SPEECH ERRORS MADE BY STUDENTS AND THE IMPORTANCE OF STUDY DICTIONARIES IN ELIMINATING THEM
Abstract
This article discusses the errors that students make in their speech during reading and native language lessons, the causes and relevance of these errors, as well as the importance, role, and comprehensiveness of educational dictionaries in eliminating these errors.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 503 O‘QUVCHILARDA UCHRAYDIGAN NUTQIY XATOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISHDA O‘QUV LUG‘ATLARINING AHAMIYATI Ahmedova Adiba Ulug‘bek qizi Yuldasheva Tojigul Ulug‘bek qizi Urganch davlat pedagodika instituti magistranti E-mail: ulugbekovnaa[email protected] Annatotsiya : Ushbu maqolada o‘qish va ona tili darslarida o‘quvchilar nutqida uchraydigan xatoliklar, xatolik sabablari va dolzarbligi, qolaversa ushbu xatoliklarni bartaraf qilsihda o‘quv lug‘atlarining ahamiyati, roli va keng qamrovli ekangiligi haqida fikr – mulohazalar bayon qilinadi. Kalit so‘z: ona tili, o‘qish, lug‘at, til me’yorlari, grammatika, metodika, frazeologik birlik, orfografiya, orfoepiya. INTRODUCTION: Bugungi globallashuv va raqamli ta’lim davrida til o‘rganish jarayonida o‘quv lug‘atlarining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Lug‘atlar til o‘rganishning nazariy asosini tashkil qiladi, ularning yordamida o‘quvchi til birliklarining ma’nosi, ishlatilish sohasi, uslubiy xususiyatlarini o‘rganadi. O‘quv lug‘atlari tilshunoslik, leksikografiya va metodika fanlari kesishgan nuqtada shakllangan bo‘lib, ularning o‘quv jarayonidagi o‘rni o‘quvchilarning so‘z boyligini kengaytirish, nutqini rivojlantirish, fikrini aniq ifodalash va adabiy til me’yorlariga rioya qilish ko‘nikmalarini shakllamntirish bilan belgilanadi. Mazkur mavzu o‘z dolzarbligini ta’limda til kompetensiyasini shakllantirish, lug‘at asosida mustaqil fikrlashni rivojlantirish, hamda multimedia vositalaridan foydalangan holda lug‘at ishlari samaradorligini oshirish zaruriyati bilan izohlaydi. O‘quv lug‘atlari – bu o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, bilim darajasi va o‘quv dasturi talablariga muvofiq tuzilgan, yangi so‘zlarni o‘zlashtirish, ularning ma’nosini, talaffuzini, yozilishini va qo‘llanilishini o‘rgatuvchi lug‘atlar tizimidir. O‘quv lug‘atlarining asosiy turlari : 1. Izohli o‘quv lug‘atlar – bu so‘zning ma’nosini, qo‘llanish joyini, uslubiy rangini ochib beradi. 2. Imlo lug‘atlari – bu to‘g‘ri yozuvni o‘rgatadi. 3. Orfografik va orfoepik lug‘atlar – bu talaffuz va yozuvni uyg‘unlashtiradi. 4. Sinonim, antonim, omonim lug‘atlar – bu nutqni boyitish, ifodani rang – barang qilishga xizmat qiladi. 5. Frazeologik lug‘atlar – bu iboralar, maqollar, so‘z birikmalarini to‘g‘ri ishlatishni o‘rgatadi. 6. Ikki va ko‘p tilli lug‘atlar - bu tarjima va taqqoslash orqali leksik bilimni kengaytiradi. Nutq – inson tafakkurining asosiy vositasi, bilimlarni egallash va o‘zaro muloqotning muhim shaklidir. Maktab yoshidagi bolalar va maktab o‘quvchilari nutqini shakllantirish va takomillashtirish ta’lim – tarbiya ishlarining ajralmas qismidir. Biroq o‘quvchilar nutqida turli xil xatolar uchrab turishi mumkin. Bu xatolar ularning fikrlash jarayoniga, o‘rganish qobiliyatiga va ijtimoiy munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli, ushbu nutqiy xatolarni aniqlash va ularni baratraf etishda o‘quv lug‘atlarining o‘rni beqiyosdir. Amaliy kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, maktab o‘quvchilari nutqida turli xatolar – fonetik, leksik, grammatik, uslubiy va mantiqiy kamchiliklar tez – tez uchrab turadi. Bunday holatlar asosan, so‘z ma’nolarini to‘liq bilmaslik, adabiy me’yorga rioya
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 504 qilmaslik hamda lug‘atlar bilan ishlash ko‘nikmasining sustligi natijasida yuzaga keladi. O‘quvchilar nutqidagi xatolarni quyidagicha ajratish mumkin: - fonetik xatolar – bu tovushlarning noto‘g‘ri talaffuzi, urg‘uning noto‘g‘ri qo‘yilishi, so‘z shaklining buzilishi. Masalan, boshqa so‘zi o‘rniga boqa, kitob so‘zi o‘niga kitop deyish; - leksik xatolar – bu so‘z ma’nosini noto‘g‘ri tushunish yoki joyida ishlatmaslik. Masalan, murakkab masala o‘rniga qiyin so‘zi yoki sodiq do‘st o‘rniga yaqin odam kabi ma’nodosh, lekin noaniq ifodalar ishlatish; - grammatik xatolar – so‘z birikmasi yoki gap tuzilishidagi me’yorga zid holatlar. Masalan, Men boraman edi o‘rniga Men borardim deyish kerak edi. – uslubiy xatolar – nutqda adabiy me’yorni buzish, so‘z tanlashda rasmiy yoki so‘zlashuv uslubini aralashtirib yuborish; - mantiqiy xatolar – fikr ifodasining izchilligi buzilishi, ortiqcha takrorlar yoki noaniqlikning mavjudligi. Nutqiy xatolarning asosiy sabablari o‘quvchilarning so‘z boyligi kambag‘alligi, o‘qish madaniyatining pastligi vakitob o‘qishga qiziqmaslik, o‘quv lug‘atlari bilan ishlash ko‘nikmasining yetishmasligi, og‘zaki nutqning yozma nutqqa nisbatan ustunligi, o‘qiyuvchilar tomonidan nutq madaniyati mashg‘ulotlariga yetarli e’tibor berilmasligidir. O‘quv lug‘atlarining nutqiy xatolarni bartaraf etishda o‘rni katta. O‘quv lug‘atlari – bu o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan, so‘z ma’nolarini, uning to‘g‘ri yozilishi, talaffuzi va qo‘llanilish doirasini izohlaydigan manbalardir. Bunday lug‘atlar o‘quvchilarda so‘zning semantik, grammatik va uslubiy xususiyatlarini anglash ko‘nikmasini shakllantiradi. O‘quv lug‘atlarining og‘zaki nutqini rivojlantirishda ahamiyati juda katta. O‘quv lug‘atlaridan foydalanish o‘quvchilarning so‘z boyligini kengaytiradi, nutq madaniyatini shakllantiradi, fikrni aniq, mantiqan izchil ifoda etish ko‘nikmasini hosil qiladi, qolaversa tinglab tushunish va javob qaytarish malakalarini rivojlantiradi. Masalan, dars jarayonida izohli lug‘atdan foydalanib yangi so‘zlar ma’nosini o‘rganish, sinonim lug‘atdan foydalanib, bir fikrni turlicha ifodalash – o‘quvchilarning og‘zaki nutqini boyitadi, so‘zdan erkin foydalanish malakasini shakllantiradi. Ona tili darslarida o‘quv lug‘atlaridan foydalanish quyidagi metodik prinsiplarga asoslanadi: a) faollik prinsipi – o‘quvchi mustaqil izlanadi, so‘z ma’nosini lug‘atdan topadi, o‘z fikrida qo‘llaydi. b) ko‘rgazmalilik prinsipi - lug‘atdagi so‘zlar rasmlar, misollar, dialoglar bilan birgalikda o‘rganiladi. d) amaliy yo‘naltirilganlik – lug‘atdagi so‘zlar real muloqotda, suhbat, hikoya, munozara jarayonlarida ishlatiladi. e) tizimlilik va izchillik - bu lug‘at ustida ishlash darsdan darsga bosqichma – bosqich davom ettiriladi. f) integratsiya – bu lug‘at ishlari adabiyot, tarix, madaniyat bilan bog‘lanadi. O‘quv jarayonida o‘quv lug‘atlaridan foydalanish shakllari bir qancha. Ona tili darslarida o‘quv lug‘atlaridan foydalanishning samarali shakllari quyidagicha: 1. Lug‘at diktantlari – bu o‘quvchilar yangi so‘zlarni to‘g‘ri yozadi va talaffuz qiladi; 2. Lug‘at daftari yuritish – har bir yangi so‘z ma’nosi, tarjimasi va gapda qo‘llanilishi yoziladi; 3. So‘z boyligini kengaytiruvchi mashqlar – bu sinonim, antonim va iboralarni topish; 4. Suhbat va rolli o‘yinlar – bu lug‘atdagi so‘zlarni muloqotda ishlatish orqali nutqni faol o‘stirish; 5. Matn asosida lug‘at ishlari – bu matndan notanish so‘zlarni ajratib, izoh topish, gap tuzish.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 505 O‘quv lug‘atlaridan foydalanishning samaradorligi tajriba natijalarida shuni ko‘rsatadiki, lug‘at asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarda : so‘z boyligini 25 – 30 % ga oshiradi, nutqdagi turg‘unlikni kamaytiradi, fikrni aniq, mantiqan va ifodali bayon etish malakasini mustahkamlaydi, qolaversa adabiy til me’yorlariga rioya qilishni o‘rgatadi. Leksik xatolarni kamaytiradi, til me’yorlarini mustahkamlaydi, nutq madaniyatini rivojlantiradi va ijodiy fikrlashni qo‘llab – quvvatlaydi. Conclusion: Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilarda uchraydigan nutqiy xatolar – bu faqat til me’yirlarini buzish emas, balki tafakkurdagi kamchilikning ham ko‘rinishidir. Ushbu xatolarni bartaraf etishning eng samarali yo‘li o‘quv lug‘atlaridan faol foydalanish, ularni ta’lim jarayoniga tizimli tarzda joriy etishdir. Har bir o‘quvchi lug‘at bilan ishlash madaniyati ega bo‘lsa, nafaqat til boyligini, balki fikrlash darajasini ham kengaytiradi. Demak, o‘quv lug‘atlari – o‘quvchi nutq madaniyatini yuksaltirishda, to‘g‘ri va go‘zal so‘zlashuvni shakllantirihsda eng muhim vositalardan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati: 1. Bahriddinova B.M. So‘z tarkibi o‘quv lug‘atlarini yaratish va ona tili darslarida ular bilan ishlashga doir / Respublika ona tili doimiy ilmiy-nazariy anjumani materiallari.Termiz, 2007 – b.71-72. 2. Денисов P.N. Об универсальной структуре словарной статьи. С-205-225 - В кн.: Актуальные проблемы учебной лексикографии. Сост. В.А.Редкин. М., «Русский язык», 1997., 320 с. 3. Mengliyev B. Xudoyberdiyeva M. “O‘zbek tili iboralari o‘quv lug‘ati” T.:”Yangi asr avlodi” 20072009. 4.”O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida” // O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-mayida qabul qilingan 203-qarori. “Ma’rifat” gazetasi 1998, 16-may. 5. http://www.labirint.ru/authors