ADABIY YONDASHUVLAR ASOSIDA YORDAMIDA CHET TILI O'QITISH STRATEGIYALARI
Abstract
Ushbu maqolada chet tilini adabiy yondashuv asosida o‘zlashtirish va nutqiy faoliyatini rivojlantirishdagi o‘rni yoritib berilgan. Adabiyot chet tili o‘qitishning muhim, samarali va motivatsion vositasi sifatida qaraladi. Maqolada til o‘qitish jarayonida til manbalarini o‘z ichiga olgan holda o‘rganuvchining til o‘rganish jarayonini yanada samarali qilish, motivatsiyasini oshirish til ko‘nikmalarini rivojlantirish va o‘quvchi darajasiga qarab to‘g‘ri adabiyotlarni tanlash haqida so‘z yuritiladi.
Full text
Noyabr, 2025-Yil 165 ADABIY YONDASHUVLAR ASOSIDA YORDAMIDA CHET TILI O‘QITISH STRATEGIYALARI Tagayev Q.K. Ilmiy rahbar. Joniqulova Sarvinoz Sirojiddin qizi Yangi asr universiteti talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17621868 Annotatsiya. Ushbu maqolada chet tilini adabiy yondashuv asosida o‘zlashtirish va nutqiy faoliyatini rivojlantirishdagi o‘rni yoritib berilgan. Adabiyot chet tili o‘qitishning muhim, samarali va motivatsion vositasi sifatida qaraladi. Maqolada til o‘qitish jarayonida til manbalarini o‘z ichiga olgan holda o‘rganuvchining til o‘rganish jarayonini yanada samarali qilish, motivatsiyasini oshirish til ko‘nikmalarini rivojlantirish va o‘quvchi darajasiga qarab to‘g‘ri adabiyotlarni tanlash haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: chet tili darslari, badiiy manbalar, real kontekst, madaniyatlararo muloqot, ijodiy fikrlash, til ko‘nikmalari Annotation. This article examines the role of the literary approach in foreign language acquisition and the development of learners’ communicative competence. Literature is regarded as an essential, effective, and motivational tool in foreign language teaching. The study highlights how integrating literary sources into the teaching process enhances learning efficiency, increases learner motivation, and develops language skills. Particular attention is given to the importance of selecting appropriate literary texts according to learners’ proficiency levels in order to ensure meaningful engagement and communicative development. Keywords: foreign language lessons, literary sources, real context, intercultural communication, creative thinking, language skills. Аннотация. В данной статье рассматривается роль литературного подхода в процессе овладения иностранным языком и развитии речевой деятельности обучающихся. Литература рассматривается как важное, эффективное и мотивационное средство обучения иностранному языку. В исследовании подчеркивается, что интеграция литературных источников в образовательный процесс способствует повышению эффективности обучения, формированию устойчивой мотивации и развитию языковых навыков. Особое внимание уделяется необходимости подбора соответствующих литературных произведений в зависимости от уровня владения языком для обеспечения осмысленного усвоения материала и совершенствования коммуникативной компетенции. Ключевые слова: занятия по иностранному языку, художественные источники, реальный контекст, межкультурная коммуникация, творческое мышление, языковые навыки. Kirish: Adabiy matnlardan foydalanish o‘quvchilarda o‘qish, yozish, tinglash va so‘zlash kabi to‘rtta asosiy til ko‘nikmalarini birgalikda shakllantirish imkonini beradi. Bunday yondashuv nafaqat og‘zaki va yozma nutqni o‘rgatish vositasi sifatida, balki tilning tabiiy kontekstda qo‘llanilishini ta’minlovchi kompleks metod sifatida ahamiyat kasb etadi.
Noyabr, 2025-Yil 166 Adabiy manbalardan foydalanish o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini, madaniy dunyoqarashini kengaytiradi hamda ularning o‘rganish jarayonini qiziqarli va samarali shaklda tashkil etishga yordam beradi. Shuningdek, xorijiy tilda uchraydigan so‘zlar, iboralar va jumlalarni real kommunikativ sharoitda qo‘llash malakasini rivojlantiradi. Adabiyotlar tahlili: Chet tilini kommunikativ yondashuv asosida o‘qitishda adabiyot haqiqiy materialdir. Tilni oqitish jarayonida drama va video roliklar orqali tilni tabiiy kontekstda o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi kuchli vosita sifatida ko‘riladi. Adabiyotning til oqitishdagi ahamiyati yillar mobaynida izlanuvchi va olimlarning diqqat markazida bolgan. Alan Maley 1989-yil o‘zining “Down from the Pedestal: Literature as Resource” nomli maqolasida, adabiyot, ayniqsa drama, chet tili ta’limida ya’ni o‘quv vositasi sifatida qaralishi kerakligini ta’kidlaydi.. Maleyning fikricha, drama til o‘rganishni shunchaki lingvistik faoliyatdan chiqib, hissiy ya’ni affektiv va ijtimoiy-madaniy tajriba jarayoniga aylantiradi. U o‘quvchini passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantirib, intonatsiya, ohang, ijtimoiy rol va nutq muhitini hamda motivatsiyani ham oshiradi.[1] Collie va Slater 1987-yil Literature in the Language Classroom asarida drama va boshqa adabiy dramaning metodik afzalliklarini quyidagicha asoslaydilar: o‘quvchi rol o‘ynash, dialogni sahnalashtirish, matnni madaniy kontekstda qo‘llash orqali tilni tahlil qiladi, balki faol muloqotda foydalanadi. Talabalar adabiy asarni o‘rganish davomida tilning turli sharoitlarda qo‘llanishi bilan tanishadilar. Chet tillarini o‘qitishda adabiyot o‘zining interfaol kompetentsiyasini rivojlantirishdagi ahamiyatini ta’kidlaydi va talabani madaniyatlararo muloqot sezgirligini shakllantirishdagi o‘rnini ham e’tirof etib, o‘quvchilar asarlar orqali ijtimoiy me’yorlar, qadriyatlar va nutqning pragmatik belgilari bilan tanishadi.[2] T. T. M Van 2009-yil o‘z maqolasida adabiyotning EFL ta’limidagi o‘rni haqida yangicha konsepsiyani ilgari suradi. Uning fikricha, badiiy matnni tahlil qilish jaroyonida o‘quvchilarda kommunikativ, tanqidiy va madaniy jihatdan ko‘nikmalari shakllantirilishiga xizmat qiladi. Adabiyot darslarida o‘quvchilar faqat tahlil qiluvchi emas, balki fikr almashuvchi, madaniyatni anglovchi va ijodkor o‘rganuvchilar sifatida qatnashadi. Shu tariqa, Van adabiy tahlilni CLT (Communicative Language Teaching) metodologiyasi bilan uyg‘unlashtirib, EFL kontekstida madaniy interaktivlik va tanqidiy tafakkurni rivojlantiruvchi yondashuvni taklif etgan.[3] Metodika: Chet tili o‘rganuvchilar ko‘pincha o‘z madaniy doirasida fikrlaydi, boshqa millatlarning qadriyatlarini anglash qiyin kechadi. Bu masalaga yechim sifatida Collie va Slater ta’kidlaganidek, adabiyot o‘quvchilarga madaniyatni kontekstda ko‘rish madiyanatlararo sezgirlikni oshirish imkonini beradi. Amaliy yechim uchun har bir matn o‘qilgandan so‘ng “Culture Talk” bosqichi o‘tkaziladi: “Bu vaziyat O‘zbekiston madaniyatida qanday ko‘rinishda bo‘lardi?” “Qaysi qadriyat sizga tanish?” kabi savollar bilan ikkita mamlakat madaniyatini solishtirish bilan o‘quv jarayonini qiziqarli va motivatsion kayfiyatda o‘tkazish mumkin. O‘qituvchi madaniyatlararo xulosalar jadvalini tuzadi va bu chet tillini o‘rganayotgan o‘quvchi uchun xorijiy til haqidagi dunyo qarashini kengaytirib beradi. Boshlang‘ich bosqich (A1–A2): tilga hissiy kirish va muloqot asoslarini shakllantirish uchun tanlanganadigan asarlar sodda bo‘lishi muhim
Noyabr, 2025-Yil 167 Masalan, O. Henryning The Gift of the Magi hikoyasi o‘quvchini hayotiy vaziyatlarga olib kirib, so‘z boyligini oshiradi hamda fe’l zamonlari va sodda gap tuzilmalarini mustahkamlaydi. Roald Dahlning Charlie and the Chocolate Factory asari esa sodda muloqot, jonli dialoglar va o‘yinli kontekst orqali o‘quvchining talaffuz va intonatsiya ko‘nikmalarini rivojlantiradi. O‘rta bosqich (B1–B2): tahliliy o‘qish va madaniyatlararo anglash o‘rta darajadagi o‘quvchilar uchun adabiyot til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ochib beruvchi vosita sifatida xizmat qiladi. Bu bosqichda adabiy tahlil, muloqot va bahs yuritish malakalarini rivojlantirishga e’tibor qaratiladi. Hemingwayning ushbu asari Kuba baliqchisi Santyagoning sabr, umid va insoniy jasorat haqidagi kurashini tasvirlaydi. Tilda soddalik, lekin ma’noda chuqurlik hukmron. Hemingway o‘zining “iceberg principle” (ayniyat printsipi) orqali kam so‘z bilan katta ma’no berish uslubini yaratgan. Munozara: Maley qayd etganidek, bu bosqichda adabiy matn “affective engagement”ni ta’minlaydi, ya’ni o‘quvchi his-tuyg‘u orqali tilni o‘zlashtiradi. Collie va Slater esa qisqa hikoyalar boshlang‘ich bosqichda motivatsiyani saqlashning eng samarali vositasi ekanini ilmiy asosda isbotlaganlar. Van o‘rta darajadagi o‘quvchilar uchun adabiy tahlilni “critical literacy” vositasi sifatida talqin etadi, ya’ni o‘quvchi matn orqali jamiyat, madaniyat va til o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qiladi. Khatib va hamkorlari esa drama va roman tahlilini CLT (Communicative Language Teaching) bilan uyg‘unlashtirish o‘quvchini faol suhbatdoshga aylantirishini ilmiy jihatdan asoslab bergan. Xulosa: Tilni adabiyot orqali o‘rganish ikki mamlakat madaniyatdagi o‘xshashlikni taqqoslash, talabaning so‘z boyligini oshirish imkoniyatiga, semanatik sezgirlik va affektiv ishtirokini oshiradi. O‘quvchining til darajasiga mos adabiy asar tanlash chet tili o‘qitishda lingvistik, affektiv, kognitiv va madaniy jihatlarni uyg‘unlashtiradi. Bu yondashuv tufayli tilni o‘zlashtirishni bosqichma-bosqich soddalashtiradi,o‘quvchini hissiy va intellektual jihatdan faol ishtirokchiga aylantiradi. Xulosa qilib aytganda adabiyot tanlashda o‘quvchining darajasini hisobga olish o‘qituvchiga ta’lim jarayonini o‘quvchiga yo‘naltirilgan, madaniy va muloqotga asoslangan shaklda tashkil etish imkonini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Maley, A. (1989). Down from the Pedestal: Literature as Resource. In R. Carter, R. Walker, C. Brumfit (Eds.), Literature and the Learner: Methodological Approaches (pp. 1–9). Modern English Publications & British Council. 2. Collie, J. Slater, S. (1987). Literature in the Language Classroom: A Resource Book of Ideas and Activities. Cambridge University Press. 3. Van, T. T. M. (2009). The Relevance of Literary Analysis to Teaching Literature in the EFL Classroom. English Teaching Forum, 47(3), 2–9. 4. Khatib, M., Rezaei, S., Derakhshan, A. (2011). Literature in EFL/ESL Classroom. English Language Teaching, 4(1), 201–208. Canadian Center of Science and Education. 5. Lazar, G. (1993). Literature and Language Teaching: A Guide for Teachers and Trainers. Cambridge University Press.
Noyabr, 2025-Yil 168 6. Maley, A. (2001). Literature in the Language Classroom. In R. Carter D. Nunan (Eds.), The Cambridge Guide to Teaching English to Speakers of Other Languages (pp. 180–185). Cambridge University Press. 7. https://www.gutenberg.org/ebooks/7256