CHET TILI O'QITISHDA ZAMONAVIY USULLARDAN FOYDALANGAN HOLDA OG'ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISH VA AUTENTIK MULOQOTNI SHAKLLANTIRISH USULLARI (NEMIS TILI MISOLIDA)
Abstract
CHET TILI O'QITISHDA ZAMONAVIY USULLARDAN FOYDALANGAN HOLDA OG'ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISH VA AUTENTIK MULOQOTNI SHAKLLANTIRISH USULLARI (NEMIS TILI MISOLIDA)
Full text
419 CHET TILI (NEMIS TILI MISOLIDA) O‘QITISHDA ZAMONAVIY USULLARDAN FOYDALANGAN HOLDA OG‘ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISH VA AUTENTIK MULOQOTNI SHAKLLANTIRISH USULLARI Nuraliyeva Sarvinoz Hamraqulovna O‘zDJTU Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Jabbarova Mavluda G'affarovna O‘zDJTU Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi stajyor-o‘qituvchi Annotatsiya: Mazkur maqolada chet tili sifatida nemis tilini o‘qitishda og‘zaki va yozma nutqning farqlari, ularni o‘rgatishdagi uslubiy yondashuvlar hamda til o‘rganuvchilarda tabiiy muloqot (autentik kommunikatsiya)ni shakllantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, muloqot strukturasi va fikr bildirish signallarining roli, dialogik va monologik nutqning o‘quv jarayonidagi ahamiyati, shuningdek stresssiz ta’lim muhiti orqali o‘rganuvchilar motivatsiyasini oshirish yo‘llari tahlil qilingan. Maqolada nazariy ma’lumotlar amaliy misollar bilan boyitilgan. Kalit so‘zlar: og‘zaki nutq, autentik muloqot, muloqot strukturasi, fikr bildirish signallari, motivatsiya, chet tili o‘qitish Аннотация: В данной статье рассматриваются различия между устной и письменной речью при обучении немецкому языку как иностранному, методические подходы к их преподаванию, а также вопросы формирования у изучающих естественной (аутентичной) коммуникации. Кроме того, анализируется структура общения и роль сигналов выражения мнения, значение диалогической и монологической речи в учебном процессе, а также пути повышения мотивации учащихся через создание образовательной среды без стресса. Теоретические положения статьи подкреплены практическими примерами. Ключевые слова: устная речь, аутентичная коммуникация, структура общения, сигналы выражения мнения, мотивация, преподавание иностранного языка Abstract: This article discusses the differences between oral and written speech in teaching German as a foreign language, methodological approaches to their instruction, and the development of natural (authentic) communication among learners. It also analyzes the structure of communication and the role of opinionexpressing signals, the importance of dialogic and monologic speech in the learning process, as well as ways to enhance learners’ motivation through a stress-free educational environment. Theoretical insights in the article are supported with practical examples.
420 Keywords: oral speech, authentic communication, communication structure, opinion signals, motivation, foreign language teaching Til — bu nafaqat grammatik tizim, balki ijtimoiy muloqot vositasidir. Chet tilini o‘qitishda o‘quvchilarni nafaqat grammatik jihatdan to‘g‘ri so‘zlashga, balki mazmunli va tabiiy muloqotga kirisha olishga o‘rgatish muhimdir. Ko‘plab metodik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilar yozma tilni osonroq o‘zlashtiradilar, biroq og‘zaki muloqotda qiyinchiliklarga duch keladilar. Buning sababi — og‘zaki nutqning o‘ziga xos tuzilmasi, tezkorligi va tabiiyligidir. Shu bois o‘qituvchilar dars jarayonida konseptual jihatdan og‘zaki va yozma tilni to‘g‘ri ajrata bilishlari lozim. Avvalo o‘rganuvchilarga og‘zaki va yozma nutqning farqlari haqida ma’lumotlar berilishi kerak. Og‘zaki va yozma nutq bir-biridan grammatik, leksik va kommunikativ jihatdan farq qiladi. Og‘zaki nutq – tabiiy, tezkor, lekin ko‘pincha noaniqroq bo‘lishi mumkin, yozma nutq esa tilning yozuv orqali ifodalangan shakli bo‘lganligi tufayli grammatik, imlo va uslubiy jihatdan to‘liq bo‘ladi. Quyidagi jadval bu farqni aniq ko‘rsatadi: Ko‘rsatkich Konseptual yozma til Konseptual og‘zaki til Gap tuzilishi Murakkab, qo‘shma gaplar Qisqa va sodda gaplar Tahrir imkoniyati Yozishda tuzatish mumkin So‘zlashda tuzatish cheklangan Foydalaniladigan so‘zlar Rasmiy, grammatik jihatdan to‘g‘ri To‘ldiruvchi so‘zlar: “äh”, “na ja”, “also” Fe’l zamoni Präteritum (o‘tgan zamon) Perfekt (og‘zaki nutqda) Vositalar Jadval, rasm, matn strukturalari Intonatsiya, imo-ishora, pauza Misol: • Yozma shakl: Gestern besuchte ich meine Großmutter und brachte ihr Blumen. • Og‘zaki shakl: Ich war gestern bei meiner Oma, hab ihr Blumen mitgebracht. Bu misoldan ko‘rinadiki, og‘zaki nutqda grammatik soddalik va tabiiylik ustun turadi. Autentik muloqot usuli va uning o‘qitishdagi roli-tabiiy va maqsadli aloqa orqali o‘rganish usuli bo‘lib,talabalar real hayotda qanday gaplashishsa,shu tarzda haqiqiy vaziyat va ehtiyojda muloqot qilishni o‘rganadilar. Autentik muloqot (ya’ni
421 tabiiy muloqot) o‘quvchining haqiqiy hayotiy vaziyatda so‘zlash malakasini rivojlantiradi. Asosiy e’tibor to‘g‘ri gap qurishga emas, balki fikrni tushunarli ifodalashga qaratiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarni real hayotiy vaziyatlarga yaqin mashqlarda ishtirok ettirishi lozim, masalan: “do‘konda xarid qilish”, “yo‘l so‘rash”, “telefon orqali so‘zlashish”, “ish suhbati” kabi rolli o‘yinlar orqali. Misol mashq: • O‘qituvchi: Entschuldigung, wo ist der Bahnhof? • O‘quvchi (tabiiy javob): Geradeaus und dann links, da ist er. Bu mashqlar o‘quvchilarda spontan (tezkor) javob berish malakasini shakllantiradi. Muloqot strukturasi va fikr bildirish signallari Muloqot strukturasi va fikr bildirish signallari usulida muloqot jarayonining asosiy tarkibiy qismlari — kim, kim bilan, qanday maqsadda, qanday vosita orqali gaplashayotgani ifodalanadi. Autentik muloqotda suhbat strukturasi va fikr bildirish signallari muhim rol o‘ynaydi. Suhbat boshlanishi: • Hallo, hast du kurz Zeit? • Ich wollte dich etwas fragen. Suhbat davom ettirish: • Ja, das finde ich auch… • Echt? Das wusste ich gar nicht! Suhbat yakunlash: • Na gut, wir sehen uns dann. • Okay, bis später! Fikr bildirish signallari suhbatdoshni tinglayotganlikni bildiradi: Aha, Genau, Ja, stimmt, Ach so, Oh je kabi so‘zlar nemis tilida tabiiy muloqotning ajralmas qismidir. Bu signallar suhbatni davom ettirish va sun’iylikni kamaytirishga yordam beradi. Dialogik va monologik nutqning ahamiyati Dialogik va monologik nutq og‘zaki nutq rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Odatda o‘quvchilar muloqotni dialogik shaklda boshlaydilar — savol-javob asosida. Yuqori bosqichda esa monologik nutq (referat, taqdimot, nutq so‘zlash) rivojlantirilishi zarur. Dialogik misol: • A: Was machst du am Wochenende? • B: Ich gehe vielleicht ins Kino. Und du?
422 Monologik misol: • Heute möchte ich über mein Hobby sprechen. Ich spiele seit fünf Jahren Gitarre. Es macht mir viel Spaß, weil ich dabei entspannen kann. Bunday mashqlar grammatikani mustahkamlash bilan birga o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi. Stresssiz muhit yaratish va rag‘batlantirish usuli ham samaralidir. Tilni o‘rgatishda o‘rganuvchilarni rag‘batlantirish, motivatsiyani oshirish va stresssiz o‘qitish usullari eng samarador hisoblanadi. O‘quvchilar ko‘pincha “xato qilishdan qo‘rqish” tufayli so‘zlashda passiv bo‘ladilar. Shu sababli darsda stresssiz muhit yaratish muhimdir. O‘quvchini darsni o‘zlashtirishdagi harakati va faolligiga qarab rag‘batlantirish lozim. Bunda talabada tilni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoq yanada ortadi. O‘qituvchi quyidagi tamoyillarga amal qilishi kerak: • Xatoni tabiiy o‘rganish jarayoni sifatida qabul qilish — bunda talaba xato qilsa ham jazolash o‘rniga xatosini tushuntirish, o‘sish va tajriba orttirish vositasi deb tushunish kerak. • Har bir o‘quvchini fikr bildirishga rag‘batlantirish — o‘qituvchi dars jarayonida barcha o‘quvchilarga o‘z fikrini ayta olish, savol berish, munozaralarda qatnashish va o‘z nuqtayi nazarini bildirish imkonini berishi, ularning fikrini qo‘llab-quvvatlashi zarur. • Muloqotni bahslashish emas, fikr almashish tarzida tashkil etish — bu o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida yoki o‘zaro o‘quvchilar o‘rtasidagi suhbatda kim to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri fikrda ekanini isbotlash emas, balki turli fikrlarni eshitish, tushunish, tahlil qilishga qaratilgan usuldir. Bu yondashuv hurmat, sabr bilan tinglash madaniyatini, tanqidiy va ijodiy fikrlashni, hamkorlik muhitini rivojlantiradi. Masalan: • O‘quvchi: Ich gehe gestern ins Kino. • O‘qituvchi javobi: Ah, du warst gestern im Kino? Welchen Film hast du gesehen? Bu yondashuv o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi va tabiiy so‘zlashuvni davom ettirishga yordam beradi. Xulosa Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, chet tili o‘qitishda asosiy maqsad — o‘quvchilarning grammatik mukammallikka emas, balki kommunikativ kompetensiyaga ega bo‘lishidir. Autentik muloqotni tashkil etish, og‘zaki va yozma nutq farqlarini tushuntirish, muloqot strukturasi va fikr bildirish signallarini o‘rgatish hamda stresssiz muhit yaratish orqali o‘quvchilarda tilga nisbatan ishonch va motivatsiya ortadi.
423 O‘qituvchi til darsini sun’iy mashg‘ulot emas, balki haqiqiy aloqa jarayoniga o‘xshash tarzda olib borishi lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR : 1. Brinitzer, M., Hantschel, H.-J., Kroemer, S., Möller-Frorath, M., Ros, L. DaF unterrichten: Basiswissen Didaktik Deutsch als Fremdund Zweitsprache. Stuttgart: Klett, 2013. 2. Henne, H., & Rehbock, H. Gesprächsanalyse und Unterricht. Berlin: De Gruyter, 1995. 3. Grein, M. Stresshormone verhindern Denken und Sprechen. Universität Wien, 1999. 4. Cornelsen Verlag. Lehrwerke für Deutsch als Fremdsprache (DaF). Berlin, 2018. 5. Neuner, G., Krüger, M. Kommunikativer Deutschunterricht: Theorie und Praxis. München: Langenscheidt, 2000. 6. www.lektüren.com – Nemis tili o‘qituvchilari uchun o‘quv materiallari.