FRANSUZ TILIDAN NEMIS TILIGA SO'ZLAR O'ZLASHISHINING TARIXIY OMILLARI
Abstract
FRANSUZ TILIDAN NEMIS TILIGA SO'ZLAR O'ZLASHISHINING TARIXIY OMILLARI
Full text
496 FRANSUZ TILIDAN NEMIS TILIGA SO‘ZLAR O‘ZLASHISHINING TARIXIY OMILLARI Umarova Zamira Qahramon qizi O‘zMU Xorijiy filologiya fakulteti Nemis filologiyasi kafedrasi stajyor-o‘qituvchi e-mail: [email protected] Annotatsiya: Fransuz tilining nemis tili leksikasiga ta’siri uzoq tarixiy jarayon bo‘lib, u siyosiy, madaniy va ijtimoiy omillar bilan chambarchas bog‘liq tarzda kechgan. Turli davrlarda o‘zlashgan fransuzcha so‘zlar nemis tili tizimiga grammatik va semantik jihatdan moslashgan hamda tilning uslubiy boyligini oshirgan. Ushbu o‘zlashmalar nafaqat til taraqqiyotining mahsuli, balki madaniyatlararo aloqalarning mustahkamlanishida muhim omil bo‘lgan. Kalit so‘zlar: fransuzcha o‘zlashmalar, nemis tili, leksik ta’sir, madaniy aloqalar, tarixiy bosqichlar, semantik moslashuv, fonetik o‘zgarish, grammatik moslashuv, fransuz madaniyati, Yevropa tillari, til o‘zaro ta’siri, so‘z boyligi, madaniy meros. Annotation: The influence of the French language on the German lexicon is a long historical process, which was closely related to political, cultural and social factors. French words adopted at different times were grammatically and semantically adapted to the German language system and increased the stylistic richness of the language. These adoptions were not only a product of language development, but also an important factor in strengthening intercultural relations. Keywords: French adoptions, German language, lexical influence, cultural relations, historical stages, semantic adaptation, phonetic change, grammatical adaptation, French culture, European languages, language interaction, vocabulary, cultural heritage. Til har bir xalqning milliy o‘zligining, madaniyatining va tarixining eng muhim ifodasidir. Har bir til o‘z taraqqiyoti davomida boshqa tillar bilan o‘zaro aloqaga kirishib, turli madaniy, siyosiy va ijtimoiy omillar ta’sirida o‘zlashmalarni qabul qiladi. Shu jihatdan nemis tili ham istisno emas. U ko‘p asrlar davomida lotin, yunon, ingliz va ayniqsa fransuz tillaridan o‘zlashgan so‘zlar orqali boyib borgan. Fransuz tili uzoq vaqt davomida Yevropada diplomatiya, san’at, moda, siyosat va madaniyat tili sifatida yetakchi mavqega ega bo‘lgan. Shu sababli nemis tilining leksik tizimida fransuzcha o‘zlashmalar alohida o‘rin tutadi. Fransuz tili ko‘p asrlar davomida Yevropada siyosiy va madaniy jihatdan ustun mavqega ega bo‘lib kelgan.
497 Nemis tilidagi fransuzcha o‘zlashmalar tarixi, tilshunoslar tadqiqotlariga ko‘ra, uch asosiy davrga bo‘linadi. Har bir davr o‘ziga xos siyosiy, madaniy va ijtimoiy omillar bilan belgilanib, fransuz tilining nemis tiliga ta’siri darajasini ifodalab bergan. Birinchi bosqich XII–XIV asrlar bo‘lib, bu davrda o‘zlashgan so‘zlar asosan fransuz saroy madaniyati va ritsarlik hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan. O‘sha davrda Germaniya hududlarida fransuz tili yuqori madaniyat va ritsarlik an’analarining tili sifatida e’tirof etilgan. Shu sababli nemis tiliga ko‘plab fransuzcha so‘zlar kirib kelgan: Turnier (turnir), Lanze (nayza), Visier (niqob, qalqon qismi), Banner (bayroq) kabi so‘zlar shular jumlasidandir.[5,25] Fransuz tilining Yevropa xalqlari madaniyatiga kuchli ta’siri natijasida faqat so‘zlar emas, balki ayrim so‘z yasovchi affikslar va morfemik qo‘shimchalar ham nemis tiliga singib ketgan. Masalan, fransuzcha -erie, -ieren, -lei qo‘shimchalari asosida hosil qilingan: Partie (qism, bo‘lak), Zauberei (sehr-jodu), Jägerei (ovchilik), Partei (partiya), Malerei (rassomlik), hausieren (uyma-uy yurib savdo qilish), stolzieren (mag‘rurlanib yurmoq), halbieren (yarimga bo‘lmoq), mancherlei, vielerlei, allerlei (turli-tuman), Abenteuer (sarguzasht), Palast (saroy), Turm (minora) kabi so‘zlar fransuz tilining leksik ta’siri natijasida shakllangan. Ikkinchi bosqich XVI–XVII asrlarga to‘g‘ri kelib, fransuz absolyutizmining gullagan davri, ya’ni qirol Lyudovik XIV (Louis XIV) hukmronligi davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda fransuz tili Yevropada madaniyat, diplomatiya va saroy muomalasi tili sifatida yuksak mavqega ega bo‘ldi. Ayniqsa, Germaniyada yuqori tabaqa va zodagonlar orasida fransuz tilida so‘zlashish obro‘ belgisi hisoblangan. Bu davrda fransuz tilidan ko‘plab murojaat shakllari o‘zlashgan: Monsieur (janob), Madame (xonim), Mademoiselle (qizaloq). Shuningdek, qarindoshlikni bildiruvchi so‘zlar ham fransuzcha shakllar bilan almashgan: Vater (ota) o‘rniga Papa, Mutter (ona) o‘rniga Mama, Oheim (tog‘a) o‘rniga Onkel, Muhme/Base (amma, xola) o‘rniga Tante, Cousin/Cousine (amakivachcha, qarindosh) kabi. Bu davrda moda, odob-axloq va saroy hayoti bilan bog‘liq ko‘plab fransuzcha atamalar nemis tiliga kirib kelgan: Mode (moda), Kavallier (kavaler, yigit), gallant (nozik, nafis), Pläsier (zavq, lazzat), Kompliment (tavozeli so‘z), Reputation (obro‘), Pöbel (ommaviy xalq), Ball (raqslik kecha), Ballett (balet), Maskerade (niqobli kecha), amüsieren (ko‘ngil ochmoq), Promenade (sayr). Bundan tashqari, qurilish va bog‘dorchilikka oid so‘zlar ham fransuz tilidan o‘zlashtirilgan: Balkon (balkon), Terrasse (terrasa), Bassin (hovuz), Grotte (g‘or), Galerie (galereya), Loge (loja), Nische (burchak joy). Moda va pardoz-andoz bilan bog‘liq so‘zlar: Kostüm (kostyum), Korsett (korset), Perücke (parik), Pomade (soch moyi), Friseur (sartarosh), Parfüm (atir). Oziq-ovqat va ichimliklarga oid ko‘plab so‘zlar o‘zlashgan: Serviette (salfetka), Ragout (go‘shtli taom), Omelette (omlet), Sauce (sous), marinieren (marinadlash),
498 Kompott (kompot), Konfitüre (murabbo), Marmelade (marmelad), Torte (tort), Biskuit (biskvit), Limonade (limonad), servieren (taom tortmoq), Frikassee (mayda bo‘lak go‘shtli taom). Uchinchi bosqich XVIII–XIX asrlarni o‘z ichiga olib, 1789-yilgi Fransuz burjua inqilobi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu davrda siyosiy va ijtimoiy mazmundagi ko‘plab fransuzcha atamalar nemis tiliga kirib keldi. Masalan: Anarchist (anarxist), Bürokratie (byurokratiya), Emigrant (muhofazadan qochgan kishi), Jakobiner (yakobin), Koalition (koalitsiya), Komitee (qo‘mita), Konstitution (konstitutsiya), Monarchist (monarxist), Propaganda (targ‘ibot), Reaktion (reaksiya), Abgeordneter (deputat), Wahlmann (saylovchi), abstimmen (ovoz bermoq), einstimmig (bir ovozdan), Stimmenmehrheit (ko‘pchilik ovoz), Nationalversammlung (milliy majlis), Fraktion (fraksiya), Veto (taqiqlash huquqi). [5,25] 1848-yilgi inqilob natijasida esa nemis tilida yangi siyosiy-huquqiy atamalar paydo bo‘ldi: Rechtsstaat (huquqiy davlat), Polizeistaat (politsiya davlati), Pressefreiheit (matbuot erkinligi), Fortschritt (taraqqiyot), freisinnig (erkin fikrli), Attentäter (suiqasdchi), Errungenschaft (yutuq), Bundesstaat (ittifoqdosh davlat). Fransuzcha o‘zlashmalarning kuchayishiga sabab bo‘lgan asosiy omillardan biri Fransiyaning O‘ttiz yillik urushdan g‘olib chiqishi hamda Yevropada iqtisodiy va madaniy hegemon davlatga aylanishi bilan izohlanadi. Nemis zodagonlari fransuz madaniyatini taqlid qilishni obro‘ deb bilganlar. Tilshunos William J. Jones ma’lumotlariga ko‘ra, fransuz tilidan nemis tiliga dastlabki yirik o‘zlashmalar 1575– 1648-yillar oralig‘ida kirib kelgan. O‘ttiz yillik urush davrida (1615–1624) asosan harbiy terminologiyaga oid fransuzcha so‘zlar nemis tiliga kirib kelgan. Urushdan so‘ng esa fransuz leksikasi Yevropa zodagon saroylari orqali nemis madaniy muhitiga kirib, keng tarqala boshlagan. Bu davrda fransuz tili Yevropada madaniyat va diplomatiya tili sifatida e’tirof etilgan. Nemis aristokratiyasi orasida fransuz tilini bilish yuqori madaniyatning belgisi sanalgan. Bu holat o‘z navbatida nemis tiliga minglab fransuzcha so‘zlarning o‘zlashuviga sabab bo‘lgan. Ko‘plab fransuzcha so‘zlar nemis tilida grammatik moslashuvga uchragan. Ular tegishli artikllar bilan birgalikda qo‘llanadi (die Affäre, das Parfüm) va jamlik shakllari nemis tilidagi qoida asosida yasaladi (die Affären, die Parfüms).Ba’zi hollarda semantik torayish yoki kengayish kuzatiladi: - Affärefransuz tilida umumiy “ish”, “voqea” degan ma’noni bildirsa, nemis tilida bu so‘z ko‘pincha “shubhali ish” yoki “muhabbat munosabati” ma’nosida ishlatiladi. Ba’zan o‘zlashmalar sifatida kirgan so‘zlar nemis tilida ot, sifat yoki fe’l shaklida qayta ishlanadi: parfümieren — “atir sepmoq” fe’li, asos fransuzcha parfum so‘zidan olingan, elegant — fransuzcha “élégant” so‘zidan olingan, sifat sifatida qo‘llaniladi.
499 Fransuzcha o‘zlashmalar ko‘pincha rasmiy yoki adabiy uslubda, ba’zan esa ijtimoiy mavqeni ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Masalan, Gespräch so‘zi o‘rniga Konversation, Angelegenheit so‘zi o‘rniga Affäre ishlatilishi mumkin. Bu so‘zlar matnlarda uslubiy rang-baranglik kasb etadi. Adabiyot va jurnalistika sohalarida fransuzcha o‘zlashmalar estetik yoki ironik effekt berish uchun ishlatiladi. Shunday qilib, fransuz tilining nemis tiliga ta’siri ko‘p asrlik tarixiy, siyosiy va madaniy jarayonlar bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, har bir bosqichda u nemis tili leksikasining boyishiga va xalqaro madaniy o‘zaro ta’sirning kuchayishiga xizmat qilgan. Bugungi kunda bu o‘zlashmalar nemis tilining zamonaviy ifoda imkoniyatlarini boyitib, uni yanada moslashuvchan va ifodali tilga aylantirgan. Ushbu o‘zlashmalar dastlab saroy va zodagonlar tilida qo‘llanilgan bo‘lsa-da, keyinchalik umumxalq tili tarkibiga singib ketgan. Ularning ko‘pchiligi nemis grammatik tizimiga moslashib, semantik jihatdan ham o‘zgarishga uchragan. Natijada, fransuzcha o‘zlashmalar nemis tilining leksik boyligini, uslubiy xilma-xilligini va ifoda imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirgan. Bugungi kunda ham bu so‘zlar nemis tili madaniy merosining ajralmas qismi sifatida o‘z ahamiyatini saqlab qolmoqda. Shunday qilib, fransuz tili nemis madaniy va til tarixida prestij va modernizatsiya ramzi sifatida muhim iz qoldirgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Iskos A., Lenkowa А., Deutsche Lexikologie, Leningrad, 1970 2. Kussl R. Wir sprechen alle Griechisch, Schule und Wissenschaft, Speyer, 2008 3. Stepanova M.D., Chernisheva I., Lexikologie der deutschen Gegenwartssprache. M.: 1975 4. Gröber G. Entlehnung in der Kommunikation und im Sprachwandel. Tübingen, 2011. 5. Umarxo‘jayev M.E. Nemis tili Leksikologiya Leksikografiya Frazeologiya Frazeografiya. Andijon, 2010