O'RTA OSIYODA ILK SHAHARLARNING SHAKLLANISHI VA ULARNING SIVILIZATSIYA RIVOJIDAGI O'RNI
Full text
19 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc O‘RTA OSIYODA ILK SHAHARLARNING SHAKLLANISHI VA ULARNING SIVILIZATSIYA RIVOJIDAGI O‘RNI Nazirov Baxtiyor Safarovich Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti. Denov, O‘zbekiston [email protected] Tel.+99899 6776022 ORCID: https://orcid.org/0000-0002-8580-4299 Odinayeva Hosila Chori qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tarix yo‘nalishi talabasi Telefon raqami: 97 740 19 81 E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17637078 Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘rta Osiyoda qadimiy shahar madaniyati, ularning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, Samarqand, Buxoro, Xiva, Urganch, Marv, Termiz, Shahrisabz, Farg‘ona, Qo‘qon va Surxondaryo vohasidagi Dalvarzintepa, Kampirtepa, Fayoztepa kabi qadimiy shaharlarning tarixiy ahamiyati va madaniy merosi batafsil tahlil qilinadi. Maqolada shaharsozlik san’ati, xalq madaniyati va O‘rta Osiyo sivilizatsiyasining jahon tarixidagi o‘rni ochib beriladi.Shuningdek, ushbu shaharlarni o‘zaro savdo, madaniy va dini aloqalar orqali mintaqaviy sivilizatsiya markaziga aylangani ilmiy manbalar asosida ko‘rsatib o‘tiladi. Shahar madanyatining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlarini chuqur tahlil qiladi hamda bu jarayonning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rnini asoslaydi. Kalit so‘zlar: Sopollitepa, Jarqo‘ton, Afrosiyob, Varaxsha, Eski Termiz, Baqtirya, Dalvarzintepa, Kampirtepa, Fayoztepa. Kirish. O‘rta Osiyo qadimdan insoniyat sivilizatsiyasining markazlaridan biri bo‘lib kelgan. Hududda shakllangan shaharlar iqtisodiy, madaniy va ilmiy rivojlanishga katta hissa qo‘shgan. Buyuk Ipak yo‘li orqali mintaqaga madaniyat, ilm-fan va savdo aloqalari kirib kelgan, bu esa shaharlarning rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, O‘rta Osiyo shaharlarining rivojlanishi turli davrlarda siyosiy markazlar, ilmiy va diniy maskanlar sifatida namoyon bo‘lgan.Insoniyat tarixining ilk bosqichlaridanoq O‘rta Osiyo mintaqasi Sharq svilizatsiyasining muhim markazlaridan biri sifatida shakllanib kelgan. Bu hudud qadumdan tabiiy-geografik sharoiti, suv manbalari, unumdor yerlar va qulay iqlimi tufayli dehqonchilik, chorvachilik hamda hunarmandchilik rivoji uchun eng qulay joylardan biri bo‘lgan. Aynan shu omillar natijasida bu yerda ilk manzilgohlar va Shahar madaniyati paydo bo‘lib, O‘rta Osiyoning qadimgi xalqlari dunyo sivilizatsiyasi taruxda chuqur iz qoldirgan. Eramizdan avvalgi IV-III ming yilliklarda Amudaryo va Murg‘ob vodiylarida, Zarafshon hamda surxon vohalarida dastlabki dehqonchilik jamoalari shakllana boshlagan. Ularning asosiy faoliyati sug‘orma dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo almashuvi bilan bog‘liq edi. Bu jarayon ijtimoiy tabaqalanish, boshqaruv tizimi, diniy marosimlar va hunarmandchilik markazlarining paydo bo‘lishiga olib kelgan. Shunday qilib. Bu mintaqada dastlabki Shahar tipidagi manzilgohlar - Sopollitepa, Jarqo‘ton kabi markazlar vujudga kelgan. Shu boisdan, O‘rta Osiyo shaharlarining qadimiyligi nafaqat mahalliy tarix, balki jahon sivilizatsiyasining umumiy rivojlanish jarayonida ham katta ahamiyatga ega.Ularning o‘rganilishi, bugungi kunda tarix, arxeologiya va madaniyatshunoslik fanlari uchun dolzarb masalalardan biridir. Asosiy qism. Afrosiyob – qadimiy Samarqandning yuragi. Samarqandning eng qadimiy qismi Afrosiyob deb ataladi. Bu joy miloddan avvalgi VIII–VII asrlarda paydo bo‘lgan bo‘lib, O‘rta Osiyoning eng qadimiy shahar markazlaridan biridir. Afrosiyob qadimda Sug‘d davlatining siyosiy,
20 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc madaniy va iqtisodiy markazi bo‘lgan.Arxeologik qazishmalar natijasida bu yerdan saroy qoldiqlari, devoriy rasmlar, tangalar, sopol idishlar, yozuvlar topilgan. Ayniqsa, Afrosiyob devoriy rasmlari O‘rta Osiyo san’atining eng qadimgi namunalaridan hisoblanadi.Afrosiyobdan topilgan yozuvlarda Sug‘diy tili qo‘llanilgan bo‘lib, bu til o‘sha davrda xalqaro savdo tili sifatida mashhur bo‘lgan. Shahar milodiy VIII asrda arablar istilosi vaqtida vayron bo‘lgan.Afrosiyobni ilk davri sak, so‘g‘d va baqtirya madaniyatlari ta’sirida shakllangan. Arxeologik topilmalar bu davrda Shahar mustahkam devorlar bilan o‘ralganini, ichkarida ibodatxonalar, saroylar va hunarmandchilik markazlari bo‘lganini ko‘rsatadi.[1.40 b]. Afrosiyob shahri Samarqandning ildizi,So‘g‘d sivilizatsiyasining yuragi, O‘rta Osiyoda shaharsozlik, san’at, yozuv va savdo madaniyatining yuksak darajaga chiqqan markazidir [1.42 b]. Yerqo‘rg‘on shahri O‘rta Osiyo hududidagi eng qadimiy shahr markazlaridan biri hisoblanadi. Yerqo‘rg‘onning eng qadimgi qatlamlari miloddan avvalgi IV asrga oid. Dastlab u mudofaa devorlari bilan o‘ralgan kichik qa’la shaklida bo‘lgan. Ahmoniylar va undan keying davrlarda bu hudduda aholi zich joylashgan, dehqonchilik va hunarmandchilik rivojlangan. Shahar atrofi kanallar va ariqlar orqali sug‘orilgan,bu esa yerqo‘rg‘onni o‘sha davrdagi irrigatsion madaniyat darajasini ko‘rsatadi.Arxeologik topilmalar Yerqo‘rg‘onda diniy bag‘rikenglik mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi, bu yerda buddaviylik va mahalliy so‘g‘diy e’tiqodlar mavjud bo‘lgan. Yerqo‘rg‘on rejalashtirilgan Shahar sifatida qurilgan. Shahar ikki qisimdan iborat ichki qa’la va tashqi Shahar. Ichki qa’lada hukumdorlar saroyi, harbiy garnizon, xazinaxonalar joylashgan qism. Tashqi Shahar esa aholining turar joylari, hunarmandchilik markazlari, bozorlardan iborat [1, 60 b]. Yerqo‘rg‘on So‘g‘diyona madaniyatining janubiy poytaxt sifatida, O‘rta Osiyoda ilk shahr sivilizatsiyasi, sug‘orish tizimi, yozuv madaniyati va xalqaro savdo yo‘llarining tuguni bo‘lgan. U orqali Hindiston, Eron va Xitoy o‘rtasidagi madaniy almashinuvlar amalga oshirilgan.[2, 50 b]. Uzunqir Shahar xarobasi zarafshon tizmasidan boshlanadigan sho‘robsoy bo‘yida joylashgan. Bu qadumgi manzilgoh milloddan avvalgi VIII-VII asrlarga oid bo‘lib, milloddan avvalgi VII-VI asrlarda Kitob-Shaxrisabz vohasining iqtisoqiy va ma’muriy markazi bo‘lgan. Shahar baqtirya karvon yo‘lida bo‘yida joylashgan bo‘lib savdo-sotiq va hunarmandchilik ahamyatiga ega. Uzunqir ichki qa’la va shahr hududidan iborat. Yodgorlikning janubiy g‘arbiy tomonida uzunqir 450 metr mudofaa devorining xarobalari saqlanib qolgan. Devor ham g‘ishtdan qurilgan to‘g‘ri burchakli burjlarga, burjli xonalarga va jangavor shinaklarga ega. Uzunqir -O‘zbekiston hududida ilk shahrsozlik tuzulmasining shakllanish namunasi. Uning yirik o‘troq dehqonchilik vohasining markazi sifatida q’o‘rg‘on qarorgohi guzarlari bo‘lgan. Uzunqir topilmalari spool idishlar, jezdan va temirdan ishlangan mehnat va harbiy qurollari shaharda hunarmandchilik kasbi yuqori darajada taraqqiy etganligidan dalolat beradi [4, 68 b]. Ko‘ktepa shahri O‘rta Osiyoning eng qadimgi Shahar manzillaridan biri bo‘lib,u Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumani hududida joylshgan. Bu yodgorlik O‘zbekistonning qadimgi davr shaharsozligi, madaniy hayoti va davlat tizimi rivojini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Ko‘ktepa shahrining tarixi IV-III ya’ni ilk Shahar madaniyatlari davriga borib taqaladi. Uning yuksalish davri Kushon imperiyasi hamda undan keyingi sosoniylar davriga to‘g‘ri keladi. Ko‘ktepa qadimiy Shahar manzili sifatida Zarafshon vodiysida joylashgan eng yirik markazlardan biri bo‘lgan. Arxeologik tatqiqotlar natijasida aniqlanishicha, u dastlab milloddan avvalgi IV asr atrofida barpo etilgan va milodiy VII-VIII asrlargacha yashab kelgan. Ko‘ktepa o‘z davrida Afrosiyob bilan bir qatorda mintaqaning iqtisodiy, harbiy va madaniy markazlaridan biri bo‘lgan. Shahar Buyuk Ipak yo‘li tarmog‘iga yaqin joylashgani sababli savdo aloqalari keng rivojlangan. Qazishmalar davomida shahr devorlari,minoralar, turar joylar, ibodatxonalar va ko‘plab madaniy qatlamlar aniqlangan.
21 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Topilmalar orasida sopol idishlar, tangalar, metall buyumlar, haykalchalar suyakdan yasalgan buyumlar, shuningdek zardushtiylik bilan bo‘liq diniy topilmalar topilgan. Ko‘ktepa shahri ikki qismidan iborat,bular ark va shahriston,shaharning ark qismida shahr hokimi yoki hukumdor qarorgohi joylashgan markaziy qism.Shahriston qismida esa aholining uy-joylari, ustaxonalar savdo joylari joylashgan hudud. Shahar atrofi mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Devorlar orasidagi qo‘rg‘on minoralari humoya tizimini tashkil etgan. Ko‘plab xonalar xom g‘isht va paxsadan qurilgan bo‘lib ayrim joylarda sopol g‘ishtdan yasalgan poydevor ham aniqlangan [2, 92 b]. O‘zgan shahri O‘zgan tumani markazi hisoblangan Shahar bo‘lib, Qoradaryo sohilida joylashgan. Shaharning hududi, qadimiy pastki qatlamlari va arxeologik topilmalr uning O‘rta Osiyo tarixida muhim o‘rin egallashini ko‘rsatadi. Shahar hududi va arxeologik qatlamlar uniing qadimiy savdo yo‘llari va urbanizatsiyasi uchun markaz bo‘lganligini ko‘rsatadi. O‘zgan shahri ariq kanal tizimlari va Qoraqaryo sohilida joylashgan tufayli tarixan muhim savdo yo‘llari ustida bo‘lgan. O‘zgan shahri O‘rta Osiyo tarixida qadimgi urban markazlaridan biri bo‘lganligi sababli ilmiy tatqiqotlar uchun muhim manba. Arxeologik topilmalar ,minoralar va maqbaralar sayyohlarni o‘ziga jalb qillgan [2, 126 b]. Ershi shahri, bugungi Andijon viloyati Marhamat tumani hududida joylashgan qadimiy Shahar bo‘lib, arxeologik tatqiqotlar ochib bergan malumotlarga ko‘ra miloddan avvalgi IV-I asrlar atrofida shakllangan. Boshqa nomlari bilan ham tanilgan. Ershi shahri ko‘plab Xitoy manbalarida tilga olinadi.Masalan,milloddan avvalgi I-II asrlarda Farg‘ona vodiysida joylashgan. “Davan davlati” davlatning poytaxti sifatida Ershi nomi uchraydi. U Buyuk Ipak yo‘li tarmoqlari oralig‘ida joylashgan bo‘lib, savdo va karvon yo‘llari jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Shaharning maydoni va qa’la devorlari arxeologik izlanishlarda aniqlangan, shaharda himoya devorlari, ichki va tashqi qa’lalar bo‘lgan bu Shahar mudofaa jihatdan ham ahamiyatli bo‘lganidan dalolat beradi [4, 30 b]. Ko‘zalqir shahri qadimgi xorazm vohasida joylashgan, Shahar-qa’la xarobalari bo‘lib, milloddan avvalgi Iming yillikning birinchi yarmida faol bo‘lgan markazlardan biri hisoblanadi. Ko‘zalqir shahri Amudaryo eski o‘zani bo‘yida,joylashgan,qa’la uchburchak shaklda bo‘lib, devorlari paxsa yani xom g‘ishtdan qurilgan.Aholi asosan chorvachilik bilan shug‘ullangan arxeologik topilmalar Ichida hayvon suyaklari, metall asboblar, sopol buyumlar bo‘lgan. Ko‘zalqir shahri Xorazm hududida eng qadimiy bo‘lgan joylardan biri sifatida etirof etilgan.Himoya tizimi rivojlangan bo‘lib, aholisi yo‘laklarda yashagan chorvalarini ichki qa’la hududiga olib kirib,mudofaaqilishgan. Bu Shahar Xorazmning antic davirdagi urbanizatsiyasi va madaniy rivojlanishi uchun muhim manba hisoblanadi [3, 40 b]. Buxoro qadimdan ilm-fan va diniy markaz sifatida mashhur bo‘lgan. Ark qal’asi, Minorai Kalon, Mir Arab madrasasi, Poi Kalon majmuasi shaharning tarixiy va madaniy merosini namoyish etadi.Shahar o‘tmishda Islom ilm-fani va diniy ta’lim markazi bo‘lgan. Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshband va boshqa olimlar Buxoroda ijod qilgan. Bu shahar nafaqat diniy, balki ilmiy markaz sifatida butun Markaziy Osiyo va jahon tarixida mashhur bo‘lgan.Buxoro hududida karvonsaroylar va bozorlar faoliyat yuritgan. Savdo yo‘llari orqali shahar iqtisodiy jihatdan rivojlanib, hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati rivojlangan. Arxeologik topilmalar shaharning savdo va madaniy hayotini ochib beradi. Qadimiy Buxoro – “Islom dunyosining g‘arbdagi yulduzi”.Buxoro O‘rta Osiyoning eng qadimiy va mashhur shaharlaridan biridir. Arxeologik tadqiqotlarga ko‘ra, Buxoro miloddan avvalgi V–IV asrlarda paydo bo‘lgan. Shahar dastlab Sug‘d madaniyati hududiga kirgan bo‘lib, qadimda “Numijkat” yoki “Bumiskat” deb atalgan.Buxoro Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgani sababli, u
22 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc savdo, madaniyat va ilm markaziga aylangan. Qadimda bu yerda hind, fors, xitoy, arab va yunon savdogarlari to‘planib, madaniy almashinuv yuz bergan. Varaxsha – qadimiy Buxoroning yuragi.Buxoro yaqinidagi eng qadimiy shaharlardan biri bu Varaxshadir. U miloddan avvalgi IV–III asrlarda vujudga kelgan bo‘lib, qadimda Buxoro xonlarining qarorgohi bo‘lgan.Varaxsha xarobalarida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida saroy binolari, devoriy rasmlar, haykallar, sopol buyumlar, tangalar topilgan.Varaxsha devoriy rasmlarida otliq jangchilar, afsonaviy hayvonlar va marosim sahnalari tasvirlangan bo‘lib, ular O‘rta Osiyo san’atining eng qadimgi namunalaridan sanaladi.VIII asrda arablar istilosi paytida Varaxsha vayron bo‘lgan, biroq uning madaniy merosi Buxoro shahrining keyingi rivojiga asos bo‘lgan. Paykend – “Cho‘l dengizi sohilidagi shahar”.Yana bir qadimiy Buxoro shahri — bu Paykend (ba’zan “Poykand” deb ataladi). U qadimda “Cho‘l dengizi porti” sifatida tanilgan, chunki Amudaryo daryosiga yaqin joylashgan edi.Paykend miloddan avvalgi IV asrda bunyod etilgan bo‘lib, u Sug‘d davlatining muhim savdo markazi bo‘lgan. Shahar arab tarixchilari tomonidan “Buxoroning onasi” deb atalgan.Arxeologik topilmalar orasida qadimiy masjid, qal’a devorlari, savdogar mahallalari va Sog‘d yozuvidagi bitiklar bor. Bu topilmalar Buxoro vohasining o‘sha davrda yuksak sivilizatsiyaga ega bo‘lganini ko‘rsatadi. Buxoroning islom davridagi yuksalishi. Arablar VIII asrda Buxoroni bosib olgach, bu shahar Islom madaniyatining markaziga aylandi. IX–X asrlarda Somoniylar davlati paydo bo‘lib, Buxoro uning poytaxtiga aylangan.Bu davrda shahar “Buxoroi sharif” nomi bilan mashhur bo‘ldi. Somoniylar davrida Ismoil Somoniy maqbarasi qurildi — u Markaziy Osiyodagi eng qadimiy tosh gumbazli me’moriy obidalardan biridir.O‘sha paytda Buxoro “Sharqning Bag‘dodi” deb atalgan, chunki bu yerda ilm, adabiyot va san’at gullab-yashnagan. Imom Buxoriy, Rudakiy, Forobiy, Ibn Sino kabi allomalar shu muhitda yetishib chiqqan.[5.30]. Xiva shahri Ichan qal’asi bilan mashhur bo‘lib, YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.Qal’a va minoralar shaharning mudofaa va madaniy ahamiyatini ko‘rsatadi. Urganch esa Xorazmshohlar davrida siyosiy va madaniy markaz bo‘lgan.Xiva shahrida qadimiy masjidlar, madrasalar va saroylar orqali o‘tmishdagi siyosiy, diniy va madaniy hayot aks etadi. Urganch hududi ilm-fan, madaniyat va savdo markazi sifatida rivojlangan bo‘lib, ko‘plab arxeologik topilmalar bilan boyitilgan. Hududdagi topilmalar hunarmandchilik, keramika, sopol buyumlar va diniy obidalarni o‘z ichiga oladi. Xorazmning qadimiy shaharlari hududdagi sivilizatsiya va savdo yo‘llarining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Xorazm – Amudaryo vodiysidagi qadimiy davlat [2, 56 b]. Xorazm — O‘rta Osiyoning eng qadimiy madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lib, u Amudaryo quyi oqimi hududida joylashgan. Arxeologik tadqiqotlarga ko‘ra, bu yerda odamlar miloddan avvalgi III ming yillikda yashay boshlaganlar. Xorazm qadimda Qang‘ davlati va keyinchalik Ahamoniylar imperiyasi tarkibida bo‘lgan, biroq tez orada mustaqil davlat sifatida shakllangan. Bu yurt qadimda “Xvarazm” deb atalgan bo‘lib, bu so‘z “Quyoshli yurt” yoki “Issiq joy” ma’nosini bildiradi. Xorazm dehqonchilik, irrigatsiya, hunarmandchilik va savdo sohalarida yuksak darajaga erishgan. U orqali Buyuk Ipak yo‘lining shimoliy tarmoqlari o‘tgan. Qadimiy Xorazm shahar xarobalari. Xorazm hududida ko‘plab qadimiy shaharlar va qal’alar topilgan. Ularning aksariyati hozirgi Ellikqal’a tumani (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) hududida joylashgan. Tuproqqa’la - bu qadimiy shahar, miloddan avvalgi I asrda barpo etilgan bo‘lib, Xorazm shohlarining qarorgohi hisoblangan. Shahar to‘rtburchak shaklda qurilgan, baland devorlar bilan o‘ralgan. Tuproqqa’la shahri O‘rta Osiyoning eng qadumiy va eng yaxshi saqlangan arxeologik
23 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc yodgorliklardan biridir. U qadimgi Xorazm davlatining siyosiy va madaniy markazlaridan biri bo‘lgan. Bu yodgorlik milodiy I-IV asrlarga oid bo‘lib, qadimgi xorazm me’morchiligi madaniyati va davlat boshqaruvi haqida muhim malumotlar beradi [2, 56 b]. Tuproqqa’la shahri milodiy I asr atrofida barpo etilgan va uzoq vaqt davomida Xorazmshohlar davlatining poytaxti bo‘lib xizmat qilgan. Arxeologik topilmalar asosida aniqlanishicha, bu Shahar V asrning oxirlarigacha faol hayot kechirgan. Tuproqqa’la nomi “tuproqdan qurilgan” qa’la degan manoni anglatadi, chunki uning devorlari va minoralari asosan xom g‘ishtdan qurilgan. Shahar atrofi baland mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan bo‘lib, minoralar va darvozalar mavjud bo‘lgan. Saroy majmuasida Xorazm shohlari taxt zali, ma’muriy xonalar va turli xazinalar joylashgan. Shuningdek, sariy devorlarida rangli devoriy rasmlar, haykaltaroshlik namunalar topilgan. Bu san’at asarlari qadimgi Xorazmda yuksak madaniy va diniy hayot mavjud bo‘lganidan dalolat beradi [3, 67 b]. Tuproqqa’la me’morchiligi o‘z davri uchun nihoyatda ilg‘or bo‘lgan. Shahar markazida joylashgan saroy majmuasi baland poydevor ustiga qurilgan bo‘lib, devorlari 8-10 metr balandlikda saqlanib qolgan. Saroyning ichki qismi ko‘p xonali bo‘lib, devorlarida diniy va maishiy mazmundagi rasmlar chizilgan. Devor rasmlarida podsholar, malikalrning suratlari, diniy marosimlar, jangovor sahnalar aks ettirilgan. Tuproqqa’la faqat siyosiy markaz emas, balki madaniyat, san’at va diniy e’tiqod markazi bo‘lgan. Bu yerda topilgan artefaktlar, haykalchalar, sopol buyumlar yozuv parchalari Xorazm aholisi zardushtiylik diniga e’tiqod qilganini ko‘rsatadi. Shuningdek, shahar aholisi savdo-sotiq, dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullangan [4, 65 b]. Qazishmalar natijasida saroy binolari, haykallar, devoriy rasmlar, yozuvlar topilgan. Ayniqsa, Toprakkal’a devoriy rasmlari qadimiy Xorazm san’atining eng yuksak namunalaridandir. Ayozqala - bu qal’a miloddan avvalgi IV–III asrlarda bunyod etilgan. U harbiy istehkom sifatida ishlatilgan va mustahkam mudofaa tizimiga ega bo‘lgan. Ayozqal’a uchta alohida qismdan iborat: ichki qal’a, tashqi qal’a va shahar atrofi. Afsonalarga ko‘ra, Ayozqal’a nomi afsonaviy qahramon Ayoz bilan bog‘liq. Xiva – Xorazmning davomchisi. Xorazm sivilizatsiyasining merosxo‘ri sifatida Xiva shahri qadimdan bu yurtning markaziga aylangan. Xiva milodiy X asrlarda shakllangan bo‘lib, u dastlab kichik karvonsaroy va savdo manzili sifatida paydo bo‘lgan. XII asrga kelib Xiva mustahkam shahar darajasiga ko‘tarilgan, XV–XVI asrlarda esa Xiva xonligining poytaxti bo‘lgan.Xivada o‘sha davr me’morchiligi o‘zining go‘zalligi va bezak san’ati bilan ajralib turadi. Shahar Ichon-qal’a deb ataluvchi ichki qal’a bilan mashhur. Ichon-qal’a bugungi kunda UNESCOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Xorazmda qadimdan ilm-fan, astronomiya, falsafa va me’morchilik rivojlangan. Bu yerda AlXorazmiy, Beruniy, Zamaxshariy, Najmiddin Kubro kabi buyuk allomalar yetishib chiqqan. Xorazm o‘z davrida Sharqdagi eng ilg‘or madaniyat markazlaridan biri bo‘lgan.Bugungi kunda Xiva va qadimiy Xorazm yodgorliklari O‘zbekistonning eng muhim tarixiy meros obyektlari sifatida saqlanib, sayyohlar e’tiborini o‘ziga jalb etadi. Marv qadimiy Marg‘iyona hududida joylashgan bo‘lib, strategik joylashuvi tufayli savdo va siyosiy markaz sifatida mashhur bo‘lgan.Shahar ko‘plab karvonsaroylar, madrasalar, ibodatxonalar va ziyoratgohlar bilan boyitilgan. Marv turli davrlarda hukmdorlar markazi bo‘lib, Ipak yo‘li orqali savdo aloqalarini rivojlantirgan. Arxeologik qazishmalar shaharda qadimiy me’moriy uslublar, hunarmandchilik buyumlari va diniy obidalarni aniqlagan. Bu topilmalar Marvning iqtisodiy, madaniy va ilmiy markaz sifatidagi o‘rnini ko‘rsatadi. Marv – qadimiy sivilizatsiyalaridir. Marv — O‘rta Osiyoning eng qadimiy va mashhur shaharlaridan biridir. U hozirgi Turkmaniston hududida, qadimda Marg‘iyona vohasi deb atalgan joyda joylashgan. Marv Amudaryoning quyi oqimiga yaqin,
24 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc unumdor yerlar orasida joylashgani bois qadimdan dehqonchilik va savdo markazi sifatida rivojlangan. Tarixiy manbalarda Marv nomi turli shakllarda uchraydi: Margush, Marg‘iyona, Marvash-shohijon, Marv al-Bahriy, Marv al-ruz va hokazo. Arxeologik dalillarga ko‘ra, Marvning eng qadimiy qismi miloddan avvalgi II ming yillikka borib taqaladi. Marg‘iyona va qadimiy Marvning paydo bo‘lishi.Marvning ilk shakli — Marg‘iyona — qadimda mustaqil viloyat bo‘lgan. U Ahamoniylar imperiyasi (mil. avv. VI–IV asrlar) tarkibiga kirgan va “Zarafshon vodiysi bilan Amudaryo oralig‘idagi boy voha” sifatida mashhur bo‘lgan.Ahamoniylar davrida bu yerda Gonurdepe, Togolok-depe, Erk-kala singari qadimiy aholi manzillari paydo bo‘lgan. Ayniqsa Gonur-depe qadimiy Marg‘iyona madaniyatining markazi bo‘lgan. Bu joyda miloddan avvalgi XX–XVI asrlarga oid saroylar, ibodatxonalar, oltin va bronza buyumlar, sopol idishlar topilgan.Bu topilmalar Marg‘iyona sivilizatsiyasini Misr, Mesopotamiya va Hind vodiysi madaniyatlari bilan teng darajada qadimiy ekanini ko‘rsatadi. Erk-kala va Gyaur-kala – qadimiy Marvning yodgorliklari.Marvning o‘rta asrlardagi shakli Erk-kala deb atalgan. Bu joy miloddan avvalgi VI asrda asos solingan shahar bo‘lib, baland devorlar va minoralar bilan o‘ralgan.Erk-kala devorlari 12 metr balandlikda bo‘lgan, ichida saroy binolari, omborlar, ibodatxonalar va turar joylar joylashgan.Milodiy I asrga kelib Erkkala atrofida yangi shahar - Gyaur-kala (ya’ni “Gavurlar shahri”) bunyod etilgan. U Parfiya va keyinchalik Sosoniylar davrida yirik markazga aylangan.Gyaur-kalada olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida zardushtiylar ibodatxonasi (otashkada), saroy qoldiqlari, devoriy rasmlar va sopol yozuvlar topilgan. Arablar istilosidan so‘ng (VIII asrda) Marv islom dunyosining eng muhim shaharlardan biriga aylandi. Shu davrda shahar Sulton-kala nomi bilan tanilgan.Bu joyda masjidlar, madrasalar, saroylar, hammomlar, hunarmandlar bozorlari barpo etilgan.IX–X asrlarda Somoniylar davlati davrida Marv yuksak darajada gullab-yashnagan. Keyinchalik u Saljuqiylar va Xorazmshohlar davrida ham siyosiy va madaniy markaz bo‘lib qolgan.Marvda mashhur olimlar — Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy, Abu Muslim, Nizomulmulk, Imom at-Termiziy va boshqalar faoliyat yuritgan. Marvning gullab-yashnash davri XIII asrgacha davom etdi. 1221-yilda Chingizxon qo‘shinlari tomonidan shahar vayron qilindi. Tarixchilarning yozishicha, bu istilo natijasida Marv butunlay xarobaga aylangan. Keyinchalik, XIV–XV asrlarda shahar biroz tiklangan bo‘lsa-da, avvalgi qudratini qaytara olmadi. Hozirgi kunda qadimiy Marv xarobalari Turkmanistonning Mary viloyati yaqinida joylashgan. Bu hududdagi Erk-kala, Gyaur-kala, Sulton-kala, Abdullaxon-kala singari joylar 1999-yilda UNESCOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.Marv arxeologik majmuasi Markaziy Osiyo tarixining eng qadimiy qatlamlarini o‘zida mujassam etgan. Bu joydan topilgan ashyolar Turkmaniston, O‘zbekiston, Rossiya va Fransiya muzeylarida saqlanmoqda. Eski Termiz qadimiy Baqtriya hududida joylashgan bo‘lib, miloddan avvalgi III asrda savdo va madaniyat markazi sifatida rivojlangan. Fayoztepa, Kampirtepa va Dalvarzintepa yodgorliklari shahar tarixini yoritadi. Shahar diniy, ilmiy va savdo markazi sifatida ahamiyat kasb etgan. Arxeologik topilmalar Termizning qadimiy madaniyat darajasini namoyish qiladi. Shahar hududida qadimiy ibodatxonalar, karvonsaroylar va ilmiy markazlar topilgan. Shahrisabz qadimiy Amir Temur davrida rivoj topgan shahar bo‘lib, Ak-Saroy saroyi va Dorut Tilovat majmuasi mashhur.Shahrisabz madaniy va me’moriy obidalari orqali O‘rta Osiyo tarixida muhim o‘rin egallaydi. Shahar ko‘plab tarixiy voqealar va siyosiy markaz sifatida faoliyat yuritgan. Farg‘ona vodiysi qadimdan savdo va qishloq xo‘jaligi markazi bo‘lib, shaharlarining arxeologik topilmalari hududning iqtisodiy va madaniy rivojini ko‘rsatadi.Hududda turli
25 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc sivilizatsiyalar yashab, savdo va madaniyat rivojlangan. Farg‘ona shahridagi topilmalar qadimiy hunarmandchilik va qishloq xo‘jaligi faoliyatini ochib beradi. Qo‘qon - xonlik poytaxti sifatida mashhur bo‘lib, tarixiy me’moriy yodgorliklari va madaniy merosi bilan ajralib turadi.Shahar savdo, siyosiy va madaniy markaz sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Arxeologik qazishmalar Qo‘qonning madaniy va iqtisodiy rivojlanishini ko‘rsatadi. Dalvarzintepa Surxondaryoning eng qadimiy yodgorliklaridan biri bo‘lib, miloddan avvalgi I ming yillikda shakllangan. Strategik joylashuvi tufayli savdo yo‘llari kesishgan markaz sifatida ahamiyat kasb etgan.Arxeologik qazishmalar hududda hunarmandchilik buyumlari, keramika va sopol idishlarni aniqladi. Shahar diniy markaz sifatida ham rivojlangan bo‘lib, ziyoratgohlar va ibodatxonalar topilgan. Dalvarzintepa Surxondaryo vodiysining siyosiy va iqtisodiy markazi bo‘lgan. Kampirtepa miloddan avvalgi II–I ming yilliklarda shakllangan qadimiy shahar bo‘lib, strategik joylashuvi tufayli karvon yo‘llari kesishgan savdo markazi sifatida rivojlangan.Arxeologik qazishmalar Kampirtepada qadimiy devorlar, minoralar, hunarmandchilik va sopol buyumlarni aniqladi. Shahar diniy va madaniy markaz sifatida ham faoliyat yuritgan. Kampirtepa hududida topilgan yodgorliklar Surxondaryoning qadimiy shahar madaniyatini tushunishga yordam beradi. Fayoztepa miloddan avvalgi III–I ming yilliklarda shakllangan bo‘lib, Surxondaryo vodiysining muhim arxeologik hududi hisoblanadi.Shahar hududida ibodatxonalar, qarorgohlar, karvonsaroylar va hunarmandchilik markazlari topilgan. Fayoztepa iqtisodiy va madaniy rivojlanish markazi bo‘lgan. Arxeologik topilmalar orasida keramika, sopol idishlar, metall buyumlar mavjud bo‘lib, hudud aholisining savdo va hunarmandchilik bilan faol shug‘ullanganini ko‘rsatadi. Xulosa. O‘rta Osiyo qadimiy shaharlari va Surxondaryo vohasidagi yodgorliklar xalqimiz tarixining ildizlarini, madaniy merosini va sivilizatsiya darajasini aks ettiradi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Urganch, Marv, Termiz, Shahrisabz, Farg‘ona, Qo‘qon va Surxondaryodagi Dalvarzintepa, Kampirtepa, Fayoztepa kabi shaharlar hududning iqtisodiy, siyosiy va madaniy rivojlanishida muhim rol o‘ynagan.Ularni asrab-avaylash va ilmiy tadqiq qilish har bir avlodning ma’naviy burchi bo‘lib, O‘rta Osiyo sivilizatsiyasining jahon tarixidagi o‘rnini anglashga yordam beradi. Shuningdek, arxeologik topilmalar va tarixiy yodgorliklar mintaqaning qadimiy madaniyati va ilm-fan rivojining boy manbai sifatida qadrlanadi. References: 1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Toshkent: O‘zbekiston, 1998. - 120 b. 2. Asqarov A. O‘rta Osiyo qadimiy shaharlari tarixi. Toshkent: Fan, 2002-240 b. 3. Shaydullayev Sh. Samarqand — jahon sivilizatsiyasi markazi. Samarqand, 2015.-96 b. 4. Islomov B. Termiz va Surxondaryo qadimiy yodgorliklari. Toshkent: “Akademnashr”, 2019.- 136 b. 5. YUNESKO rasmiy veb-sayti: https://whc.unesco.org 6. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti ma’lumotlari. 7. Qodirov M. O‘rta Osiyo sivilizatsiyasi tarixi. Toshkent: “Ma’naviyat”, 2021.-70 b.