scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

CHET TILLARNI O'QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

Mengniyozova Gulnora Toshtemirovna

Full text

403 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar CHET TILLARNI O‘QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR Mengniyozova Gulnora Toshtemirovna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti quyi kurslar kaferdrasi o‘qituvchisi E-mail: [email protected] Orcid: 0009-0000-3157-10.5281/zenodo.176333662990 https://doi.org/ Annotatsiya. Hozirgi kunda chet tilini o‘rganish jarayoni an’anaviy ta’lim shakli bilan cheklanmaydi. Pedagogik amaliyotda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish talabalarning intellektual va ijodiy rivojlanishining zaruriy sharti hisoblanadi. Maqolada oliy ta’lim muassasasida chet tili darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish tajribasi yoritilgan. Muallif zamonaviy pedagogik texnologiyalarning dolzarbligini belgilovchi talablarga javob beradigan usullarni tanlab, ularni tahlil qilgan. Kalit so‘zlar: pedagogik texnologiyalar, oliy ta’limda chet tillarni o‘qitish, case study, loyiha asosida o‘qitish, lingvistika. Аннотация. В настоящее время процесс изучения иностранного языка не ограничивается традиционными формами обучения. Использование современных образовательных технологий в педагогической практике является необходимым условием интеллектуального и творческого развития студентов. В статье рассматривается опыт применения новых педагогических технологий на занятиях по иностранному языку в высшем учебном заведении. Автор отобрал и проанализировал методы, соответствующие требованиям, определяющим актуальность современных педагогических технологий. Ключевые слова: педагогические технологии, преподавание иностранных языков в вузе, case study, проектное обучение, лингвистика. Abstract. Today, the process of learning a foreign language is not limited to traditional forms of education. The use of modern educational technologies in pedagogical practice is an essential condition for the intellectual and creative development of students. The article presents the experience of applying new pedagogical technologies in foreign language classes at a higher educational institution. The author has selected and analyzed methods that meet the requirements defining the relevance of modern pedagogical technologies. Keywords: pedagogical technologies, teaching foreign languages in higher education, case study, project-based learning, linguistics. Hozirgi kunda talaba va o‘qituvchilarning katta qismi virtual o‘quv muhitida faoliyat yuritmoqda, bu esa o‘qitish texnologiyalarida dinamik o‘zgarishlarni joriy etishni zaruratga aylantirmoqda. Xalqaro aloqalarning ortishi, axborot almashinuvi global darajada kengayishi natijasida jahon miqyosida yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj ortmoqda. Shu bois pedagogning asosiy vazifasi ta’lim sifatini talab darajasida ta’minlashdir. Bugungi kunda ta’lim tizimi, jumladan, uning alohida tarkibiy qismlari ham modernizatsiya qilinmoqda, yangi pedagogik texnologiyalar yaratilmoqda. XXI asr boshlarida jamiyatning texnik taraqqiyoti va tezkor rivojlanish sur’atlari tufayli an’anaviy pedagogik amaliyotlar o‘zining avvalgi samaradorligini yo‘qota boshladi. Shu bilan birga, o‘qituvchi o‘z amaliyotiga yangi texnologiyalarni joriy etishdan avval ularni chuqur tahlil qilishi va o‘rganishi zarur. Zamonaviy o‘qitish usullari asosan nazariy darajada takomillashtirilmoqda. Shu sababli, o‘qituvchilar yangiliklarni amaliyotga joriy etishda ehtiyotkorlik bilan yondashadilar, chunki 404 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar natija har doim ham kafolatlanmaydi. Shu bois chet tillarni o‘qitishda innovatsion usul va texnologiyalarni tahlil qilish hamda eng samaralilarini aniqlash muhim va dolzarb masalalardan biridir. Qulay ta’lim muhitini yaratish zamonaviy pedagogikaning eng muhim vazifalaridan biridir. O‘qituvchining asosiy maqsadi o‘quvchilarda yangi bilimlarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish va uni saqlab qolishdir. Shu sababli, yangi pedagogik texnologiyalar ta’lim oluvchilarning fanga qiziqishini oshirish, ya’ni samarali ta’lim jarayonini tashkil etish uchun zarur vosita hisoblanadi. Avvalo “pedagogik texnologiya” tushunchasini ko‘rib chiqamiz. “Texnologiya” – bu muayyan ish, hunar yoki san’atda qo‘llaniladigan usul va vositalar majmui demakdir. Zamonaviy kompyuter va internet texnologiyalarining kundalik hayotga kirib kelishi bilan “texnologiya” atamasi pedagogik sohada ham qo‘llanila boshladi. Shunday qilib, “pedagogik texnologiyalar” yo‘nalishi shakllandi. T.Kavilova fikriga ko‘ra, pedagogik texnologiyalar – bu “turli ta’lim shakllari va vositalarini, o‘quv maqsadlarini hamda o‘quv jarayonini tashkil etishning turli usullarini o‘z ichiga olgan tizimdir” [2]. Pedagogik texnologiyalar muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun ular quyidagi mezonlarga javob berishi kerak: konseptuallik, tizimlilik, boshqaruvchanlik, samaradorlik va takrorlanuvchanli. Konseptuallik – ta’lim maqsadlariga erishish uchun aniq ilmiy konsepsiyaga tayanishni anglatadi. Tizimlilik – yaxlitlik, komponentlar o‘zaro bog‘liqligi va mantiqiy ketma-ketlikni o‘z ichiga oladi. Boshqaruvchanlik – o‘qitish jarayonini o‘zgartirish va metodlarni takomillashtirish orqali eng yuqori natijaga erishishni bildiradi. Samaradorlik – tanlangan texnologiya orqali kutilgan ta’lim natijasiga kafolatli erishishni anglatadi. Takrorlanuvchanlik – ma’lum bir pedagogik texnologiyani boshqa sharoitlarda ham qo‘llash imkoniyatidir [5]. An’anaviy pedagogik texnologiyalar qator ijobiy jihatlarga ega: o‘quv jarayonining aniq tashkil etilishi, tizimli yondashuv, ko‘rgazmali vositalar va o‘quv materiallaridan keng foydalanish kabilar shular jumlasidandir. Biroq, ularning ba’zi kamchiliklari ham mavjud. Chunki an’anaviy texnologiyalar asosan illyustrativ o‘qitish usuliga asoslanadi, bunda o‘qituvchi tayyor o‘quv materialini monolog tarzida bayon qiladi. Natijada, bu yondashuv talabalarining muloqot ko‘nikmalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ularning mustaqil fikrlashi, muammoni baholay olish va munozarada faol ishtirok etish qobiliyatini cheklaydi. Zamonaviy hayot sharoitlari yosh avlodni nafaqat bilimli, balki mustaqil, tashabbuskor va ijodkor shaxs sifatida tarbiyalashni talab etadi. Shuning uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish talabalarning intellektual va ijodiy rivojlanishining muhim shartidir. Ta’limdagi turli texnologiyalar ichida biz chet tillarni o‘qitishda eng samarali hisoblangan quyidagi texnologiya turlarini ajratib ko‘rsatamiz: “Case study” (muammoli ta’lim) texnologiyasi. Bu texnologiyada o‘quv faoliyatida real vaziyatlarni modellashtirish orqali talabalar muammoni hal etishga yanada qiziqish bilan yondashadilar. Natijada, talabalar individual ishlash, kasbiy bilim, amaliy ko‘nikma va ijodiy fikrlashni rivojlantiradilar. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, muammoli ta’lim talabalar tanqidiy tafakkurini oshiradi, biroq bu usul ko‘proq tayyorgarlikni talab qiladi. Bu esa ba’zan o‘quv dasturida belgilangan vaqt doirasiga sig‘masligi mumkin. 405 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar “Teskari sinf” (flipped classroom) modeli. Ushbu yondashuvni K.F.Xerreyd va N.A.Shiller taklif etgan bo‘lib, u o‘quv materialini darsdan avval mustaqil o‘zlashtirishga asoslanadi. Bu model o‘qituvchilar uchun qulay, chunki internet-resurslar (audio, video, podkastlar) orqali dunyo miqyosidagi yetakchi mutaxassislarning ma’ruzalaridan foydalanish imkoniyati mavjud. Talabalar esa o‘z navbatida, videoni ko‘rish va podkastlarni tinglash orqali o‘zlashtirish jarayonida faol bo‘ladilar [1]. Masalan, Coursera (dunyo universitetlari onlayn kurslar joylashtiradigan platforma) va YouTubedagi Ted Talks (mashhur spikerlar chiqishlari) resurslari yordamida talabalar tinglab, so‘ng darsda bahs-munozara olib borishlari mumkin. “Teskari sinf” modelida uy vazifasi va sinf mashg‘ulotlari o‘rin almashadi – yangi materialni talabalar darsdan oldin o‘zlashtiradi, dars vaqtida esa uni tahlil va amaliyot orqali mustahkamlaydi. Bir qator tadqiqotlar natijalari “Teskari sinf” modelining samaradorligini tasdiqlaydi. K.V.Raddik o‘z tajribasida ushbu model asosida kursni qayta loyihalab, talabalarni videomateriallar asosida darsga tayyorlab, sinfda ingliz tilida debat o‘tkazgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, talabalar faolligi va bilim sifati oshgan [4]. O‘yin texnologiyalari. Bu texnologiyalar chet tili o‘qitish samaradorligini oshiradi, chunki ular talabalarni faol ishtirok etishga undaydi, stressni kamaytiradi va ijodiy fikrlashni rivojlantiradi. Rolli, rivojlantiruvchi o‘yinlar orqali talabalar yangi bilimlarni mustahkamlaydilar, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradilar, kasbiy faoliyatda zarur bo‘lgan kompetensiyalarni shakllantiradilar. Shuningdek, kontekstual ijtimoiy o‘zaro ta’sirlar ham chet tilini o‘zlashtirishning muhim elementi bo‘lib qolmoqda, chunki ular talabalarga o‘rganilayotgan til muhitiga muvaffaqiyatli moslashish uchun zarur asos yaratadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari talabalarni turli onlayn manbalar bilan ishlashga yo‘naltiradi. Internetga kirish ta’lim mazmunini to‘ldirib, uni yanada rang-barang va interaktiv qiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari chet tilini o‘qitishning asosiy o‘quv dasturiga muvaffaqiyatli tarzda integratsiya qilingan. Pedagogik texnologiyalar o‘quv jarayonida tizimli darslar orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun o‘qituvchining asosiy vazifasi har bir talabani turli faoliyat turlariga jalb etishdir. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari ta’lim jarayonini differensial va individual yondashuv asosida tashkil etish imkonini beradi hamda yakuniy maqsad – yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi [6]. Pedagogika fanining asosiy maqsadi o‘quvchi yoki talabalarni o‘qitishda muvaffaqiyatga erishishdir. Shu bois ta’lim metodlarini va texnologiyalarini takomillashtirish zarur. Pedagogika sohasida samarali usullar to‘plangan bo‘lsa-da, eng universal va dolzarb texnologiyalarni aniqlash masalasi ochiq qolmoqda. Taniqli olim V.S.Zaytsev sifatli ta’lim dasturini quyidagi formula bilan ifodalaydi: Pedagogik texnologiya = maqsadlar + vazifalar + mazmun + metodlar + o‘qitish shakllari. Bu formula o‘qituvchiga ta’lim mazmunini to‘g‘ri loyihalash va samarali metodlarni tanlash imkonini beradi [7]. Xulosa qilib aytganda, pedagogik tajribada to‘plangan samarali metodlar ta’lim sifatini oshirishga yordam beradi. Chet tilini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ularning til ko‘nikmalarini rivojlantiradi hamda kontekstual va kasbiy bilimlarni egallashga xizmat qiladi. 406 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar References: 1. Herreid C.F. Case Studies and the Flipped Classroom. / C.F. Herreid, N. A. Schiller // Journal of College Science Teaching. – 2013. – P. 62-66. 2. Kavilova T. Modern Methods of Teaching a Foreign Language / T. Kavilova // EPRA International Journal of Research and Development (IJRD). – 2020. – V. 5. – Issue 5. – P. 189-192. 3. Ray S. Using language in the community for enhancing communication skills / S. Ray // Language and Language Teaching. – 2012. – V. 1. – P. 12-17. 4. Ruddick K.W. Improving second-language education from high school to college using a more hands-on approach. Unpublished doctoral dissertation, University of Memphis, 2012. 5. Tursunov U. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent. 1992. – 282 b. 6. Usmonova K. Adabiy ta’limda ilg‘or pedagogik texnologiyalar. – Toshkent. 2015. – 116 b. 7. Зайцев В.С. Современные педагогические технологии: учебное пособие. – Книга 2. / В.С. Зайцев – Челябинск: ЧГПУ, 2012. – 496 с.