MILLIY FOLKLORLARIMIZ OLMON TILIDA
Abstract
MILLIY FOLKLORLARIMIZ OLMON TILIDA
Full text
482 MILLIY FOLKLORLARIMIZ OLMON TILIDA Tajigaliyeva M.T. Berdaq nomidagi QDU, nemis tili va adabiyoti kafedrasi assistenti Annotatsiya: Ushbu maqolada nemis olimi, akademik, prof. K.Rayxlning o‘zbek va qoraqalpoq dostonlari tarjimosi haqida so‘z yuritiladi, dostonlarning nashr qilinishlari to‘g‘risida aniq faktlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: folklor, g‘oyaviy-estetik tizim, badiiy faoliyat, og‘zakilik, variantlilik, ommaviylik, an'anaviylik, poetika elementi, milliy qadriyat. Аннотация: В статье рассматривается перевод узбекских и каракалпакских эпосов немецким учёным, академиком, профессором К. Райхлем, а также приводятся конкретные факты, связанные с публикацией эпосов. Ключевые слова: фольклор, идейно-эстетическая система, художественная деятельность, устное творчество, вариативность, популярность, традиционность, поэтическое начало, национальная ценность. Abstract: This article examines the translation of Uzbek and Karakalpak epics by the German scholar, academic, and professor K. Reichl, and also provides specific facts related to the publication of the epics. Keywords: folklore, ideological and aesthetic system, artistic activity, oral tradition, variability, popularity, traditionalism, poetic origins, national value. Folklor xalq ommasining maishiy hayoti, ijtimoiy-siyosiy turmushi, kundalik faoliyati bilan mahkam bog‘langan, o‘ziga xos g‘oyaviy-estetik tizimga ega bo‘lgan ijod sifatida yuzaga keldi va rivojlanishda davom etdi. O‘zbek folklori xalqimiz badiiy faoliyatining tarkibiy qismi, so‘z san'atining og‘zaki turi hisoblanadi. U uzoq tarixga, murakkab taraqqiyot bosqichlariga ega. Inson nutqi shakllanishi bilan og‘zaki so‘z san'atining qadimiy tur va shakllari xam yuzaga keldi. Kishilik badiiy tafakkurining turli shakllarini o‘z ichiga olgan bu sinkretik ijod namunalari yaqin va qardosh dialektlarda so‘zlashuvchi urug‘lar va qabilalarga teng xizmat qilgan. Xalq poetik ijodi bu bosqichda ibtidoiy inson faoliyatining turli shakllari bilan mahkam bog‘langan bo‘lib, qadimiy kishilarning diniy, mifologik qarashlarini, boshlang‘ich ilmiy bilimlarni, tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlarini aks ettirgan. Biroq, bu qadimiy folьklor namunalari bizgacha yetib kelmagan, balki turli tasavvur va qarashlarda, xalq poetik ijodining ayrim namunalarida ularning izlari va qoldiqlari saqlanib qolgan. Xalq poetik ijodining asosiy xususiyati ijodiy jarayon-yaratuvchanlik va ijrochilik jarayonining umumiylik xarakterga egaligidir. Uning og‘zakilik, variantlilik, ommaviylik, an'anaviylik, anonimlik kabi belgilarini umumiylik xususiyati belgilaydi. Folklor asari omma tomonidan yaratilgan poetika elementlari, an'anaviy uslub vositalari asosida yuzaga keladi. Folьklor namunalari og‘zaki yaratilib, og‘zaki
483 tarqalar, ommaviy repertuardan keng o‘rin olar ekan, bunga poetik shakllarning barqarorligi, matndan matnga o‘tuvchi umumiy o‘rinlarning mustahkamligi, o‘xshash syujetlarning ko‘pligi imkoniyat yaratadi. Ijod va ijroda nimalardir o‘zgaradi, nimalardir boshqacha talqin etiladi. Bunday o‘zgaruvchanlik ijtimoiy sharoit, eshituvchilar talabi, ijodkor salohiyatiga bog‘liq, lekin xar qanday o‘zgarish asrlar davomida mustahkamlangan qat'iy an'analar doirasida sodir bo‘ladi. Xalq og‘zaki poetik ijodining asosiy janrlari bu qo‘shiq, maqol, topishmoq, afsona, rivoyat, lof, latifa, ertak, doston, askiya va boshqalardir. O‘zbek folьkloriga azal-azaldan boshqa millat vakillari qiziqib kelganlar. O‘zbek folьklorini o‘rganish va tarjima qilish ishlari juda uzoq tarixga ega. Bu borada X.Vamberi va N.P.Ostroumovlarning amalga oshirgan ishlari e'tiborga molikdir. O‘zbek folьklorining tarjima qilish ishlarida ko‘plab sharqshunos va tarjimashunos olimlar ish olib borganlar. Xususan, X.Vamberi, G.Yungbauyer, I.Lannerova, I.Sirtautas, M.Shpadu, V.Flaysher, G.Keller, I.Baldauf, Z.Klaynmixel, K.Rayxl kabi olimlar o‘zbek xalq og‘zaki poetik olimlar o‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi merosining qo‘lyozma, bosma nusxalarini to‘plab, tarjima va tadqiq qilishgan. Folklorga xos uslub va milliylikni nemis kitobxoniga yetkazish bilan bog‘liq muammolarni tadqiq etish va yangi ilmiy-nazariy xulosaga kelish ishning dolzarbligini ta'minladi. Folklor asarlarining nemis tilidagi tarjimasida o‘zbek xalqi madaniyati va milliy qadriyatlari, til boyligi va tasvir vositalari tadqiqiga alohida e'tibor qaratildi. Milliy tili, diniy e'tiqodi, mentaliteti, an'anaviy qadriyatlari, etnosi va jug‘rofiy joylashuvi turlicha bo‘lgan xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirishning o‘ziga xos muammolari mavjud. Bu o‘zbek xalq og‘zaki ijodini tarjimada berishda goh yo‘qotishlarga olib kelsa, goh tarjima tilini boyitadi. Pirovardida, milliy adabiyot va til imkoniyatlari yanada kengayadi. Bu hodisalarni o‘rganish tarjimashunoslik va folьklorshunoslikda muhim ahamiyat kasb etadi. XX-asr oxirlarida o‘zbek xalq dostonlariga olmon tarjimonlari va tadqiqotchilarining qiziqishlari yanada ortdi. Taniqli nemis turkolog olimi iqtidorli tarjimon professor Karl Rayxl ertaklar tarjimasi bilan shug‘ullanibgina qolmay, balki o‘zbek dostonlarini ham nemis tiliga o‘girishga astoydil bel bog‘ladi va natijada, 1985 yili Go‘ro‘g‘li turkumiga kiruvchi «Ravshan» dostonini bevosita o‘zbek tilidan nemis tiliga o‘girdi [1]. 2001 yili «Alpomish»dostonining Saidmurod Panoh o‘g‘li varianti ham bevosita o‘zbek tilidan olmon tiliga tarjima qilindi [2, 5]. 1999 yili Termez shaxrida “Alpomish” dostoninig 1000 yillik yubileyiga bag‘ishlangan xalqora ilmiy konferentsiyaga shaxsan prof. K.Rayxl ishtirok etadi va dostonning nemis tilidagi tarjimosi xakkida bayonot qilib, kitobni taqdimot qiladi, asl nusqasini topshiradi. Shu yili qoraqalpoq dostoni “Edige”ning 1000 yilligiga tashkillashtirilgan konferentsiyasida xam tashrif buyurib dostonning inglischa variantini O‘zFA
484 Qoraqalpog‘iston bo‘limi kitobxonasiga sovg‘a qiladi [5]. Karl Rayxlning o‘zbek va qoraqalpoq xalqining og‘zaki ijodlari namunalarini tadqiqotlarin qiyosiy izlanishlari 1980 yillardagi Toshkent va Nukus shaxarlaridagi ilmiy izlanishlar natijalari sifatida 1985 yili Germaniyaning Visbaden shaxrida “Oral Tradition and Performance of the Uzbek and Karakalpak Epis Singers” nomli kitobi nashr etildi [3]. 2007 yili Finlandiya fanlar akademiyasi olimning “Edige” dostoni xaqqidagi monografiyasida dostonning Jumabay jыrao‘ Bozorovtan yozib olingan variantini nashr qildi. Ushbu kitob “Edige. A Karakalpak orol epic” (Edige. Qoraqalpoq og‘zaki yepik asari deb nomlanib inglis tiliga torjimosi bo‘lib xisoblanadi. 2008 yili esa Finlandiya poytaxti Xelsinki shaxrida ushbu dlstonning inglis tilidagi kitob nashr qilindi, kitob sakkiz qismdan iborat [4]. Mazkur ishga nafaqat tarjima, balki olimning uzoq yillar davomida dostonlar ustida olib borgan tadqiqot ishi sifatida ham baho berish mumkin. Dostondagi uzoq o‘tmishga borib taqaladigan milliy qadriyatlarimiz, milliy koloritni aks ettiruvchi va o‘ziga xos epiklik mujassam bo‘lgan so‘zlar, so‘z birikmalari va iboralarning tarjimasi ham diqqatga sazovordir. Milliy tili, diniy e'tiqodi, mentaliteti, an'anaviy qadriyatlari, etnosi va jug‘rofiy joylashuvi turlicha bo‘lgan xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirishning o‘ziga xos muammolari mavjud. Bu o‘zbek xalq og‘zaki ijodini tarjimada berishda goh yo‘qotishlarga olib kelsa, goh tarjima tilini boyitadi.. Tarjimadagi o‘ziga xos uslublar, iboralar tarjimasiga boshqacha yondashishlar, ikkala til boyliklaridan unumli foydalanish kabi jihatlar borki, ular har bir tarjimashunosning e'tiborini o‘ziga jalb etishi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Reichl K. Rawśan. Ein usbekisches mũndliches Epos, - Wiesbaden. Verlag Otto Harrassovitz. 1985. 2. Reichl K. Alpomisch. Das usbekische Heldenepos. –Wiesbaden. Verlag Otto Harrassovitz. 2001. 3. Reichl K.Oral Tradition and Performance of the Uzbek and Karakalpak Epic Singers. In: Fragen der mongolischen Heldendichtung. III. Vorträge des 4. Epensymposiums des Sonderforschungsbereichs 12, Bonn 1983. 4. Reichl K. “Edige, A Karakalpak Oral Epic - as Performed by Jumabay Bazarov”. Helsinki, Suomalainen Tiedeakatemia Academia Scientiarum Fennica, 2007, 498 p. 5. Ziyatdinova Е. Vergleichende Untersuchungen zum Nibelungenlied und zum zentralasiatischen Epos Alpamys. Inaugural-Dissertation zur Erlangung der Doktorwürde. Bonn 2005 6. Allambergenova G. Karl Rayxl hәm qaraqalpaq folklori. Xaliq araliq fәnnigamәli konferentsiya materiallarы Kazan, 18–19 noyabr 2022 jill. 32 -34 b..
485 7. Jumaniyozov Z. “Ravshan” dostoni nemischa tarjimasida milliylikni qayta yaratish” Filol. fanlari nomz. ...diss. -Toshkent.: O‘zRFA TAI, 2008. 8. Маksetova М. Исторические корни эпоса «Едиге». Автореф. дисс. на соискание ученый степени к.и.н. –Нукус:1995