AKADEMIK INGLIZ TILINI O'RGANISHDAGI MUAMMOLAR
Full text
472 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar AKADEMIK INGLIZ TILINI O‘RGANISHDAGI MUAMMOLAR Tillayev Sherali Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili, 1-kurs magistranti M. Isroilova Ilmiy rahbar: f.f.f.d (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.17636692 Annotatsiya.Ushbu tadqiqot ishida biologiya, axborot texnologiyalari, biznes va boshqaruv hamda psixologiya yo‘nalishlari talabalari bilan filologiya yo‘nalishi talabalari o‘rtasida akademik ingliz tiliga bo‘lgan ehtiyojlar qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘qish, yozish, tinglab tushunish va og‘zaki muloqot ko‘nikmalariga bo‘lgan zaruriyatlar o‘rganilgan. Differensial yondashuv til o‘qitishda zarurligi ilmiy adabiyotlar asosida isbotlangan.. Kalit so‘zlar: akademik ingliz tili, STEM, filologiya, biologiya, axborot texnologiyalari, biznes, psixologiya, qiyosiy tahlil. Bugungi globallashuv davrida akademik ingliz tili nafaqat xalqaro muloqot, balki ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning muhim vositasiga aylangan. Oliy ta’lim muassasalarida turli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar uchun akademik ingliz tilini o‘zlashtirish darajasi ularning kasbiy sohasiga bevosita bog‘liq. Biologiya, Axborot texnologiyalari, Biznes va boshqaruv, Psixologiya hamda Filologiya yo‘nalishlarida o‘qiyotgan talabalar uchun akademik ingliz tili turlicha maqsad va ehtiyojlarni qamrab oladi. Mazkur tadqiqot ushbu yo‘nalishlarda akademik ingliz tiliga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash, qiyoslash hamda samarali o‘qitish usullarini taklif etishga qaratilgan. Akademik ingliz tili sohasida ko‘plab xorijiy va mahalliy olimlar tadqiqotlar olib borgan. K.Hyland[1] va J.Swales [2] akademik yozuv janrlarining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilgan bo‘lsa, R. Jordan[3] va H. Basturkmen [4] EAP (English for Academic Purposes) kurslari o‘qitish metodikasini ishlab chiqqan. O‘zbekistonlik tadqiqotchilardan Q.Yo‘ldoshev [5] (2020) va N.Xodjayevalar[6] akademik ingliz tilining milliy ta’lim tizimidagi o‘rni va o‘qitish muammolarini o‘rgangan. Ularning tadqiqotlari mazkur mavzuning dolzarbligini yana bir bor tasdiqlaydi. Ilmiy izlanish davomida so‘rovnoma, suhbat, kuzatuv va o‘quv dasturlarini tahlil qilish metodlaridan foydalanilgan. So‘rovnomalar orqali talabalar akademik ingliz tili darslaridagi asosiy ehtiyojlarini bildiradilar, intervyular orqali esa ularning o‘z sohasidagi terminologik va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi qiyinchiliklari mavjudligi ko‘rsatib o‘tilgan. Kuzatuv va o‘quv dasturlarini tahlil qilish orqali turli yo‘nalishlarda til o‘qitish usullari tahlilga tortilgan. Biologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun akademik ingliz tili murakkabroq hisoblanadi, chunki bu yo‘nalishda ko‘plab ilmiy atamalar, formulalar va ilmiy maqolalarni tushunish zarur. Axborot texnologiyalari (IT) sohasida esa ingliz tili amaliy kommunikatsiya va dasturlash terminologiyasiga asoslanadi. Bu esa o‘zlashtirishni biroz osonlashtiradi ammo doimiy o‘qibizlanishni talab qiladi. Biznes va boshqaruv yo‘nalishida akademik ingliz tili xalqaro biznes muhitida muloqot, muzokara olib borish va hisobot tayyorlash uchun zarur. Psixologiya sohasida esa tahliliy fikrlash, ilmiy maqolalarni sharhlash va tajriba natijalarini ifodalash ko‘nikmalari asosiy o‘rinni egallaydi. Filologiya yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar esa tildan ilmiy tahlil vositasi sifatida foydalanadilar. Pedagogiga va Filologiya yo‘nalishi talabalari uchun akademik ingliz tilini o‘rganish nisbatan oson hisoblanadi. Sababi, til ijtimoiy hodisa va gumanitar sohada ta’lim oluvchi talabalar ijtimoiy faoliyatdan uzluksiz ta’lim jarayonidan foydalanadilar. Aniq fanlardan hisoblangan biologiya yo‘nalishida akademik ingliz tilini o‘zlashtirish biroz murakkab sanaladi, chunki unda ilmiy-texnik terminologiya keng qo‘llaniladi va ko‘p sohalar integratsiyasi mavjud.
473 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar Xalqaro tajribalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, Fransiyada joriy etilgan “LANSAD (LANgue pour Spécialiste d'Autres Disciplines)” dasturi akademik ingliz tilini kasbiy yo‘nalishlarga moslashtirib o‘qitishni maqsad qilgan. Mazkur dastur doirasida talabalar o‘z mutaxassislik sohasiga tegishli inglizcha terminlar, ilmiy matnlar va muloqot shakllarini amaliy tarzda o‘rganadilar. Bundan tashqari, AQSh va Buyuk Britaniyada “Content and Language Integrated Learning (CLIL)” modeli ham muvaffaqiyatli qo‘llanilib, talabalarga akademik va kasbiy tilni birgalikda o‘zlashtirish imkonini beradi. Dunyo tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida akademik ingliz tilini o‘qitishda har bir yo‘nalish uchun alohida dastur ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Masalan, biologiya talabalari uchun terminologik lug‘atlar va laboratoriya yozuvlari asosida mashg‘ulotlar tashkil etish, IT sohasida esa ingliz tilida kod yozish va hujjat tayyorlash ko‘nikmalarini o‘rgatish zarur. Biznes yo‘nalishida xalqaro muloqot, psixologiyada esa empirik tadqiqot hisobotlarini yozish amaliyoti kengaytirilishini muhim deb hisoblaymiz. Filologiya yo‘nalishidagi talabalarga ilmiy maqola tahlili, tarjima va akademik yozuvga oid chuqur kurslar taklif etilishi lozim. Xulosa qilib aytganda, akademik ingliz tiliga bo‘lgan ehtiyojlar va tilni o‘zlashtirish yo‘nalishlar kesimida sezilarli darajada farqlanadi. Biologiya yo‘nalishida o‘zlashtirish eng murakkab bo‘lsada, barcha sohalarda amaliy va kommunikativ yondashuv samarali natija beradi. Akademik ingliz tilini o‘qitishda differensial yondashuvni qo‘llash, o‘quv dasturlarini xalqaro tajribaga asoslab yangilash va o‘qituvchilar malakasini oshirish til o‘rganuvchilarning ijobiy natijalarga ega bo‘lishida muhim omillardan sanaladi. References: 1. Hyland K. “English for Academic Purposes” An Advanced Resource Book. Routledge, 2006. 2. Swales J. Genre Analysis: English in Academic and Research Settings. Cambridge University Press -1990. 3. Jordan R. English for Academic Purposes: A Guide and Resource Book for Teachers. Cambridge University Press - 1997. 4. Basturkmen, H. Developing Courses in English for Specific Purposes. Palgrave Macmillan. 2010 5. Yo‘ldoshev Q. Akademik ingliz tilining kasbiy kompetensiyani rivojlantirishdagi o‘rni. O‘zMU nashriyoti. Toshkent - 2020. 6. Xodjayeva N. Oliy ta’limda akademik ingliz tilini o‘qitishda ehtiyoj tahlilining roli. Filologiya masalalari, №3, 2022-y. 45–52-betlar. 7. Long M. H. Second Language Needs Analysis. Cambridge University Press. 2005.