scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TARJIMA JARAYONIDA SUN'IY INTELLEKTNING O'RNI VA AHAMIYATI

Xamidova Nargiza Yusufovna

Abstract

TARJIMA JARAYONIDA SUN'IY INTELLEKTNING O'RNI VA AHAMIYATI

Full text

403 TARJIMA JARAYONIDA SUN’IY INTELLEKTNING O‘RNI VA AHAMIYATI Xamidova Nargiza Yusufovna O‘zDJTU Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada fransuz tilidan boshqa tillarga tarjima jarayonida sun’iy intellekt, xususan neyron mashinaviy tarjima (NMT) texnologiyalarining afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinadi. Frazeologik misollar asosida NMTning madaniy hamda pragmatik xususiyatlarni yetarlicha ifodalay olmasligi ko‘rsatiladi. Xulosa o‘rnida, tarjimonning kognitiv va madaniyatlararo kompetensiyasi hali ham beqiyos ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, neyron mashinaviy tarjima, frazeologik birlik, madaniyatlararo kommunikatsiya, tarjimon kompetensiyasi. Annotation:This article analyzes the advantages and disadvantages of artificial intelligence, particularly neural machine translation (NMT), in the process of translating from French into other languages. Through phraseological examples, it is shown that NMT fails to fully convey cultural and pragmatic features. In conclusion, the translator’s cognitive and intercultural competence remains of great and irreplaceable importance. Keywords: artificial intelligence, neural machine translation, phraseological unit, intercultural communication, translator’s competence. Аннотация : В статье рассматриваются преимущества и недостатки искусственного интеллекта, особенно нейронного машинного перевода (НМП), при переводе с французского языка на другие языки. На фразеологических примерах показано, что НМП не способен полностью передать культурные и прагматические особенности. В заключение подчеркивается, что когнитивная и межкультурная компетенция переводчика по-прежнему имеет исключительное значение. Ключевые слова: искусственный интеллект, нейронный машинный перевод, фразеологическая единица, межкультурная коммуникация, компетенция переводчика. Bugungi kunda sun’iy intellekt (keyingi o‘rinlarda - SI) zamonaviy hayotning barcha jabhalariga faol kirib bormoqda. Tilshunoslik va tarjima sohasi ham yangi texnologik yutuqlardan chetda qolmayapti. Bu yo‘nalishda SI nazariy hamda amaliy tadqiqotlar uchun keng imkoniyatlar ochmoqda. 404 Tilshunoslikning alohida sohasi sifatida neyrolingvistika shakllandi, inson ongida SI konseptualizatsiyasi va uning jamiyat hayotidagi o‘rni kognitiv, korpus va medialingvistika doirasida muhokama qilinmoqda. Tarjima jarayonida samarali vosita sifatida neyron mashinaviy tarjima (keyingi o‘rinlarda - NMT) paydo bo‘ldi. Zamonaviy texnologiyalar tarjima amaliyotida haqiqiy inqilobni amalga oshirdi va jadal rivojlanishda davom etmoqda, bu esa foydalanuvchilarning tarjimaga bo‘lgan qarashini hamda tarjimonlarning konseptual yondashuvlarini o‘zgartirmoqda. Ushbu texnologiyalar tarjimonlik faoliyati va bozorini rivojlantirib, hamda tarjima iste’molchilari uchun muloqot va axborot olishning yangi imkoniyatlarini yaratmoqda. Neyron mashinaviy tarjimaning (NMT) afzalliklari orasida quyidagilar yaqqol ko‘zga tashlanadi: tarjima jarayonining tezligi va yetarlicha yuqori samaradorligi, tarjima vositalarining qulayligi hamda ulardan foydalanishning soddaligi, bir vaqtning o‘zida bir nechta tillarga tarjima qilish imkoniyati. Bundan tashqari, NMT turli sohalarda: fan, siyosat, ommaviy axborot vositalari va boshqalarda ma’lumot olish imkonini kengaytiradi. U turli tarmoq standartlariga muvofiq, ixtisoslashgan va aniq tarjima atamalarini topish qobiliyatini namoyon etdi. E’tirof etish joizki, sun’iy intellekt sohasidagi yutuqlar mashinaviy tarjima sifatini sezilarli darajada yaxshiladi, natijada tarjima matnlari ancha aniqlik va to‘g‘rilikka ega bo‘ldi. Sun’iy intellekt asosida yaratilgan eng ommabop tarjima vositalari qatoriga Google Translate, Yandex Translate, Reverso, Bing Microsoft Translator va DeepL Translate kiradi. O‘zini “dunyodagi eng aniq tarjimon” deb taqdim etuvchi DeepL platformasi (DeepL ma’lumotlariga ko‘ra) yangi neyron tarmoqlar ma’noni yanada aniqroq ifodalashga hamda yanada professionallik darajasidagi ifodalarni topishga qodir ekanini ta’kidlaydi. Shubhasiz, sun’iy intellekt asosidagi tarjima texnologiyalari kommunikativ makon chegaralarini kengaytiradi, yangi axborot manbalariga yo‘l ochadi, til to‘siqlarini bartaraf etadi va turli lingvomadaniy muhit vakillari o‘rtasidagi muloqotni rivojlantiradi. Sun’iy intellekt yordamidagi tarjima (Bu yerda “SI-tarjima” va “neyron mashinaviy tarjima” atamalarini o‘zaro sinonim sifatida qo‘llaymiz) albatta, axborotni yetkazishda nihoyatda samarali bo‘lib, bu ayniqsa fan, texnologiya, biznes kabi yangi bilimlar muhim o‘rin tutadigan sohalarda dolzarb hisoblanadi. Bu borada V.V. Sdobnikovning fikriga qo‘shilish mumkin: tarjimonning asosiy vazifasi - “qabul qiluvchining amaliy faoliyatida foyda keltira oladigan matn yaratish”dir [Sdobnikov, 2023, s. 77], tarjimani qabul qiluvchining esa bosh maqsadi — “matndan o‘z faoliyati uchun foydali axborotni ajratib olish”dir [Sdobnikov, 2023, s. 77]. Biroq kommunikatsiya faqat axborot uzatish bilangina cheklanmaydi - u munosabatlar, his-tuyg‘ular, baholar va boshqa ko‘plab nozik ma’nolarni ham o‘z ichiga oladi. Aynan shu jihatlarni badiiy matnlar, filmlar, siyosiy va medial diskurs 405 tarjimasida saqlab qolish nihoyatda muhimdir. Ommaviy axborot vositalarida, ya’ni bir vaqtning o‘zida axborot berish va ta’sir ko‘rsatish funksiyasini bajaruvchi matnlarda, uslubiy xususiyatlarni, matnning hissiy va ifodaviy ohangini, hamda pragmatik ma’nolarni to‘g‘ri yetkazish katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu o‘rinda frazeologik tarjimaning nomuvofiqliklarini ko‘rib chiqamiz. Frazeologik birliklarni tarjima qilish yanada murakkab hisoblanadi. Chunki ular uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekvivalentlar mavjud bo‘lmaganda, sun’iy intellekt ularni so‘zmaso‘z tarjima qiladi. Bu esa asl matn ma’nosiga mutlaqo mos kelmaydi. Masalan, o‘zbek tilidagi frazeologizm “oralaridan qora mushuk o‘tmoq” “kutilmagan janjal yoki sovuqlik paydo bo‘ldi, kim bilandir munosabat buzildi” degan ma’noni bildiradi (mazkur ma’no maxsus frazeologik lug‘atlarga asoslanib aniqlangan). NMT esa bu iborani so‘zma-so‘z tarzda “un chat noir traverse leur chemin” deb tarjima qiladi. Biroq bu fransuz tilidagi auditoriya uchun kerakli pragmatik ma’noni bera olmaydi, chunki fransuz tilida bunday frazeologizm mavjud emas. Aksincha, fransuz tilidagi madaniytimsollar tizimida “un chat gris” (“kulrang mushuk”) ijobiy ramz hisoblanadi : u mustaqillik, erkinlik, himoya, ruhiy yangilanish, intuitsiya, muvozanat va umidni ifodalaydi. Professional tarjimon esa bu o‘rinda mazmunni pragmatik jihatdan to‘g‘ri ifodalovchi ekvivalentni tanlagan: “une certaine fracture a commencé à se creuser entre eux” - so‘zma-so‘z: “oralarida raxna paydo bo‘la boshladi”, ya’ni “munosabatlar soviy boshladi”. Bu misol shuni ko‘rsatadiki, frazeologizmlarning milliy-madaniy xususiyatlarini e’tiborga olmaslik tarjimada semantik noaniqlik va madaniy tafovutlarni noto‘g‘ri talqin qilishga olib keladi. Shu bois tarjimonning madaniyatlararo kompetensiyasi bu jarayonda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bu misol NMTning frazeologik birliklar bilan ishlashdagi eng katta zaif tomonini ochib beradi: u milliy-madaniy xususiyatlarga ega idiomalarni so‘zma-so‘z tarjima qiladi, natijada mazmun buziladi, uslub yo‘qoladi va ba’zan absurd yoki kulgili ma’nolar paydo bo‘ladi. Shu bois frazeologik birliklar tarjimasida inson tafakkuri, madaniyatlararo tajriba va pragmatik sezgirlik hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Professional tarjimon esa bu kabi tuzilmalarning o‘zbek tiliga xos xususiyatlarini bilgan holda, kontekstni to‘liq tushunib, aniq, mantiqan izchil va pragmatik jihatdan mos tarjima yaratadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, neyron mashinaviy tarjima (NMT) leksik ekvivalentlarni tanlashda ham, gaplarning sintaktik tuzilishini aniqlashda ham xatoliklarga yo‘l qo‘yadi, bu esa mazmunning buzilishiga olib keladi. NMT frazeologizmlar, emotsional-ifodaviy xususiyatlar, so‘zlashuv uslubi va pragmatik ma’nolarga nisbatan sezgir emas, shuningdek kontekstni e’tiborga olmaydi. U umumiy modellar, qat’iy qoidalar va mavjud algoritmlar asosida ishlaydi, shu bois tilning murakkabligi va xilma-xilligini to‘liq qamrab ololmaydi. 406 Shunday qilib, mashinaviy tarjima sifatining oshib borayotganiga qaramay, NMT hozircha tarjimonning o‘rnini bosa olmaydi, va hatto kelajakda ham bu to‘liq amalga oshishi aniq emas. G. Masseyning (2021, s. 37) fikricha, neyron mashinaviy tarjima davrida inson-tarjimonning kognitiv qobiliyatlari - bu sun’iy intellektni to‘ldiruvchi “asosiy qadriyat” bo‘lib qolmoqda, chunki sun’iy intellekt har doim ham o‘z imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqara olmaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Гамбье И., 2016. Перевод и переводоведение на перекрестке цифровых технологий // Вестник СПбГУ. Серия 9, Филология. Востоковедение. Журналистика. Вып. 4. С. 56–74. DOI: 10.21638/ 11701/spbu09.2016.405 2. Сдобников В. В., 2019. Переводоведение сегодня: вечные проблемы и новые вызовы // Russian Journal of Linguistics. Т. 23, № 2. С. 295–327. DOI: 10.22363/2312-9182-2019-23-2-295-327 3. Сдобников В. В., 2023. Является ли перевод сред ством обеспечения межкультурной коммуникации? // Вестник Волгоградского государ ственного университета. Серия 2, Языкозна ние. Т. 22, № 3. С. 77–85. DOI: https://doi.org/ 10.15688/jvolsu2.2023.3.7 4. Massey G., 2021. Re-Framing Conceptual Metaphor Translation Research in the Age of Neural Machine Translation: Investigating Translators’ Added Value with Products and Processes // Training, Language and Culture. Vol. 5, № 1. P. 37–56. DOI: 10.22363/2521-442X-2021-5-1-37-56