scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DENOVNING QADIMIY SIVILIZATSIYALAR TARAQQIYOTIDAGI O'RNI VA AHAMIYATI

Xayrullayeva Dilnoza Narzullayevna

Full text

31 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc DENOVNING QADIMIY SIVILIZATSIYALAR TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI Xayrullayeva Dilnoza Narzullayevna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi E-mail: [email protected] Tel:+998992961306 https://doi.org/10.5281/zenodo.17637116 Annotatsiya. Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining qadimiy maskanlaridan biri — Denov tumanining tarixi haqida so‘z yuritilgan. Maqolada Denovning qadimda Chag‘oniyon nomi bilan mashhur bo‘lgani, bu hududda qadimiy shaharlar, madaniyat va savdo markazlari shakllanganligi ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, tuman hududida yashagan xalqlarning turmush tarzi, iqtisodiy faoliyati, madaniy va ilmiy merosi tahlil etilgan. Mustaqillik yillarida Denov tarixini o‘rganish va uni asrab-avaylash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ham alohida qayd etilgan. Kalit so‘zlar: Denov tumani, Chag‘oniyon, tarix, qadimiy shaharlar, madaniyat, ilmiy meros, arxeologiya, Surxondaryo, mustaqillik. Abstract: This article explores the history of the Denov district, one of the ancient regions of the Surxondaryo province. It describes how Denov, formerly known as Chag‘oniyon, was an important center of culture, trade, and civilization in ancient times. The article highlights the lifestyle, economy, cultural, and scientific heritage of the peoples who lived in this area. It also mentions the efforts made in recent years to study and preserve Denov’s historical legacy. Keywords: Denov district, Chag‘oniyon, history, ancient cities, culture, scientific heritage, archaeology, Surxondaryo, independence Аннотация: В данной статье рассматривается история Деновского района — одного из древнейших регионов Сурхандарьинской области. Описывается, как Денов, ранее известный как Чаганиан, был важным центром культуры, торговли и цивилизации в древности. В статье освещаются образ жизни, экономика, культурное и научное наследие народов, населявших эту территорию. Также отмечаются работы, проведённые в годы независимости по изучению и сохранению исторического наследия Денова. Ключевые слова: Деновский район, Чаганиан, история, древние города, культура, научное наследие, археология, Сурхандарья, независимость. Kirish. Denovning ta’rifi, uning shon-shuhrati haqida fikr bildirish katta mas’uliyatni talab etadi. Denov yurtga qattol yov bostirib kelganda, mardlari jon olib, jon bergan bezavol yurtdir. Denov qadimdan to hozirgacha qut-baraka yog‘ilgan manzildir. Bu yerda qadimdan bekorga davlat bo‘lmagan. Bekorcha bu yerda asrlarni yelkasida ko‘targan qo‘rg‘onlar tiklanmagan. Bu aziz tuproqni deb necha-necha mard o‘g‘lonlar bekorga shirin jonlarini fido qilmagan. Dunyodagi har bir yaxshi narsaning ta’rifi-tavsifi bor. Biroq Denovning to‘liq va mukammal ta’rifi-tavsifi hali yo‘q. Bitilgan emas, ayrim sahifalari bor, xolos. Denov degan muazzam yurt haqidagi doston bitilmoqda, deya aytish mumkindir. Qibla tarafdan azaldan to hanuz oqib turgan Qizilsuv daryosi bo‘yida Denov bekligi zamonidan qolgan muhtasham qo‘rg‘on bor. Bu Denovliklarniki, demakki, Surxondaryoliklarning qo‘rg‘oni. Lekin Denov degan dovruqli makon esa qalblarning zavoli topmas qo‘rg‘ondir. Bu yerda muarrixlar, qadimshunos olimlar, jamiiyki qiziqchilar tomonidan katta ehtirom bilan o‘qilayotgan muhtasham kitoblar-asarlar bor. Bular – aqlzakovat bilan qurilgan, bir necha ming yilliklarni bag‘rida jamuljam qilgan Xolchayon yodgorligi, Said Otaliq madrasasi va boshqa ko‘plab tarixiy obidalardir. Bu asarlarni dunyoning taniqli arxeologlari o‘rganmoqdalar. Denov qadimiy tarixga ega bo‘lib, uning mamlakatimiz ijtimoiy- 32 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc iqtisodiy, madaniy taraqqiyotida o‘rni alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ilk shahar madaniyatining shakllanishida, davlatchiligimiz asoslarining paydo bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Denov tarixini o‘rganishda mavjud tarixiy manbalarni o‘rganish jarayonida mamlakatimiz tarixida ilk davlatlarning paydo bo‘lishiga munosib hissa qo‘shgan. Insoniyat tarixining ilk madaniyati va uning rivojlanishiga oid dehqonchilik, hunarmandchilik xo‘jaligi bilan bog‘liq voqeahodisalar asosida Denov tarixining qadimiy ekanligini tasdiqlovchi tarixiy voqelik o‘z aksini topgan [1] . Denov tarixi qadimgi Baqtriya, Kushon, Eftalit, Turk hoqonligi, Saljuqiylar, Qoraxoniylar, Xorazmiylar, Temuriylar, Shayboniylar, Buxoro Amirligi, Sovet davlatchilik asoslarini shakllantirgan Baqtriya davlati tarixi bilan bog‘liq jihatlari arxeolog va manbashunos olimlar tomonidan har tomonlama ilmiy asoslab berilgan. Jumladan, Baqtriya – O‘rta Osiyo xalqlarining moddiy hamda ma’naviy hayotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan hudud. Uning sarhadlari hozirgi Janubiy O‘zbekiston, Janubiy Tojikiston va Shimoliy Afg‘oniston hududlariga to‘g‘ri keladi. Denov tarixining qadimgi davri ham Baqtriya tarixi bilan bog‘liq holda shakllanib, rivojlanib, taraqqiy etib borgan. Hozirgi Denov hududi qadimgi davrlarda Baqtriya davlatining tarkibiy qismiga kirib, yirik iqtisodiy-madaniy markaz sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Chunki Baqtriya davlatining tashkil topishi va shakllanishiga oid tarixiy manbalar Denov hududi bilan bog‘liq tarix bilan chambarchas bog‘liqdir. Denovning o‘tmish tarixi boy moddiy madaniyatga ega bo‘lib, uning har bir qarich yeri o‘tmish tarixidagi voqea-hodisalardan dalolat beradi. Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida Denov hududidan ko‘plab qadimiy asori-atikalar topilib, fan olamiga yangi ma’lumotlar berdi. Denov tarixining eng qadimgi davrini o‘zida aks ettirgan Xolchayon 1960 yilda arxeologlar tomonidan aniqlanib, boy tarixiy manbalarni o‘zbek davlatchiligi asoslari nuqtayi nazaridan taqdim etdi. Qadimiy tarixiy arxeologik manbalar hisoblangan [2]. Asosiy qism. O‘zbekistonning janubiy hududi hisoblangan Surxondaryo jahon sivilizatsiyasi tarixida o‘zining munosib hissasi bilan ajralib turib, buyuk allomalar, olimlar hamda mehnatkash xalqi bilan jahonga tanilgan. Ajdodlarimiz o‘zlarining hayot tajribalarida munosib hurmatga sazovor bo‘lgan shaxslarning nomlarini abadiylashtirishga, ularning amalga oshirgan ishlarini ibrat sifatida kelajak avlodga qoldirishga harakat qilgan. Denovda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qadimiy osori-atikalar topilib, ularning tarixiy o‘rganilishi natijasida 2300 yillik tarixga ega ekani ilmiy asoslab berildi. Denov tarixi, uning mehnatkash, insonparvar, eng muhimi jasur, mard, fidoyi insonlari bilan ajralib turib, ushbu vohada dunyoviy va diniy bilimlar rivojlanishi bilan birga yurt polvonlari xalq oru-nomusi uchun kurashib, el orini olib kelganlar. Denov bekligi davrida xalqning mehnatkashligi, fidoyiligi, ular tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarda o‘z aksini topgan[6]. Denov oru-nomusli, vijdonli, fidoyi yurt insonlari bo‘lganligi tufayli nopok hamda nomard, manmanlik bilan shug‘ullanuvchi insonlarni yoqtirmagan. Denov tarixi mustaqillikning buyuk ne’matlarini o‘zida aks ettirib, bu davrda tumaning har tomonlama taraqqiy etishiga butun kuch-g‘ayratini sarflagan fidoyi insonlar mehnat jasorati bilan yanada mukammallikka erishdi.Ushbu maqolada Denov tarixining shonli sahifalari, o‘tmishning og‘ir va mudhish kunlari bevosita aks ettirilib, ushbu soha bo‘yicha tarixiy hayot ilk bor xolisona ilmiy jihatdan tahlil etildi. Maqolada Denovni ulug‘likka yetkazgan allomalar, ilm-ma’rifat fidoyilari, mehnatkash, jasur, kamtarin insonlari tarixi haqida ma’lum ma’noda manbalar aks ettirilgan.[3] Denovning qadimiy Xolchayon qishlog‘ida joylashgan Qorabog‘tepa qadimiy manzilgohidan muhim ahamiyatga ega tadqiqotlar olib borilgan. Ilmiy tadqiqotlar davrida topilgan ulkan toshlar 2300–2400 yillar avval tayyorlangan bo‘lib, chamasi 60–70 km olisdagi Boysun tog‘idan olib kelinganligi taxmin etiladi. Denov qadimiy tarixini o‘rganishda taniqli olim Bahodir Turg‘unov, 33 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc San’atshunoslik ilmiy tadqiqot instituti professori Galina Anatolyevna Pugachenokova rahbarligida Xolchayon qishlog‘idagi Xonaqoh tepaligida 1960–1963 yillarda tadqiqot ishlarini olib borib, loydan ishlangan 35 taga yaqin erkak, ayol va otlarning elib ketayotgan chavandoz haykallari hamda ularning bino zallarining devorlarida qay shaklda o‘rnatilganligi haqida bahslashib turganligi aks ettirga devoriy surat ekanligini aniqladilar [7]. Denov hududida oltmishga yaqin arxeologik manbalar bo‘lib, ularda uzoq tarixdan moddiy va ma’naviy boyliklar haqida ma’lumotlar qayd etilgan. Arxeologik topilmalar tufayli “Xolchayon”dan yuzlab noyob asori-atiqalar topilib, jumladan “Changaktepa” adirligidan arxeolog olim Bahodir Turg‘unov rahbarligida 2 metrcha chuqurlikda maxsus sopoldan ishlangan tobut aniqlangan. Tobutning bo‘yi 177 sm, eni 50 sm bo‘lib, tobut tuxumsimon shaklda, hajmi 1,5 metrdan ortiqroq, eni 60 sm keladigan maxsus qopqoq ochilganda, qabrda erkak kishining jasadi borligi aniqlangan. Kalla va pastki jag‘ qismlari jarohatlangan bo‘lib, umurtqa pog‘onalari yaxshi saqlangan. [4] Denov tumani 1926-yil 29-sentabrda tashkil topgan. Hududi 0.76 ming kvadrat kilometrni tashkil etib aholining o‘rtacha zichligi 1 kvadrat kilometrga 368.2 kishini tashkil etadi. Denov tuamni madaniyat va sa’natga ham kata e’tibor qaratgan bo‘lib, tumanda “Chorqarsak” foklor-etnografik “Navnihol” xalq ansabili mavjud [9]. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muammolardan biri jamiyatga munosib kishilarni tarbiyalash, oʻzbek xalqining maʼnaviy merosini tiklash uchun keng imkoniyatlar yaratishdan iborat edi. Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov oʻzining "Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli" kitobida shunday deb koʻrsatib oʻtgan edi. "Oʻzbekistonning milliy-madaniy jihatdan gʻoyat rang-barangligi, milliy oʻzligini anglash va maʼnaviy qayta tiklanishning kuchayib borishi bilan uzviy birlikda jamiyatni yangilash, uni demokratik jamiyatga aylantirish uchun qudratli omil boʻlib xizmat qiladi va Respublikaning jahon hamjamiyatiga qoʻshilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi". Denov tumani iqtisodiy jihatdan har tomonlama yuksalib, obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtirilib, maorif va madaniyatning yuqori darajada o‘sib borishida tumandagi kamtarin, o‘z ishiga va kasbiga sodiq hamda har tomonlama yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan kishilarning alohida xizmati munosib ahamiyatga egadir. O‘z kasbiga fidoyi, tadbirkor, tashkilotchi va kamtarin insonlarning mehnati hukumatimiz tomonidan alohida qadrlanib, ularga yuksak e’tibor berilib, xizmatlari moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirib borildi. O‘zbekiston tarixini o‘rganish tarixshunoslik fanining muhim vazifalaridan bo‘lib, ushbu monografiyada Denov tarixi bilan bog‘liq tarixiy voqea-hodisalar ilk bor ilmiy mushohada etildi. Chag‘oniyon tarixi qadim davrlardan buyon ko‘plab tarixshunoslik, geograf, sayyohlar, manbashunoslarni o‘ziga jalb etgan. Baqtriya hududining ajralmas qismi bo‘lgan Chag‘oniyon tarixi, uning o‘tmishi haqida qadimshunos olimlar ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib bordilar [10]. Xulosa. Denov tumani tarixi — bu o‘zida qadimiy sivilizatsiyalar izini, boy madaniy merosni va xalqimizning mehnatsevarligini mujassam etgan sahifalardir. Tarixiy manbalarda Denov Chag‘oniyon nomi bilan tilga olinib, uzoq asrlar davomida siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlardan biri bo‘lib kelgan. Bu yerda yashagan ajdodlarimiz ilm-fan, hunarmandchilik, dehqonchilik va savdo sohalarida katta yutuqlarga erishganlar. Mustaqillik yillarida esa Denov yanada obodlashib, yangi zamonaviy infratuzilma, ta’lim va madaniyat markazlari barpo etildi. Shu tariqa, Denov tarixi o‘tmish shon-shuhrati va bugungi taraqqiyotini uyg‘unlashtirgan holda, kelajak avlodlar uchun faxr manbai bo‘lib qolmoqda. References: 1. Tursunov S., Turdiyev T. Denov tarixi. 2009. 120 b. 34 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 2. Nazarov Q. Zarqalam. 2006. 261 b. 3. Ochilov I. O‘zbekiston’da irrigatsiya-melioratsiya ishlari. 1946. 104 b. 4. Rtveladze E.V., Aminov M. Surxondaryo. 1996. 220 b. 5. Ruziev A.N. Surxondaryo suv omborlari va agrosanoat majmuini rivojlantirish masalalari. 1997. 113 b. 6. Ruziev A.N. Surxondaryo viloyati. 1996. 116 b. 7. Sodiqov X. Turkistonda chorizmning mustamlakachilik siyosati va istiqlol uchun kurash. 1994. 137 b. 8. Qobilov E. Surxondaryoda sug‘orish tizimi. 2000. 123 b. 9. Arxipov N. O‘rta Osiyoda sug‘orish ishlari. 1931. 24 b. 10. Berdiev O. Surxondaryo o‘lkasi tabiati. 1998. 69 b.