scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTON SPORT TIZIMIDA GENDER TENGLIGI: AYOLLAR SPORTI RIVOJINING HUQUQIY ASOSLARI VA IJTIMOIY OMILLARI

Nazirov Baxtiyor Safarovich

Full text

12 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc O‘ZBEKISTON SPORT TIZIMIDA GENDER TENGLIGI: AYOLLAR SPORTI RIVOJINING HUQUQIY ASOSLARI VA IJTIMOIY OMILLARI Nazirov Baxtiyor Safarovich Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti [email protected] Тел.+998996776022, ORCID: https://orcid.org/0000-0002-8580-4299 GENDER EQUALITY IN THE SPORTS SYSTEM OF UZBEKISTAN: LEGAL BASES AND SOCIAL FACTORS IN THE DEVELOPMENT OF WOMEN'S SPORTS Nazirov Bakhtiyor Safarovich Doctor of philosophy (PhD) in historical sciences, associate professor. Denov Institute of Entrepreneurship and Pedagogy. Denau, Uzbekistan. [email protected], Tel.+998996776022 ORCID: https://orcid.org/0000-0002-8580-4299 ГЕНДЕРНОЕ РАВЕНСТВО В СПОРТИВНОЙ СИСТЕМЕ УЗБЕКИСТАНА: ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ И СОЦИАЛЬНЫЕ ФАКТОРЫ РАЗВИТИЯ ЖЕНСКОГО СПОРТА Назиров Баҳтиёр Сафарович Доктор философии по истории (PhD), доцент. Денаусский институт предпринимательства и педагогики. Денов, Узбекистан. [email protected] Тел.+998996776022 ORCID: https://orcid.org/0000-0002-8580-4299 https://doi.org/10.5281/zenodo.17636970 Annotatsiya. Ushbu maqola O‘zbekiston sport tizimida gender tengligini ta’minlash va ayollar sportini rivojlantirish masalalarini huquqiy va ijtimoiy jihatdan tahlil qiladi. Mazkur tadqiqotda Mustaqillik yillarida qabul qilingan qonunlar, strategiyalar, farmonlar va konsepsiyalar sport sohasida xotin-qizlarning ishtirokini kengaytirishga qaratilgan huquqiy asos sifatida ko‘rib chiqildi. Shuningdek, maqolada xotin-qizlar sporti rivojiga ijtimoiy omillar, murabbiylar tayyorlash tizimi, sport maktablari, milliy va xalqaro musobaqalarda ishtirok, milliy sport turlarini tiklash va ommalashtirish jarayonlari batafsil tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasida ayollar sportini rivojlantirish va gender tenglikni amaliyotga tadbiq etishning samarali mexanizmlarini aniqlashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar. Sport tizimi, milliy sport turlari, olimpiya zaxirasi, sport maktablari, “To‘maris oʻyinlari”, “Barkamol avlod”, “Sharq go‘zali” turnirlari Abstract. This article analyzes the issues of ensuring gender equality and developing women’s sports within the sports system of Uzbekistan from both legal and social perspectives. The study considers laws, strategies, decrees, and concepts adopted during the years of independence as the legal framework aimed at expanding the participation of women in sports. In addition, the article examines social factors affecting women’s sports, the system of training coaches, sports schools, participation in national and international competitions, and the restoration and popularization of national sports. The results of the study serve to identify effective mechanisms for promoting women’s sports and implementing gender equality in practice in the Republic of Uzbekistan. 13 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Keywords. Sports system, national sports, Olympic reserve, sports schools, “Tomaris Games,” “Barkamol Avlod,” “Sharq Go‘zali” tournaments Аннотация. В статье анализируются вопросы обеспечения гендерного равенства и развития женского спорта в системе спорта Узбекистана с правовой и социальной точек зрения. В исследовании рассматриваются законы, стратегии, указы и концепции, принятые в годы независимости, как правовая основа, направленная на расширение участия женщин в спорте. Кроме того, статья изучает социальные факторы, влияющие на развитие женского спорта, систему подготовки тренеров, спортивные школы, участие в национальных и международных соревнованиях, а также восстановление и популяризацию национальных видов спорта. Результаты исследования служат для выявления эффективных механизмов развития женского спорта и реализации гендерного равенства на практике в Республике Узбекистан. Ключевые слова. Система спорта, национальные виды спорта, олимпийский резерв, спортивные школы, турниры «Томарис», «Баркaмол Авлод», «Шарк Гузали» KIRISH. XXI asrda jahon miqyosida gender tengligini ta’minlash davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. O‘zbekiston xalqaro majburiyatlarni o‘z zimmasiga olib, ayollar huquqlari, salohiyati va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha izchil siyosat yuritmoqda. So‘nggi yillarda ijtimoiy hayot, iqtisodiyot, siyosat va sport sohasida ayollar ishtirokini kuchaytirish maqsadida qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ayniqsa, sportda gender tenglik davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Sport sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish bilan birga, inson huquqlarini amalga oshirish, o‘z-o‘zini ifoda etish va ijtimoiy faollikni oshirishning muhim vositasidir. Ayollar sportini rivojlantirish nafaqat jismoniy madaniyat tizimi, balki ijtimoiy barqarorlik, ma’naviy taraqqiyot va milliy qadriyatlar bilan ham bog‘liq. O‘zbekistonda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun (2019)[1], “Gender tenglikni ta’minlash strategiyasi (2021–2030)”[2] va “2019-2023-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish Konsepsiyasi” [3], Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 1-apreldagi “Qishloq joylardagi bolalar sporti obyektlarida band boʻlgan ayol sport ustozlari mehnatini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-1315-son Qarori [4] kabi hujjatlar ushbu yo‘nalishni huquqiy jihatdan mustahkamladi. Ushbu islohotlar natijasida ayollar sport maktablari, federatsiyalar va xalqaro musobaqalardagi ishtirokchilar soni keskin oshdi. Biroq, an’anaviy ijtimoiy qarashlar kuchli bo‘lgan hududlarda psixologik va tashkiliy to‘siqlar saqlanib qolmoqda. Mazkur maqola O‘zbekistonda ayollar sporti rivojining huquqiy asoslari, ijtimoiy omillar va gender tenglik siyosatining amaliy natijalarini ilmiy tahlil qilishga qaratilgan. Globallashuv sharoitida gender tengligi jamiyat taraqqiyotining muhim ko‘rsatkichi sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Inson huquqlari va ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslangan zamonaviy davlatlarda ayollar va erkaklarning teng imkoniyatlarga ega bo‘lishi barqaror rivojlanish poydevoridir. O‘zbekistonda gender tenglik davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Ayollarni sport tizimiga jalb etish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va jamiyatdagi faol ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda. Sport jismoniy barkamollikni shakllantirish bilan birga, inson huquqlarini amalga oshirish, ijtimoiy faollikni oshirish va shaxsni ifoda etish imkonini beruvchi ijtimoiy institutdir. Ayollar sportining rivojlanishi gender tenglik, sog‘lom turmush tarzi va yosh avlod tarbiyasi bilan bevosita 14 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc bog‘liq. Ayollar sport maktablari tarmog‘ining kengayishi, qizlar o‘rtasida sport to‘garaklarining ommalashuvi va xalqaro musobaqalardagi yutuqlar siyosatning amaliy samarasidir. Shunga qaramay, ijtimoiy stereotiplar, mahalliy an’analar va tashkiliy cheklovlar tufayli to‘liq salohiyat namoyon bo‘lmayapti. Asosiy qism. Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida davlat tomonidan sport sohasiga qaratilgan alohida eʼtibor oʻz navbatida xotin-qizlar oʻrtasida ham jismoniy tarbiya va sportning ommaviylashib borishiga zamin yaratdi. Ayollar uchun sportning turli yoʻnalishlari boʻyicha maxsus toʻgaraklar tashkil etildi. Bu jarayonning huquqiy asosi sifatida Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 14yanvarda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni xizmat qildi, keyinchalik bu qonun 2000-yil 26-mayda hamda 2015-yil 5-sentabrda yangi tahrirlarda qabul qilindi. 8 bob va 47 moddadan iborat mazkur hujjat yoshlar va xotin-qizlarni sportga jalb etishni, sportni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishni, murabbiylar tayyorlash sohasini mustahkamlashni, zamonaviy sport infratuzilmasini vujudga keltirishni hamda xalq oʻyinlarini targʻib etish va rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar koʻlamini kengaytirishni zamonaviy talablar darajasiga olib chiqishga xizmat qildi. Sport tashkilotlari aholi oʻrtasida jismoniy tarbiya, sogʻlomlashtirish va ommaviy sport ishlarini tashkil qilish, ularni muntazam ravishda jismoniy mashqlarga jalb qilish borasida muayyan darajada faollik koʻrsatdi. Jumladan, 1992-yilda Oʻzbekiston boʻyicha 80 ta jismoniy tarbiya sogʻlomlashtirish markazlari faoliyat yuritdi, shulardan 25 tasi Toshkent shahrida, 16 tasi Toshkent viloyatida, 10 tasi Fargʻonada, 9 tasi Samarqandda, 2 tasi Andijonda, 11 tasi Xorazm viloyatlarida va 7 tasi boshqa viloyatlarda joylashgan edi. Olmaliqdagi kon-metallurgiya kombinati, 72-avtokorxona, Chirchiqdagi “Elektroximprom” birlashmasi, Sirdaryo refrijerator zavodi va Fargʻona paxta tozalash zavodi kabi korxonalardagi fizkultura va sogʻlomlashtirish markazlarida aholi va ishchilarni muntazam sport bilan shugʻullanishga jalb qilish boʻyicha ijobiy natijalarga erishildi, shu bilan birga bu markazlarda xotin-qizlarning ishtiroki koʻlami ham kengayib bordi. Masalan, birgina Xorazm viloyatida tashkil etilgan 20 ta fizkultura va sogʻlomlashtirish markazlarida har kuni 250 dan ortiq xotin-qizlar jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullangan [20]. Olib borilgan tizimli tadbirlar xotin-qizlar salomatligini yaxshilashga, xususan, talaba qizlarni jismonan sogʻlomlashtirish ishlarini kuchaytirishga xizmat qildi. Shu bilan birga, Andijon va Samarqand viloyatlaridagi sport maktablari va tashkilotlari asosiy eʼtiborni sportning olimpiya tayanch turlarini rivojlantirishga qaratib, xotin-qiz murabbiy kadrlarini toʻgʻri tanlash va joy-joyiga qoʻyishga eʼtibor qaratdi. Shunga qaramay, mazkur davrda eng jiddiy muammo murabbiylar taqchilligi va ularning malakasini oshirish bilan bogʻliq boʻldi; masalan, 1992-yili Oʻzbekistonda atigi 523 nafar xotin-qiz murabbiy malaka oshirishdan oʻtgan [5]. Respublika boʻylab xotin-qiz sport murabbiylari tanqisligi keskin sezildi. Xususan, Sirdaryo, Jizzax va Buxoro viloyatlari sport qoʻmitalari rahbarlari, garchi oliy maʼlumotli qilichbozlik murabbiylari mavjud boʻlsa-da, bu sport turini rivojlantirish bilan shugʻullanmay qoʻygan. Boshqa viloyatlarda ham kadrlar soni juda oz edi (Qoraqalpogʻiston va Xorazmda bittadan, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqandda 2-3 tadan murabbiy). Murabbiylarning malaka darajasi zamon talablariga javob bermasligi bilan bir qatorda, ularning faoliyati yetarli darajada ragʻbatlantirilmaganligi sababli, Samarqand viloyatida boʻlgani kabi, oliy maʼlumotli mutaxassislar — sport ustalari boshqa sohalarga oʻtib ketdi. Natijada, Respublika terma jamoasining 95–97 foizini Toshkentlik sportchilar tashkil etdi; ammo bu davrda O. Mixyayeva va V. Biryukova kabi qilichboz sportchilar MDH terma jamoasi safiga kiritildi [6]. 15 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Bu davrda xotin-qizlar oʻrtasida sport musobaqalarini oʻtkazish anʼanaga aylanib bordi. Jumladan, chim ustidagi xokkey boʻyicha tez-tez musobaqalar tashkil etilib, masalan, 1994-yil may oyida Andijon shahrida 6 viloyatdan 90 nafar qiz ishtirok etgan xokkey musobaqasi boʻlib oʻtdi. Shuningdek, 1996-yilda Toshkent shahrida gandbol boʻyicha Markaziy Osiyo ayollar turniri oʻtkazilib, unda Oʻzbekistonning "Nadejda" (Olmaliq), "D-klub Skif" (Toshkent) va "Sergiliets" (Toshkent) jamoalari ishtirok etdi [7]. Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida sportning yangi turlari ommalashib bordi va bu jarayon ayollar sportida ham kuzatildi. 1996-yil yanvar oyida Toshkent shahrida gandbol boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada 84 nafar ayol ishtirok etgani bunga misol boʻla oladi. Shuningdek, dzyudo sport turi bilan shugʻullanuvchi xotin-qizlar soni ortib bordi; Samarqand viloyatida 1996-yil mart oyida oʻrta yoshli ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan dzyudo musobaqasida 215 nafar sportchidan 56 nafari xotin-qizlar boʻlgan. Ushbu musobaqalarda Z.Qurbonova, D.Abdurahimova, G.Suxova, R.Shayxuddinova kabi turli viloyatlardan sportchilar faol ishtirok etgan [7]. Mustaqillik yillarida milliy sport yoʻnalishlari va xalq oʻyinlarini tiklashga va ularni targʻib etishga jiddiy eʼtibor qaratildi. 1994-yili ilk marta Jizzax viloyatining Forish tumanida I Xalq oʻyinlari festivali oʻtkazildi, keyinchalik bu musobaqalar har ikki yilda bir marta muntazam ravishda tashkil etildi va 1998-yili “Alpomish” milliy sport turlari va oʻyinlari festivali nomi bilan qayta tashkil etildi [8]. Xotin-qizlar sportini ommalashtirishda “Toʻmaris oʻyinlari” respublika festivali muhim ahamiyat kasb etdi. Avvalgi "Mayna Hasanova xotirasi" krosslari anʼanasini davom ettirgan bu festival 1999-yil “Ayollar yili”ga bagʻishlab ilk marta Jizzax shahrida oʻtkazildi va keyingi yillarda ham muntazam (har ikki yilda bir marta) oʻtkazilib, uchinchi bosqichli nizom asosida (tuman, viloyat, respublika finali) tashkil etildi. Ushbu tadbir Vazirlar Mahkamasining 1999-yildagi qaroriga asoslangan bo‘lib, undan asosiy maqsad ayollar salomatligini mustahkamlash va malakali sportchi qizlarni tayyorlashdan iborat boʻldi. Festivallarda nafaqat davlat xizmatidagi ayollar, balki uy bekalari ham faol ishtirok etdi [9]. Bundan tashqari, 1999-yil 10-iyunda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining taʼsis etilishi sport yoʻnalishidagi isteʼdodli qizlar uchun muhim ragʻbat boʻldi. Mustaqillik yillarida gimnastika sport turining rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar ochildi. Yengil atletika boʻyicha ham xotin-qizlar ishtiroki kengayib, masalan, 1995-yili Toshkentdagi musobaqa ishtirokchilarining 90 nafari ayollarni tashkil etdi. Badiiy gimnastika boʻyicha esa Toshkent, Buxoro va Navoiy viloyatlari peshqadamlik qildi, Navoiyda Z.Levshina, S.Smirlova kabi murabbiylar tomonidan oʻziga xos maktablar shakllandi. Natijada Yevgeniya Jukova, O. Minyukova, U.Trofimova kabi jahon miqyosidagi gimnastika yulduzlari yetishib chiqdi. Badiiy gimnastika “Umid nihollari” va “Barkamol avlod” kabi sport musobaqalarining asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylandi [10]. Oʻzbekistonda gimnastika sport turi 2007–2013-yillarda jadal rivojlanish bosqichiga oʻtdi, bu esa erishilgan natijalar va institutsional oʻzgarishlarda aks etdi. 2007-yil 15-mayda Toshkent shahrida oʻtkazilgan gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida 50 nafar sportchi ishtirok etib, unda toshkentlik Luiza Galiulina gʻalaba qozondi, Anna Ninkova va Lyubov Gnusenkovalar keyingi oʻrinlarni egallashdi. Musobaqada Tamara Rusanova, Asal Saparboyeva, Dilnoza Abdusalomova kabi yosh gimnastikachi qizlar ham faol ishtirok etgan [11]. Sport mahoratini oshirish va olimpiya zaxirasini tayyorlash maqsadida 2007-yilda gimnastika boʻyicha Oliy sport mahorati Respublika maktabi, 2011-yilda esa Bolalar va oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktabi tashkil etildi. Bu maktablar terma jamoalar uchun sportchilarni har tomonlama tayyorlash markazlari boʻldi. Institutsional kuchayish natijasida sport bilan shugʻullanuvchi qizlar 16 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc soni sezilarli oshdi: 2009-yildagi 2567 nafardan 2011-yilga kelib ular soni 5480 nafardan oshib ketdi [12]. Bu davrda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari sifatida Husniyabonu Gʻulomova, Zamira Sanaqulova, Darya Svechnikova kabi sportchilar yuqori natijalarga erishdi. Xususan, Zamira Sanaqulova badiiy gimnastika boʻyicha 2010-yil Xitoyda, 2011-yil Qozogʻistonda va keyingi yili Rossiyaning Ufa shahrida oʻtkazilgan xalqaro musobaqalarda oltin medallarni qoʻlga kiritdi. U hatto Termizda boʻlib oʻtgan “Barkamol avlod” sport musobaqalarida beshta oltin medalni zabt etgan. Mamlakatning asosiy qonuni qabul qilinganligining 21-yilligi munosabati bilan 2013-yil dekabr oyida anʼanaviy “Gimnastika barcha uchun” ayollar sport musobaqasi tashkil etilishi sportning ommaviyligini taʼminlashga xizmat qildi [13]. Badiiy gimnastika sportning eng asosiy yoʻnalishlaridan biri sifatida koʻpchilikning eʼtiborini jalb etib kelgan va Mustaqillik yillarida bu sohada ijobiy natijalar qoʻlga kiritildi. Toshkent shahri gimnastika boʻyicha oʻtkaziladigan sport musobaqalarining markazlaridan biriga aylandi; xususan, “Sharq goʻzali” kabi xalqaro miqyosdagi sport musobaqalari doimiy ravishda shu yerda oʻtkazib turildi [14]. Bunday nufuzli tadbirlarda Toshkent shahri, Andijon, Navoiy va Buxoro viloyatlari badiiy gimnastika qizlari faol ishtirok etib, Oʻzbekistonda yaxshi anʼanalar shakllanishiga zamin yaratdi hamda sportchi qizlarimiz xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarni qayd etib, mamlakat sharafini dunyoga tanitdi. Umuman olganda, Mustaqillik davrida Oʻzbekistonda sportning 50 dan ortiq yoʻnalishi ommalashib, shundan 30 tasi olimpiada musobaqalari dasturiga kiritildi. 2004-yil maʼlumotlariga koʻra, sportning turli yoʻnalishlari boʻyicha jami 63 ta federatsiya faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ular qatʼiy belgilangan reja asosida faoliyat koʻrsatib bordi [15]. Davlat tomonidan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimi kuchaytirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 25-maydagi PF–3434-sonli Farmonida ayollar faoliyatini tubdan yaxshilash va ularni sportga kengroq jalb etish choralari kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. Ayollar sportini rivojlantirishda spartakiadalar muhim ahamiyatga ega boʻldi: 2006-yil iyulda Qarshi shahrida oʻtkazilgan 2-Respublika ayollar spartakiadasining birinchi bosqichida 1 million 600 ming nafar xotin-qizlar qatnashdi. Oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalarida tahsil olgan qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan “Sport – salomatlik garovi” shiori ostidagi spartakiadada esa 2007-yil aprel oyida 274 ming 164 nafar oʻquvchi-qiz ishtirok etdi. Shu bilan birga, 2007-yil dekabr oyida Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchi-qizlari oʻrtasida mini-futbol boʻyicha Respublika bosqichi musobaqasi oʻtkazilib, unda 126 nafar oʻquvchi qatnashdi [16]. “Toʻmaris – 2007” sport musobaqalari 2007-yil iyulda Namangan shahrida oʻtkazildi va unda Yulduz Hamroqulova, Goʻzal Xubbiyeva, Zamira Amirova kabi taniqli sportchilar kuch sinashdi. Umumjamoa hisobida Surxondaryo viloyati 1-oʻrinni, Toshkent viloyati esa 2-oʻrinni egalladi. Xususan, shaxmat boʻyicha Termiz shahrining 1-sonli oʻrta maktab oʻquvchisi Xosiyatxon Ashurova gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Namangandagi mazkur musobaqada tennis boʻyicha Natalya Volgunsova, voleybol boʻyicha esa Namangan viloyati sportchi qizlari gʻolib boʻldi [17]. Tennis sport turini ommalashtirish tadbirlari ham olib borilib, 2000-yili Toshkent shahrida “Toshkent Open” xalqaro turniri oʻtkazildi, unda Oqgul Omonmurdova va Iroda Toʻlaganovalar faol ishtirok etdi. Shaxmat va shashka kabi aql sport turlari ham xotin-qizlar oʻrtasida keng yoyilib, 2000yillarning boshlarida Oliy liga oʻyinlari va Oʻzbekiston chempionatlari tashkil etildi. Bu musobaqalarda A.Xegay, I.Hamroqulova, E.Lyovushkina, shashka boʻyicha esa Sevara Ishoqova va 17 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Nigina Bozorova kabi sportchilar yuqori natijalarni qayd etdi, bu esa respublika miqyosida sportning turli yoʻnalishlarida xotin-qizlar ishtiroki va mahoratining oʻsishini tasdiqladi [18]. Oʻzbekiston Respublikasi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi (BSRJ) 2011-yil 25fevraldagi yigʻilishida xotin-qizlarni sportning turli yoʻnalishlariga jalb etish masalalariga keng qamrovli eʼtibor qaratildi. Jamgʻarma mamlakat boʻylab 1500 ta zamonaviy bolalar sporti obyektlarini ishga tushirish orqali bu jarayonga katta hissa qoʻshdi. Institutsional va infratuzilmaviy rivojlanish natijasida sport bilan shugʻullanuvchilar sonida sezilarli oʻsish kuzatildi: 2008-yili 6–15 yoshli oʻquvchilar oʻrtasida sport bilan doimiy shugʻullanuvchilar ulushi 29.2% ni tashkil etgan boʻlsa, 2011-yilga kelib bu koʻrsatkich 34.9% ga koʻtarildi. Eng muhimi, qiz bolalar oʻrtasida doimiy sport bilan shugʻullanuvchilar ulushi 24.1% dan 31.4% ga koʻpaydi [19]. Xotin-qizlarni sportga jalb qilishni yanada ragʻbatlantirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-avgustdagi PF–3690-sonli Farmoyishi qabul qilindi. Ushbu hujjat asosida sport bilan doimiy shugʻullangan qizlarni zamonaviy sport kiyimlari bilan taqdirlash belgilandi va uning ijrosi doirasida 2013-yil 5–7-mart kunlari barcha viloyatlarda 189 941 nafar qizga Prezident sovgʻasi topshirildi. Bu kabi ragʻbatlantirish choralari sportning ommaviyligini oshirish va xotin-qizlar orasida sogʻlom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan davlat siyosatining uzviy qismi bo‘ldi [20]. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi Farmonida xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar bayon etilgan. Mazkur Farmon ayollarni sogʻlomlashtirish, “sogʻlom oila – sogʻlom jamiyat” gʻoyasini targʻib qilishga alohida ahamiyat qaratishni belgiladi. Shuningdek, hujjatda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini kuchaytirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari ham tilga olingan. Bunday normativ hujjatlarning eʼlon qilinishi sport sohasiga ajratilayotgan mablagʻlar miqdorining ortib borishiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Jumladan, Oʻzbekistonda 2013-yildan 2018-yilgacha boʻlgan davrda sportni rivojlantirish va uning moliyaviy sharoitini yaxshilash maqsadida davlat budjetidan 1 trillion 230 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratilgan. Bu moliyaviy resurslar sport infratuzilmasini mustahkamlash va xotinqizlar sportini yanada kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratdi [21]. Xulosa. Oʻzbekistonda Mustaqillik yillarida xotin-qizlar sportining turli yoʻnalishlari boʻyicha shugʻullanish koʻrsatkichlari izchil ortib bordi. Respublika shaharlarida sogʻlomlashtirish markazlarining ochilishi va ularga xotin-qizlarning faol jalb etilishi bu jarayonning asosiy harakatlantiruvchi kuchi boʻldi. Mustaqillikning dastlabki yillaridagi iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, baʼzi sport jamoalari oʻz faoliyatlarini davom ettirdi. Xususan, chim ustidagi xokkey ushbu davrda ancha rivojlanganligi koʻzga tashlanadi. Shuningdek, Oʻzbekistonda xotin-qizlar ishtirokidagi basketbol, voleybol, shaxmat, gandbol va dzyudo kabi sport turlari ham keng ommalashib bordi. Eng quvonarlisi, xotin-qizlar oʻrtasida milliy sport oʻyinlari boʻyicha ham musobaqalar muntazam oʻtkazib turildi. Xotin-qizlar sportini rivojlantirish boʻyicha har bir mahalla va tashkilotlarda oʻziga xos rejalar tuzilib, ularni amalga oshirish yuzasidan qatʼiy chora-tadbirlar olib borildi. Bu borada, ayniqsa, taʼlim muassasalari xotinqizlarni sportga jalb qilishda muhim rol oʻynadi. References: 1. Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida. Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 17-avgustda qabul qilingan. Senat tomonidan 2019-yil 23-avgustda maʼqullangan. 02.09.2019 yildagi O‘RQ-562-son. https://lex.uz/docs/-4494849?utm_source=chatgpt.com 18 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 2. 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 28-maydagi SQ-297-IV-sonli Qarori). https://saylov.uz/storage/nationallegislation/2030%20YILGA%20QADAR%20O%E2%80%98ZBEKISTON%20RESPUBLIKASID A%20GENDER%20TENGLIKKA%20ERISHISH%20STRATEGIYASI.pdf?utm_source=chatgpt. com 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-fevraldagi “2019-2023-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish Konsepsiyasi” 118-sonli Qarori. https://lex.uz/uz/docs/-4200883 4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 1-apreldagi “Qishloq joylardagi bolalar sporti obyektlarida band boʻlgan ayol sport ustozlari mehnatini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-1315-son Qarori. https://lex.uz/uz/docs/-1606175 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 oktabrdagi PF-315-sonli “O‘zbekiston Respublikasi bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni // Xalq so‘zi, 2002 yil 25 oktabr. 6. O‘z MA, M-1fond, 1-ro‘yxat, 9-ish, 53-varaq. 7. O‘z MA, M-1fond, 1-ro‘yxat, 3-ish, 3-varaq. 8. O‘z MA, M-1fond, 1-ro‘yxat, 9-ish, 44-varaq. 9. O‘z MA, M-1-fond, 1-ro‘yxat, 201-ish, 1-varaq. 10. O‘z MA, M-1-fond, 1-ro‘yxat, 307-ish, 1-varaq. 11. O‘z MA, M-1-fond, 1-ro‘yxat (davomi), 310-ish, 1-varaq. 12. O‘z MA, M-1-fond, 1-ro‘yxat, 323-ish, 2-varaq. 13. O‘z MA, M-1fond, 1-ro‘yxat, 686-ish, 51-varaq. 14. Ibragimov B. Xotin-qizlar o‘rtasida ommaviy sport tadbirlarining ahamiyati // Xotinqizlar sporti: imkoniyatlar va istiqbollar. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari, 4-5 may 2018 yil. –Buxoro: Durdona, 2018. –B. 213-214. 15. Ismatov A. Mustaqillik davrida jismoniy madaniyat va sport harakati // “Zamonaviy sportda muammo va yechimlar” xalqaro anjumani to‘plami. –Chirchiq: 2021. –B. 211-212. 16. Safarova M.S., Pulatova Sh.K. Oilada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda xotinqizlarning o‘rni // Xotin-qizlar sporti: imkoniyatlar va istiqbollar. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari, 4-5 may 2018 yil. –Buxoro: Durdona, 2018. –B. 30-31. 17. O‘z MA, M-1-fond, 1-ro‘yxat, 725-ish, 1-varaq. 18. O‘z MA, M-1-fond, 1-ro‘yxat, 323-ish, 7-varaq. 19. O‘z MA, M-1-fond, 1-ro‘yxat, 909-ish, 2-varaq. 20. Muratova G. Ayollar sporti nafosat va shijoat namunasidir // Xotin-qizlar sporti: imkoniyatlar va istiqbollar. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari, 4-5 may 2018 yil. – Buxoro: Durdona, 2018. – B. 227-228. 21. O‘z MA, M-170-fond, 1-ro‘yxat, 159-ish, 18-varaq.