scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TINGLAB TUSHUNISH KO'NIKMASINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O'RNI

Qudratova Laylo Farxod qizi

Full text

466 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar TINGLAB TUSHUNISH KO’NIKMASINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O’RNI Qudratova Laylo Farxod qizi DTPI Magistratura bo’limi Xorijiy til va adabiyoti 2-kurs Magistranti Tel: +998902260722 [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17636664 Annotatsiya. Mazkur maqolada zamonaviy ta’limiy dasturlar va texnologiyalarning til ko’nikmalarini, xususan, tinglab tushunishni rivojlantirishdagi o’rni haqida so’z boradi. Bugungi kunda til o’rganish dolzarb mavzulardan biri sifatida qaralayotgan bir vaqtda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ham o’qituvchi ,ham o’quvchi uchun birdek foydalidir. Ushbu maqolada bunday texnologiyalarning foydali jihatlari, ularning turlari va samarali qo’llash usullari muhokama qilinadi. Kalit so’zlar. Audio vositalar, interaktiv mashg’ulotlar, multimedia vositalari, BBC learning, Tedtalks, podcastlar, grafik ma’lumotlar. Аннотация. В данной статье рассматривается роль современных образовательных программ и технологий в развитии языковых навыков, в частности, аудирования. Сегодня изучение языка считается одной из самых актуальных тем, а использование современных технологий одинаково полезно как для преподавателя, так и для студента. В данной статье рассматриваются полезные аспекты таких технологий, их виды и эффективные методы применения. Ключевые слова. Аудиоинструменты, интерактивные уроки, мультимедийные инструменты, обучение BBC, TEDtalks, подкасты, графическая информация. Abstract. This article discusses the role of modern educational programs and technologies in the development of language skills, in particular, listening comprehension. Today, language learning is considered one of the most relevant topics, and the use of modern technologies is equally beneficial for both the teacher and the student. This article discusses the useful aspects of such technologies, their types and effective methods of application. Keywords. Audio tools, interactive lessons, multimedia tools, BBC learning, Tedtalks, podcasts, graphic information. Kirish. Zamonaviy texnologiyalar va bugungi kun o’rganuvchilarining ilmiy salohiyatidagi sezilarli o’zgarishlar va murakkabliklar ilm olish jarayonini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Zamonaviy texnologiyalar kundan kunga yangicha sohalar va ta’lim tizimida asosiy o’rinni egallab bormoqda. Jumladan, til o’rganish va o’rgatish jarayoni texnologiyalarsiz o’z samaraliligini yo’qotmoqda. Til o’rganish o’quvchilarni to’laqonli muloqot nutqini shakllantish, yangi bilimlar o’rganishga undamoqda. Bunda asosiy e’tibor til ko’nikmalarini shakllantirishdan boshlanadi va ulardan eng muhimi listening comprehension ya’ni tinglab tushunishdir. Inson barcha ma’lumotlarni tinglash orqali nutqiga va yozma holatiga keltira oladi. J.Field(2008) ta’kidlaganidek, tinglash passiv jarayon emas; u tovushlarni farqlashda, so’zlarni anglashda va gapirilayotgan nutqning ma’nosini tushunishda ishtirok etuvchi faol aqliy jarayondir 1 . Shu sababdan til o’rgatuvchi shaxs zamonaviy pedagogik bilimlar asosida hozirgi zamon talabiga ko’ra, samarali metodlar va texnologiyalardan foydalanishi maqsadga muvofiq bo’ladi. 1 Field J. Listening in the Language Classroom. Cambridge University Press–Cambridge, UK, 2008. 467 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar Tinglab tushunish(listening comprehension) chet tillarini, ayniqsa ingliz tilini o’rganishda muhim omillardan biridir. Inson har bir ma’lumotni tinglash orqali qabul qiladi. Avvalo, tinglab tushunish o’quvchilarga nutqning urg’u, intonatsiya va talaffuz kabi me’yorlarini to’g’ri ajratish va og’zaki nutqni anglash, o’z fikrini unga bog’lab bayon etish imkonini beradi 2 .(Underwood 1989). Ikkinchidan, tinglab tushunish orqali o’quvchining nutqi teranlashadi va eslab qolish qobiliyati yanada rivojlanadi. Bundan tashqari tinglab tushunish boshqa ko’nikmalarning rivojlanishi uchun poydevor vazifasini o’taydi. Masalan, bola tug’ilgan vaqtida faqat tashqi ovozlarni eshitadi va natijada tinglash va anglash jarayonini yuzaga keltiradi. Vaqtlar o’tishi bilan bu uning og’zaki nutqida, keyinchalik yozish va o’qish ko’nikmalarida namoyon bo’ladi. Chet tillarini o’rganish davomida o’quvchilar ham tinglash orqali ma’lum bir ma’lumotni qabul qiladilar va vaqt o’tishi bilan uni nutqlarida bayon qila boshlaydilar. Hozirgi zamonaviy dunyoda dars jarayonida, ayniqsa til o’rgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash o’quvchilarning mustaqil ishlash, ijodiy yondashish kabi ko’nikmalarini yuqori cho’qqilarga olib chiqadi. Chet tillarini o’rganish davomida o’quvchilar asosiy e’tiborni ko’proq tinglash orqali bilim olishga qaratsalar keyinchalik ularda o’zga tildagi ma’lumotni qabul qilish va uni nutqlarida ravon tarzda bayon qilish ko’nikmasi ham rivojlana boshlaydi. Bugungi kundagi zamonaviy texnologiyalar tinglab tushunish jarayonini yangicha usulda, samarali tarzda tashkil qilishga yordam bera oladi. Yozuvchi Zhang(2013) multimedia texnologiyalardan foydalanish o’quvchilar uchun haqiqiy muhitni yaratib berishini ta’kidlab o’tadi. Haqiqatan ham, multimedia vositalari orqali o’rganish dars jarayonini qiziqarli, ma’lumotlarga to’la va faol atmosferali qila oladi. O’quvchilar, ayniqsa, audio,video materiallarni tinglagan holda o’zlarining tinglab tushunish ko’nikmalarini rivojlantirishda ko’proq muvaffaqiyatga erishadilar 3 . Tinglab tushunish darslarida o’qituvchi zamonaviy texnologiyalar ya’ni multimedia vositalaridan unumli foydalansa bu o’quvchilar uchun haqiqiy autentik muhitni yaratib beradi. Shunga ko’ra bunday vositalar bir necha turda bo’ladi: a)Audio vositalar: Audio darsliklar, podcastlar, audio kurslar, electron lug’atlar. Olim Rost(2011) audio vositalar o’quvchilar Ingliz tili darslarida eshitish orqali idrok qilishni o’rganishi to’g’risida o’z g’oyasini ilgari suradi 4 . Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, audio vositalar tinglab tushunishni rivojlantirishda muhimdir. Kundalik turmushda doimiy elektron vositalardantelefon, quloqchinfoydalanish, bo’sh vaqtlarda ularni tinglab yurish ingliz yoki boshqa tillarda o’rganuvchiga nisbatan ko’nikma yaratadi. Bu esa keyinchalik tinglash orqali deyarli ma’lumotni to’liq anglash qobiliyatini to’liq shakllantiradi. b)Video vositalar: Ta’limiy videodarslar, film, multfilmlar, you tube darslar. Vandergrift va Goh kabi olimlar o’z asarlarida aytadilarki, video darslar o’quvchilarning talaffuz, mimika va ijtimoiy kontekstni tushunishlariga yordam beradi 5 . Video darslar orqali o’rganuvchi tinglash bilan birga tabiiy muhitni his qiladi, so’zlarni kontekstda to’g’ri qo’llashni o’rganadi va real hayotiy vaziyatlarda so’zlar va iboralarning asl ma’nosini anglashni o’rganadilar. 2 Underwood M. Teaching Listening. Longman. – London, 1989. – P. 34. 3 Abdulvohidov , T. . (2025). Tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirish prinsiplari. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(5), 127–129. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/73696 4 Rost M. Teaching and Researching Listening. Pearson Education. – London, 2011. 5 Vandergrift, L., & Goh,C.C.M. Teaching and Learning Second Language Listening: Metacognition in action. Routledge. – New York, 2012. 468 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar c) Grafik vositalar: Rasmlar,diagrammalar,slaydlar. Grafik vositalar o’quvchilarning vizual qobiliyatlari va so’z boyligini oshiradi. Bunday vositalar orqali tinglab tushunayotgan o’quvchi eshitayotgan ma’lumotini rasmlar va diagrammalar orqali aniq tushunib ,idrok qila oladilar. d)Interfaol vositalar: Elektron doskalar, mobil ilovalar, kompyuter dasturlari. Interfaol vositalar yordamida tinglab tushunish jarayoni yanada autentiklashadi, jarayon qiziqarli va mazmunli o’tishiga sabab bo’ladi. Misol uchun, BBC learning English,Ted Talks, YouGlish kabi platformalar aynan tinglab tushunish ko’nikmasini rivojlantirayotgan o’rganuvchilar uchun juda ham qulaydir. Bu dasturlarning afzalligi shundan iboratki, o’quvchilar tinglash orqali idrok etish, tinglash, ma’lumotlar ajratish va o’rganish kabi muhim bosqichlarni o’tkazadilar. Bundan tashqari kundalik hayot, ilmiy matnlar va jonli suhbatlar uchun kerakli bo’lgan so’zlar va birikmalarni o’rganish imkoniyatiga ham ega bo’ladilar. Zamonaviy texnologiyalarni yana bir afzallik jihati shundaki, o’rganuvchilar ba’zida o’qituvchiga muhtoj bo’lmagan holda o’z ustilarida ishlay oladilar ya’ni mustaqil o’rganish uslublarini ham o’rganadilar. O’rganishlar shuni ko’rsatadiki, ingliz tili darslarida tinglab tushunish ko’nikmasini rivojlantirish o’quvchilarning tilni mukammal egallashlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tinglab tushunish o’quvchilarni til birliklarini to’g’ri qo’llashga o’rgatadi, talaffuz aniq, urg’u to’g’ri, intonatsiya esa jonli muhitdagidek yaratilishiga zamin yaratadi. Bu jarayonni tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish esa o’rganish va o’rgatish samaradorligini ta’minlaydi. Texnologik vositalar o’quvchilarni istalgan joyda tinglash , ko’rish va og’zaki bayon qilish qobiliyatlari uchun keraklicha sharoit yarata oladi. Xulosa qilib aytganda, ingliz tili darslarida tinglab tushunishni rivojlantirish uchun texnologiyalardan foydalanish darslarni mazmunli, qiziqarli va bilimlarga boy qila oladi. References: 1. Vandergrift, L., & Goh,C.C.M. Teaching and Learning Second Language Listening: Metacognition in action. Routledge. – New York, 2012. 2. Rost M. Teaching and Researching Listening. Pearson Education. – London, 2011. 3. Field J. Listening in the Language Classroom. Cambridge University Press–Cambridge, UK, 2008. 4. Underwood M. Teaching Listening. Longman. – London, 1989. – P. 34. 5. Mavlonova R. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. TDPU nashriyoti. – Toshkent, 2009. 6. Xudoyberdiyeva, N. O'quvchilarda tinglab tushunishni rivojlantirish metodlari. Ta'lim va tarbiya. 7. Maulina and students. Technology-Based Media Used In Teaching Listening Skills. Jurnal Pendidikan Bahasa Inggris. –Philippines, –2022. P. 85-99.URL: https://j ournal.unismuh.ac.id/index.php/exposure/article/view/6564 8. Abdulvohidov, T. Tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirish prinsiplari. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования. –Toshkent. P.127–129. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/73696