O'ZBEK ADABIYOTIDA POSTMODERNIZMNING SHAKLLANISH BOSQICHLARI
Full text
228 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar O‘ZBEK ADABIYOTIDA POSTMODERNIZMNING SHAKLLANISH BOSQICHLARI Sodiqova Baxtigul Ibodullayevna Filologiya fakulteti, Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar kafedrasi Katta o‘qituvchi, f.f.f.d (PhD) Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ORCID ID0009-0008-1553-9849 E-mail: baxtigulsodiqov[email protected]m https://doi.org/10.5281/zenodo.17629127 Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotida postmodernizm oqimining shakllanish jarayonlari, uning estetik va falsafiy asoslari, shuningdek, milliy adabiy tafakkur bilan uyg‘unlashish bosqichlari tahlil qilinadi. Maqola kirish qismida postmodernizm tushunchasining G‘arb falsafasidagi talqinlari, olimlarning qarashlari asosida nazariy zamin yoritiladi. Asosiy qismda esa o‘zbek adabiyotshunosligida postmodernizmning o‘ziga xos talqinlari, milliy badiiy tafakkur bilan o‘zaro ta’siri, shuningdek, XX asr oxiri – XXI asr boshidagi adabiy jarayonlar misolida uning shakllanish bosqichlari bosqichma-bosqich tahlil etiladi. Maqolada shuningdek, o‘zbek postmodern nasrida eksperimentallik, intertekstual tafakkur, ironiya va metaadabiy uslublarning rivojlanish dinamikasi ko‘rsatilib, G‘arb postmodernistlari tajribasi bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari o‘zbek adabiy jarayonida postmodernizmning shakllanishi milliy tafakkurning o‘ziga xos bosqich sifatida qaralishi lozimligini tasdiqlaydi. Kalit so‘zlar: intertekstuallik, metaadabiy uslub, estetik yangilanish, adabiy oqimlar, postmodernizm unsurlar, ironiya Annotation: This article analyzes the formation processes of postmodernism in Uzbek literature, its aesthetic and philosophical foundations, as well as the stages of its integration with national literary thought. In the introduction, the concept of postmodernism is theoretically examined based on its interpretations in Western philosophy and the views of various scholars. The main part discusses the specific interpretations of postmodernism in Uzbek literary studies, its interaction with national artistic thinking, and the step-by-step formation of this trend through examples from the literary processes of the late 20th and early 21st centuries. The article also highlights the dynamics of experimentalism, intertextual thinking, irony, and meta-literary techniques in Uzbek postmodern prose, providing a comparative analysis with the experiences of Western postmodernists. The research findings confirm that the formation of postmodernism in Uzbek literary development should be viewed as a distinctive stage in the evolution of national thought. Key words: intertextuality, meta-literary style, aesthetic renewal, literary movements, elements of postmodernism, irony Аннотация: В данной статье анализируются процессы формирования постмодернизма в узбекской литературе, его эстетические и философские основы, а также этапы интеграции с национальным литературным мышлением. Во введении теоретически освещается понятие постмодернизма на основе его трактовок в западной философии и взглядов ученых. В основной части рассматриваются особенности интерпретации постмодернизма в узбекском литературоведении, его взаимодействие с национальным художественным мышлением, а также поэтапное формирование данного направления на примере литературных процессов конца XX – начала XXI века. В статье также показана динамика развития экспериментальности, интертекстуального мышления, иронии и металітературных приемов в узбекской постмодернистской прозе, проводится сравнительный анализ с опытом западных постмодернистов. Результаты исследования подтверждают, что формирование
229 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar постмодернизма в узбекском литературном процессе следует рассматривать как своеобразный этап развития национального мышления. Ключевые слова: интертекстуальность, металитературный стиль, эстетическое обновление, литературные течения, элементы постмодернизма, ирония KIRISH XX asr adabiy tafakkurida yuz bergan eng muhim o‘zgarishlardan biri postmodernizmning shakllanishi bo‘ldi. Postmodernizm faqat badiiy oqim emas, balki insonning dunyoni idrok etishdagi yangicha falsafiy qarashidir. F. Lyotar ta’biri bilan aytganda, “postmodern holat - bu katta hikoyalar davrining tugashi”[7]. Shu bilan birga, J. Derrida “matn tashqarisida hech narsa yo‘q” - haqiqatni matn ichidagi o‘zaro bog‘liqliklarda izlash kerakligini ta’kidlaydi [8]. Bu nazariy yondashuvlar jahon adabiyotiga, jumladan, o‘zbek adabiyotiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Postmodernizm o‘zbek adabiyotida yangilik yaratish emas, balki mavjud estetik qatlamlarni qayta o‘qish, ularni o‘yin, kinoya va ko‘p ovozli shaklda talqin etish imkonini berdi [1, 67]. O‘zbek adabiyotida postmodernizm unsurlarining paydo bo‘lishi XX asr oxirida, modernizm tajribalari pishib yetilgan davrda kuzatildi. Yozuvchi endi yagona haqiqatni emas, balki ko‘p ovozli, ziddiyatli, kinoyali voqelikni ifoda etishga intila boshladi. Adabiyotshunos M. Xolbekov bu jarayonni quyidagicha izohlaydi: “Asrning oltmishinchi yillarida modernizm tanqidiy realizmga qarama-qarshi pozitsiyada turgan adabiy oqim sifatida namoyon bo‘ldi va o‘rnini postmodernizm deb ataluvchi yangi oqimga bo‘shatib berdi”[4]. O‘zbek adabiyotida postmodernizmning shakllanishini o‘rganish dolzarbdir, chunki bu jarayon milliy badiiy tafakkurning jahon adabiy kontekstiga kirish jarayonini ifodalaydi. Maqolaning maqsadim postmodernizmning o‘zbek adabiyotidagi tarixiy bosqichlarini aniqlash, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini adabiy-nazariy tahlil qilishdir. METODOLOGIYA Mazkur ishda quyidagi metodologik yondashuvlardan foydalanildi: adabiy-tarixiy metod: bunda postmodernizmning paydo bo‘lish sharoitlarini tarixiy kontekstda tahlil qilish uchun zarur edi; intertekstual tahlil: mazkur tahlilda matnlararo bog‘liqlik, parodiya va alluziyalarni aniqlash uchun zarur edi. [11, 64]; stilistik tahlil: postmodern matnlarning tildagi o‘yin, fragmentatsiya va ironiyani ochib berish uchun xizmat qildi; falsafiy hermenevtika: matnni insonning mavjudligi bilan bog‘liq ma’no sifatida talqin qilish uchun. Asosiy manbalar sifatida o‘zbek adabiyotshunoslari (M. Xolbekov, U. Hamdamov, S. Baxtiyorov), jahon nazariyotchilari (Lyotar, Derrida, Fuko, Bodriyar) va zamonaviy o‘zbek nasrining namunalari (Isajon Sulton, Xurshid Do‘stmuhammad, Tog‘ay Murod, Nazar Eshonqul, Ulug‘bek Hamdam) tahlil qilindi. NATIJALAR 1. Dastlabki bosqich (1960–1980-yillar): modernistik ildizlar. Bu davrda o‘zbek adabiyotida modernizm shakllari kuchayib, keyinchalik postmodernistik elementlarga o‘tish uchun asos yaratdi. Bu jarayonda ichki monolog, ong oqimi, subyektiv hikoyalash, vaqt va makonning buzilishi kabi usullar paydo bo‘ldi. Adabiyotshunos U. Hamdamov shunday yozadi: “Modernizm bizning adabiyotimizda realizmning o‘ziga xos shaklini inkor etmasdan, balki uni falsafiy chuqurlik bilan to‘ldirdi; postmodernizm esa bu jarayonni yanada murakkablashtirdi” [5]. Bu davrda ayrim yozuvchilar “ong oqimi” texnikasidan foydalana boshladilar, qahramonning ichki kechinmalari, tush va xotira o‘rtasidagi chegara yo‘qoldi. Masalan, Jo‘raev, Asqad Muxtor, Odil Yoqubov asarlarida inson ruhiyatining murakkabligi tasvirlandi. Postmodernizm uchun xos bo‘lgan haqiqatning nisbiyligi ilk bor shu davrda sezildi. Derrida ta’biri bilan aytganda, “haqiqat - bu yozuvlar o‘rtasidagi cheksiz tafsir” [8], shu fikr o‘zbek nasrida o‘z aksini topa boshladi. O‘zbek adabiyotida
230 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar postmodernizmga olib kelgan jarayonlar modernistik izlanishlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Inson ruhiyati, ichki monolog, vaqt va makonning nisbiyligi kabi unsurlar realizmdan farqli yo‘l bilan yoritila boshladi. “O‘zbek adabiyotidagi modernizm XX asrning ikkinchi yarmida shakllanib, realizm chegaralarini kengaytirdi; bu esa keyinchalik postmodernistik tafakkur uchun madaniy va estetik tayanch bo‘lib xizmat qildi.” [2, 27]. 2. Tarqoq unsurlar davri (1980–1990-yillar): o‘tish bosqichi. Bu davr o‘zbek adabiyotida mafkuraviy cheklovlar zaiflashgan, yozuvchi shaxsining erkinligi kengaygan davrdir. Adabiy jarayonda parodiya, o‘yin, kinoya, fantastika, tarixga ironik qarash kuchaydi. Oriental Studies jurnalida e’tirof etilishicha: “1980-yildan keyin spektakl, kinoya va fantastik elementlar bilan to‘ldirilgan asarlar o‘sha davr adabiy muhitining ko‘ngilochar maydoniga aylandi. Bu jarayon adabiyotning ideologik emas, estetik erkinlik sari burilishini ko‘rsatdi.” (Oriental Studies, 2020). Bu davrda Isajon Sultonning “Saylanma” asarlari, Xurshid Do‘stmuhammadning hikoyalari, O‘tkir Hoshimovning keyingi romanlarida ironik ifoda, hayotga shubha bilan qarash, o‘zlikni anglash muammolari ko‘tarildi. O‘sha yillarda paydo bo‘lgan nasriy shakllar o‘zida “o‘yin” tamoyilini mujassam etdi. U. Eko ta’kidlaganidek, “postmodern muallif - bu o‘tmishni unutmagan, ammo uni kinoya bilan qayta yozuvchi ijodkor” [10, 184]. Shu ma’noda o‘zbek yozuvchilari ham milliy tarixni yangi nigoh bilan ko‘rib chiqa boshladilar. 3. Mustaqillik va keyingi rivojlanish davri (1991–hozirgi davr). Mustaqillikdan so‘ng o‘zbek adabiyoti erkin fikr va shakl jihatidan yangi bosqichga kirdi. Jahon adabiyoti bilan bevosita aloqalar, tarjimalarning ko‘payishi, global madaniyatning kirib kelishi adabiy tafakkurni yangiladi. Ashiraliyeva Ma’mura Fakhriddinovna o‘z tadqiqotida shunday yozadi: “Zamonaviy o‘zbek nasrida postmodern kognitiv modifikatsiya va stilistik yaxlitlik jarayoni kuzatiladi. Yozuvchi o‘quvchini matnga hammuallif sifatida jalb etadi”[12, 112]. Bu davrda Nazar Eshonqul, Ulug‘bek Hamdam, Isajon Sulton, Erkin A’zam kabi adiblar asarlarida postmodernistik xususiyatlar keng namoyon bo‘ldi. Ularning asarlarida vaqt va makon aralashuvi, o‘yinli shakl, muallifning o‘z matniga kirib chiqishi (metafiksionizm), intertekstual havolalar ko‘p uchraydi. Masalan, Ulug‘bek Hamdamning “Sabo va Samo” romanida tarixiy va zamonaviy voqealar o‘zaro almashadi, matnda matn haqida hikoya qilinadi. Bu esa postmodern tafakkurning eng muhim belgilaridan biridir. Baxtiyorov S. bu holatni quyidagicha ta’riflaydi: “Zamonaviy o‘zbek nasrida postmodernistik g‘oyalar badiiy tildagi o‘yin, parodiya, satira va falsafiy tafakkur birligida ifodalanadi. Bu o‘zbek adabiyotining jahon jarayonlariga kirib borishidagi tabiiy bosqichdir” [6, 198]. Bugungi kunda yosh yozuvchilar, xususan, Abdulla Oripov, Xurshid Davronning keyingi nasriy izlanishlarida, shuningdek, internet adabiyotida ham postmodern shakllar pastish, ironik she’r, parodiya, “flash fiction” janri kabi tendensiyalar keng tarqalmoqda. MUNOZARA Postmodernizm o‘zbek adabiyotida uch asosiy yo‘nalishda shakllandi: 1) Falsafiy-ontologik yo‘nalish - insonning mavjudligi, erkinlik, tanlov va mas’uliyat masalalarini ironik tarzda yoritish (Isajon Sulton, Ulug‘bek Hamdam). 2) Madaniy-intertekstual yo‘nalish - milliy tarix, mifologiya, diniy motivlarni zamonaviy kontekstda qayta talqin qilish (Nazar Eshonqul, Erkin A’zam). 3) Stilistik-eksperimental yo‘nalish - til o‘yini, shakl erkinligi, fragmentar tuzilma, muallif va o‘quvchi o‘rtasidagi chegaraning yo‘qolishi (yosh yozuvchilar, internet adabiyoti). Postmodernizmning shakllanishi o‘zbek adabiyotida milliy an’analarni yo‘qotmagan holda, ularni global estetik tamoyillar bilan uyg‘unlashtirish imkonini berdi. Adabiyotshunos J. Fuko aytganidek, “matn - bu muallifning emas, balki madaniyatning o‘zi yozgan tarixiy dialogidir”[9, 74].
231 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar Shu ma’noda o‘zbek postmodernizmi ham milliylik va jahoniylik o‘rtasidagi dialog sifatida shakllandi. XULOSA O‘zbek adabiyotida postmodernizm bosqichma-bosqich, tarixiy va madaniy jarayonlar bilan bog‘liq holda shakllandi. 1960–1980-yillarda modernizm tajribasi, 1980–1990-yillarda ideologik erkinlashuv, 1991-yildan keyingi mustaqillik va global aloqalar - bularning barchasi postmodern tafakkurning poydevorini yaratdi. Bugungi kunda o‘zbek adabiyotida intertekstualizm, ironik o‘yin, parodiya, metafiksionizm, tarixiy voqealarni qayta yozish kabi belgilar faol qo‘llanmoqda. Bu holat milliy adabiyotning jahon adabiy maydonidagi yangi bosqichga kirganini ko‘rsatadi. Demak, postmodernizm O‘zbekiston adabiyotida nafaqat badiiy uslub, balki madaniy o‘zlikni anglash, yangi dunyoqarashni ifodalovchi universal estetik tizim sifatida qaror topdi.. References: 1. Содиқова, Б. Постмодернизм тарихига оид таърифлар // Tamaddun nuri. – 2024. – №2. – Б. 65–67. 2. Содиқова, Б. Постмодернизм оқимининг фалсафий, эстетик ва бадиий-методологик тамойиллари // Ilmiy tadqiqot va innovatsiya. – 2022. – №1. – Б. 25–30. 3. Содикова, Б.; Бобожонов, Д. Ўзбек адабиётшунослигида модернизм ва постмодернизм оқимига билдирилган таснифлар // Renessans v paradigme novatsiy obrazovaniya i nauki. – 2022. – №3. – С. 54–60. 4. Холбеков, М. Бадиий адабиётда модернизм тавсифи // ZiyoNET elektron kutubxonasi. – Тошкент, 2011. 5. Ҳамдамов, У. Жаҳон адабиёти: модернизм ва постмодернизм. – Тошкент: Университет нашриёти, 2019. – 220 б. 6. Бахтиёров, С. Замонавий ўзбек насрида бадиий изланишлар. – Тошкент: Фан ва технология, 2021. – 198 б. 7. Lyotard, J.-F. La Condition postmoderne. – Paris: Les Éditions de Minuit, 1979. – 144 p. 8. Derrida, J. Of Grammatology. – Baltimore: Johns Hopkins University Press, 1967. – 355 p. 9. Foucault, M. What Is an Author? // Bulletin de la Société Française de Philosophie. – Paris, 1969. – P. 73–104. 10. Eco, U. Postille al Nome della Rosa. – Milano: Bompiani, 1983. – 184 p. 11. Kristeva, J. Word, Dialogue and Novel // In: Desire in Language: A Semiotic Approach to Literature and Art. – New York: Columbia University Press, 1966. – P. 64–91. 12. Ashiraliyeva, M. F. Postmodernist Cognitive Modification and Stylistic Integrity in Uzbek and English Prose // Academic Publishers Journal. – 2022. – Vol. 3. – P. 112–118. 13. O‘zbek adabiyotida postmodernizm unsurlari // Oriental Studies Journal. – 2020. – №4. – B. 55–63.