OKSYUMORONLARNING SEMANTIK TURLARI VA ULARNING LINGVISTIK TAHLILI
Full text
448 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar OKSYUMORONLARNING SEMANTIK TURLARI VA ULARNING LINGVISTIK TAHLILI Muattar Temirova Amirqul qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi Elektron pochta: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17636585 Annotatsiya. Mazkur maqolada oksyumoronlarning semantik tasnifi, ularning ma’no hosil qilishdagi mexanizmlari hamda komponentlararo munosabatlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda E.A. Atayeva, N.V. Pavlovich va Liao Li-Yuehning ilmiy qarashlari asosida oksyumoronlarning aniq, noaniq va potensial turlari hamda ularning semantik ziddiyatlar orqali yangi ma’no yaratishdagi o‘rni va kognitiv asoslarini yoritishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: oksyumoron, semantik tahlil, konseptual sema, differensial sema, lingvistik ziddiyat, Atayeva, Liao Li-Yueh. Аннотация. В данной статье рассматривается семантическая классификация оксюморонов, механизмы их смыслообразования, а также анализируются взаимоотношения между компонентами. Исследование основано на научных взглядах Е. А. Атаевой, Н. В. Павлович и Ляо Ли-Юэ, и направлено на освещение определённых, неопределённых и потенциальных типов оксюморонов, а также их роли и когнитивных основ в создании нового смысла через семантические противоречия. Ключевые слова: оксюморон, семантический анализ, концептуальная сема, дифференциальная сема, лингвистическое противоречие, Атаева, Ляо Ли-Юэ. Abstract. This article examines the semantic classification of oxymorons, the mechanisms of meaning formation, and the relationships between their components. The study, based on the scientific views of E. A. Ataeva, N. V. Pavlovich, and Liao Li-Yueh, focuses on identifying definite, indefinite, and potential types of oxymorons, as well as exploring their role and cognitive foundations in creating new meanings through semantic contradictions. Keywords: oxymoron, semantic analysis, conceptual seme, differential seme, linguistic contradiction, Ataeva, Liao Li-Yueh. Til tizimida oksyumoron hodisasi semantik qarama-qarshilik asosida yangi ma’no yaratish imkonini beruvchi noyob ifoda vositasidir. Oksyumoronning lingvistik va stilistik tabiati bir qator olimlar, jumladan E.A. Atayeva, N.V. Pavlovich va Liao Li-Yuehlar tomonidan chuqur tadqiq qilingan. Ularning ishlari oksyumoronning semantik tuzilishini, komponentlar o‘rtasidagi ma’no munosabatlarini hamda ma’no hosil qilish mexanizmlarini aniqlashda muhim o‘rin tutadi. Shunga ko‘ra, oksyumoronlarning semantik tasnifi ularning tabiati va funksional imkoniyatlarini ochib beruvchi muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. E.A. Atayeva o‘zining “Oksyumoronning lingvistik tabiati va stilistik funksiyalari: Ingliz tili materiallari asosida” nomli tadqiqotida oksyumoronlarni ikki semantik turga ajratadi: aniq va noaniq oksyumoronlar [2]. Aniq oksyumoronlarda konseptual-ob’ektiv va hissiy-baholovchi semalar o‘zaro ta’sirlashganda murakkab semantik jarayonlar yuzaga keladi. Odatda, dominant sema yadro (ikkinchi komponent)ning ma’no-ob’ektiv semasi bo‘lib, birinchi komponent epitet sifatida uning semantik tuzilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: “If you ever lose your mind, Billy, and get too old to do honest swindling, go to New-York.”[5] Tahlil qilinayotgan birikma honest swindlingda ikki asosiy komponent mavjud:
449 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar “Honest” (halol, vijdonli, to‘g‘ri) – ijobiy axloqiy-etik xususiyatni ifodalovchi sifat. Bu so‘z to‘g‘rilik, halollik, adolat kabi qadriyatlar bilan bog‘liq. “Swindling” (firibgarlik, aldash, nohaq foyda ko‘rish) – salbiy, noqonuniy va axloqsiz harakatni bildiruvchi ot. Bu atama qonunbuzarlik va vijdonsizlik ma’nosini anglatadi. Bu ikki tushunchaning birlashuvi mantiqan mumkin bo‘lmagan vaziyat yaratadi: firibgarlik o‘z mohiyatiga ko‘ra hech qachon halol bo‘lolmaydi. Noaniq oksyumoronlarda esa qarama-qarshilik differensial konseptual-ob’ektiv semalarning zidlanishi orqali emas, balki differensial va potensial semalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlar orqali yuzaga chiqadi [2]. Fikrimizning asosi sifatida quyidagi misolni keltirishimiz mumkin: “At first I was treated with mild contempt, but this so angered me that I determined not to miss anything and I became more and more knowledgeable, so they had to respect me.” [3] Ushbu misolda “mild contempt” (yumshoq nafrat/haqorat) noaniq oksyumoron hisoblanadi. “Mild” (yumshoq, muloyim, yengil) ijobiy yoki zararsiz sifatni bildiradi. “Contempt” (nafrat, haqorat, mensimaslik) esa keskin salbiy his-tuyg‘uni ifodalaydi. Nafrat o‘z tabiatiga ko‘ra kuchli va shiddatli hisdir. Uni ‘yumshoq” deb ta’riflash ichki ziddiyat tug‘diradi. Bu birikmani noaniq oksyumoron deb ataymiz, chunki ziddiyat to‘liq emas. “Mild” so‘zi intensivlikni kamaytiradi, lekin salbiy his-tuyg‘uni butunlay yo‘qotmaydi. Muallif bu orqali boshlang‘ich munosabatning o‘tkinchi va unchalik og‘ir bo‘lmagan xususiyatini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, bu haqorat qanchalik yumshoq bo‘lmasin, baribir gapiruvchini g‘azablantirganini ta’kidlaydi. Oksyumoronning semantik turlarga bo‘linishi uning ichki ma’no hosil qilish mexanizmlarining murakkabligini ko‘rsatadi. Har bir turdagi oksyumoron komponentlari o‘rtasida qarama-qarshi semantik bog‘lanish mavjud bo‘lib, bu lingvistik hodisani chuqur kognitiv jarayon sifatida talqin etishga imkon beradi [1]. E.A. Atayeva va N.V. Pavlovichning qarama-qarshilikni ifodalash haqidagi g‘oyalarini umumlashtirgan holda [6], Liao Li-Yueh oksyumoronlarni uch semantik turga ajratadi: yaqqol, noaniq va potensial oksyumoron [4]. Liao Li-Yuehning tasnifiga ko‘ra, yaqqol oksyumoronlar komponentlari o‘rtasida kuchli semantik zidlik mavjud bo‘ladi. Noaniq oksyumoronlarda bu zidlik nisbatan yumshoq, potensial oksyumoronlarda esa semantik qarama-qarshilik yashirin shaklda namoyon bo‘ladi. Liao Li-Yuehning potensial oksyumoron haqidagi fikrlari Atayevaning tasnifini to‘ldiradi. Olimning ta’kidlashicha, potensial oksyumoron ikki komponentning potensial semalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik asosida yuzaga keladi va shu orqali zidliklar birligini ifodalash xususiyatiga ega [4]. Oksyumoronlarning semantik tasnifi ularning murakkab ma’no hosil qilish jarayonlarini ochib beradi. Atayeva tomonidan ilgari surilgan aniq va noaniq oksyumoronlar tushunchasi, Liao Li-Yueh tomonidan taklif etilgan uchlik model (yaqqol, noaniq, potensial) bilan boyitilib, hodisaning yanada mukammal tasnifini beradi. Ushbu tasnif oksyumoronlarni nafaqat stilistik, balki kognitiv-lingvistik nuqtai nazardan ham chuqur o‘rganish imkonini beradi. References: 1. Akhmanova, O. S. (1969). Lingvisticheskiy terminologicheskiy slovar’. Moskva. 2. Ataeva, E. A. (1975). Lingvisticheskaya priroda i stilisticheskie funktsii oksyumorona: Na materiale angliyskogo yazyka. Moskva, p. 43. 3. Holt, V. (1970). The Secret Woman. London: Collins, p. 49. 4. Liao, L.-Y. (1999). Stilistika kontrasta v avtobiograficheskoy proze M. Gorkogo i I. Bunina. Sankt-Peterburg, p. 50.
450 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar 5. O. Henry. (1903). Babes in the Jungle. New York: Modern Library, p. 98. 6. Pavlovich, N. V. (1979). Semantika oksyumorona. Lingvistika i poetika. Moskva.