scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ARAB VA O'ZBEK TILLARIDA GAP BO'LAKLARINING QIYOSIY TAHLILI

Samariddin Mardonov

Full text

302 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDA GAP BO‘LAKLARINING QIYOSIY TAHLILI Samariddin Mardonov Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti stajyor o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17630073 Annotatsiya: Mazkur maqolada arab va o‘zbek tillarida gap bo‘laklarining morfosintaktik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi va hol bo‘laklarining o‘rni, ifodalanish vositalari hamda sintaktik tartibi tahlil etiladi. Tadqiqot arab tili flektiv, o‘zbek tili esa agglutinativ tuzilishga ega bo‘lishi tufayli ularning gap strukturasidagi farqlarni aniqlashga qaratilgan. Kalit so‘zlar: gap bo‘laklari, sintaksis, qiyosiy tahlil, arab tili, o‘zbek tili, ega, kesim, hol, tipologiya. Til fikrni ifodalash vositasidir, fikr esa gap orqali namoyon bo‘ladi. Gapning mazmun markazi – ega va kesim bo‘lib, ular grammatik va sintaktik jihatdan gapning asosini tashkil etadi. Arab va o‘zbek tillari genealogik jihatdan turli oilalarga mansub bo‘lsa-da, gap tuzilishidagi umumiylik va farqlar lingvistik tahlil uchun muhimdir. Ushbu maqolada arab va o‘zbek tillarida gap bo‘laklarining o‘xshash hamda tafovutli jihatlari ilmiy asosda yoritiladi. Arab tilida gap “ ةلمج ” (jumla) deb ataladi va ismiy va fe’liy gap turlariga bo‘linadi. دهتجم ُدلولا – Bola tirishqoqdir. َ سردلا ُبلاطلا َبتك – Talaba darsni yozdi. Gaplarni turlarga bo‘lishda ularning qanday so‘z bilan boshlanishi asos qilib olinadi. Agar gap ism so‘z turkumi bilan boshlansa ismiy jumla, fe’l so‘z turkumi bilan boshlansa fe’liy jumla deb yuritiladi. Shuningdek, ismiy gapning egasini أدتبملا (al-mubtada), fe’liy jumlani egasini esa لعافلا (alfoil) deb ataladi. 1 Bu xususiyati orqali u o‘zbek tilidagi gap tushunchasidan biroz farq qiladi. Negaki, o‘zbek tilida gapning asosi sifati kesim olinadi va shu asosda gaplar ot-kesimli va fe’l kesimli gaplarga bo‘linadi. O‘zbek tilida gap tugallangan fikrni bildiruvchi grammatik birlik bo‘lib, bosh bo‘laklar (ega, kesim) hamda ikkinchi darajali bo‘laklardan tashkil topadi. 2 Bu kabi bo‘linishni arab tilida ham uchratamiz. نم فلأتت ةاحنلا ىري امك ةيبرعلا ةلمجلا لاو هنع ثدحتملا وه هيلا دنسملاف .هيلا دنسملاو دنسملا امه نييساسا نينكر ةلضف امهادع امو ملاكلا ةدمع امه نانكرلا ناذهو ،ًامسا وا ًلاعف نوكيو هب ثدحتملا وه دنسملاو ،ًامسا لاا نوكي ديق وا . ،ىنعملا ثيح نم اهنع ءانغتسلاا زوجي اهنا ةاحنلا دنع ةلضفلاب دوصقملا سيلو زوجي اهنا اهب دوصقملا سيل هنا امك 3 .انئش ىتم اهفذح Keltirilgan matnda arab tilidagi gapning tuzilishi haqidagi klassik nahviy qarashlar bayon etiladi. Nahv ilmi namoyandalari arabcha gapning asosiy tarkibini ikki tayanch bo‘lakdan iborat deb biladi: musnad (xabar berilayotgan mazmun) va musnad ilayh (mazkur xabar kim yoki nima haqda ekanini bildiruvchi bo‘lak). Musnad ilayh faqat ism bilan ifodalanadi, musnad esa fe’l yoki ism bo‘lishi mumkin. Shu ikki bo‘lak gapning bo‘lib, arab grammatikasida ularni ‘umdat al-kalām – ya’ni gapning tayanch asoslari deb atashadi. Ular bo‘lmagan holda gap mustaqil mazmun hosil qilmaydi. Qolgan bo‘laklar esa “fadla” yoki “qayd” sifatida baholanadi. Bu ayna o‘zbek tilidagi ikkinichi darajali gap bo‘laklariga to‘g‘ri keladi. 1 17–15 ص — .2006 ،ةيبرعلا ةضهنلا راد :ةرهاقلا — .يوحنلا قيبطتلا .يحجارلا هدبع. 2 G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. O‘zbek tili grammatikasi: sintaksis bo‘limi. – Toshkent: TDPU, 2019.18 -19b. 3 14 ص – .1998 ،عيزوتلاو رشنلل رامع راد :ناّمع .لولأا ءزجلا .وحنلا يناعم .يئارماسلا حلاص لضاف. 303 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar Arab va o‘zbek tillaridagi gap bo‘laklarining morfosintaktik tabiatini qiyosiy tahlil etishda avvalo egani ifodalash mexanizmlari diqqatga sazovordir. Arab tilida ega so‘z oxiridagi grammatik ko‘rsatkichlar tizimi orqali ya’ni e’robi bilan belgilanadi. Ismiy jumlaning egasi “mubtado” deb ataladi va doimo bosh kelishikda “rof” holatida, fe’liy jumlaning egasi “foil” deb ataladi va u ham bosh kelishikda namoyon bo‘ladi. O‘zbek tilida esa u asosan sintaktik tartib va semantik munosabat orqali aniqlanadi. Ega keng ma’noda predmet tushunchasini bildirib, kesimdan anglashilgan predikativ belgining kimga yoki nimaga qarashliligini ko‘rsatadi.Ega bosh kelishikdagi birliklar bilan ifodalanib,kim? nima? qayer?so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. 4 Mazkur farqlilik arab tilining flektiv, o‘zbek tilining esa agglutinativ tabiati bilan izohlanadi. Kesimning ifodalanishi ham ikki til sintaksisining tipologik farqlarini yaqqol ko‘rsatadi. Arab tilida ismiy jumlaning kesimi ham bosh kelishikda ya’ni “rof” holatida kelib, odatda ot yoki sifat bilan ifodalanadi. Fe’liy jumlada esa fe’l kesim vazifasini bajaradi va zamon, shaxs hamda jins belgisini morfologik tarkibida mujassamlashtiradi. O‘zbek tilida esa kesim fe’lning shaxs-son affikslari orqali shakllanadi. Ot-kesimli gaplarda “-dir” ko‘rsatkichining yashirin shakli kesimlik ma’nosini ta’minlaydi. Shunday qilib, arab tilida kesimning grammatik belgilanishi e’robga, o‘zbek tilida esa affiksatsiyaga tayanadi. Ikkinchi darajali bo‘laklar – to‘ldiruvchi, aniqlovchi va hol – har ikki til sintaksisining tarkibiy qismlari sifatida o‘ziga xoslikka ega. Arab tili to‘ldiruvchini هب لوعفم shaklida nasb holida ifodalaydi. O‘zbek tilida esa funksional jihatdan o‘xshash bo‘lak tushum kelishigi (-ni) orqali belgilanadi. Aniqlovchi bo‘lakning ifodalanishida ham ikki tilning struktural farqlari seziladi. Arab tilida aniqlovchi–aniqlanmish munosabati تعن–توعنم tizimi asosida ishlaydi va jins, son hamda e’rob jihatdan moslashuv talab etadi. O‘zbek tilida esa aniqlovchi bo‘lak o‘zaro morfologik moslashuvsiz, sintaktik tartib orqali ifodalanadi. Bu hol arab tilida sintaktik bog‘lanishning morfologik, o‘zbek tilida esa tartibga asoslanganligini ko‘rsatadi. Hol bo‘laklarining qiyosiy tahlilida arab tilidagi لاح kategoriyasi alohida izohga talab qiladi. Hol nasb holida keladi va ko‘pincha sifatdosh yoki ism shakllari bilan ifodalanadi. O‘zbek tilida esa hol ravishlar yoki -b, -gach, -cha kabi qo‘shimchalar orqali hosil qilinadi. Arab tilida holning sintaktik o‘rni nisbatan erkin bo‘lsa, o‘zbek tilida u fe’l atrofiga yaqin joylashishga moyildir. Yuqoridagi kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, arab va o‘zbek tillarida gap bo‘laklari funksional jihatdan o‘xshash bo‘lsa-da, ularning grammatik ifodalanish vositalari sezilarli darajada farqlanadi. Arab tilida morfologik ko‘rsatkichlar sintaktik munosabatni belgilashda yetakchi o‘rin tutadi, o‘zbek tilida esa affiksatsiya va qat’iy sintaktik tartib asosiy vazifani bajaradi. Mazkur holatlarga doir qiyosiy tahlil tilshunoslikning nazariy masalalarini yoritishda, tarjimashunoslik va o‘qituvchilik amaliyotida muhim ilmiy-metodik asos yaratadi.. References: 1. .يوحنلا قيبطتلا .يحجارلا هدبع— ،ةيبرعلا ةضهنلا راد :ةرهاقلا2006 .— ص15–17 2. ،عيزوتلاو رشنلل رامع راد :ناّمع .لولأا ء زجلا .وحنلا يناعم .يئارماسلا حلاص لضاف1998 .– ص14 3. بتك نع بيبللا ينغم .ماشه نبا ،ركفلا راد :توريب .بيراعلأا1985 . 4. ،فراعملا راد :ةرهاقلا .يفاولا وحنلا .نوراه ملاسلا دبع1992 . 5. G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. O‘zbek tili grammatikasi: sintaksis bo‘limi. – Toshkent: TDPU, 2019. 18-19b. 4 Arabboyeva M.A., Abdusamatova Sh.A. Gap bo‘laklari. Bosh bo‘laklar. Ega, uning ifodalanishi. Kesim, uning ifodalanishi, turlari. Bog‘lama. // Ilmiy tadqiqotlar va ijtimoiy muammolar (НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ И ОБЩЕСТВЕННЫЕ ПРОБЛЕМЫ). — Volume 2, Issue 2. – 2024. – B. 138–141. 304 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar 6. Arabboyeva M.A., Abdusamatova Sh.A. Gap bo‘laklari. Bosh bo‘laklar. Ega, uning ifodalanishi. Kesim, uning ifodalanishi, turlari. Bog‘lama. // Ilmiy tadqiqotlar va ijtimoiy muammolar (НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ И ОБЩЕСТВЕННЫЕ ПРОБЛЕМЫ). — Volume 2, Issue 2. – 2024. – B. 138