scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

HOZIRGI DAVR NEMIS TILI LUG'ATLARINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI HAMDA ELEKTRON LUG'ATLARNING PAYDO BO'LISHI

Rahimova Mahzuna Husan qizi

Abstract

HOZIRGI DAVR NEMIS TILI LUG'ATLARINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI HAMDA ELEKTRON LUG'ATLARNING PAYDO BO'LISHI

Full text

138 HOZIRGI DAVR NEMIS TILI LUG‘ATLARINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI HAMDA ELEKTRON LUG‘ATLARNING PAYDO BO‘LISHI Rahimova Mahzuna Husan qizi O‘zMU, XFF, Nemis filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqola hozirgi davr nemis tili lugʻatlarining shakllanish bosqichlari va elektron lugʻatlarning paydo boʻlishini tahlil qiladi. 1952-yildan boshlab nemis leksikografiyasida yuz bergan oʻzgarishlar, xususan Berlindagi Nemis tili va adabiyoti institutining tashkil etilishi va Volfgang Shtaynitsning zamonaviy lugʻat gʻoyalari muhokama qilinadi. Opa-singil Rut va Helene Klappenbah rahbarligidagi loyiha hamda mazkur lugʻatning manba sifatidagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, Duden seriyasining yangi nashrlari, 1980–1990-yillarda lugʻatga kiritilgan yangi leksik birliklar (masalan, Aids) va 1990-yillardan boshlab kompyuter texnologiyalarining leksikografiyaga taʼsiri, elektron lugʻatlar misollari — Duden Universal Wörterbuch (1996, CD-Rom) va GWDS CDdagi EDV leksikasi (taxminan 500 kalit soʻz) tahlil qilingan. Kalit soʻzlar: nemis leksikografiyasi, zamonaviy nemis tili, universal lug‘at, elektron lugʻat, EDV / EHM, kompyuter leksikasi Аннотация : В статье анализируются этапы становления современных немецких словарей и появление электронных словарей. Рассматриваются изменения, произошедшие в немецкой лексикографии с 1952 года, в частности, создание Института немецкого языка и литературы в Берлине, а также современные словарные идеи Вольфганга Штайница. Освещается проект, возглавляемый сестрами Рут и Хеленой Клаппенбах, и значение этого словаря как источника. Также анализируются новые издания серии Duden, новые лексические единицы, введённые в словарь в 1980–1990-х годах (например, Aids), и влияние компьютерных технологий на лексикографию с 1990-х годов, примеры электронных словарей – Duden Universal Wörterbuch (1996, CD-Rom) и лексикон EDV на CD GWDS (около 500 ключевых слов). Ключевые слова: немецкая лексикография, современный немецкий язык, универсальный словарь, электронный словарь, EDV/EHM, компьютерный лексикон Annotation: This article analyzes the stages of formation of modern German dictionaries and the emergence of electronic dictionaries. The changes that have occurred in German lexicography since 1952, in particular the establishment of the Institute for German Language and Literature in Berlin and the modern dictionary ideas of Wolfgang Steinitz, are discussed. The project led by sisters Ruth and Helene 139 Klappenbach and the importance of this dictionary as a source are highlighted. Also, new editions of the Duden series, new lexical units introduced into the dictionary in the 1980s–1990s (e.g. Aids) and the impact of computer technology on lexicography since the 1990s, examples of electronic dictionaries - the Duden Universal Wörterbuch (1996, CD-Rom) and the EDV lexicon on the GWDS CD (about 500 keywords) are analyzed. Keywords: German lexicography, modern German, universal dictionary, electronic dictionary, EDV / EHM, computer lexicon XX asr oʻrtalaridan boshlab nemis leksikografiyasida muhim yangilanishlar yuz berdi. 1952-yilda Volfgang Shtaynits boshchiligida Berlindagi Nemis tili va adabiyoti instituti tashkil etilishi zamonaviy lugʻat tuzish jarayonini yangi bosqichga olib chiqdi. Ushbu institut Grimm lugʻatining anʼanalarini davom ettirib, iqtisod, texnika, siyosat va sanʼat kabi sohalardan keladigan soʻz birikmalarini ham qamrab oluvchi kengroq taʼrif va namunalar toʻplamini yaratishni maqsad qilgan. Rut va Helene Klappenbah kabi leksikograf ayollarning rahbarlik qilishi bu jarayonda xos ahamiyat kasb etdi va lugʻatning manbaviy bazasini kengaytirdi.[5,112] Keyingi yillardagi Duden seriyasining yangilanishlari va uni elektron shaklga oʻtkazish jarayoni (masalan, 1996 yildagi Duden Universal CD‑Rom) leksikografiyaning tezkor oʻzgarishiga sabab boʻldi: yangi texnik va ijtimoiy atamalar lugʻatlarga kiritildi (Aids, Assembler, elektronisch, Desktop‑Publishing va boshqalar). Elektron lugʻatlarda maqola maʼlumotlarini saqlash, yangilash va kengaytirish imkoniyatlari ortib, EDV/EHM sohasidagi taxnologik terminologiya keng qamrovli roʻyxatga aylantirildi (GWDS CDda EDV boʻlimi uchun taxminan 500 kalit soʻz). Ushbu maqola lugʻat tuzish tarixini va elektron formatga oʻtishda yuzaga kelgan muhim tendensiyalarni yoritib, kelajakda nemis leksikografiyasi uchun yangilanishlar va texnologik integratsiya istiqbollarini koʻrsatadi.1952-yilda nemis leksikografiyasida tilshunos olim Viegand tomonidan yangicha davr boshlandi.[4,54] Berlindagi nemis fanlar akademiyasi qoshioda nemis tili va adabiyoti instituti tashkil etildi. Bu nafaqat Grimm nemis tili lugʻati vazifasini, balki hozirgi til funksiyalarini ham oʻz zimmasiga oldi. Ushbu institutning ochilish kuniga bagʻishlangan nutqda Finougrist Volfgang Shtaynitz “Hozirgi davr nemis tilining vazifalari” toʻgʻrisida ma’ruza qildi. Bu nutqda u zamonaviy nemis tili grammatikasiga nisbatan fikrlari, Marks-Engels lugʻati va 5dan 6 bandgacha qamrab oluvchi zamonaviy lugʻat haqida qisqacha bayonot berdi. Bu lugʻat rejasini amalga oshirishda ikki ayol – Rut Klappenbah va uning opasi Helene Malige Klappenbah rahbarlik qildilar. Nemis leksikografiyasi tarixida ilk bor ayollar leksikografik ishlarga boshchilik qildilar.[9,88] 140 Opa -singil Klappenbah bilan birga turli oʻrinlarda taxminan oʻn beshtadan oʻttiztagacha bosh leksikograflar ish olib bordilar. Bu jarayonda Shtaynitz maslahat komisssiyasi rahbari sifatida amaliy maslahatlari bilan ishtirok etdi. Ushbu lugʻat hozirgi nemis tili leksikografiyasi tarixida muhim ahamiyatga ega manbalar bazasi bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Bu borada Shtaynitz lugʻatning birinchi bobi soʻz boshisida shunday yozadi: “lugʻat – hozirgi davr ta’lim qatlamining nemis tilini ifodalashi lozim. Ta’lim qatlami deganda esa, fan va san’at, texnika, iqtisod va siyosat, ijtimoiy tashkilotlar va partiyalarga mas’ul shaxslar tushuniladi, ular bizning jamiyat tilini badiiy, ilmiy va texnik adabiyot va ommaviy axborot vositalari orqali yoritib beradi.” [1,4] Ushbu tarif zamonaviy nemis tilini umumiy va tipik tomonlari hujjatlashtirilganligini ta’kidlaydi. Ushbu lugʻatni tuzishdan maqsadmashhur klassik asarlardan ba’zi muhim soʻzlarni keltirib oʻtish edi. Shuning uchun ham lugʻatda klassik davrda oʻn sakkizinchioʻn toʻqqizinchi asrlarda ijod qilgan Lessing, Gyote, Hayne, Arnold va Stefan Svayg, Haynrix Klaus, Tomas Mann, B.Breht kabi olimlarning asarlaridan keltiriladigan namunalarni koʻrish mumkin. Keyingi mashhur lugʻat bu 1983yilda olti bandli Duden lug‘ati negizida yaratilgan bir bandli Duden universal lug‘ati boʻlib, 1989-yilda ikkinchi nashri, 1996yilda esa uchinchi nashri chop etilgan. Bu davr mobaynida yangi nashrlar aktuallashib boraverdi. Masalan, 1985yildan Aids (OITS) lemmasi lugʻat tarkibiga kiritildi.[3,89] Yigirmanchi asrning 90-yillaridan boshlab bu sohaga kompyuter texnikasi ham kirib kela boshladi. Bu kabi elektron lugʻatlarni tuzishda koʻplab belgilar imkoniyatini hisobga olish zarur edi. EDV (EHM) kalit soʻzi ostida Duden universal lugʻati tarkibiga Assembler, DesktopPublishing, einspeichern, elektronisch, Expertensystem, Modul, multivibrator kabi terminlar kirib keldi. Bu kabi aniq lug‘atni komputer jurnallaridan topish murakkab. Masalan, einspeichern< sw. V; hat>: 1. (Selten) als Vorrat, zur Aufbewahrung o. A. einlagern, speichern: Lebensmittel für den Winter e. 2. (Datenverarb.) (einer technischen Anlage, bes. einer EDV-Anlage) über Lochkarte, Lochstreifen o. Ä. eingeben: Daten, Programme (in den Rechner) [3, 145] Ushbu lugʻatda “Computer” leksemasi 41 marta uchrasa, „Datenverarb.“ Leksemasi esa 154 marta ishlatilgan. Yana bir misol: Die Maus meist auf Rollen gleitendes, über ein Kabel mit e-m PC verbundenes Gerät, das auf dem Tisch hin u. her bewegt wird, um den Cursor od. ein anderes Markierungssymbol auf dem Monitor des Computers zu steuern. [1,221] Universal lugʻatda “Computer” mavzusi boʻyicha jami 200 dan ortiq so‘z va ularning ma’nolari kiritilgan. Bu kabi lugʻatlar holatini saqlash murakkab boʻlib, jadallik bilan rivojlanib kelmoqda hamda oʻzgartirishlar kiritilmoqda. 141 Oʻn bandli Duden GWDS CD elektron versiyasida „EDV“ leksemasiga oid 500ta kalit so‘zlar kiritilgan. Bundan kelib chiqadiki, lugʻatlarning elektron versiyasiga boʻlgan talab yuqori boʻladi. Duden universal lugʻatining yangicha media koʻrinishining imkoniyati kengligiga qaramasdan, M.Hausmann ta’kidlaganidek; „Rut Klappenbah 50, 60 va 70yillarda WDG lugʻatini yaratmaganda edi, hozirgi DUW (Deutsches Universalwörterbuch) lugʻati boʻlmas edi.“ Duden universal lugʻatiga raqobatdosh lug‘at bu – Wahrigning „Deutsches Wörterbuch“ (Nemis tili lug‘ati) kitobidir, bu lugʻat dastlab 1966yilda „Das Grosse Deutsche Wörterbuch“ nomi ostida havola etilgan. Quvonarlisi shundaki, bu lugʻatda chet tili oʻrganuvchilari integratsiyalashgan grammatik qoidalar, turlanish jadvallari berilgan. Tilshunos olim Viegandning ta’riflashicha Wahrig lugʻati nemis tilining asosiy so‘z boyligi bo‘libgina qolmay, zamonaviy tilda uchraydigan ilm-fanga doir atamalarni ham o‘z ichiga olgan. Nemis tilining faol rivojlanishi sababdan, nemis tili lugʻatiga EDV (EHM), tabiiy fanlar, tibbiyot va zamonaviy hayot tarziga oid 3000dan ortiq atamalar kirib keldi. [6,45] Misol tariqasida quyidagi atamalarni keltirish mumkin: Browser, Computer, Internet, Edutainment, Call-in, Ghostwriter, Benchmarking, Outplacement, Mobbing, Peanuts (ebd). Ilm va texnikaning rivojlanishi borasida Brockhaus – Wahrig (1980-1984) lug‘atida leksikografiya sohasida birinchi marta komputerdan foydalanildi. “Zamonaviy texnikaning yordamisiz hozirgi ma’lum miqdorini qisqa furstada amalga oshirish imkoni boʻlmasdi. Qat’iy sistematik tizim orqali lugʻatlardagi ma’lumotlar xavfsizligi ta’minlanadi.“ [7, 5] Duden Das Grosse Wörterbuch der deutschen Sprache – 8 bandlik (1993-1995) Duden nashriyoti tomonidan 6 bandlik yangi qayta ishlangan lugʻatida 1-nashrga qaraganda 30 mingta ko‘proq soʻzlarni jami bo‘lib 200 mingdan ortiq so‘zlarni oʻz ichiga olgan. Bundan tashqari ikkinchi nashr to‘liq yangi ishlangan. 2-nashrda muhim geografik otlar va tashkilot va institutlar nomlarining qisqartmalari shuningdek nemis tili soʻz boyligining tamal toshini tashkil etgan soʻzlarni qamrab olgan, bular yordamida esa soʻz boyligi ortib boradi. Birinchi nashrda zamonaviylik umumtil va fan tiliga urgʻu berilganiga farqli ravishda ikkinchi nashrda lugʻat madaniy boylik sifatida tilga olinadi. [1,5] Lug‘atlar ham madaniy boylik, ham keng qamrovli lug‘at sifatida tushunilgan lug‘at adabiy lug‘atni qayd etishi va uning nafaqat tarixiy, balki zamonaviy adabiyotning badiiy sifatini semantik jihatdan tavsiflashi kerak. [5, 39] Das Grosse Wörterbuch der deutschen Sprache in 10 Banden 1999 lugʻati soʻz boshisida yozilishicha, lugʻatlarning maqsadi quyidagicha: 142 • shaxsning til ko‘nikmalarini shakllantirish • zamonaviy nemis tilini hujjatlashtirish • til madaniyatini targ‘ib qilish.[8,23] Texnik va maxsus atamalarni lug‘atga kiritish uchun hal qiluvchi omilularning chastotasi, ya’ni kundalik ogʻzaki va yozma tilda qoʻllanilishidir. [2, 23] Lugʻatlarda soʻzlarning ma’nosi iloji boricha oddiy va sodda, barcha tushunadigan soʻzlar yordamida berilishi lozim. [2, 37] O‘z-o‘zidan ma’lumki, elektron lug‘atida biror so‘z qidirishga berilganda aynan shu so‘z doirasidagi boshqa so‘z va so‘z birikmalari havola etiladi. Bu esa o‘z navbatida foydalanuvchiga qulaylik beradi. Birgina ushbu lug‘atda Hand so‘ziga oid 60ta, Fuss so‘ziga oid 24ta frazeologizm havola etilgan. Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda nemis tili lug‘atlarining rivojlanishi uchun juda ko‘plab omillar mavjud bo‘lib, ayniqsa, elektron shakldagi lug‘atlarga nisbatan talab ortib bormoqda. Hamda lug‘at tuzishdagi so‘z boyligini ortishi ham amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Duden Universalwörterbuch. 3., überarbeitete Auflage. Mannheim, Leipzig: Dudenverlag, 1996. 2. Wörterbuch der deutschen Gegenwartssprache. Band 1. 10. Auflage. Mannheim: Dudenverlag, 1980, S.4. 3. Duden Universal Wörterbuch, CD-Rom, Duden-Bibliothek Express, Berlin, 1996. 4. Viegand, Wolfgang. Die Aufgaben der deutschen Gegenwartssprache. Vortrag, eröffnetes Institut für Deutsche Sprache und Literatur, Berlin, 1952. (Archivpublikation) 5. Klappenbach, Ruth; Klappenbach, Helene Malige. Lexikografische Projektunterlagen und Kommentarien (Archivbestand). Berlin: Institut für Deutsche Sprache und Literatur, 1950–1960. 6. Wahrig Deutsches Wörterbuch, Vorwort zur Neuausgabe, Bertelsmann Lexikon Verlag, München, 2000 7. Brockhaus Wahrig. Deutsches Wörterbuch. Hrsg. v. G. Wahrig, H. Krämer, H. Zimmermann. 6 Bd. 1980-84, Bd.1., Vorwort, Leipzig1980. 8. Das Große Wörterbuch der deutschen Sprache (GWDS), Dudenverlag, Berlin, 1992. 9. Hass Zumkehr. Deutsche Wörterbücher - Brennpunkt von Sprachund Kulturgeschichte.- Berlin: De Gruyter, 2001.