ZAMONAVIY YONDASHUVLAR NUQTAI NAZARIDAN TARJIMASHUNOSLIKNING TAHLILI
Abstract
ZAMONAVIY YONDASHUVLAR NUQTAI NAZARIDAN TARJIMASHUNOSLIKNING TAHLILI
Full text
134 ZAMONAVIY YONDASHUVLAR NUQTAI NAZARIDAN TARJIMASHUNOSLIKNING TAHLILI Qosimova Yayra Maxmudovna [email protected] +998998305705 Abduqodirova Dillobar O‘tkirbek qizi, O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada tarjimashunoslik fanining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari, yangi konseptual yondashuvlar va innovatsion texnologiyalar kontekstida qisman tahlil qilinadi. Maqolada ko‘p yo‘nalishli yondashuvlarning ilmiynazariy asoslari ham yoritiladi. Kalit so‘zlar: Tarjimashunoslik, zamonaviy yondashuv, madaniyatlararo muloqot, mashina tarjimasi, innovatsion texnologiyalar, konseptual yondashuvlar Bugungi kunda tarjimashunoslik fani jahon miqyosida tobora keng ko‘lamli va ko‘p yo‘nalishli ilmiy sohaga aylanib bormoqda. Til – insoniyat sivilizatsiyasining eng muhim vositasi bo‘lishi bilan birga, turli madaniyat va jamiyatlar o‘rtasida axborot almashinuvi, fikrlar va g‘oyalar tarqalishini ta’minlovchi asosiy vositadir. Bu jihatdan tarjima faoliyati – til vositasida madaniyatlararo muloqotni ta’minlovchi murakkab va ko‘p qirrali jarayon sifatida alohida ahamiyatga ega. Shunday ekan, tarjimashunoslik bugungi kunda nafaqat filologik, balki madaniy, sotsiologik, psixologik va texnologik fanlar bilan chambarchas bog‘langan holda rivojlanmoqda. Tarjimashunoslikda zamonaviy yondashuvlar orqali tahlil olib borish hozirgi davrda dolzarb masalalardan biridir. Ushbu maqolada tarjimashunoslikka oid zamonaviy yondashuvlarning nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi. Maqolaning asosiy maqsadi – tarjima faoliyatiga zamonaviy ilmiy-texnologik va madaniy ko‘rsatkichlar asosida yondashish zaruratini asoslash, mavjud metodologik yondashuvlarni solishtirish va takomillashtirish yo‘llarini qisman ko‘rsatib berishdan iborat. Tarjimashunoslik sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, avvalo, tarjima jarayonini faqat tilshunoslik doirasida emas, balki fanlararo tadqiqot obyekti sifatida o‘rganishga asoslanadi. Bu yondashuvlar doirasida tarjima – bu lingvistik transformatsiya emas, balki madaniyatlararo muloqot, ijtimoiy-ma’naviy almashinuv va axborot uzatishning murakkab shakli sifatida qaralmoqda. Shu nuqtai nazardan qaralganda, tarjimashunoslikning zamonaviy tendensiyalari quyidagi asosiy yo‘nalishlar orqali namoyon bo‘lmoqda: 1. Korpus lingvistikasi va statistik tahlillar; 2. Mashina tarjimasi va sun’iy intellekt; 3. Madaniyatlararo kommunikatsiya; 4. Pragmalingvistik va semiotik yondashuvlar; 5. Fanlararo integratsiya;
135 Korpus lingvistikasi tarjima faoliyatida lingvistik birliklar va ularning foydalanish kontekstlarini aniq statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilish imkonini beradi. Bu yondashuv ayniqsa terminologik izchillik, uslubiy moslik va frazeologik mos tarjimalar tanlashda foydalidir. Kompyuter lingvistikasi va korpus tahlil dasturlari yordamida matnlar avtomatik tahlil qilinib, tarjimada xatoliklar aniqlanadi hamda tarjimon uchun optimal variantlar taklif etiladi. Ushbu yo‘nalish haqida zamonaviy tarjimashunoslik fanining asoschilaridan biri hisoblangan Susan Bassnettning ham o‘z nazariyalari mavjud. Bassnett tarjimashunoslikni filologiyadan alohida, mustaqil fan sifatida ko‘radi. U bu sohani adabiyotshunoslik, tilshunoslik, madaniyatshunoslik va sotsiologiya bilan uzviy bog‘liq, ammo o‘ziga xos metodologiyasi bor fan deb hisoblaydi. Bassnettning nazariyasida adabiy tarjima markaziy o‘rinda turadi. U adabiy matnni tarjima qilishda faqat so‘zma-so‘zlik emas, balki uslub, intonatsiya, kontekst va madaniy ma’nolarni ham inobatga olish zarurligini ta’kidlaydi. 1 Tarjimon asosiy maqsad – matnning funktsional va kommunikativ ma’nosini yetkazishdir, deb hisoblaydi. Bassnett tarjimashunoslikni madaniyatshunoslik bilan bog‘lab o‘rganishni ilgari suradi. U tarjimoni ikki madaniyat o‘rtasidagi vositachi sifatida ko‘radi. Tarjimon til birliklarini emas, balki madaniy kodlar, urfdan kelib chiqqan ma’no, konnotatsiyalarni o‘zlashtirishi zarur, deb ta’kidlaydi. Uning fikricha, tarjimon ijodkorlik erkinligiga ega. Ayniqsa, adabiy asarlarda tarjimon muallif g‘oyasini tushunib, uni boshqa til madaniyatida moslashtira olishi kerak. Bu jarayon transpozitsiya, adaptatsiya, stilizatsiya orqali amalga oshadi. Uning yondashuvlari tarjimaga faqat til vositasi emas, balki madaniy va sotsial jarayon sifatida qarashga undaydi. So‘nggi yillarda sun’iy intellektga asoslangan tarjima vositalari (Google Translate, DeepL, ChatGPT va boshqalar) inson tarjimonlariga jiddiy raqobatchi bo‘la boshladi. Mashina tarjimasining ustunligi tezlik va qulaylikda bo‘lsa-da, u madaniy va kontekstual nozikliklarni anglashda, ironiyali yoki stilistik jihatdan murakkab matnlarni to‘g‘ri tarjima qilishda ojizlik qiladi. Mashxur tarjimashunos , tilshunos va pragmalingvist Basil Hakim hamda Ian Mason tarjimada faqat grammatik yoki so‘z darajasini emas, muloqotning kontekstdagi funktsiyasini tahlil qilishni taklif etadi. Hatim va Mason tarjimoni oddiy “matn ko‘chiruvchi” emas, balki “kommunikator” sifatida ko‘rsatadi. Ular tarjimoni ijtimoiy-madaniy kontekstda faol ishtirok etuvchi shaxs deb hisoblashadi. 2 Hatim quyidagi strategiyalarni ko‘rsatadi: Domestication (o‘zlashtirish) — bu strategiya orqali tarjimon matnni qabul qiluvchi madaniyatga maksimal darajada moslashtiradi. Bu holat G‘arbda ustun strategiya bo‘lib kelgan. Natijada, o‘quvchi begonalikni his qilmaydi. 1 S. Bassnett “Translation studies”. Routledge. 2 Basil H. Ian M. “The translator as communicator”. 1997y. p.3-15
136 -Foreignization (begonalashtirish) — bu esa tarjimada asl matnning madaniy begonaligini saqlab qolish, tarjima tilida “begona” elementlarni ataylab qoldirishga urinishdir. Venuti ushbu usulni tarjimonning siyosiy qarshi harakati sifatida ko‘radi. Zamonaviy tarjimashunoslikda madaniyatlararo kompetensiya tarjimonning eng muhim malakalaridan biri sifatida qaraladi. Tarjimon nafaqat so‘zlarni, balki ma’no, konnotatsiya, tarixiy-ma’naviy kontekstni ham to‘g‘ri yetkazishi kerak. Shuning uchun, tarjimada "ekvivalentlik" tushunchasi hozirda "funksional ekvivalentlik", "madaniy moslik" kabi tushunchalar bilan boyitilgan. Shu tarzda tarjimon tilni emas, madaniyatni ham moslashtiradi, bu esa madaniy notenglikni mustahkamlaydi. Venuti tarjimani ideologik amaliyot deb hisoblaydi. Tarjimondan faqat tilni emas, balki madaniy qadriyatlarni, ijtimoiy pozitsiyalarni, siyosiy qarashlarni aks ettirish talab qilinadi. U bu fikrini turli tarixiy misollar orqali asoslaydi va ayniqsa ingliz tilida dominant bo‘lgan tarjima madaniyatini tanqid qiladi. Bu yondashuvlar doirasida tarjima – bu nafaqat matnni boshqa tilga ko‘chirish, balki uni yangi kommunikativ kontekstdagi ishtirokchilarga moslashtirish jarayoni sifatida qaraladi. Ma’lumotning qanday qabul qilinishi, u qanday ma’no yuklaydi va qanday ta’sir qiladi – bular tarjimaning pragmatik tomonidir. Shuningdek, vizual va semiotik elementlar tarjimada tobora ko‘proq o‘rin olmoqda (masalan, reklama matnlari, multimedia kontentlar). Mashhur britaniyalik tarjimashunos olima Mona Baker tarjimada ekvivalentlikni yagona konsept emas, turli tillar darajasida namoyon bo‘ladigan ko‘p qirrali hodisa sifatida talqin qiladi. U ekvivalentlikni 4 asosiy darajada tahlil qiladi: 3 -So‘z darajasida (Word Level Equivalence) – tarjimada har bir so‘zga mos keladigan tarjimani topish. -So‘z birikmalari darajasida (Above Word Level) – iboralar, frazeologizmlar, kollokatsiyalar tarjimasi. -Grammatik darajada (Grammatical Equivalence) – grammatik o‘zgarishlar va strukturalar o‘rtasidagi muvofiqlik. -Matn va diskurs darajasida (Textual Equivalence) – bog‘lovchilar, konnektorlar va matn birligining tarjimada saqlanishi. U tarjimada kontekst va o‘quvchi ehtiyoji muhimligini ta’kidlaydi. U pragmatik yondashuvni ma’no va niyatga mos tarjima qilish sifatida ko‘radi. Bu darajada tarjimon matnning konnotatsiyasi, anglatgan ijtimoiy signallari va muloqotdagi rolini hisobga oladi. Baker ta’kidlashicha tarjimonda tarjimonning faol tanlovi muhim o‘rin tutadi. Tarjimon grammatika, leksika va uslubda ongli tanlovlar qiladi va bu tanlovlar matnning umumiy qabul qilinishiga bevosita ta’sir qiladi. U tarjimada grammatika, leksika, matn tuzilmasi va kontekst darajalarini alohida o‘rganadi. Uning yondashuvi 3 Baker M. “In other words: a coursebook on translation”. 1992y. 235-275p.
137 tarjimonni analitik, mustaqil va pragmatik fikrlovchi shaxs sifatida tasvirlaydi. Bakerning yondashuvi amaliy tarjima jarayonini nazariy asoslar bilan bog‘laydi va tarjimon uchun muhim metodik asos bo‘lib xizmat qiladi. Tarjimashunoslik bugungi kunda sotsiologiya, psixologiya, informatika, gendershunoslik va boshqa yo‘nalishlar bilan birgalikda rivojlanmoqda. Yuqorida keltirilgan yondashuvlar esa tarjimon oldiga yanada ko‘proq malaka, bilim va mas’uliyat yuklaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Bassnett, S. (2002). Translation Studies. Routledge. 2. Venuti, L. (1995). The Translator's Invisibility: A History of Translation. Routledge. 3. Baker, M. (1992). In Other Words: A Coursebook on Translation. Routledge. 4. G‘ulomov, M. (2020). Zamonaviy tarjimashunoslik asoslari. Toshkent: Fan nashriyoti. 5. Xasanova, D. (2021). Til va madaniyat: tarjimaning lingvomadaniy xususiyatlari. Toshkent: Ilm Ziyo.