirishga yoʼnaltiriladi. Zamonaviy tarjima jarayonini oʼzlashtirishda tarjima vositalaridan samarali foydalana olish koʼnikmasi alohida oʼrin tutadi. Maʼlumki internet rivojlanib borayotgan bir sharoitda, undagi turli xildagi matnlarning tahlili va tarjimasiga ixtisoslashtirilgan dasturlar, elektron loʼgʼatlar, matnni tahrir qilish, qayta ishlash va imlo xatolarni tuzatish kabi vazifalarni bajarishda yordam beruvchi raqamli 10 Reiß Katharina, Vermeer Hans J. Grundlegung einer allgemeinen Translationstheorie, Tübingen: Niemeyer. 1991. 81 ilovalardan foydalana olish zarur boʼladi 11 . Shuni alohida qayd etish lozimki, bugungi kunda tarjimada sunʼiy aqlning imkoniyatlaridan samarali foydalanish koʼnikmasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Soʼngi paytlarda internet tarmogʼida sunʼiy aqlning matn bilan ishlashga ixtisoslashgan bir qator dasturlari mavjud . Аmmo ulardan maqsadli foydalanish tarjimondan nafaqat kompьyuter texnologiyalarini chuqur bilish, balki matn ustida mohirona ishlay olish koʼnikmasini ham talab qiladida. Shu oʼrinda sunʼiy aqlning imkoniyatlari yanada kengayib borayotgani va bu narsa kelajakda tarjimonlik mutaxassisligini mehnat bozoridan siqib chiqarishi yoki cheklab qoʼyishi haqidagi xavotirli qarashlar yuzaga kelayotganini alohida qayd etish lozim. Bizning fikrimizcha, masalaga bunday yondashish kelajakda oʼzini oqlamaydi, aksincha har bir tarjimon sunʼiy aql imkoniyatlaridan tarjima jarayonini tezroq va sifatli amalga oshirish uchun qoʼshimcha vosita sifatida qabul qilishi maqsadga muvofiq. Аmaliy tarjima jarayonlarida orttirilgan tajribalarga tayaniladigan boʼlsa, sunʼiy aql yordamida amalga oshirilgan matnlar tarjimasining deyarli barchasi tarjimonning qayta tahlili va tarjimasini talab qiladida. Аyrim hollarda esa, tarjimaning maqsadidan kelib chiqib, sunʼiy aql amalga oshirgan tarjimani hatto butunlay qaytadan yaratish zarurati ham yuzaga keladi. Bu holat, oʼz navbatida, kutilgandan koʼra koʼproq vaqt va qoʼshimcha mehnatni talab qiladi. Bundan tashqari, mazkur usulda tarjima qilingan matnni qayta ishlash va nashrga tayyorlash uchun oʼta malakali tarjimon va muharrir mehnatiga ehtiyoj paydo boʼladi 12 . Аmaliy tarjimadagi malaka va koʼnikmalarni mustahkamlash uchun talabalar amaliy tarjima jarayonini oʼz ichiga olgan turli tarjima loyihalarida ishtirok etish va tarjima faoliyati bilan shugʼullanuvchi turli korxonalarda amaliyot oʼtash orqali egallanadi. Shu bilan birga, zamonaviy tarjima jarayonlari mutaxassislardan keng qamrovli madaniy bilimlarni egallashni talab qilmoqda. Mazkur yoʼnalishdagi bilimlar shartli ravishda va eng kamda ikkita madaniyat haqidagi dunyoqarashga ega boʼlishni nazarda tutadi. Tarjimon, avvalambor, oʼz tiliga va madaniyatiga xos boʼlgan bilimlarni bilishi, turli anʼanalar, tarixiy, siyosiy, ijtimoiy va diniy tushunchalarga ega boʼlishi lozim. Shu bilan birga, xuddi shunday bilimlarni u oʼrganayotgan chet tilida ham egallashi lozim. Mazkur bilim va koʼnikmalar tarjimani qabul qiluvchi tomonga maqsadli va vaziyatga mos ravishda amalga oshirishda oʼta muhim rol oʼynaydi. [2, c. 135]. Tarjimonning madaniy koʼnikmalarini rivojlantirish uchun taʼlim jarayonida bir qator usul va vositalardan foydalaniladi. Аnʼanaviy tarzda talabalarga tarjima tilidagi 11 Современные методы подготовки переводчиков. [Электронный ресурс]. Режим доступа: https://cyberleninka.ru/article/n/sovremennye-metody-podgotovki-perevodchikov/viewer (Дата обращения: 15.09.2025). 12 Гамбье И. Перевод и переводоведение на перекрестке цифровых технологий // Вестник СПбГУ. Серия 9. 2016. Вып. 4. 82 dabiyotlarni, xususan, tili oʼrganilayotgan mamlakatning tarixi, madaniyati, anʼanalari va urf-odatlari haqida maʼlumotlarni oʼqish tavsiya qilinadi 13 . Аyniqsa chet tilidagi kinofilьmlarni tomosha qilish, turli muzey va sanʼat galeriyalarini borib koʼrish yoki ulardagi sanʼat asarlari bilan tanishish, chet tili vakili bilan tirik muloqatga kirishish, milliy va etnik oʼziga xosliklarni oʼrganish tarjimondagi madaniy bilim va koʼnikmalarni yanada rivojlantirishga hissa qoʼshadi. Tarjimon doimiy ravishda oʼzi tarjima qilayotgan til egalarining madaniy va ijtimoiy-siyosiy hayotidan xabardor boʼlishi, yuzaga kelayotgan oʼzgarishlarni kuzatib borishi lozim va bu, oʼz navbatida, madaniyatlararo muloqatning samarali va maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirilishiga xizmat qiladi 14 . Bugungi kunda zamonaviy tarjimon taʼlimida yana bir muhim boʼlgan yoʼnalish, bu informatsion komьyuter texnologiyalari, tarjima dasturlari, elektron loʼgʼatlar va maʼlumot bazalarini ish jarayonida samarali qoʼllay olishdir. Mazkur texnologiyalar talabalarga tarjima qilish koʼnikmalarini rivojlantirishga va ishning sifati va samarasini oshirishga yordam beradi Yuqarida qayd etilgan fikrlarga xulosa tariqasida qayd etish lozimki, bugungi kunda tarjimaga oʼqitishni tashkil etishda asosiy eʼtibor tezkor axborot almashinuvi va madaniyatlararo muloqatning samarali kechishini taʼminlashga qaratilishi lozim. Tarjimon nafaqat oʼrganayotgan chet tilini mukammal bilishi, balki til, tarix, madaniyat kabi qator sohalarda ham yetarlicha bilim va koʼnikmalarga ega boʼlishi talab etiladi. Zamonaviy tarjimonlarning taʼlim jarayoni bugungi kun mehnat bozorida yuzaga kelayotgan talablarni qondirishga qodir boʼlgan malakali mutaxassislarni tayyorlashni nazarda tutadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Ingrid Kurz, Angela Moisl, Berufsbilder für Übersetzer und Dolmetscher: 2. Perspektiven nach dem Studium. WUV-Univ.-Verlag, 1997, 193 S. 3. Reiß Katharina, Vermeer Hans J. Grundlegung einer allgemeinen 4. Translationstheorie, Tübingen: Niemeyer. 1991. 5. Kadrić, Mira. 2011. Dialog als Prinzip. Für eine emanzipatorische Praxis und Didaktik des Dolmetschens. Tübingen: Gunter Narr. 6. Комиссаров В.Н. Современное переводоведение. Учебное пособие. М.: ЭТС, 2002. 424 с. 7. Миньяр-Белоручева А.П., Покровская М.Е. Код культур в зеркале перевода // Язык и текст. 2015. Т. 2. №4. С. 30–46. 13 Миньяр-Белоручева А.П., Покровская М.Е. Код культур в зеркале перевода // Язык и текст. 2015. Т. 2. №4. С. 30–46. 14 Kadrić, Mira. Dialog als Prinzip. Für eine emanzipatorische Praxis und Didaktik des Dolmetschens. Tübingen: Gunter Narr, 2011. 83 8. Современные методы подготовки переводчиков. [Электронный ресурс]. Режим доступа: https://cyberleninka.ru/article/n/sovremennye-metodypodgotovki-perevodchikov/viewer (Дата обращения: 15.09.2025). 9. Гамбье И. Перевод и переводоведение на перекрестке цифровых технологий // Вестник СПбГУ. Серия 9. 2016. Вып. 4.