FRANSUZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISH KO'NIKMASINI RIVOJLANTIRISHNING MUAMMOLARI
Abstract
FRANSUZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISH KO'NIKMASINI RIVOJLANTIRISHNING MUAMMOLARI
Full text
459 FRANSUZ TILIDAN O‘ZBEK TILIGA TARJIMA QILISH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISHNING MUAMMOLARI Otamurodova Dilafruz O‘zDJTU Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi [email protected] Аnnotatsiya: Ushbu maqola fransuz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda talabalarda ko‘nikma hosil qilish masalalariga bag‘shlangan bo‘lib, unda tarjimadagi ayrim muammolar joy olgan. Кalit so‘zlar : Tarjima, tarjimonта, nutq, tushuncha, ko‘nikma. Аннотация: Данная статья посвящена вопросам развития у студентов навыков перевода с французского на узбекский. Также в статье анализируются некоторые проблемы перевода. Ключевые слова: Перевод, переводчик, речь, понимание, мастерство. Annotation: This article is devoted to the development of students skills in translation from French into Uzbek. The article also analyzes some of the problems of translation. Keywords: Translation, translator, speech, understanding, skill. Tarjima – bu nutqiy faoliyatning yordamchi shakli bo‘lib, u o‘ziga xos psixologik, lingvistik va psixo-lingvistik qonun qoidalarga ega. Ya’nikim, tarjima qilish bir tilda ifodalangan fikrni boshqa bir til vositalari orqali ifodalash demakdir. Tarjima xalqlar orasidagi aloqani kuchaytiradi, bir yaratgan madaniyat boyliklaridan boshqa xalqlarning bahramand bo‘lishiga juda katta yordam beradi, shu bilan u xalqlarni bir-birlariga yaqinlashtiribgina qolmay, madaniyatning taraqqiy qilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Tarjima o‘rgatilayotgan tilda berilgan notanish ma’lumotni, fransuz tilida tushunish qiyin bo‘lgan ma’lumotni ongli tushunishga yordam beradi. Tarjimadan foydalanib, tarjimon fransuz tilini bilmaydiganlarga ma’lumotni talabalarning ona tiliga o‘girib beradi. Natijada, fransuz tilini bilmaydiganlar ham fransuz tilidagi ma’lumotdan boxabar, tanish bo‘lgan holda ta’lim oladilar. Tarjima orqali hujjatlar, kitoblardagi ma’lumotlar o‘zgalarga yetkaziladi. [2,192] Tarjima qilish tarjimondan katta mehnat, ijodiy kuch sarf qilishni talab qiladigan jarayondir. Tarjima ijodiy ish bo‘lgani uchun uni texnika vositasi yordamida amalga oshirish o‘ta murakkab va qiyin ish. Chunki har qanday mukammal mashina ham insonlarning miyasi bajara oladigan ijodiy ishlarni amalga oshirishga ojizlik qiladi. Shuning uchun ham mashina yordamida har qanday tekstni maqsadga muvofiq tarzda tarjima qilib bo‘lmaydi.
460 Tarjima qilish qoidalari faqat yangi ikki til uchun bo‘lib, birgina yo‘nalishni ko‘zda tutadi, masalan, fransuz-o‘zbek tili bo‘yicha, ammo o‘zbek-fransuz tili yo‘nalishi uchun esa boshqa bir sistema tuziladi. Tarjima mukammal bo‘lishini to‘liq ta’minlash ona tilini qay darajada bilishga bog‘liq, chunki ona tilida qoida maqomidagi ma’lumotlar tilshunoslik asoslari sifatida beriladi. [Jalolov 2012: 360] Ta’lim jarayonida esa tarjima - o‘qish, o‘zlashtirish usuli hisoblanadi. Tarjimaning har xil turlari va shakllari mavjud. U o‘z shakliga ko‘ra og‘zaki va yozma bo‘lishi mumkin. Tillararo bog‘liqlikka ko‘ra chet tilidan ona tiliga, ona tilidan chet tiliga yoki ikki tomonlama tarjima farqlanadi. Ushbu jarayonni amalga oshirish tartibi quyidagicha bo‘lishi mumkin: matnni chet tilidan ona tiliga yozma tarjima qilish, so‘ngra shu matnning o‘zini chet tiliga tarjima qilish, bunda matnning tarjimasi va asl nusxasini taqqoslagan holda ish olib borish maqsadga muvofiqdir. [3, 242] Tarjima mazmuniga ko‘ra esa erkin, so‘zma-so‘z va adabiy (adekvat) tarjima kabi turlarga bo‘linishi mumkin. Erkin (og‘zaki va yozma) tarjima o‘zida matn mazmunini yetkazib berish vazifasini mujassamlashtiradi. Bu o‘qilgan yoki eshitilgan narsani qay darajada tushunganlikni tekshirishning juda qulay shakli hisoblanadi. So‘zma-so‘z tarjima – bu shunday tarjimaki, unda adabiy til normalarini buzgan holda gapning tarkibiy elemetlarining ma’nolari yetkazib beriladi. So‘zma-so‘z tarjima matnning grammatik va leksik ma’nolariga chuqurroq kirib borishga, chet tili va ona tilidagi til birliklarini taqqoslashga xizmat qiladi. U erkin va adabiy tarjima o‘rtasida oraliq o‘zlashtirish vositasi vazifasini o‘taydi. Adabiy tarjima esa, matnning ma’nosini adabiy til normalariga rioya qilgan holda to‘liq va aniq ochib beradi. So‘zma-so‘z tarjima qilish, talabani fransuzcha gapni o‘qib, keyin tarjima qilishi, ularni fransuz tili muhitidan kelib chiqqan holda ona tili muhitini o‘tishi va shunday qaytarilaverilishi fransuz tilini o‘rganishga foyda bermaydi. Talabani bir muhitdan ikkinchi muhitga tez-tez o‘tib turishi ularni bir tilda gapirishini, o‘qishini, fransuz tilida fikrlashini, talaffuz qilishini qiyinlashtiradi. Til oqimidan tez-tez chiqish til o‘rganishda zararlidir. [2,192] Matnni hammasini o‘qitib, so‘ng o‘qitmasdan tarjima qildirish maqsadga muvofiqdir, shundagina u foyda berishi mumkin. Tarjima qilishni o‘rgatish tarjimani qo‘llash, tarjima qildirish orqali amalga oshadi. Tarjima har bir til birligi shaklan ifoda hamda ma’nosiga ko‘ra mazmunga ega ekanligiga asoslanadi. Uning vazifasi ifoda o‘zgarganiga qaramasdan mazmunni aniq yetkazib berishdan iborat. Bitta tushunchaning o‘zi har tilda har xil, ya’ni turli xil leksik, grammatik va leksik-grammatik usullarda ifodalanishi mumkin. Shu o‘rinda gapning har tilda har xil ifodalanish usullariga e’tibor qaratish lozim. Buning isboti sifatida quyida berilgan misollardagi gaplarda ko‘rish mumkin. Masalan, rus tilida On ne prishyol, ochevidno, zabolel. (grammatik ifoda shakli yo‘q). Fransuz tilida Il n’est pas venu, il est
461 probablement tombé malade (il sera tombé malade). O‘zbek tilida U, kelmadi, kasal bo‘lib qolgan bo‘lsa kerak.(kasal bo‘lib qolganga o‘xshaydi). Bundan ko‘rish mumkinki, leksik tahmin uchchala tilda ham bir xil, ammo grammatik jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak har xil. Tarjimani qo‘llash, fransuz tilini o‘rgatishga ijobiy va salbiy ta’sir qilishi mumkin. Tarjima ijobiy foyda berganda undan foydalanish, salbiy ta’sir qilsa, uni oldini olish kerak, chunki interferensiya keltirib chiqaradi. Chet tilini o‘rganishning zamonaviy talablari tarjimaning asosiy vazifasini bir muncha chegaralaydi, chunki o‘qib yoki eshitib tushunish va fikrlarni tarjimasiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalash xorijiy til o‘rganishning asosiy maqsadlardan biridir. Shakshubhasiz, tarjimonning har bir o‘girilayotgan matnga alohida yondashmay iloji yo‘q, chunki har bir matn o‘zining nodir uslubiga ega. Ikki nafar bir xil odam bo‘lishi mumkin emasligidek, ikki bir xil yozuvchi ham yo‘q. Tarjimada ham shu nodirlik va xilma-xillik aks etishi kerak. Shuningdek, tarjimon asliyat muallifining qaysi oqimga aloqador ekanligini unutmasligi, buning uchun esa u adabiyotshunoslik muammolari bilan yaqindan tanish bo‘lishi lozim. Xorijiy tillardan o‘zbek tiliga bevosita tarjima amaliyoti jonlangani yaxshi, tarjimonlar ko‘payayotganligi yaxshi, ammo bu tarjimalar asliyat tilini biluvchilar tomonidan talab darajasida tahlil qilinmay, tahrir qilinmay bosilib chiqayotganligi salbiy hol. Ba’zi bir tarjimalarni o‘qiganingizda, ularda til va uslub jihatidan asliyatga hech qanday yaqinlik yo‘qligini, faqatgina mazmun bir amallab tarjima qilinganligining guvohi bo‘lasiz. Ba’zida esa yangi tarjimonlar asari o‘girilayotgan muallifning ijodiy yo‘lini yetarlicha tahlil qilishmagan bo‘lsalar kerak, degan fikrga borasiz. Tarjimani adabiyotshunoslik muammolaridan ajratib amalga oshirish maqsadga muvofiq emas. Badiiy asar tarjimonining vazifasi faqat asar mazmunini, uning tilini mutanosib qayta yaratishdan iborat bo‘lmay, balki muallifning individual uslubi, uning qaysi adabiy oqimga mansub ekanligini ham aks ettira olishdir. Buning uchun esa u faqat o‘z milliy adabiyotshunosligi bilan chegaralanmay, asliyat tili adabiyotshunosligi taraqqiyotini ham e’tiborga olishi kerak. Hozirgi zamon chet tili o‘qitishdagi talablardan kelib chiqib, shuni alohida ta’kidlash joizki, tarjima matnlarning (o‘qilgan yoki eshitilgan matnlar); so‘z va iboralarni tushunish va anglashni; o‘quv materiallarini mustahkamlash, bilim va ko‘nikmalarning o‘zlashtirilishini nazorat qilish vositasi hisoblanadi. Tarjimaning ko‘rinishlari va shaklllari nafaqat o‘qitishning bosqichlari va vazifalari balki, nutq materiallarini yetkazib berilishiga bog‘liq. Materialni saralash va sistematizatsiyalash tarjima bilan hamohangdir. Shuni nazardan chetda qoldirmaslik lozimki, tarjima uchun berilayotgan topshiriqlar talabalarning bilim va ko‘nikmalariga mos kelishi va
462 tarjimaga bo‘lgan munosabatda noto‘g‘ri tushunchalar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Jalolov J. “Chet tili o‘qitish metodikasi” T. “O‘qituvchi”, - 2012. 2. Hoshimov O‘., Yoqubov I. “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi” T.-2003. 3. Gez N.I., Lixoviskiy M.V., Mirolyubov i dr.-M: «Metodika obucheniya inostrannыm yazыkam»; Vыsshaya shkola -1982.