scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDAGI TA'LIM-TARBIYA YO'NALISHIDAGI MAQOLLARNING MADANIY TAHLILI

Xo'shbaqova Nasiba Nurqobil qizi; Ismoilova Farangiz Musulmon qizi

Full text

282 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI TA’LIM-TARBIYA YO‘NALISHIDAGI MAQOLLARNING MADANIY TAHLILI Xo‘shbaqova Nasiba Nurqobil qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi Ismoilova Farangiz Musulmon qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 1-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17629934 Annotatsiya: Mazkur ishda ingliz va o‘zbek tillaridagi ta’lim-tarbiya mavzusidagi maqollar madaniy hamda lingvistik jihatdan tahlil qilingan. Ishda har ikki xalqning ilm, odob, mehnat va halollik kabi qadriyatlarni qanday ifodalashi maqollar misolida ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, maqollar tarjimasida madaniyatlararo farqlarni hisobga olish zarurligi haqida fikr yuritilgan.Tadqiqot davomida MahmudKoshg‘ariy, B. M. Jo‘rayeva, G‘. Salomov[5] va K. Jo‘rayevlarning ilmiy qarashlariga tayanilgan. Inglizcha va o‘zbekcha maqollar tahlili orqali til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik yoritilgan. Natijada, ingliz va o‘zbek xalqlarining ta’lim-tarbiya haqidagi maqollari yosh avlodni bilimli, odobli va halol bo‘lishga da’vat etishi, hamda har ikki xalqda tarbiya va ta’limning hayotdagi asosiy qadriyat sifatida talqin etilishi aniqlangan. Kalit so‘zlar: maqol, ta’lim, tarbiya, madaniyat, tarjima, ingliz tili, o‘zbek tili. Har bir xalqning ma’naviy boyligi, dunyoqarashi va qadriyatlari uning tili hamda folklorida, xususan, maqollarida mujassamdir. Maqollar xalq tajribasining donishmandona ifodasi bo‘lib, ular orqali jamiyatning axloqiy, ma’rifiy hamda tarbiyaviy qadriyatlari avloddan-avlodga o‘tadi. Ingliz va o‘zbek xalqlarining ta’lim-tarbiya mavzusidagi maqollari xalqning bolaga, ilmga, mehnatga va odobaxloqqa bo‘lgan munosabatini aks ettiradi. Har ikkala xalq maqollarida ham ilm, odob, mehnat va halollik asosiy qadriyat sifatida talqin qilinadi. Bu holat inglizlar hamda o‘zbeklarning ta’lim va tarbiyani inson hayotining eng muhim poydevori deb bilishlarini ko‘rsatadi. “Maqol” atamasi arabcha “qavlun” — “gapirmoq”, “aytmoq” so‘zidan olingan. Maqollar qadimdan xalq og‘zaki ijodining muhim janri sifatida shakllangan. Maqol janrining o‘rganilish tarixi Mahmud Koshg‘ariy[4] nomi bilan bog‘liq. U o‘zining “Devonu lug‘otit turk” asarida 400 ga yaqin maqol va matallarni keltirgan. Shuningdek, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk adiblar ijodida ham maqollar muhim o‘rin tutadi. Masalan, Abdulla Qahhor “O‘g‘ri” hikoyasining epigrafida “Otning o‘limi — itning bayrami” maqolini qo‘llagan. Bu maqol hikoya mazmunini chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Filologiya fanlari doktori B. M. Jo‘rayeva o‘z ilmiy tadqiqotlarida o‘zbek xalq maqollarini intralingvistik birliklar asosida shakllangan 6 guruhga ajratadi: a) iboralar asosida shakllangan maqollar; b) folklor janrlari asosida shakllangan maqollar; d) etiqodiy tushunchalar asosida shakllangan maqollar; e) hadislar asosida shakllangan maqollar; f) xalq o‘yinlari asosida shakllangan maqollar; s) xalq umidlari asosida shakllangan maqollar[3] . V. G. Belinskiy shunday degan edi: “Bir xalqning adabiy asarlarini boshqa xalq tiliga tarjima qilish ularning o‘zaro yaqinlashuviga, g‘oya almashuviga sabab bo‘ladi; natijada yangi adabiy asarlar yaratiladi va aqliy taraqqiyot yuz beradi”[1]. Demak, tarjima asarlar nafaqat madaniy aloqalarni mustahkamlaydi, balki xalqlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini ham rivojlantiradi. G‘aybulla Salomov “Tarjima tashvishlari” asarida shunday 283 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar yozadi: “Tarjimon so‘zshunos bo‘lib tahlil qiladi, aktyor singari muallif qiyofasiga kiradi va ayni paytda o‘zligini saqlaydi.” Shu bois maqollarni tarjima qilish tarjimondan katta mas’uliyat, chuqur bilim va tajriba talab etadi. K. Jo‘rayev o‘zining “Tarjima san’ati” kitobida tarjimachilik faoliyatini quyidagicha ta’riflaydi: “Tarjimonlik ishi — milliy adabiyotlarni o‘zaro ayirboshlash, birida uchraydigan milliy biqiqlik va kamchilikni ikkinchisida bartaraf etishga imkon beruvchi eng ishonchli vositalardan biridir”[2]. Ta’lim-tarbiya mavzusidagi o‘zbek maqollari o‘zbek xalq maqollarida ilm, tarbiya va odob eng oliy qadriyat sifatida e’tirof etiladi. Quyidagi maqollar bunga misol bo‘la oladi: “Ilm boylik, bilgan odam to‘liq” — inson qanchalik ilmli bo‘lsa, jamiyatda shunchalik obro‘li bo‘lishi va hayotdagi o‘rni ta’kidlangan. “Odob — inson ziynati” — Insonning tarbiyasi, xulqi va odobi uning ichki dunyosi va komilligini ifodalaydi. “Ota-onangni e’zozla — xalq seni e’zozlar” — Ota-onaga hurmat bilan munosabatda bo‘lgan inson xalq orasida ham ehtirom topadi. balki olloh ham sizga etirof bag’ishlaydi. Xolbuki sen ota onanga birni bersang u senga mingni beradi deyishgan. “Ilmning boshi achchiq, mevasi shirin” — Ta’lim olish jarayoni qiyin bo‘lsa-da, uning natijasi yoqimli va foydalidir , o’qish jarayoni mashshaqatli bo’lsa ham, katta to’siqlarga uchrasangiz ham , bu yo’llarni sabr bilan bosib yolingizda to’g’ri ketsangizva hech qayerga chalg’Imasangiz oxir oqibat shirin natijaga erishasiz. Doim oz kuchingiz bn erishganingiz totli va mazali bo’ladi “O‘qigan o‘qitadi, o‘qimagan eshitadi” — Ilmli inson boshqaruvchi, o‘qimagan esa unga tobe bo‘lishi ko‘rsatilgan ya’ni Ingliz xalq maqollarida ham bilim, mehnat va odob qadriyat sifatida ulug‘lanadi: “Education begins at home” — Insonning birinchi o‘qituvchisi ota-onasi, birinchi maktabi esa uyi hisoblanadi. Bola qanday tarbiyaolishini, odobliyoki beodob, mehnatksh yoki dangasa bo’lishini avvalo oiladagi muhit belgilaydi “Teachers open the door, but you must enter by yourself” — O‘qituvchi yo‘l ko‘rsatadi, biroq bilim olish o‘quvchining o‘ziga bog‘liq. “You cannot teach a man anything; you can only help him find it within himself” — O‘qituvchi bilimni tayyor holda bera olmaydi, faqat o‘quvchining ichki imkoniyatlarini ochishga yordam beradi, yani qancha tushintirmasin o’rgatmasin o’quvchi bunga betibor bo’lsa , izlanmasa hech narsa o’rgana olmaydi. “Honesty is the best policy” — Halollik har qanday inson tarbiyasining ajralmas qismidir. . Inson yolg’on gapirib vaqtinchalik foyda ko’rsa ham oxir oqibat zarar ko’radi. Ammo halol inson doim hurmat topadi va ishonch qozonadi. “As you sow, so shall you reap” — Inson qilgan har bir ishi, yaxshilik yoki yomonlik, oxiroqibat o‘ziga qaytadi. Agar inson yaxshilik, halollik va mehnat bilan yashasa buning natijasi ham albatta hayrli tugaydi. Aksincha yomon amallari ko’p odam albatta bundan o’n barabarini oladi. Ingliz va o‘zbek maqollarida ta’lim va tarbiya har ikki xalq madaniyatining ajralmas va muhim qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu maqollar nafaqat xalq og‘zaki ijodining namunasi, balki yosh avlodni ma’naviy yetuklik, bilim, odob, halollik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashning samarali vositasi hisoblanadi. Ular orqali har bir xalq o‘zining hayotiy tajribasini, qadriyatlarini, dunyoqarashini va ijtimoiy munosabatlarini ifodalaydi.Maqollar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ingliz va o‘zbek xalqlari uchun ta’lim inson kamolotining asosiy omili sanaladi. O‘zbek maqollarida “Ilm boylik, bilgan odam to‘liq”, “Odob inson ziynati” kabi fikrlar ilgari surilsa, ingliz maqollarida “Education begins at home”, “Teachers open the door, but you must enter by yourself” kabi hikmatlar 284 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar insonning o‘z ustida ishlashi va mustaqil fikrlashiga urg‘u beradi.Bunday tahlillar ikki xalqning madaniy qarashlarini solishtirish, tarjima jarayonidagi ma’no va ifoda tafovutlarini aniqlash hamda til bilan madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni yanada chuqurroq tushunishga xizmat qiladi. Natijada, maqollar o‘rganish jarayonida nafaqat lingvistik, balki madaniy kompetensiyani rivojlantirish imkonini beradi. References: 1. Belinskiy V. G. Tanlangan asarlar. — Moskva, 1955. 2. Jo‘rayev K. Tarjima san’ati. — Toshkent: O‘zbekiston, 2012. 3. Jo‘rayeva B. M. O‘zbek maqollarining intralingvistik xususiyatlari. — Toshkent: Fan, 2015. 4. Koshg‘ariy M. Devonu lug‘otit turk. — Toshkent: Fan, 1960. 5. Salomov G‘. Tarjima tashvishlari. — Toshkent: Yozuvchi, 1983.