scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RETSEPTIV NUTQ MALAKALARINI BAHOLASHDA YUZAGA KELADIGAN QIYINCHILIKLAR

Raximova Shaxribonu Mirzaxitovna

Abstract

RETSEPTIV NUTQ MALAKALARINI BAHOLASHDA YUZAGA KELADIGAN QIYINCHILIKLAR

Full text

262 RETSEPTIV NUTQ MALAKALARINI BAHOLASHDA YUZAGA KELADIGAN QIYINCHILIKLAR Raximova Shaxribonu Mirzaxitovna O‘zDJTU 3bosqich tayanch doktoranti shaxribonuraximova198[email protected]om Annotatsiya. Mazkur maqola retseptiv nutq malakalarini baholashda yuzaga keladigan turli qiyinchiliklarni bartaraf etishga bag‘ishlanadi. ushbu nutq malakalarini rivojlantirish jarayonida talabalarda kuzatiladigan qiyinchiliklarga, ya’ni o‘qish jarayonida vujudga keladigan qiyinchiliklarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqligi keltirilgan. Chunki baholashda vujudga keladigan qiyinchiliklar bevosita o‘qish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar ta’sirida paydo bo‘ladi. Kalit so‘zlari: retseptiv nutq malakalari, baholash, lingvistik, ekstralingvistik, obektiv, subektiv. Аннотация. Данная статья посвящена преодолению различных трудностей, возникающих при оценке рецептивных речевых навыков. Обращается внимание на сложности, которые наблюдаются у студентов в процессе развития этих навыков, а именно на трудности, возникающие в ходе учебного процесса. Это оправдано, поскольку трудности, возникающие при оценивании, непосредственно связаны с проблемами, возникающими в процессе обучения. Ключевые слова: рецептивные речевые навыки, оценка, лингвистический, экстралингвистический, объективный, субъективный. Abstract. This article is dedicated to overcoming various difficulties that arise when assessing receptive language skills. It focuses on the challenges observed in students during the development of these skills, specifically the difficulties that occur throughout the learning process. This is justified, as the challenges encountered during assessment are directly related to the issues that arise in the learning process. Key words: receptive language skills, assessment, linguistic, extralinguistic, objective, subjective. Retseptiv nutq malakalarini baholashda turli qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ular orasida test topshiriqlarining mosligi, talabalarning individual farqlari, baholash mezonlarining aniqligi va baholovchi subektivligi kabi muammolar mavjud. Ayniqsa, eshitib tushunish testlari talabaning fonetik signallarni qabul qilish tezligi va madaniy kontekstni tushunish darajasiga bog‘liq bo‘lganligi sababli, adolatli baholashni murakkablashtiradi. Shu bilan birga, zamonaviy taʼlim texnologiyalari va baholash vositalarining joriy etilishi ushbu sohada yangi imkoniyatlar ochmoqda. Interaktiv 263 platformalar, moslashtirilgan test tizimlari va diagnostik baholash modellarining qo‘llanilishi retseptiv ko‘nikmalarni aniq va obyektiv baholashga xizmat qilmoqda. Retseptiv nutq malakalarini baholashda vujudga keladigan qiyinchiliklarni tahlilga tortirshdan avval, ushbu nutq malakalarini rivojlantirish jarayonida talabalarda kuzatiladigan qiyinchiliklarga, ya’ni o‘qish jarayonida vujudga keladigan qiyinchiliklarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Chunki baholashda vujudga keladigan qiyinchiliklar bevosita o‘qish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar ta’sirida paydo bo‘ladi. N.M.Goncharova xorijiy tillarni tinglab tushunishning qiyinchiliklarini ikkiga bo‘ladi, bular: ekstralingvistik va lingvistik qiyinchiliklardir. U lingvistik qiyinchiliklarga “Nutqning monolog, dialog shaklida bo‘lishligi; Dasturetik qiyinchilik, so‘zlarning to‘g‘ri talaffuz qilinishi; Leksik qiyinchilik, so‘zlar tanish, ko‘p ma’noli bo‘lishligi, konversiya; Grammatik qiyinchiliklar-zamonlar, grammatik shakllar, gap tuzilishlarning tanish bo‘lishligi” 38 kabi turlarni kiritgan. Ekstralingvistik qiyinchiliklar esa “Tinglayotgan nutq mexanik nutq bo‘lishligi; So‘zlovchining o‘zidan jonli nutqni tinglashlik; Nutqning tembri; Nutqning tezligi; Nutqning kimgadir, nimagadir qaratilgan bo‘lishligi; Tinglayotgan sharoit, vaziyat, sinfda talaba, talabalarning intizomi, shovqini, ularning ko‘p-kamligi; Nutq ehtiyoji bo‘lishi; Talaba, talabaning diqqati; Nutqning bir yoki bir necha marta tinglanishligi; Tinglab tushunishda tayanch vositalarning, mazmunli rasmlarning bo‘lishligi” 39 kabi qiyinchiliklarni kiritgan. G.Buck esa “yozib olingan materiallarning sifati, urg‘u, notanish lug‘at, tinglashning uzunligi va tezligi” 40 kabi omillarga bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklarni keltirib o‘tgan. Uning fikricha tinglab tushinishda eng asosi omil bu lingvistik omillardir. Olim O‘.Xoshimov ham N.M.Goncharova singari tinglab tushunish jarayonida ham lingvistik ham ekstralingvistik qiyinchiliklar 41 kuzatilishini ta’kidlab o‘tgan. J.Jalolov esa tinglab tushunishdagi qiyinchiliklarni “tinglovchiga bog‘liq xususiyatlar asosida, tinglash shart-sharoitiga bog‘liq hamda qo‘llanilgan materialning lingvistik jihatiga bog‘liq” 42 turlarini keltirib o‘tgan. Ushbu turlar ham aynan lingvistik va ekstralingvistik omillarga bog‘liqligini ifoda etadi. Olim shu bilan birga qiyinchiliklar tipologiyasini yaratishda 3 qismli usulni keltirib o‘tadi, bular: “sodir 38 Гончарова H. M. Формирование иноязычной фонетикофонологической компетенции у студентов лингвистов: на материале английского языка: Автореф. дис.канд. пед. наук. – Ставрополь, 2006. – 23 с. 39 Гончарова H. M. Формирование иноязычной фонетикофонологической компетенции у студентов лингвистов: на материале английского языка: Автореф. дис.канд. пед. наук. – Ставрополь, 2006. – 23 с. 40 Buck, G. (2001). Assessing Listening. Cambridge: Cambridge University Press. http://dx.doi.org/10.1017/CBO9780511732959 41 Хошимов Ў., Ёқубов И. Инглиз тили ўқитиш методикаси. – Т., ЎзДЖТУ. Шарқ нашриёт –матбаа акциядорлик компанияси бош таҳририяти. 2003. – 301 б. 42 Jalolov J.J. Chet til oʻqitish metodikasi. – Toshkent: “O‘qituvchi” Nashriyot-Matbaa Ijodiy Uyi, 2012. – 430 b. 264 bo‘lish sababiga ko‘ra interferension (ta’siriy) va tashkiliy qiyinchiliklar, tilni retseptiv va reproduktiv egallash bilan bog‘liq qiyinchiliklar hamda qiyinchiliklar oldini olish omillari nuqtayi nazaridan hokim va tobe qiyinchiliklar” 43 . M.Gulyamova ham tinglab tushinishdagi qiyinchiliklarga to‘xtalib o‘tib, “til materialiga va nutq shakliga oid qiyinchiliklarni yengib o‘tish va tinglab tushunishni muvaffaqiyatli amalga oshirish va qiyinchiliklarni bartaraf etishda nutq faoliyatining tinglab tushunish va gapirish turlariga o‘qish va yozishni ham integratsiyalash muhim o‘rin tutadi” 44 degan fikrni bildirgan. U o‘z tadqiqotlarida tinglab tushinishdagi interferension qiyinchiliklarni keltirib o‘tgan.Baholash jarayonida qiyinchiliklarni tadqiq etgan mamlakatimiz olimasi K.Muradkasimova quyidagicha fikr fildirgan: “asosiy qiyinchilik produktiv malakani baholaganda tug‘iladi. Gapirish va yozuvni baholash jaraѐnida baholovchi ko‘p qiyinchiliklarga uchrashi mumkin. Produktiv malakani baholashdagi eng katta qiyinchilik – obektiv baholashdir” 45 . Albatta, baholashda obektivlik muhim omillardan biri bo‘lib, bu holat retseptiv ko‘nikmalarni baholashda ham o‘z ifodasini topadi. Eshitib va o‘qib tushunish kabi retseptiv malakalarni aniqlash jarayonida ham baholovchining subektiv yondashuvi, test topshiriqlarining noautentik shakli, talabalar individual farqlari va madaniy fon bilimlari obektiv natijalarga erishishni qiyinlashtiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Гончарова H. M. Формирование иноязычной фонетикофонологической компетенции у студентов лингвистов: на материале английского языка: Автореф. дис.канд. пед. наук. – Ставрополь, 2006. – 23 с. 2. Buck, G. (2001). Assessing Listening. Cambridge: Cambridge University Press. http://dx.doi.org/10.1017/CBO9780511732959 3. Хошимов Ў, Ёқубов И. Инглиз тили ўқитиш методикаси. - Т., ЎзДЖТУ. Шарқ нашриёт –матбаа акциядорлик компанияси бош таҳририяти. 2003. 4. Jalolov J.J. Chet til oʻqitish metodikasi. – Toshkent: “O‘qituvchi” NashriyotMatbaa Ijodiy Uyi, 2012. – 430 b. 5. Gulyamova X.M. Ingliz tilini oʻqitishda talabalar kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga integrativ yondashuv. Ped. fan. nom... dis. – Toshkent, OʻzDJTU, 2019. – 262 b. 6. Muradkasimova K.Sh. Ingliz tilini oʻqitishda talabalarning koʻnikma va malakalarini baholash xususiyatlari. Ped. fan. nom... dis. – Toshkent, OʻzDJTU, 2019. – 174 b. 43 Jalolov J.J. Chet til oʻqitish metodikasi. – Toshkent: “O‘qituvchi” Nashriyot-Matbaa Ijodiy Uyi, 2012. – 430 b. 44 Gulyamova X.M. Ingliz tilini oʻqitishda talabalar kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga integrativ yondashuv. Ped. fan. nom... dis. – Toshkent, OʻzDJTU, 2019. – 262 b. 45 Muradkasimova K.Sh. Ingliz tilini oʻqitishda talabalarning koʻnikma va malakalarini baholash xususiyatlari. Ped. fan. nom... dis. – Toshkent, OʻzDJTU, 2019. – 174 b.