scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

NEMIS VA O'ZBEK TILIDA HAYVONLAR BILAN BOG'LIQ BO'LGAN FRAZEOLOGIZMLARNING TARJIMA QILISH XUSUSIYATLARI

Gaziyeva Zaynabxon Narimanovna, Choriyeva Iroda Bekmurod qizi

Abstract

NEMIS VA O'ZBEK TILIDA HAYVONLAR BILAN BOG'LIQ BO'LGAN FRAZEOLOGIZMLARNING TARJIMA QILISH XUSUSIYATLARI

Full text

287 NEMIS VA O‘ZBEK TILIDA HAYVONLAR BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN FRAZEOLOGIZMLARNING TARJIMA QILISH XUSUSIYATLARI Gaziyeva Zaynabxon Narimanovna O‘ZDJTU Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi, Choriyeva Iroda Bekmurod qizi O‘ZDJTU Tarjimonlik fakulteti talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada nemis va o‘zbek tillaridagi hayvon nomlari bilan bog‘liq frazeologizmlarning ma’nosi, ularning milliy-madaniy xususiyatlari hamda tarjima jarayonidagi qiyinchiliklar tahlil qilinadi. Iboralar tildan tashqari, xalqning mentaliteti, urf-odatlari va dunyoqarashini ham aks ettiradi. Shu bois ularni tarjima qilishda faqat so‘zma-so‘zlik emas, balki kontekst va madaniy mazmun ham hisobga olinishi zarur. Kalit so‘zlar: frazeologizm, idioma, kontekst, madaniy mazmun, barqaror shakl,maqol, frazeologik birlik, ibora, ekvivalent, analitik va metaforik tarjima. Abstract: This article analyzes the meaning of phraseologies related to animal names in German and Uzbek languages, their national-cultural characteristics and difficulties in the translation process. In addition to language, phrases also reflect the mentality, Customs and worldview of the people. Therefore, when translating them, it is necessary to consider not only verbatim, but also contextual and cultural content. Keywords: Phraseologies, idiom, context, cultural content, stable form, proverb, phraseological unit, phrase, equivalent, analytical and metaphorical translation. Аннотация : В данной статье анализируется значение фразеологизмов, связанных с названиями животных в немецком и узбекском языках, их национально-культурные особенности и трудности в процессе перевода. Нелингвистические выражения также отражают менталитет, обычаи и мировоззрение народа. Поэтому при их переводе необходимо учитывать не только дословное, но и контекстуальное и культурное содержание. Ключевые слова : Фразеологизмы, идиома, контекст, культурное содержание, устойчивая форма, пословица, фразеологическая единица, словосочетание, эквивалент, аналитический и метафорический перевод. Hozirgi kunga kelib turli xil tillarni o‘rganishga bo‘lgan talab oshayotgan bir paytda ularga qo‘shib frazeologik birlik, maqol va iboralarni o‘rganish quvonarli holat. Sababi inson chet tilini o‘rganish bilan birga o‘zga urf-odatlar, madaniyatlar, turli xil fikrlar va qarashlar bilan tanishadi. Bu esa o‘z o‘zidan xalq og‘zaki ijodi (maqol, matal, iboralar) da ham o‘z aksini topadi. Xalqimizda ‘’Suydirgan ham til, kuydirgan ham til ‘’ deganlaridek, o‘zga tilni o‘rganish o‘zga qalblarga yo‘l topish demakdir. 288 Shunday ekan, frazeologizm, fraza yoki idioma deganda tilshunoslikda barqaror shaklga ega bolgan so‘z birikmasi tushiniladi. Frazalar har bir tilda o‘zining kelib chiqish va qadriyatlariga ko‘ra turlicha talqinda yuritiladi. Masalan ‘’Er ist bekannt, wie ein bunter Hund ” iborasida nemis tilida itga chog‘ishtirilgan bo‘lsa, o‘zbek tilida ‘’otni qashqasidek tanish ‘’ deya muqobil variantidan foydalaniladi. Ammo ba’zilari shakl va ma’no jihatdan, balki tarjimada so‘zma so‘z to‘g‘ri keladiganlari ham talaygina. Masalan, ‘’Er ist muede, wie ein Hund’’ ya’ni o‘zbek tilidagi ‘’Itdek charchadim’’ birikmasiga to‘g‘ri kelgan. Demak, idioma va frazalar tilning badiiy va obrazli jihatlarini ko‘rsatishi orqali unda xalqning qadriyat va hayot tarzi ham namoyon bo‘ladi. Masalan, ‘’Buni hech kim o‘qiy olmaydi’’ yoki ‘’Chumolini siyohga botirib yurgizib yuborgan’’ iborasi o‘rnida nemis tilida ‘’Das kann kein Schwein lesen’’, ya’ni ularning madaniyatida ‘’Schwein’’ (cho‘chqa) so‘zi bu yerda ‘’hech kim’’ ma’nosida kelgan. Ammo ko‘pincha Schwein so‘zi qatnashgan gap yoki birliklar kinoyali tarzda ishlatiladi. Shuning uchun frazeologizmlarni tarjimasida asosiy muammo bu – so‘zma-so‘z tarjima ma’no bermasligi. Bu jarayonda ekvivalent (mazmun jihatdan yaqinligi), analitik (izohlovchi), yoki metaforik (obrazni saqlab qoluvchi) tarjima usullari qo‘llaniladi. Shuni aytib o‘tish joizki, nemis va o‘zbek tillarida hayvon nomlari bilan bog‘liq iboralar ko‘pincha insonning xatti-harakatini, xarakter yoki holatini ifodalab keladi. Masalan, ‘’Er ist ein schlauer Fuchs’’-ya’ni ‘’ tulkidek ayyor’’ yoki bo‘lmasa ‘’Lammfrom’’-‘’qo‘ydek yuvvosh’’ kabi. Shunday ekan hayvonlar turli xalqlarda turlicha ramziy ma’no kasb etgani kabi, o‘zbek madaniytida salbiy yoki nopoklik ramzi bo‘lgan cho‘chqa - nemis madaniyatida baxt va farovonlik ramzi. Shu sababli, frazeologizmlarni tarjima qilyotganda madaniy kontekstni chuqur anglash juda muhumdir. Nemis va o‘zbek tillaridagi hayvonlarga oid frazalar xalq tafakkuri, madaniyati va hayot tarzini o‘zida aks ettiradi. Ularni tarjima qilishda faqat lingvistik emas, balki madaniy-semantik yondashuv zarur, ana shunda nafaqat iboraning ma’nosi, balki uning obrazini,emotsionallik ta’siri va milliy ruhini ham saqlab qoladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1.Burger,H.(2007).Phraseologie. Eine Einfuhrung am Beispiel des Deutschen. Berlin. 2.Jo‘rayev,N.(2019). O‘zbek tilida frazeologik birliklarning madaniy xususiyatlari. Toshkent. 3.Mamatov,B.(2022). Til va madaniyat: frazeologizmlarning tarjima masalalari.