scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

NEMIS TILIDA FRAZEOLOGIK ANTONIMLAR XUSUSIYATI

Shuxratxon Imyaminova

Abstract

NEMIS TILIDA FRAZEOLOGIK ANTONIMLAR XUSUSIYATI

Full text

554 NEMIS TILIDA FRAZEOLOGIK ANTONIMLAR XUSUSIYATI Shuxratxon Imyaminova O‘zMU professori [email protected] Annotatsiya: Maqolada nemis tilidagi frazeologik antonimlar to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Tillarning rivojlanishi jarayonida unda frazeologiyaning o‘rni va frazeologik antonimlarning tildagi vazifasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rganildi va bu haqda fikrlar berildi hamda misollar orqali tahlil qilinib xulosalar qilindi. Kalit so‘zlar: Frazeologizmlar, frazeologiya, antonimlar, frazeologik antonim, leksik antonimlar, qarama-qarshi ma’no, konstuyent, komponent, semantika. Abstract: The article discusses phraseological antonyms in the German language. In the process of language development, information about the role of phraseology and the function of phraseological antonyms in the language was studied, opinions were given on this, and conclusions were drawn by analyzing examples. Keywords: Phraseologisms, phraseology, phraseological antonym, lexical antonyms, opposite meaning, constant, component, semantics. Аннотация: В статье рассматриваются фразеологические антонимы немецкого языка. В процессе изучения развития языков были исследованы сведения о роли фразеологии и функции фразеологических антонимов в языке, приведены соответствующие мнения, проведён анализ на основе примеров и сделаны выводы. Ключевые слова: Фразеологизмы, фразеология, антонимы, фразеологические антонимы, лексические антонимы, противоположное значение, конституент, компонент, семантика. Tillarda frazeologizmlar qadimdan mavjud. Lekin ular qanchalik qadimiy bo‘lsa, ularni ilmiy jihatdan tadqiq etish nisbatan yosh hisoblanadi. Frazeologiya tilda ulkan jarayon bo‘lsa, amaliy jihatdan esa frazeologizm, frazeologik birlik, frazema, ibora, idioma kabi terminlar ostida o‘rganilib kelinadi. Frazeologizmlarni o‘rganish va uni nazariy jihatdan tadqiq etish tilshunos olimlarni qadimdan qiziqtirib kelgan. XIX asrgacha frazeologizmlar lug‘atshunoslik tarkibida o‘rganilib, bunda ularning faqat ma’nolari va etimologiyasi bayon etilgan [1,7]. Erix va Xildegard Bulittalarning fikricha tilda ko‘p xollarda hech qiyinchiliksiz sinonim va antonimlarni qo‘llash mumkin. Hattoki hech ikkilanishlarsiz qarama-qarshi ma’nolarga ega antonimlardan foydalanish esa ko‘p xollarda matn ma’nosini to‘g‘ri ochib berishda qo‘l keladi [2, 3]. Aksariyat olimlar tomonidan antonimlar ta’rifi asosida antonimlar qaramaqarshi, ammo o‘zaro bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar degan umumiy fikr 555 yotadi. Ammo, "qarama-qarshi" tushunchasi noaniq bo‘lib, turli tilshunoslar antonim - "qarama-qarshi" so‘zlarni turli kategoriyaga kiritadilar. Frazeologik antonimlar hayotning turli sohalarida paydo bo‘lishi mumkin, masalan, san’at sohasidan die erste Geige spielen “muhim va ahamiyatga ega o‘rinni egallamoq, bosh rol o‘ynamoq” – die zweite Geige spielen “ahamiyatsiz rol o‘ynamoq”, transport sohasidan den Karren in den Dreck schieben “ba’zi ishni buzish, chalkashtirish”- den Karren aus dem Dreck ziehen “to‘g‘rilash, qandaydir biznesni yo‘lga qo‘yish". Frazeologik antonimlarning kelib chiqishi manbai turli xil hayotiy vaziyatlar bo‘lishi mumkin. Duden lug‘atining IX jildida antonimlar toifasiga kontradiktiv yoki qutbli, masalan, gesundkrank; schwarz - weiß, kontrastiv hell - dunkel, korrelyasion yoki munosabatli Bruder - Schwester; Angebot - Nachfrage tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar kiritilgan. I.Knoblox esa antonimlarni quyidagi qarama-qarshi turlarini ifodalaydigan guruhga bo‘ladi: kontradiktiv, masalan gerade - krumm, kontrastiv kommen - gehen, korrelyasion Bruder - Schwester [3, 5]. Frazeologik antonimlar leksik antonimlarga tayangan holda, qarama-qarshi ma’noga ega frazeologizmlarni tushuniladi. Frazeologiya soxasidagi so‘nggi tadqiqotlarda leksik antonimlar to‘g‘risidagi tadqiqotlar frazeologiya sohasi uchun ham muhim bo‘lib qolmoqda, ammo frazeologik antonimlar ko‘p komponentli komplekslar sifatida semantik va tuzilish jihatdan o‘ziga xosliklarga ega. Avvalo, leksik qutblilik yoki ma’no qarama-qarshiligi tushunchasining mos ta’rifini aniqlab olish va uni frazeologik antonimlarga tadbiq etish lozim. Tilshunoslikda leksik birliklar orasidagi ma’no qarama-qarshiligi shundan iboratki, ularning barcha ma’no komponentlari mos keladi, faqat bitta komponentdan tashqari, aynan o‘sha umumiy turdagi qarama-qarshilikni yuzaga keltiradi. Frazeologizmlarda ma’no komponentlarining mosligi ikki birlik giperonimik birlikning kohiponimlari sanaladi. Kohiponimlar, ya’ni o‘zaro parallel, ammo hech bo‘lmaganda bitta muhim semantik element bilan farqlanuvchi birliklar, odatda matnda va konteksda bir-birining o‘rnida qo‘llanishi mumkin, biroq bu holatda ular umumiy ma’noni mutlaqo teskarisiga o‘giradi yoki ziddiyatli ifoda hosil qiladi. Frazeologik korpusda ham shunga o‘xshash antonimlarga xos xodisa kuzatiladi, biroq bu yerda qarama-qarshi semantik element emas, balki frazeologizmdagi leksik konstituyent qarama-qarshi bo‘ladi. Frazeologizmlarda antonimik munosabatlar ayniqsa aniq namoyon bo‘ladigan holat – bu qarama-qarshi aloqalar bir xil tuzilmadagi frazeologizmlarning leksik konstituyentalariga asoslanganda kuzatiladi. Bu holatda, ilgari qayd etilgan bir fakt o‘z tasdig‘ini topadi ya’ni, frazeologik birikmalar tarkibidagi so‘zlarning leksik ma’nosi to‘liq va har doim yo‘qolib ketmaydi, 556 u qisman saqlanadi. Masalan, ein warmes Herz haben – keng yurak, iliqlik va chuqur his-tuyg‘ularga ega bo‘lish; ein kaltes Herz haben – sovuq, befarq bo‘lish; ein weites Herz haben – keng yurak, saxiy bo‘lish; ein enges Herz haben – yuragi tor, qizg‘onchiq bo‘lmoq; jmdn. in den Sattel heben –kimnidir muhim, nufuzli lavozimga ko‘tarmoq; jmdn. aus dem Sattel heben – kimnidir muhim lavozimdan chetlatmoq. Qarama-qarshi leksik konstituyentalar turli so‘z turkumlariga mansub bo‘lishi mumkin. Masalan, jmdm. die Zunge binden – jmdm. die Zunge lösen; auf dem richtigen Dampfer sein – auf dem falschen Dampfer sein; im Vordergrund stehen – im Hintergrund stehen; groß von jmdm. denken – klein von jmdm. denken; aus demselben Holz geschnitten sein – aus anderem Holz geschnitten sein. Bunday ifodalangan frazeologik antonimlar asl model bo‘la olmaydi. Ya’ni, quyidagi frazeologizmlarni antonimik leksik konstituyentalar orqali antonimik frazeologizmlarga aylantirib bo‘lmaydi, masalan: jmdm. die Hände binden → lösen (yaroqsiz); jmdm. die kalte Schulter zeigen → warme Schulter zeigen (yaroqsiz); etw. mit der linken Hand erledigen → rechten Hand (yaroqsiz). Ushbu turdagi frazeologik antonimlar boshqa bir jihatdan ham muntazam faoliyat ko‘rsatmaydi, ya’ni antonimik leksik konstituyentalar har doim ham frazeologizmlarning antonimik munosabatini vujudga keltirmaydi. Bunga quyidagi iboralar misol bo‘la oladi: etw. durch eine fremde Brille sehen (biror narsani begona nuqtai nazardan ko‘rmoq); etw. durch seine eigene Brille sehen (biror narsani o‘z ko‘zoynagi orqali, ya’ni o‘z nuqtai nazari orqali ko‘rmoq). Ikkinchi iborada butun konstituyentlar tarkibining ma’no o‘zgarishi tufayli “eigen” sifatdoshi asl ma’nosidan chekinib, yangi „o‘z nuqtai nazari“ ma’nosini olgan. Shunday qilib, bu ikki ibora yuzaki qaraganda antonimik munosabatda bo‘lsa-da, amalda frazeologik antonimlar emas. Frazeologik antonimlar doimiy, tartibli asosda tuzilmasligi bu til birliklarining lingvistik maqomi bilan izohlanadi. Chunki frazeologizmlar semantik jihatdan o‘zgartirilgan (transformatsiyalangan) so‘z birikmalaridir. Xuddi shu holat, ya’ni frazeologizmlar tarkibidagi leksik konstituyentalarning antonim bo‘lishi, ularning tashqarida esa antonim bo‘lmasligi holatiga ham tegishlidir. Masalan, grünes Licht (ruxsat, erkinlik ramzi); rotes Licht (taqiqlovchi signal, harakat erkinligining rad etilishi). Bu iboralarda “grün” va “rot” so‘zlari o‘zaro antonimdek ko‘rinsa ham, bu ularning frazeologik kontekstdagi butun ma’nosi jihatidan antonim bo‘la olmaydi. Nemis tili frazeologiyasida inkor orqali frazeologik antonimlar tuzish ham har doim izchil emas, garchi quyidagi misollarda antonomik xolatdar mavjuddek tuyulsada bu asl frazeologik vntonim bo‘la olmaydi. Masalan, sich über etw. Kopfzerbrechen machen –biror narsa haqida bosh qotirmoq, sich über etw. kein Kopfzerbrechen machen – bosh og‘ritmaslik, bezovta bo‘lmaslik. Biroq quyidagi holatlarda bu yo‘l 557 bilan antonim tuzish imkonsiz ekanini ko‘rsatadi. Ya’ni, ba’zi frazeologizmlar tarkibida inkor mavjud bo‘lsa-da, ulardan antonimik juftlik tuzib bo‘lmaydi. Masalan, nicht auf den Kopf gefallen sein – ahmoq emas, ziyrak bo‘lish → auf den Kopf gefallen sein; etw. ist nicht von schlechten Eltern – bu narsa salmoqli, yaxshi sifatda→ etw. ist von schlechten Eltern; aussehen, als ob man kein Wässerchen trüben könnte – bezarar, beayb, begunoh ko‘rinmoq→ aussehen, als ob man ein Wässerchen trüben könnte; jmdm. nicht grün sein – kimnidir yoqtirmaslik, salbiy munosabatda bo‘lish → jmdm. grün sein. Bunday holatlardagi cheklov sababi frazeologizmlarning ichki shakli, ya’ni ularning motivasion belgilari o‘zgarganida ma’no noaniqligi yuzaga keladi. Masalan: aussehen, als ob man ein Wässerchen trüben könnte – bu ibora axloqiy neytrallik yoki begunohlik haqidagi konnotasion ma’noni yo‘qotadi; auf den Kopf gefallen sein, jmdm. grün sein – iboralardagi kinoya, istehzo yoki obrazlilik yo‘qoladi, bu esa ularning frazeologik xususiyatini yo‘qqa chiqaradi. Demak, frazeologik antonimlar erkin ravishda paydo bo‘lmaydi, ularning kombinatsiyasi cheklangan va faqat ba’zi tuzilmalar bunday munosabatni ifodalay oladi. Shu boisdan, bir xil tuzilmadagi antonimik frazeologik birliklar faqat frazeologik antonimlarning bir qismidir. Bu guruhning hajmi hali ham to‘liq o‘rganilmagan, balki yaqin kelajakdagi tadqiqotlar bunga asos soladi deb o‘ylaymiz. Biroq ko‘rinishidan, turli tuzilmadagi frazeologik birliklar ko‘proq son jihatdan ustun. Ular odatda erkin birikmalarning frazeologizatsiyalashuvi natijasida yuzaga keladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Mamatov A.E. O‘zbek tili frazeologiyasi. – Toshkent: 2019. 2. Bulitta Erich und Hildegard. Wörterbuch der Synonyme und Antonyme. - Frankfurt am Main: Fischer Taschenbuch Verlag GmbH, 1990. 3. Завьялова В. М. Deutsche Antonyme. – Москва: Высшая школа, 1969.