scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KA'B IBN ZUHAYR VA UNING "BANAT SU'OD" QASIDASI

Yoqutxon No'monjonova Alijon qizi

Abstract

KA'B IBN ZUHAYR VA UNING "BANAT SU'OD" QASIDASI

Full text

438 KA‘B IBN ZUHAYR VA UNING “BANAT SU‘OD” QASIDASI Yoqutxon No‘monjonova Alijon qizi Ilmiy Rahbar: Prof. Abdullayev M. X. 3-kurs talabasi, Tarjimonlik fakulteti, O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Annotatsiya: Ushbu maqolada mashhur arab shoiri Ka‘b ibn Zuhayrning hayoti, ijodi va uning “Banat Su‘ad” nomli mashhur qasidasining mazmuni hamda badiiy xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Qasidadagi sevgi, tavba, kechirim va islomiy e’tiqod g‘oyalari poetik vositalar orqali yoritilgan. Asarda qadimgi arab she’riyati an’analari bilan islomiy ruh uyg‘unlashgani ko‘rsatib beriladi. “Banat Su‘ad” qasidasi arab adabiyotida madhiya janrining shakllanishida muhim o‘rin tutgani hamda keyingi asr shoirlariga kuchli ta’sir ko‘rsatgani ilmiy misollar asosida asoslanadi. Kalit so‘zlar: Johiliya adabiyoti, Zuhayr ibn Abu Sulama, hikmatlar, Ka‘b ibn Zuhayr, Banat Su‘ad, Qasidatu al-Burda, islom davri she’riyati, arab klassik adabiyoti, madhiya janri, poetika, tavba, Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.), badiiy uslub, ruhiy o‘zgarish. Annotation: This article provides a scholarly analysis of the life and creative legacy of the renowned Arab poet Ka‘b ibn Zuhayr, as well as the content and artistic features of his famous qasida “Banat Su‘ad.” The themes of love, repentance, forgiveness, and Islamic belief are illuminated through poetic devices. The study demonstrates how the traditions of ancient Arabic poetry harmonize with the spiritual atmosphere of Islam. It is also substantiated, through scholarly examples, that “Banat Su‘ad” played a significant role in shaping the panegyric genre in arabic literature and had a profound influence on poetsof later centuries. Keywords: Jahiliyyah literature, Zuhayr ibn Abu Sulma, wisdoms, Ka‘b ibn Zuhayr, Banat Su‘ad, Qasidat al-Burda, poetry of the Islamic era, classical Arabic literature, panegyric genre, poetics, repentance, Prophet Muhammad (peace be upon him), artistic style, spiritual transformation. Аннотация: В данной статье проводится научный анализ жизни и творчества знаменитого арабского поэта Каъба ибн Зухайра, а также содержания и художественных особенностей его знаменитой касиды «Банат Суад». Темы любви, покаяния, прощения и исламской веры раскрываются посредством поэтических средств. Показано, как в произведении сочетаются традиции древнеарабской поэзии и духовная атмосфера исламского учения. На основе научных примеров доказывается, что касида «Банат Суад» сыграла значительную роль в 439 формировании жанра мадхии и оказала сильное влияние на поэтов последующих веков. Ключевые слова: Литература джахилии, Зухайр ибн Абу Сульма, Мудрые, Каъб ибн Зухайр, «Банат Суад», «Касидат аль-Бурда», поэзия исламской эпохи, классическая арабская литература, жанр мадхии, поэтика, покаяние, пророк Мухаммад (мир ему), художественный стиль, духовная трансформация. KIRISH: Arab adabiyoti tarixida Islom davrining ilk yillari she’riyati o‘ziga xos o‘tish bosqichidir. Bu davrda jahiliya (Islomgacha bo‘lgan) davrining shakl va uslublari saqlangan bo‘lsa-da, mazmun jihatidan tub o‘zgarishlar yuz bergan. Endi she’riyat orqali insoniy fazilatlar, imon, poklik, tavba va kechirim g‘oyalari ilgari surila boshlagan. Ana shu o‘zgarish jarayonining eng yorqin namoyandalaridan biri Ka‘b ibn Zuhayr (milodiy VII asr) hisoblanadi. Johiliya adabiyoti islomdan avvalgi arab qabilalarining dunyoqarashi, qadriyatlari va turmush tarzini aks ettirgan boy og‘zaki merosdir. Bu davr adabiyotining asosiy shakli she’riyat bo‘lib, shoirlar qabila hayotining barcha jihatlarini jo‘shqin va aniq tasvirlagan. Qasida, rajaz va madslar o‘sha davr she’riyatining eng mashhur janrlari sanaladi. Johiliya shoirlari so‘z mag‘ziyati, badiiy san’atlar va vaznlarni nihoyatda aniq qo‘llab, arab she’riyati uchun mustahkam poydevor yaratgan. Ushbu adabiyotda faxr, marsiya, madh, satira va muhabbat kabi mavzular ustunlik qilgan. Qabilaviy raqobat va jasoratni kuylash she’riyatning eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan. Zuhayr ibn Abu Sulama, Imru’ul-Qays, Antara ibn Shaddod kabi shoirlar Jahiliya davrining eng mashhur namoyandalaridir. Johiliya adabiyotida hikmatli misralar ham uchrab, ularda hayot, tajriba va axloqiy nasihatlar mujassam bo‘lgan. Ushbu adabiyot keyingi islomiy she’riyat rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan va tilning yuksak darajadagi shakllanishida asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan. Johiliya davri asarlari bugun ham qadrlanadi, chunki ular arab madaniyati va tarixining asl ruhini o‘zida saqlagan. Ka‘b ibn Zuhayr mashhur Muallaqot shoiri Zuhayr ibn Abu Sulmoning o‘g‘li bo‘lib, otasidan she’riy iste’dod, nozik did va so‘z ustaligi meros qolgan. Dastlab u Quraysh qabilasining islomga qarshi pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlagan, musulmonlarni tanqid qilgan she’rlar yozgan. Ammo keyinchalik uning birodari Bujayr ibn Zuhayr islomni qabul qilib, uni ham da’vat etadi. Ka‘b avvaliga bunga qarshi chiqadi, ammo Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) tomonidan yuborilgan maktublardan so‘ng, o‘z xatosini anglab, tavba qiladi. 440 Ka'b ibn Zuhayrning ajdodlari arab adabiyotida muhim o‘rin tutgan shoirlar bo‘lgani uning ijodiy shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Ka'bning oilaviy muhiti she’riyat bilan to‘la bo‘lib, u yoshlikdan so‘zning qudrati va badiiy tafakkur bilan tanishgan. Ajdodlaridan meros bo‘lgan iste’dod unga she’r yaratishda tabiiy kuch bag‘ishlagan. Uning otasi Zuhayr ibn Abu Sulama Jahiliya davrining eng hikmatgo‘y shoirlaridan biri sifatida tanilgan. Zuhayrning she’riyati vazminlik, tajriba va hayotiy haqiqatlarni chuqur anglash bilan ajralib turgan. U har bir misrada insoniylik, adolat va muvozanatni targ‘ib qilgan. Zuhayrning hikmatlarida insonning o‘zini tarbiyalashi, halollik, sabr va mas’uliyat kabi fazilatlar yetakchi o‘rin egallagan. U she’r orqali mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilishning afzalligini ko‘rsatgan. Uning fikricha, dono kishi shoshilinch qaror bermaydi, balki oqibatni o‘ylab ish tutadi. Zuhayr jamiyatda birlik va totuvlikni qadrlagan. Uning nazmida odamlar orasidagi hurmatning qadri ulug‘langan. U fe’l-atvorning pokligi inson uchun eng katta boylik ekanini ta’kidlagan. Zuhayrning misralari yillar davomida arab qabilalarida pand-nasihat sifatida takrorlangan. U haqiqatni aytishdan cho‘chimagan shoir sifatida hurmat qozongan. Zuhayr inson o‘z xatosidan saboq olishi kerakligini ko‘p bor eslatgan. Uning hikmatlariga ko‘ra, saxiylik jamiyatni mustahkamlaydi. Yomon odatlar esa insonni asta-sekin tanazzulga olib boradi. Zuhayr shukr qilish qalbni boyitishini ta’kidlagan. U insonning shon-shuhratga emas, fazilatga intilishi kerakligini aytgan. Zuhayrning bunday teran hikmatlari Ka'b ibn Zuhayrning ma’naviy olamiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Ka'b o‘z otasining dono so‘zlaridan ibrat olib, keyinchalik musulmon davrida ham mazmunli va ta’sirchan she’rlar yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Ka‘b ibn Zuhayr hayoti va davr manzarasi. Ka‘b ibn Zuhayr (milodiy 7-asr boshlarida tug‘ilgan) Quraysh qabilasiga mansub bo‘lib, otasi Zuhayr ibn Abu Sulmo arab poeziyasining “Muallaqot” davriga oid eng mashhur shoirlardan biri edi [1, 46]. Ka‘b yoshligidan so‘z san’atini o‘rganib, iste’dodi bilan tanilgan. Dastlab u islomga qarshi chiqib, hatto Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ni hajv qilgan she’rlar yozgan [1, 48]. Shuning uchun u Makkada yashay olmas, musulmonlar orasida xavfli shaxs sifatida tanilgan [6,6]. Ammo Bujayr ibn Zuhayr — uning akasi — musulmon bo‘lib, ukasini ham islomga da’vat etadi [6, 5]. Biroq Ka‘b bu da’vatni rad etib, hajviy she’rlar yozadi. Keyinchalik, Quraysh bilan musulmonlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlardan so‘ng, u o‘z holatini chuqur anglaydi. Shunda u tavba qilib, Payg‘ambar (s.a.v.) huzuriga yashirincha keladi [ 6, 7]. Rasulullohning sahobalari Ka‘bni taniganlarida uni o‘ldirmoqchi bo‘lishadi, biroq Payg‘ambar (s.a.v.) “Qo‘yib yuboring, u tavba qilgan” deydilar. Shundan so‘ng Ka‘b o‘zining eng mashhur qasidasini — “Banat Su‘ad”ni o‘qiydi. Bu qasida uning qalbidagi chin tavba va e’tiqodning ramziga aylanadi. 441 “Banat Su‘ad” qasidasining tuzilishi va mazmuni:“Banat Su‘ad” arab adabiyotining qasida janriga xos an’anaviy tuzilishga ega. Qasida odatda uch qismdan iborat bo‘ladi: nasib, rahil, va madih. Ka‘b ibn Zuhayr ham shu an’anani saqlagan, ammo har bir qismga yangi — islomiy mazmun singdirgan. a) Nasib (muhabbat va hasrat qismi). Shoir sevgilisi Su‘adning ketishidan hasrat qiladi. “Banat Su‘ad fa qalbi al-yawma matbūlu” — “Su‘ad ketdi, yuragim bugun bandi” degan satr arab adabiyotining eng mashhur boshlanma misralaridan biridir [3, 33]. b) Bu qismda shoir o‘z qalbini qiynagan iztirob, ayriliq va pushaymonlikni ifoda etadi. Aslida “Su‘ad” bu yerda haqiqiy inson emas, balki tashbeh orqali tasvirlangan ramziy obraz — ya’ni e’tiqoddan uzoqlik, ruhiy sokinlikdan ajralishni bildiradi. c) Rahil (safar va sinovlar tasviri). Bu qismda shoir sahro manzaralarini, tuyalar, cho‘l shamoli, uzoq yo‘llarni tasvirlaydi. Bu safar ruhiy sayohat, ya’ni insonning ichki poklanish yo‘lini ramziy ma’noda ifodalaydi [3, 37]. d) Shoir o‘zini sahrodagi yo‘lovchiga o‘xshatadi — u tavba sari yo‘l olgan, qalbini gunohlardan tozalash yo‘lida azob chekayotgan insondir. Bu qism arab adabiyotidagi rahil bo‘limining eng go‘zal namunalaridan biri bo‘lib, unda tabiiy manzara bilan inson ruhiyati o‘zaro uyg‘unlashgan. Madih (madh va tavba qismi). Qasidaning eng muhim bo‘limida Ka‘b ibn Zuhayr Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ni maqtaydi va u zotdan kechirim so‘raydi [6, 9]. Bu qismda shoirning qalbi samimiyat, e’tirof va muhabbatga to‘la. U Payg‘ambarni nur, rahmat va adolat manbai sifatida ta’riflaydi. Shoir shunday deydi: نِإ لوُس رلا فْي س ل ُءا ض تْسُي ِهِب د ن هُم ْنِم ِفوُيُس ِالل ُلوُلْس م [12, 4] (Transliteratsiya): Inna ar-Rasūla lasayfun yustadā’u bihī, muhannadun min suyūfillāhi maslūlu. (Tarjima): “Albatta, Rasul — Allohning qilichidir, undan nur olinadi; u Alloh qilichlaridan biridir, g‘ilofsiz, ochiq turuvchi qilich.” Bu bayt shoirning Payg‘ambar (s.a.v.)ni himoya, adolat va haqiqat timsoli sifatida ko‘rganini ko‘rsatadi. Shoirning fikricha, Muhammad (s.a.v.) — zulmatni yoritar qilich, ya’ni haqiqat nuri tarqatuvchi zotdir. Yana bir mashhur baytida shoir shunday deydi: بِذ ك لَ ِالل لوُس ر نِإ ف ُل زْنُم ِالل نِم يْح و ِهْي ل ع (Transliteratsiya): Fa inna Rasūlallāhi lā kadhiba, ‘alayhi wahyun mina Allāhi munzalu. (Tarjima): “Albatta, Allohning Rasuli yolg‘onchi emas, Unga Allohdan vahiy nozil bo‘ladi.” 442 Bu bayt orqali Ka‘b o‘zining oldingi shubhalarini inkor qiladi va Payg‘ambarning risolatini ochiq e’tirof etadi. Shoirning so‘zlarida chin tavba va iymonning sadoqati mujassam. Qasida nihoyasida u shunday so‘zlar bilan o‘z holini izhor etadi: مِلْسُم يِّن أ ِالل لوُس ر ْغِّل ب ف ُر ي غ ت أ لَ دْه علا ُتْي ف و يِّن أ و (Transliteratsiya): Faballigh Rasūlallāhi annī muslimun, wa annī wafaytu al- ‘ahda lā ataghayyaru. (Tarjima): “Payg‘ambar (s.a.v.)ga yetkazki, men musulmonman, va ahdimga vafo qilaman, o‘zgarmayman.” Bu satrlar Ka‘bning qalbidan chiqqan chin so‘zlardir. U o‘zining butun vujudini islomga bag‘ishlaganini, bundan keyin imonidan qaytmasligini bayon etadi. Bu qismda she’r o‘z cho‘qqisiga yetadi — gunohdan poklanish va e’tiqodga yetish g‘oyasi mukammal tarzda ifodalanadi. Shu sababdan Payg‘ambar (s.a.v.) qasidani tinglab, uni kechirganlar va o‘z ridalarini (burdalarini) hadya qilganlar. Shundan so‘ng bu qasida tarixda “Qasidatu al-Burda” — “Ridali qasida” nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan. Badiiy va uslubiy xususiyatlar. “Banat Su‘ad” badiiy jihatdan nihoyatda mukammal asardir. Unda arab poeziyasining eng go‘zal uslubiy elementlari mujassam. Shoir badiiy san’atlar orqali g‘oyani yanada kuchaytirgan: Tashbeh (o‘xshatish): “Yuragim yondiruvchi o‘t singari” — ruhiy azobni ifodalaydi. Isti‘ora (ko‘chma ma’no): “Tuyalar dengizdagi to‘lqinlar singari yuradi” — sabr va davomiylik ramzi. Tazmin (iqtibos): Qasida ichida avvalgi arab shoirlaridan eslatmalar mavjud. Tajnis (so‘z o‘yini): Ka‘b so‘zlarni ohangdor, musiqiy tarzda joylashtiradi. Til jihatidan, qasida fonetik uyg‘unlik, ritmik muvozanat va qofiya soddaligi bilan ajralib turadi. Shoir al-bahr al-basīt vaznidan foydalangan — bu arab she’riyatida eng muvozanatli va yengil ohangli vaznlardan biridir. Ruhiy o‘zgarishning badiiy talqini. Qasidadagi eng asosiy g‘oya — ruhiy o‘zgarish, ya’ni insonning gunohdan poklanishi [2, 60]. Ka‘b ibn Zuhayr o‘z hayotidagi zulmatdan nur sari yo‘l oladi. Bu o‘zgarish qasidaning har bir satrida seziladi: u avval o‘z dardini, so‘ngra tavbasini, keyin esa imonini ifodalaydi. Shu jihatdan “Banat Su‘ad” faqat she’r emas, balki ma’naviy da’vat sifatida qabul qilingan. Qasidada insonning ichki dunyosi bosqichma-bosqich ochiladi: 1. Iztirob (nasib)[2, 55] 2. Sabr va sinov (rahil)[3, 37] 3. Tavba va kechirim (madih)[6, 9] 443 Bu uch bosqich islomiy ta’limotdagi “ruhiy poklanish” jarayoniga uyg‘un keladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Ka‘b ibn Zuhayr o‘z qasidasi orqali arab adabiyotida yangi madaniy qatlamni boshlab bergan. Uning “Banat Su‘ad” qasidasi arab poeziyasi tarixida Islom davrining birinchi madhiya namunasi sifatida baholanadi [4, 15]. Asar nafaqat diniy, balki axloqiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, keyingi asrlarda Busayriy (muallifi Qasidat al-Burda), Ibn al-Farid va boshqa so‘fiy shoirlarga kuchli ilhom manbai bo‘lgan [4, 16]. “Banat Su‘ad” qasidasi arab madaniyatining bebaho durdonasidir. Unda inson qalbining yangilanishi, kechirim, muhabbat va e’tiqod yuksak darajada tasvirlangan [2, 60]. Ka‘b ibn Zuhayr o‘z she’riy mahorati bilan jahiliya davrining g‘ururini islom davrining pokligiga aylantirgan. Bu qasida arab adabiyoti tarixida she’riy tavba, islomiy madhiya, va ruhiy uyg‘onish timsoli sifatida abadiy o‘rin olgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Ibn Hisham. As-Sira an-Nabawiyya. – Cairo: Dar al-Kutub al-‘Arabiyya, 1995. (in Arabic) 2. Nicholson, R. A. (1907) A Literary History of the Arabs. London: T. Fisher Unwin. (in English) 3. Arberry, A. J. (1965) Arabic Poetry: A Primer for Students. Cambridge: Cambridge University Press. (in English) 4. Al-Busiri. (13th century) Qasidat al-Burda. – Cairo: Dar al-Kutub alMisriyya, 1998. (in Arabic) 5. Zamakhshari, M. (1998) Asos al-Balag‘a. J. 1. Beirut: Dar-ul-kutub-ililmiyya. (in Arabic) 6. Qur’on va Hadislar to‘plami. – Tashkent: Islom Ma’rifat, 2005. (in Arabic/Uzbek) 7. Al-Zirikli, K. (1995) Al-A‘lam. Bayrut: Dar al-‘Ilm lil-Malayin. (in Arabic) 8. Al-Sharif al-Radi. (1987) Nahj al-Balaghah. Bayrut: Dar al-Kutub al- ‘Ilmiyya. (in Arabic) 9. Sulaymonova, N. (2021) Islom davri adabiy merosi tadqiqotlari. Toshkent: Bayoz. (in Uzbek)