SHUHRATNING "OLTIN ZANGLAMAS" ASARIDAGI MAQOLLARNING MADANIY XUSUSIYATLARI
Full text
288 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar SHUHRATNING “OLTIN ZANGLAMAS” ASARIDAGI MAQOLLARNING MADANIY XUSUSIYATLARI Mamataliyeva Oygul Ziyadullayevna Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Filologiya va Tillarni o’qitish: ingliz tili yo’nalishi talabasi Xo‘shbaqova Nasiba Nurqobil qizi Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17629989 Annotatsiya: Ushbu maqolada o’zbek adibi Shuhratning “Oltin zanglamas” asarida qo’llangan maqollar madaniy jihatdan tahlil qilinadi. Asarda ishlatilgan maqollar orqali xalqimizning donoligi, axloqiy qadriyatlari, hayotiy tajribasi va milliy tafakkuri yoritilgan. Maqollar yozuvchi uslubini boyitib asarning badiiy ifodasini kuchaytiradi hamda o’zbek xalqining ma’naviy olamini ochib beradi. Tadqiqot natijasida Shuhrat ijodidagi maqollar xalq madaniyatining ajralmas qismi, milliy qadriyatlar va axloqiy tarbiyaning baddiy ifodasi ekanligi aniqlanadi. Kalit so’zlar: xalq og’zaki ijodi, madaniy qadriyatlar, til va madaniyat, donolik, axloqiy fazilatlar, halollik, sodiqlik, qanoat, rostgo’ylik, bilim va jaholat. Abstract: This article analyszes the cultural features of proverbs used in Shuhrat’s literary work “Oltin zanglamas”. The study explores how these proverbs reflect this wisdom, moral values, life experience, and national worldview of the uzbek people. The use of proverbs enriches the author style, enhances the artistic expression of the work, and reveals the spiritual world of the nation. The research concludes that the proverbs in Shuhrat’s worksrepresent an integral part of uzbek culture and serve as an artistic expression of national values and ethical education. Key words: folk oral creativity,cultural values, language and culture, wisdom, moral qualities, honesty, loyalty, contentment, truthfulness, knowledge and ignorance. Maqollar xalq og’zaki ijodining eng qadimiy va boy turlaridan biri hisoblanib, u xalq donoligini, hayot tajribasini, axloqiy qarashlarini ifodalovchi qisqa, mazmunli va obrazli so’z birikmasidir. Maqollar odatda nasihat, pand-nasihat yoki hayotiy haqiqatni bildiradi. Maqol va til birbiri bilan madaniy bog’liqdir. Negaki har bir xalqning tili o’z madaniyatini aks ettiradi. Maqollar esa shu tilda yashovchi xalqning hayot tarzi, urf-odati, e’tiqodi, qadriyati haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, til va maqollar bir-birini boyitadi, ya’ni maqollar tilni badiiy, obrazli, ta’sirchan qilsa, til maqollarning saqlanib, avlodlarga yetib borishini ta’minlaydi. Xalq og’zaki ijodi bo’lmish maqollar badiiy adabiyotning nasriy asarlarida ham keng qo‘llanadi. Ushbu maqolada mahoratli o‘zbek adibi Shuhratning “Oltin Zanglamas” asaridagi maqollarni madaniy jihatdan tahlil qilgan holda ularning yozuvchi ijodida tutgan o‘rnining muhim ekanligini ko’rib chiqamiz. Yozuvchi asarda maqollardan foydalanish orqali o’z fikrini qisqa-lo‘nda, tushunarli va ta’sirli qilib bayon qilishga, birgina maqol orqali butun bir voqeani yoki shaxs xarakterini ochib berishga erishadi. Asardagi bosh qahramonlardan biri Jannat ko’p yillardan beri farzandsiz edi, uning tushiga nuqul bola kirardi. To’rg’ayga o’xshab uzoqdan tovushi kelardi-yu, o’zi ko’rinmas edi “Dononing yo’talida ham hikmat bor” degandek jannat doktor shamalab o’tgan har narsaga astoydil ixlos qo’yardi. Yuqorida qo'llangan maqol o'zbek xalqining donolikka, tajribaga, aqlga bo'lgan hurmatini ifodalaydi. Xalqimiz qadimdan “Kattalarning so'zi hikmat”, “Ustozning sukunati ham dars” degan qarashga ega. Shu bois bu maqol ham shuni tasdiqlaydi, ya’ni dono insonning hatto yo’tali-ya’ni so’zsiz holati ham o’gitli, saboqli. Asardagi yana bir obraz Mirsalimga nisbatan ishlatilgan bu maqolga e’tibor qaratadigan bo’lsak, Mirsalim xayrlashib chiqib ketgach, Jannat eshikni zarda qilgandek tarsillatib yopdi. Eriga
289 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar dedi: “Bir ochilib yog'gan havodan, bir kulib boqqan odamdan qo'rq” degan. Mana shu oshnangiz yaxshi odammas. Bu maqol o'zbek xalqining hayotiy donoligini, farosat va insonni ichichidan anglash madaniyatini ifodalaydi.Har doim ham ortiqcha muloyimlik yoki sun’iy tabassum ortida nimadir yashirin bo'ladi. Shuning uchun bu maqol-hushyorlik va ehtiyotkorlikka chaqiriq. Havo-xalq tafakkurida tabiatning kayfiyati, hayot ramzi. Odamning kulishi-ichki niyatning belgisi sifatida qaraladi. demak, maqolda tabiat obrazlari orqali inson ruhiyati va jamiyat tajribasi ifodalangan. Asarda Sodiq[o'qituvchi]ning oddiy qilayotgan ishlari, ya’ni 8-sinflarni tarix muzeyiga, 1sinflarni “Gamlet”ni ko’rsatishga olib borgani, yoki yana bir sinfga Tuproqqo’rg’on bilan nurab qolgan madrasani tomosha qildirishga olib borgan Qo’shnining tovug’i g'oz ko’rinadi” -degandek Mirsalimning ko’ziga uni bir pog’ona ko’tarib qo’yadi va shu bilan bir vaqtda g’ashini keltirib, rashkini uyg’otadi. O’zbek xalq madaniyatida har doim mehnat, qanoat, boriga shukr qilish qadrlangan. Bu maqol esa shu qadriyatlarga teskari holat-hasad va qoniqmaslikni tanqid qiladi. Maqolning mazmuni boshqalarning narsasi doimo yaxshidek tuyuladi, lekin aslida u ham oddiy. Xalqimizda bunga o'xshash boshqa maqollar ham bor. “Biror narsaning qadri yo’qolganda bilinadi”, “Ko'pni istagan ozdan ayrilar”. Ularning barchasi bir madaniy ildizdan-qanoat va shukr g’oyasidan kelib chiqqan. “Yolg'onning taxtida shoh bo'lguncha rostgo'yning chorbog'ida giyoh bo’l” deya bu maqol Sodiqning ukasi qodir tilidan ba’zi bir qo’shtirnoq ichidagi insonlarga nisbatan aytilgan. Avvalo o'zbek xalq madaniyatida rostgo’ylik, halollik, poklik va kamtarlik eng muhim insoniy fazilatlar sanaladi.Bu maqol ana shu qadriyatni ifodalaydi, ya’ni yolg’on bilan yuksalib, shoh bo'lish mumkin bo'lsa ham, rostlik bilan oddiy, ammo halol hayot kechirish avzal. Asardagi mana bu epizodga diqqat qaratadigan bo’lsak, O'zbekiston SSR Konstitutsiyasini qabul qilganda favqulodda sho'rolar VI qurultoyini Toshkent xotin-qizlarining vakillari tabriklagan edi. Shunda bir ayol Toshkentda o’ttiz ming o’zbek xotin-qizlari savodsizlikni bitirish kursida o’qimoqdalar. Ular “O’qigan guliston, o’qimagan go’riston” degan maqolni esga olib shu yil Toshkentni yalpi savodxon shaharga aylantirishga so’z berdilar degan edi. Bu maqol bilim va jaholat o’rtasidagi katta tafovutni ifodalaydi. O’qigan inson hayotda faol, ma'naviy boy, nurli dunyoga ega. O’qimagan inson ruhiy jihatdan o’lik hayotsiz, to'xtab qolgan. Ya’ni bilim insonni gulzor kabi yashnatadi, o’qimaslik esa go’riston singari so’ndiradi. Asardagi Faxriddin Shukurov ismli o’qituvchining ayoli erining ustidan uning direktori Sodiqqa arz qilib keladi. Sodiq esa unga qarata “Qars ikki qo‘ldan chiqadi” singlim, siz ham hadeb tiklashavermang. Inson tili har qanday xanjardan o’tkir.”Sevdiradigan ham til, bezdiradigan ham til” deydi. Bu yerda ikkita maqol qo’llangan, ya’ni qarsning ikki qo’ldan chiqishi xalqimizning adolat, hamjihatlik va o’zaro hurmat g’oyalariga asoslangan hikmatidir. U odamlarni bir-birini ayblashdan ko’ra, o’zaro tushunishga undaydi. Sevdiradigan ham, bezdiradigan ham til maqoli so'zning qudrati va odamning nutqi orqali yaratiladigan ta’sir haqida. Insonning yoqimli, muloyim, samimiy tili uni boshqalarga sevimli qiladi, aksincha dag’al, qo’pol, achchiq so’z odamni bezdiradi. O’zbek xalq madaniyatida “til” va “so’z” muqaddas tushuncha hisoblanadi, xalqimizda “Tilga e’tibor-elga e’tibor” kabi maqollar ham bor. Shuningdek, til insonning ichki dunyosi, tarbiyasi va madaniyatining ko’zgusidir. Inson hayotda kim bilan birga bo’lsa, o’sha bilan bir yo’lni tanlaydi.Shu fikrni xalqimiz qisqa, ammo ma’noli qilib “Yaxshi yaxshiga yondashtiradi, yomon yo’ldan adashtiradi” maqoli orqali ifoda etgan. Asarimizda ham xuddi shu maqol ayoli arz qilib kelgan erkakka nisbatan ishlatilgan. Bu maqol insonning atrof-muhiti va do’stlarining ta’siri haqida chuqur fikr bildiradi. Yaxshi odam bilan
290 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar yaqinlashgan inson to’g’ri yo’lni topadi, axloqan o’sadi; yomon bilan yaqinlashgan esa yo’lini yo’qotadi, yomonlikka ergashadi. O’zbek xalq madaniyatida inson axloqi, muomala va do’st tanlash juda muhim o’rin tutadi. Yaxshi bilan yur-yaxshilik top, inson ijobiy muhitda kamol topadi kabi qarashlar ham bejiz emas. Asarimizdagi yana bir maqol “Asal aynamas, oltin zanglamas”degan xalq maqolidir. Bu asarning bosh qahramoni Sodiq siymosida o’z ifodasini topadi. Chunki u umrining oxirigacha xalqiga sadoqat bilan xizmat qilgan, halollik va poklik timsoliga aylangan insondir. U ko’plab sinovlarga duch kelsa ham, o’z asl qiyofasini yo’qotmadi o’zligiga sodiq qoldi. Madaniy jihatdan bu maqol halollik, sadoqat va asl insoniy fazilatlarning abadiyligini ulug’laydi. Xalqimiz qadimdan insonning go’zalligi yoki qadrini tashqi ko’rinishida emas, balki ichki pokligi va ezgulikka sodiqligida ko’rgan. Asal so’zi – shirinlik, halollik va totlilikni; oltin esa qimmat, poklik va bardavomlikni bildiradi. Maqolda asliy narsa o’z qadrini yo’qotmaydi degan fikr yotadi. Xulosa qilib aytganda, Shuhratning “Oltin zanglamas” asarida qo’llangan maqollar o’zbek xalqining boy madaniy merosini, milliy tafakkurini va hayotiy donoligini chuqur aks ettiradi. Yozuvchi ularni badiiy vosita sifatida ishlatib, obrazlar xarakterini ochish, voqealarga ma’no berish va asarning ta’sirchanligini oshirishga erishgan. Asardagi har bir maqol xalqning axloqiy qarashlari, qadriyatlari, rostgo’ylik, halollik, mehnatsevarlik, bilimga intilish kabi fazilatlarini ifodalaydi. Demak, Shuhrat ijodidagi maqollar nafaqat til boyligini namoyon etadi, balki o’zbek xalqining ma’naviy dunyosini, milliy madaniyatini ham yuksak darajada ifodalovchi vosita sifatida xizmat qiladi. References: 1. Abdullayeva, I. A. K., & Khushbakova, N. N. K. (2022). Problems of Translating English Idioms Into Uzbek. Academic research in educational sciences, 3(11), 208-211. 2. Khushbakova, N. (2021). LINGUA-CULTURAL ASPECT OF LITERARY TRANSLATION. Economy and Society , (5-1 (84)), 243-247. 3. Shuhrat. Oltin zanglamas. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1977. 4. O‘zbek xalq maqollari to‘plami. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2010.