scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

NEMIS VA O'ZBEK TILLARIDA ANIMALISTIK RAYEOLOGIZMLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

Nilufar Achilova

Abstract

NEMIS VA O'ZBEK TILLARIDA ANIMALISTIK RAYEOLOGIZMLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

Full text

275 NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA ANIMALISTIK RAYEOLOGIZMLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI Nilufar Achilova O‘zbekiston Milliy universiteti mustaqil tadqiqotchisi E-mail: [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqola frazeologiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan. Ishning maqsadi – nemis va o‘zbek tillaridagi animalistik komponentli frazeologik birliklarning semantik va lingvokulturologik chog‘ishtirma tahlilini o‘tkazishdan iborat. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, animalistik frazeologizmlarning kuzatilishini tadqiq etish va ular orqali aks etgan inson tasavvuri hamda milliy madaniyatning o‘ziga xosligi mavjud. Shuningdek, ikki tilda ham animalistik komponentning universalligiga qaramay, tadqiq etilayotgan tillarda uning konnotativ mazmuni ko‘pincha farq qiladi, bu esa lingvomadaniy o‘ziga xoslik va ekstralingvistik omillar bilan izohlanadi. Kalit so‘zlar: frazeologizm, animalizm, animalistik komponent, lingvokulturologiya, chog‘ishtirma tahlil, nemis tili, o‘zbek tili. Аннотация : Данная статья посвящена актуальным проблемам фразеологии. Целью работы является проведение сопоставительного семантического и лингвокультурологического анализа фразеологических единиц с анималистическим компонентом в немецком и узбекском языках. Результаты анализа показывают, что при исследовании анималистических фразеологизмов выявляются особенности отражения человеческого мировосприятия и национальной культуры. Также отмечается, что, несмотря на универсальность анималистического компонента в обоих языках, коннотативное значение исследуемых единиц зачастую различается, что объясняется лингвокультурной спецификой и экстралингвистическими факторами. Ключевые слова: фразеологизм, анимализм, анималистический компонент, лингвокультурология, сопоставительный анализ, немецкий язык, узбекский язык. Abstract: This article is dedicated to the topical issues of phraseology. The aim of the study is to conduct a comparative semantic and linguocultural analysis of phraseological units with an animalistic component in the German and Uzbek languages. The results of the analysis indicate that the study of animalistic phraseologisms reveals specific features in the reflection of human perception and national culture. Furthermore, it is noted that despite the universality of the animalistic 276 component in both languages, the connotative meaning of the studied units often differs, which is explained by linguocultural specificity and extralinguistic factors. Keywords: phraseologism, animalism, animalistic component, linguoculturology, comparative analysis, German language, Uzbek language. XX asrning so‘nggi o‘n yilliklarida lingvistikada antropotsentrik paradigmaga o‘tishi bilan bog‘liq sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Til inson, uning ongi, tafakkur tarbiyasi va ma'naviy-amaliy faoliyati bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganila boshlandi. Bu esa «inson – til - madaniyat» uchligiga asoslangan gumanitar tadqiqotlarning tezkor rivojlanishiga olib keldi, xususan, lingvokulturologiya, lingvomamlakatshunoslik, etnolingvistika va sotsiolingvistika. [6, 208] Bunday yondashuvda inson nafaqat til egasi, balki ma'lum bir mentalitetga ega bo‘lgan bilish va baholash sub'ekti bo‘lgan milliy madaniyat vakili sifatida ko‘riladi. Bu esa inson va uning atrofidagi predmet dunyo munosabatlariga yo‘naltirilgan lingvistikaga, ya'ni kommunikativyo‘naltirilgan lingvistikaga birinchi darajali ahamiyat berishini anglatadi. Boshqacha aytganda, bu – til vositalarining nutqdagi ularning tashkil etilishi va idrok etish jarayonidagi talqin qilinish muammolarini o‘rganishga tobora ko‘proq ahamiyat berish demakdir. Frazeologik birliklar nafaqat nutqni boyitadi, balki o‘zida xalqning tarixi, turmush tarzi va dunyoqarashi haqidagi tasavvurni mujassamlashtiradi. Frazeologiya lingvistikaning eng boy va murakkab bo‘limlaridan biri sifatida xalq donoligining tuganmas xazinasini taqdim etadi [7, 58]. So‘nggi o‘n yilliklarda frazeologizmlarning lingvokulturologiya doirasida o‘rganishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Tadqiqotning dolzarbligi ham shundaki, lingvistik jihatdan uzoq bo‘lgan tillar – nemis va o‘zbek tillaridagi animalistik komponentli frazeologizmlarning lingvokulturologik chog‘ishtirma tahlilini o‘tkazish zarurati bilan asoslanadi. Asrlar davomida insonning hayvonot dunyosini kuzatishlarini aks ettiruvchi animalistik frazeologik birliklar nafaqat universal, balki o‘ziga xos milliy xususiyatlarni aniqlash uchun yaqqol material bo‘lib xizmat qiladi. Frazeologik birliklarni lingvokulturologik tahlil qilish orqali til va madaniyat o‘rtasidagi murakkab munosabatlar ochib beriladi. Taniqli rus tilshunosi B.A. Larin ta'kidlaganidek, frazeologizmlar odamlarning qarashlari, jamiyat tuzilishi va mafkurasini “tong nuri shudring tomchisida aks etganidek” o‘z ifodasini topadi [5, 208]. V.A. Maslova lingvokulturologiya fanining asosiy tadqiq ob'ekti sifatida tildagi frazeologik fond, paremiologik birliklar, mifologik so‘zlar, obrazlar, stereotip va etalonlarni belgilab o‘tadi [5, 35]. Aynan mana shu elementlar frazeologik birliklarda xalqning tarixiy xotirasi, dunyoqarashi va madaniy merosini aks ettiradi. Masalan, frazeologizmlardagi umumiyliklar madaniyatlararo universal dunyoqarashni 277 ko‘rsatadi, farqlar esa – har bir millatning o‘ziga xos bag‘rikengligi, o‘z bag‘ridagi zoomorfik obrazlar bilan bog‘liq yondashuvlarini ochib beradi. Masalan, tulki obrazi ko‘plab madaniyatlarda ayyorlik, hiylakorlik timsoli sifatida namoyon bo‘lgan. Nemis tilidagi “schlau wie ein Fuchs” (tulkidek chaqqon) frazeologizmi o‘zbek tilidagi “tulkiday ayyor” bilan bir xil ma'noni ifodalaydi. Bu misol ikki madaniyatda ham tulkining intellektual, ammo yolg‘onchi sifatlariga bo‘lgan konnotatsiya birligini ko‘rsatadi. O‘zbek tilida itdan suyak qarz bo‘lib yashamoq frazeologizmining asosiy semantikasi – “ishonchsizlik, kambag‘allik, umidsizlik va qadrsiz hayot” ni ifoda etadi. Bu frazeologizmning nemis tilida to‘liq mos keladigan ekvivalentini topish mushkul. Ammo mazmunan mos ekvivalent leben wie ein Hund – it kabi yashamoq, og‘ir, sharmanda hayot kechirish frazeologizmini misol qilish mumkin. Shu bilan birga, itdan suyak qarz frazeologizmidagi inson qadrining inkor qilinishi va uning mutlaq ojiz holatdagi sharmandaligi boshqa tillardagi frazemalarda bu darajada kuchli ifoda qilinmaydi. Nemis olimi V. Fleysherning fikricha, tillararo qiyosiy tadqiqotlar frazeologizmlarning o‘ziga xos va universal xususiyatlarini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bunday tahlillar nafaqat til ichidagi muammolarni chuqur tushunishga, balki umumlingvistik qonuniyatlarni shakllantirishga, turli tillarning frazeologik manzarasi ortida yashiringan madaniy-mental o‘xshashliklar va farqlarni ochishga va albatta tillarning semantik strategiyalarini qiyoslashga imkon beradi [3, 15]. Shu sababli, qiyosiy-chog‘ishtirma frazeologiya lingvokulturologiya va nazariy lingvistika uchun fundamental xulosalar chiqarishda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi [3,16]. Xulosa qilish mumkinki, frazeologizmlarni tillararo qiyosiy o‘rganish nafaqat til birliklarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga xizmat qiladi, balki bu tadqiqotlar universal nazariyalarni boyitish uchun fundamental ma'lumotlar beradi. Qolaversa, tilning madaniy-mental kodlarini ochib, turli elatlarning dunyoqarashidagi o‘xshash va farqli jihatlarni ilmiy asosda tushuntirib beradi. Natijada, chog‘ishtirma frazeologiya til ichidagi tahlil doirasidan chiqib, global lingvistik universallarni aniqlashda muhim metodologik instrument sifatida qabul qilinadi. Tadqiqotda lingvokulturologik universallik va diferensiyalarga uy hayvonlari bilan birga yovvoiy hayvonlar misolida ham ochib berildi. Masalan, Der Löwe/Sher animalistic komponeni bilan bog‘liq frazeologizmlar har ikki tilda ham fe'lli, metaforaviy va obrazli ifodalardan iborat bo‘lib, insonning kuchli va jasur harakatini akslantirishga qaratilganligini qo‘yidagi misol orqali ko‘rishimiz mumkin: arslondek jang qilmoq – kämpfen wie ein Löwe yoki sich wie ein Löwe schlagen kabi ifodalar bilan to‘liq ekvivalent bo‘la oladi. Bu misollardan ko‘rinadiki, har ikki tilda sher komponenti orqali yaratilgan frazeologizmlar funksional jihatdan bir-biriga to‘liq mos keladi va madaniy bayoni bir-biriga yaqin bo‘lishi mumkin. 278 Tadqiqotimiz davomida nemis va o‘zbek tillarida semantik jihatdan farqli misollar kuzatildi. Masalan, nemis tilida ein alter Brummbär sein – vaysaqi chol (so‘zma-so‘z: qari vaysaqi ayiq bo‘lmoq) frazeologizmida ayiq komponenti insonning tashqi qiyofasi va ichki tabiatidagi qo‘pollik, ko‘rsatuvchanlik va muloqotdagi yoqimsizlik xususiyatlarini ifodalaydi. Semantik jihatdan u xulq-atvor va xarakter komponentlari bilan bog‘langan. Yana bir frazeologizm jemandem einen Bären aufbinden – kimnidir aldamoq (so‘zma-so‘z: kimnidir ayiq yoniga bog‘lamoq) ma'nosi ifodalangan. Bu yerda ayiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri tasviriy ma'noga ega emas, balki metafora asosida idiomatik ma'noda qo‘llanib, “aldamchilik, yolg‘on gapirish” semasini anglatadi. O‘zbek tilida „ayiq“ obrazi bunday semantik yuklamani olmagan, ya'ni “ayiq”ning aldamchilik bilan bog‘liq ma'nosi faol emas. Bu misolda tillararo semantik farq namoyon bo‘ladi. Tahlil natijalari nemis tilining lingvokulturologik xususiyatlarini aks ettiruvchi, lekin o‘zbek tili madaniyatida uchramaydigan qator etalon-obrazli animalizmlar mavjudligini ko‘rsatadi. Bu xususiyatlar ko‘pincha nemis tilida so‘zlashuvchi hududlarning tabiiy muhitiga, tarixiga va urf-odatlariga xosdir. Masalan, qush va baliqlar misolida qaralganda Wiedehopf (sassiqpopishak), Rohrspatz (qamish chumchug‘i) kabi obrazlar aniq bir tabiiy muhitga ishora qiladi. Masalan, schimpfen wie ein Rohrspatz (qamish chumchuqdek so‘kish) frazeologizmi qushning o‘ziga xos xususiyatiga asoslangan. O‘zbek tilida bunday ma'no ko‘pincha bo‘ralatib so‘kmoq frazeologizmi orqali ifodalanadi. Nemis frazeologiyasida itlarning aniq zotlari (Pudel, Spitz, Mops) bilan bog‘liq obrazlar keng qo‘llaniladi, masalan, sich ärgern wie ein Mops (mopsdek achchiqlanish) yoki neugierig wie ein Spitz (shpitsdek qiziquvchan). Bu holat nemis madaniyatida uy hayvonlariga, xususan, it zotlariga bo‘lgan alohida e'tibor va munosabatdan dalolat beradi. O‘zbek tilida bunday ifodalar uchramaydi. Nemis lingvomadaniyatida deyarli frazeologik aks etmagan, ammo o‘zbek xalqi madaniyati va turmush tarzida muhim o‘rin tutgan hayvonlardan biri bu – tuyadir. Nemis tilida Kamel/Tuya obrazi asosan zoologik xususiyatlar, ya'ni o‘rkachi bor cho‘l hayvoni sifatida keltirilsa, o‘zbek tilida uning go‘shti halol, shifobaxsh suti va yungiga e'tibor qaratiladi [6, 118]. O‘zbek tilidagi frazeologik lug‘atlarda “tuya” animalizmi bilan bog‘liq jami 24 ta frazeologizm aniqlandi. Ularda „hajm va qo‘lam”, “noto‘g‘ri harakat”, “boylik, qadr-qimmat” kabi semantik ma'nolari ifodalanish bilan birga o‘zbek xalqining hayotiy tajribasi, sabr-qanoati va dunyoqarashi “tuya” leksemasi bilan bog‘liq frazeologizmlarda umumlashtirilgan. Masalan, “tuyaday” (baland; katta), “tuyaning kallasiday”, „ignadekni tuyadek qilmoq“ kabi misollarda tuya kattalik va ko‘lamning yuqori darajasini ifodalovchi etalon sifatida xizmat qiladi. “Tuya go‘shtini yegan” 279 frazeologizmida sabr-toqat, chidamlilik ma'nosi ifodalangan bo‘lib, bu sifatlar tuyaning go‘shti bilan o‘tishiga bo‘lgan ishonch aks etgan. Keltirilgan frazeologizmlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, „tuya“ animalizmi o‘zbek tili frazeologiyasida jismoniy hajmdan tortib madaniy qadriyatlargacha bo‘lgan keng semantik maydonni qamrab oladi. Bu holat nemis tilidagi neytral zoologik tavsifdan farqli o‘laroq, tuya obrazining o‘zbek xalqining iqtisodiy, maishiy va hikmatli dunyoqarashining ajralmas qismi ekanligini tasdiqlaydi. „Bo‘tam“ yoki „bo‘talog‘im“ (tuya bolasi) kabi murojaat shakllarining mavjudligi bunga yaqqol dalildir. Bu murojaatlar mehr, erkalash va chuqur yaqinlik ma'nolarini anglatib, tuya obrazining oilaviy qadriyatlar va insoniy tuyg‘ular tizimiga singib ketganini ko‘rsatadi. Shunday qilib, „tuya“ leksemasi bilan bog‘liq frazeologizmlarning chog‘ishtirma tahlili nemis tilida etnografik-zoologik xususiyat bilan cheklangan holda, o‘zbek tilida ushbu obraz madaniy-amaliy ahamiyat, ijobiy aksiologik yuklama va kuchli gumanistik konnotatsiyaga ega bo‘lgan noyob lingvokulturologik fenomen sifatida namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. Bu esa til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy aloqani o‘rganishda madaniy unikallikning yorqin namunasi hisoblanadi. Nemis va o‘zbek tillaridagi animalistik frazeologizmlarning chog‘ishtirma tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularning ma'nodagi mushtarakligiga qaramasdan, konseptual o‘zlashtirilishida jiddiy tafovutlar mavjud. Bu farqlar turli madaniyatlarning o‘ziga xos tarixiy shart-sharoitlari va hayotiy tajribalarining til orqali ko‘rinishidir. Nemis tili boyligida qushlar, baliqlar, shuningdek, lemming, salamandra kabi kamdan-kam uchraydigan va hattoki itlarning aniq zotlari bilan bog‘liq frazeologizmlarning ko‘p uchrashi, nemis madaniyatining tabiatga nisbatan keng qamrovli va chuqur bilimga asoslangan kuzatuvchanligidan darak beradi. Aksincha, o‘zbek tilidagi animalistik frazeologizmlarning yadrosi asosan agrar va ko‘chmanchilik madaniyati uchun qadrli bo‘lgan, kundalik turmushda tez-tez foydalaniladigan hayvonlar (ot, tuya, eshak, bo‘ri) obraziga ega. O‘zbek tilida bu kabi "maxsus" yoki noan'anaviy hayvonlar timsoliga asoslangan iboralar unchalik keng emas. Bu holat o‘zbek madaniyatining asosiy iqtisodiy va ijtimoiy faoliyat yo‘nalishlari bilan chambarchas bog‘liqdir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Кунин А.В. Курс фразеологии современного английского языка. Издание второе, переработанное. Москва, «Высшая школа» Дубна, Издательский центр “Феникс”, 1996. – 488 c. 2. Fleischer, W. Phraseologie der deutschen Gegenwartssprache.- 2. Aufl. - Tübingen.: Max Niemeyer Verlag, 1997. - 299 S. 3. Маматов А.Э. Ҳозирги замон ўзбек адабий тилида лексик ва фразеологик норма муаммолари. – Тошкент: Фан, 1991. – 274 б. 280 4. Маслова В.А. Лингвокультурология. - 4-е изд. стер.- М.: Академия. 2010. – 208 c. 5. Нишонова Н.Р. Ўзбек тилидаги “ҳайвон” архисемали лексемаларнинг мазмуний таҳлили. Фил. фан. номзоди...дисс. автореф. – Тошкент, 2000. – Б. 16.; DWDS [Электрон база] URL: Kamel – Schreibung, Definition, Bedeutung, Etymologie, Synonyme, Beispiele. (мурожаат қилинди 20.06.2025); Юсупова Ш. “Туя” лексемасининг лингвокультурологик хусусиятлари”. Замонавий услубшуносликнинг долзарб муаммолари. – Фарғона, 2017. – Б. 118-119 6. Телия В.Н. Русская фразеология. Семантический, прагматический и лингвокультурологический аспекты / В.Н.Телия. – М.: Школа «Языки русской культуры», 1996. – 288 с. 7. Телия В. Н. Первоочередные задачи и методологические проблемы исследования фразеологического состава языка в контексте культуры // Фразеология в контексте культуры. - М.: “Языки русской культуры”. 1999. – С. 13 - 24.