scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

CHET TILLARINI O'QITISHDA TARJIMA ASOSIDA O'RGANISH METODINING INNOVATSION IMKONIYATLARI

Uzoqboyeva Gulchiroy Baxtiyor qizi

Abstract

CHET TILLARINI O'QITISHDA TARJIMA ASOSIDA O'RGANISH METODINING INNOVATSION IMKONIYATLARI

Full text

642 CHET TILLARINI O‘QITISHDA TARJIMA ASOSIDA O‘RGANISH METODINING INNOVATSION IMKONIYATLARI Uzoqboyeva Gulchiroy Baxtiyor qizi O’z DJTU, Tarjimonlik fakulteti, 1kurs talabasi [email protected] Ilmiy rahbar: Xodjayeva S.S. Annotatsiya: Ushbu maqolada chet tillarini o‘qitishda tarjimaga asoslangan o‘qitish metodining (Translation-Based Learning ) ahamiyati, uning zamonaviy ta’lim tizimidagi innovatsion roli va tarjimonlik kompetensiyasini shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Maqolada tarjima jarayonini o‘quv jarayoniga integratsiya qilish yo‘llari, audiovizual va interaktiv misollar orqali o‘quvchilarning amaliy tarjima ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari tahlil qilingan. Shuningdek, metodning afzalliklari, madaniy kompetensiyani shakllantirishdagi o‘rni va raqamli asrda tarjimonlik ta’limini takomillashtirish istiqbollari ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: tarjima asosida o‘qitish, innovatsion metod, tarjimonlik kompetensiyasi, audiovizual tarjima, interaktiv yondashuv, madaniyatlararo muloqot. Hozirgi rivojlanayotgan zamonda har bir yo‘nalishda shu bilan birga pedagogika, tarjima, chet tillariga e’tibor tobora kuchaymoqda. Bugungi globallashuv davrida chet tillarini o‘qitish jarayonida tarjima nafaqat aloqa vositasi, balki ta’limiy, madaniy va innovatsion metod sifatida ham alohida ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy ta’lim jarayonida chet tillarini o‘qitishda innovatsion metodlardan foydalanish o‘quvchilarning til kompetensiyasini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Shunday metodlardan biri — tarjimaga asoslangan o‘qitish (Translation-Based Learning) — talabalarning nafaqat til qoidalarini, balki madaniy tafovutlarni ham chuqurroq o‘rganishiga xizmat qiladi. Karimova ta’kidlaganidek, “tarjimaga asoslangan o‘qitish usuli talabalarda chet tili grammatikasi, leksikasi va madaniy kontekstini chuqurroq anglash imkonini beradi” [1, 45-bet]. Shu bois, bu metod bugungi kunda xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida dolzarb bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ham bo‘lajak tarjimonlarni tayyorlashda interaktiv, kommunikativ va tarjimaviy yondashuvlarni uyg‘unlashtirish dolzarb hisoblanadi. Bu yondashuvlar talabalar tafakkurini rivojlantirish, ijodkorlikni kuchaytirish va real tarjima muhitiga tayyorlashga xizmat qiladi. 1. Tarjima asosida o‘qitish metodining mazmuni Tarjimaga asoslangan o‘qitish (TBL) - bu o‘quvchi tilni tarjima jarayoni orqali o‘rganadigan yondashuvdir. Asosiy maqsad - “so‘zma-so‘z o‘tkazish” emas, balki mazmunni to‘liq, madaniy va kontekstual jihatdan aniq yetkazishdir. 643 TBL metodida o‘qituvchi talabalarni semantik tahlil, so‘z tanlash, uslubiy moslik kabi tarjima strategiyalariga o‘rgatadi. Bu esa nafaqat til bilimini, balki kognitiv fikrlashni ham rivojlantiradi. Tarjima — bu til va madaniyat o‘rtasidagi ko‘prikdir. Nida fikricha [3], tarjima jarayonida asosiy e’tibor “ma’no ekvivalentligi”ni saqlashga qaratilishi lozim. Talabalar tarjima mashqlarini bajarayotganda, ular faqat so‘zlarni emas, balki mazmun, kontekst va uslubni anglay boshlaydilar. Newmark esa ta’lim jarayonida tarjimani qo‘llash orqali o‘quvchilarda til tafakkuri va madaniy sezgirlikni shakllantirish mumkinligini ta’kidlaydi [4]. TBL shuningdek quyidagi ko‘nikmalarni rivojlantiradi: ❖ kontekst asosida fikrlash; ❖ madaniy farqlarni tahlil qilish; ❖ muloqotga kirishish va so‘z tanlashda mustaqil qaror qabul qilish. 2. Tarjimani o‘qitish jarayoniga integratsiya qilish yo‘llari TBL metodini samarali qo‘llash uchun quyidagi yondashuvlar taklif etiladi: 1. Ikki yo‘nalishli tarjima (bidirectional translation): Talabalar ingliz tilidan o‘zbekchaga va aksincha tarjima qilib, ikki tilli tafakkurni rivojlantiradi. 2. Kontrastiv tahlil mashqlari: Inglizcha va o‘zbekcha matnlarni solishtirish orqali grammatik va uslubiy farqlar o‘rganiladi. Amaliy misollar va tahlilda sinonim va uslubiy noziklikni aniqlash mashqini korib chiqamiz. Talabalarga ingliz tilidagi quyidagi so‘zlar beriladi: “begin, start, commence” Ular o‘zbek tiliga “boshlamoq” deb tarjima qilinadi, ammo ularning uslubiy farqi tahlil qilinadi. • Begin - neytral (har qanday kontekstdagi boshlanish). • Start - ko‘proq og‘zaki uslubda ishlatiladi. • Commence - rasmiy, ilmiy yoki yuridik kontekstda qo‘llaniladi. Talabalar bu mashq orqali uslubiy kontekstga mos tarjima tanlashni o‘rganadilar. Masalan: • The meeting commenced at 9 a.m. → “Yig‘ilish soat 9:00 da boshlandi.” (rasmiy) • Let’s start the lesson! → “Darsni boshlaymiz!” (og‘zaki) Misol: Metaforik ifodalar tarjimasi Ingliz tilida: “Time is money.” So‘zma-so‘z tarjima: “Vaqt bu puldir.” To‘g‘ri tarjima: “Vaqt — bebaho boylik.” 644 Bu mashq orqali talabalar madaniy va iqtisodiy konnotatsiyalarni anglaydilar. Ingliz tilida “money” qadriyat sifatida ishlatilsa, o‘zbek madaniyatida “boylik”, “ne’mat” so‘zlari ko‘proq mos keladi. Talaba madaniyatlararo ekvivalent topish ko‘nikmasini rivojlantiradi. Bu tahlil inson tafakkuri va sun’iy intellekt o‘rtasidagi farqni ochib beradi hamda kontekstni tushunishdagi ustunlikni ko‘rsatadi. TBL metodining afzalliklari quyidaladan iborat: ➢ Tilni kontekst asosida o‘rganishni ta’minlaydi; ➢ Madaniyatlararo kompetensiyani shakllantiradi; ➢ Ijodkorlik va tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi; ➢ Real tarjima amaliyotiga tayyorlaydi; ➢ Talabalarda lingvistik sezgirlik va ma’no izchilligini mustahkamlaydi. TBL yordamida o‘quvchi endi til o‘rganayotgan shaxs emas, balki mazmun yaratadigan ijodkor tarjimonga aylanadi. Chet tillarini o‘qitishda tarjimaga asoslangan metodni qo‘llash zamonaviy ta’limda innovatsion, madaniy va amaliy yondashuv sifatida ahamiyat kasb etadi. Bu metod bo‘lajak tarjimonlarda kontekstual fikrlash, semantik aniqlik va madaniy tafakkurni shakllantiradi. Shuningdek, raqamli asrda TBL — inson tafakkuri va texnologiya uyg‘unligini ta’minlaydigan samarali ta’lim vositasi sifatida e’tirof etiladi. Demak, TBL metodini tarjima ta’limida keng qo‘llash bo‘lajak tarjimonlarni ijodkor, raqamli va madaniy jihatdan yetuk mutaxassislar sifatida tayyorlashga xizmat qiladi. Tarjimaga asoslangan o‘qitish usuli - nafaqat lingvistik bilimlarni chuqurlashtirish, balki madaniy kompetensiya, ijodiy fikrlash va muloqot qobiliyatini rivojlantirishning ham samarali vositasidir. Bu yondashuv an’anaviy metodlardan farqli o‘laroq, o‘quvchini faol, mustaqil va interaktiv ishtirokchiga aylantiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Karimova, M. (2023). “Chet tilini o‘qitishda tarjimaga asoslangan o‘qitishning afzalliklari”. Til va Ta’lim, №3, 44–48-betlar. 2. Komilova, S. (2021). Innovatsion metodlar orqali chet tillarini o‘qitish. Filologiya va Tarjima, (2), 55–60. 3. Nida, E. A. (1964). Toward a Science of Translating. Leiden: E. J. Brill. 4. Newmark, P. (1988). A Textbook of Translation. London: Prentice Hall. 5. Oxford, R. (2017). Teaching and Researching Language Learning Strategies. Routledge. 6. https://www.smartcat.com – onlayn tarjima platformasi.