scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MARKAZIY OSIYOLIK ALLOMALAR VA FAQIHLAR HAQIDA

Yusupov Abdulxadiy Abdullayevich, Shamsimatova Maxfuza Baxtiyor qizi

Abstract

MARKAZIY OSIYOLIK ALLOMALAR VA FAQIHLAR HAQIDA

Full text

645 MARKAZIY OSIYOLIK ALLOMALAR VA FAQIHLAR HAQIDA Yusupov Abdulxadiy Abdullayevich O‘zDJTU Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi [email protected] Shamsimatova Maxfuza Baxtiyor qizi O‘zDJTU Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada Markaziy Osiyo zaminidan yetishib chiqqan allomalar va faqihlarning islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan bebaho hissasi tahlil qilinadi. Asarda Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Imom atTermiziy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Imom al-Buxoriy, Abu Rayhon al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi buyuk olimlarning ilmiy merosi, ularning hadis, fiqh va kalom sohalaridagi xizmatlari yoritilgan. Maqola Markaziy Osiyo ilmiy muhitining shakllanishi, madrasalar faoliyati hamda bu hududning musulmon dunyosidagi ilmiy markaz sifatidagi o‘rni haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, unda olimlarning asarlari orqali shakllangan ilmiy maktablar, ularning bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi ta’kidlanadi. Tadqiqot tarixiy manbalar asosida olib borilgan bo‘lib, u mintaqaning diniy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganishga xizmat qiladi. Shu jihatdan maqola ilmiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim manba sifatida e’tirof etiladi. Tayanch so‘zlar: Muso al-Xorazmiy, Imom at-Termiziy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Imom al-Buxoriy, Abu Rayhon al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino. Аннотация : В данной статье анализируется бесценный вклад учёных и правоведов, вышедших из земли Средней Азии, в развитие исламской цивилизации. В работе освещается научное наследие таких выдающихся мыслителей, как Абу Абдуллах Мухаммад ибн Муса аль-Хорезми, имам атТирмизи, Бурханиддин Маргинани, Абу Райхан аль-Беруни и Абу Али ибн Сина, а также их заслуги в области хадиса, фикха и калама. В статье представлена информация о формировании научной среды Средней Азии, деятельности медресе и роли данного региона как одного из центров мусульманского мира. Кроме того, подчёркивается, что научные школы, основанные на трудах этих учёных, не утратили своей актуальности и в наши дни. Исследование основано на исторических источниках и служит глубокому изучению духовнорелигиозного наследия региона. В этом отношении статья представляет собой важный источник, имеющий научное и культурное значение. Ключевые слова: Муса аль-Хорезми, имам ат-Тирмизи, Бурханиддин Маргинани, имам аль-Бухари, Абу Райхан аль-Бируни, Абу Али ибн Сина. 646 Annotation: This article analyzes the invaluable contribution of scholars and jurists from Central Asia to the development of Islamic civilization. It highlights the scientific legacy of such great thinkers as Abu Abdullah Muhammad ibn Musa alKhwarizmi, al-Bukhari, Imam al-Tirmidhi, Burhan al-Din al-Marghinani, Abu Rayhan al-Biruni, and Abu Ali ibn Sina, as well as their significant roles in the fields of hadith, fiqh, and kalam. The article provides insights into the formation of the scientific environment of Central Asia, the activities of madrasahs, and the region’s position as one of the intellectual centers of the Muslim world. It also emphasizes that the scholarly schools established through the works of these scientists have retained their relevance to this day. The research, based on historical sources, serves to deeply explore the spiritual and religious heritage of the region. In this regard, the article is recognized as an important source of both scientific and cultural significance. Keywords: Musa al-Khwarizmi, Imam al-Tirmidhi, Burhan al-Din alMarghinani, Imam al-Bukhari, Abu Rayhan al-Biruni, Abu Ali ibn Sina. Buyuk alloma Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783–850) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy matematika sohasida “Al-jabr va al-muqobala kitobi” nomli asar yozgan. Yoshligidan ilmga chanqoq bu alloma bir necha asarlar yaratgan bo‘lib, aynan shu kitobi bilan u matematika fanida yangi davrni boshlab bergan, shuningdek, keyingi asrlardagi ilmiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab bergan. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, alloma o‘zining “Hind hisobiga oid risola” nomli asari orqali Sharq va G‘arb xalqlarini hindlarning o‘nlik hisob tizimi bilan tanishtirgan. Shu sababli, al-Xorazmiy nomi butun dunyoga mashhur bo‘lgan va uning ilmiy asarlari XII asrda turli tillarga tarjima qilingan. Al-Xorazmiy tomonidan yozilgan “Surat al-arz” (“Yer surati”) nomli kitob geografiya va astronomiya fanlariga bag‘ishlangan bo‘lib, bu asar ham dunyo olimlari orasida katta shuhrat qozongan. U, shuningdek, quyidagi asarlarni ham yaratgan: “Quyosh soatlari”, “Tarix risolasi” (ya’ni astrolab haqidagi kitob) va “As-sind hind alkabir” (“Katta hind jadvallari”) [1, 56] nomli asar. Ushbu kitob xalifa Ma’mun davrida arab tiliga tarjima qilingan. Shundan so‘ng, xalifa uni Bag‘dodga chaqirib, saroyda astronom lavozimiga tayinlagan. Al-Xorazmiy “Bayt al-Hikma”da ishlagan va u yerda matematik tafakkur rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. U bir noma’lumli birinchi va ikkinchi darajali tenglamalarni algebraik va geometrik usullar yordamida yechish tizimini yaratgan. Allomaning ilmiy faoliyati haqida Yevropa olimi Jorj Sarton shunday deb yozgan edi: “Al-Xorazmiy o‘z davrining eng buyuk matematigi edi. Agar barcha jihatlarni inobatga olsak, u barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biridir.”[1,58] Yirik muhaddislar orasida Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824–892) ham bor bo‘lib, u hadis ilmidagi oltita ishonchli to‘plam mualliflaridan biri sifatida tanilgan. 647 Shuningdek, Markaziy Osiyoning eng buyuk faylasuflaridan biri, ulug‘ alloma va daho olim – Abu Nasr al-Forobiy (873–950) ham yuksak xizmatlar ko‘rsatgan va insoniyat madaniyatiga beqiyos ilmiy meros qoldirgan. U insoniyat sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan va ko‘plab sohalarda beqiyos xizmatlar qilgan. Ushbu olimlar orasida eng buyuk allomalar va faqihlardan ayrimlarini alohida ta’kidlash lozim. Ulardan biri – Abu Rayhon al-Beruniy (973–1048), u astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarix va etnografiya fanlarida mashhur bo‘lgan buyuk olimdir. [2, 87] Shuningdek, Markaziy Osiyodan chiqqan yana bir daho – Abu Ali ibn Sino (980–1037) bo‘lib, u tibbiyot, farmatsiya, falsafa, astronomiya, matematika, kimyo, musiqa, huquq va adabiyot sohalarida ensiklopedik bilimga ega bo‘lgan ulkan alloma va shoir edi. Alloma yuqorida ko‘rsatilgan fanlar bilan shug‘ullangan emas, balki faoliyati davomida she’rlar ham yozgan. Albatta, uning she’rlari yosh-u qari barcha kitobxonlar ko‘nglidan joy olib ulgurgan. Bundan tashqari, islom fiqhi fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan buyuk faqih, faylasuf va shoir – Burhoniddin al-Marg‘inoniy (1123–1197) ham o‘z davrining eng yirik ilm olimlaridan biri hisoblanadi. [2,67] Darhaqiqat, yuqorida sanab o‘tgan allomalarimiz qatoridan o‘zining munosib o‘rnini topa olgan yana bir daho, shubhasiz, Imom al-Buxoriy bo‘lgan. U hadis ilmining dahosi va eng mashhur muhaddislaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, islom olamida tan olingan olti buyuk muhaddis mavjud bo‘lib, ularning ikkitasi bizning yurtimizda tug‘ilib, voyaga yetgan. Qadimiy Buxoro esa o‘tmishda “Islom gumbazi”[3, 103] deb atalgan va biz bu sharafli nom bilan faxrlanamiz. Shuningdek, qayd etish lozimki, IX asr boshlarida Bag‘dod Abbosiylar xalifaligiga poytaxtlik qilgan va u yerda “Bayt al-Hikma” (Donishmandlik uyi) faoliyat yuritgan. Shu ilmiy markazda Markaziy Osiyodan kelgan 200 dan ortiq olimlar ilmiy faoliyat olib borganlar.[4, 78] Ushbu fikrlarga misol sifatida quyidagi mashhur olimlarni sanab o‘tishimiz mumkin, jumladan, Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon alBiruniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino kabi buyuk zotlar. Ushbu olimlar o‘zlarining qimmatli ilmiy asarlarini arab tilining go‘zal va betakror uslubida yaratganlar va ularning nomi butun dunyoda mashhur bo‘lgan. Markaziy Osiyo allomalari va faqihlari islom olamining ilmiy, ma’naviy va madaniy taraqqiyotida beqiyos o‘rin egallaydi. Ularning asarlari nafaqat o‘z davrida, balki bugungi kunda ham insoniyat tafakkurini boyitishda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abu Rayhon al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino va Muso al-Xorazmiy kabi allomalar o‘z ilmiy izlanishlari bilan fan, tafakkur va din uyg‘unligining yorqin namunalarini yaratdilar. Ularning ilmiy merosi Sharq va G‘arb olimlari uchun ilhom manbai bo‘lib kelmoqda. 648 Ushbu maqolada ularning ilmiy faoliyati, islom fiqhiga qo‘shgan hissasi hamda mintaqa madrasalari orqali shakllangan ilmiy muhit yoritib berilgan. Xulosa qilib aytganda, bu allomalar merosi Markaziy Osiyoning jahon ilm-fan tarixidagi o‘rni naqadar yuksakligini yana bir bor tasdiqlaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. اتك ةلباقماا و ربجلا باسح ىف رصتخملا ب 2. ةلباقملاو ربجلا باتك 3. دنهلاو دنسلا يف ةيكلفلا لوادجلا باتك 4. ةلباقملاو ربجلا باسح باتك