scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OʻZBEKISTON AYOLLAR FUTBOLINING GENEZISI VA EVOLYUTSIYASI (1997–2022): CHEMPIONAT, KUBOK VA FUTZAL MUSOBAQALARI MISOLIDA

Ergashev Ahmad Abdug'offorovich

Full text

46 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc OʻZBEKISTON AYOLLAR FUTBOLINING GENEZISI VA EVOLYUTSIYASI (1997–2022): CHEMPIONAT, KUBOK VA FUTZAL MUSOBAQALARI MISOLIDA Ergashev Ahmad Abdug‘offorovich Tarix fani o’qituvchisi, Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusi, Sho‘rchi, O‘zbekiston. E-mail: [email protected] +998 99 670 26 02 GENESIS AND EVOLUTION OF WOMEN’S FOOTBALL IN UZBEKISTAN (1997–2022): CASE OF CHAMPIONSHIP, CUP, AND FUTSAL COMPETITIONS Ergashev Ahmad Abdug‘offorovich History Teacher, Surkhandarya Campus of Navoi Innovations University, Shurchi, Uzbekistan E-mail: [email protected] +998 99 670 26 02 ГЕНЕЗИС И ЭВОЛЮЦИЯ ЖЕНСКОГО ФУТБОЛА В УЗБЕКИСТАНЕ (1997–2022): НА ПРИМЕРЕ ЧЕМПИОНАТОВ, КУБКОВ И ФУТЗАЛЬНЫХ СОРЕВНОВАНИЙ Эргашев Ахмад Абдугоффорович Преподаватель истории, Сурхандарьинский кампус Университета инноваций Навои, Шурчи, Узбекистан E-mail: [email protected] +998 99 670 26 02 https://doi.org/10.5281/zenodo.17637281 Annotatsiya. Ushbu maqola Oʻzbekiston ayollar futbolining 1997–2022 yillardagi rivojlanish tarixi, muhim musobaqalar va professional klublar faoliyatini tahlil qiladi. Tadqiqotda respublika chempionatlari, Kubok va futzal musobaqalarining ayollar futbolini ommalashtirishdagi roli ko‘rsatildi. Qarshining “Sevinch” klubi, Andijonning “Andijanka” va Namanganing “Gulbahor” jamoalari yetakchi rol o‘ynaganligi, xususan “Sevinch” jamoasining milliy va xalqaro maydondagi yutuqlari batafsil yoritilgan. Maqolada ayollar futboli klub va jamiyat integratsiyasi, professional klublar tarkibidagi jamoalarning rivojlanishi, shuningdek, mamlakatda ayollar futbolining ommaviylashuvi va raqobat muhitining mustahkamlanishi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Oʻzbekistonda ayollar futbolining taraqqiyoti va sport tizimidagi gender tenglikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: professional klublar, “Sevinch”, "Andijanka", "Gulbahor", "Metallurg-W" 3 marta, "Bunyodkor-W", chempionat. Abstract: This article analyzes the development history of women’s football in Uzbekistan from 1997 to 2022, focusing on major competitions and professional club activities. The study highlights the role of national championships, Cups, and futsal tournaments in popularizing women’s football. Leading teams such as Qarshi’s “Sevinch,” Andijan’s “Andijanka,” and Namangan’s “Gulbahor” are discussed, with particular attention to “Sevinch” and its achievements at national and international levels. The article also examines the integration of women’s football within clubs and society, the development of teams in professional clubs, and the growing popularity and 47 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc competitiveness of women’s football across the country. The findings contribute to understanding the progress of women’s football and promoting gender equality in Uzbekistan’s sports system. Keywords: Professional clubs, “Sevinch,” “Andijanka,” “Gulbahor,” “Metallurg-W,” “Bunyodkor-W,” Championship Аннотация: В статье анализируется история развития женского футбола в Узбекистане с 1997 по 2022 годы, с акцентом на основные соревнования и деятельность профессиональных клубов. Рассматривается роль национальных чемпионатов, Кубков и футзальных турниров в популяризации женского футбола. Освещается деятельность ведущих команд, таких как “Севинч” (Карши), “Андижанка” (Андижан) и “Гулбахор” (Наманган), с особым вниманием к достижениям “Севинч” на национальном и международном уровнях. Также исследуются интеграция женского футбола в клубы и общество, развитие команд в составе профессиональных клубов, а также рост популярности и конкуренции женского футбола в стране. Результаты исследования способствуют пониманию прогресса женского футбола и развитию гендерного равенства в спортивной системе Узбекистана. Ключевые слова: Профессиональные клубы, “Севинч,” “Андижанка,” “Гулбахор,” “Металлург-W,” “Бунёдкор-W,” Чемпионат. Kirish. Ayollar futboli dunyo miqyosida XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllana boshladi. 1911-yilda Rossiyada birinchi xotin-qizlar jamoasi tashkil etilgan bo‘lsa, 1991-yilda birinchi marta Jahon chempionati o‘tkazildi. O‘zbekistonda esa xotin-qizlar futbolining rasmiy rivoji 1997-yilda respublika chempionatining tashkil etilishi bilan boshlandi. Shu davrdan boshlab mamlakatimizda ayollar futboli sohasida doimiy ravishda musobaqalar o‘tkazilishi, professional klublar shakllanishi va yirik shaharlar markazida sport infrastrukturasini rivojlantirishga qaratilgan ishlar olib borila boshlandi. 1997–2022 yillarda ayollar futboli O‘zbekistonda jadal rivojlanib, Qarshining “Sevinch”, Andijonning “Andijanka” va Namanganing “Gulbahor” kabi yetakchi klublari o‘zaro raqobat orqali mamlakat futbolining sifatini oshirishga xizmat qildi. Ayniqsa, Qarshi shahridagi “Sevinch” klubi milliy chempionatlarda ko‘plab g‘olibliklarga erishgan bo‘lib, futbolchilarining yuqori malakasi, murabbiylar shtabining tajribasi va viloyat hokimiyatining qo‘llab-quvvatlashi natijasida mamlakat va xalqaro maydonda tanilgan. Shu bilan birga, futzal va mini-futbol musobaqalarining tashkil etilishi ayollar futbolining ommaviylashishiga va yosh avlod futbolchilarning malakasini oshirishga xizmat qildi. Shuni alohida ta’kidlanish lozimki, ayollar futbolining rivoji nafaqat sport maydonidagi yutuqlar bilan, balki jamiyatdagi gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish va professional klublar tizimida integratsiyalashuvi orqali ham o‘lchanadi. Ushbu maqola O‘zbekistonda ayollar futbolining tarixiy rivojini, professional klublar faoliyatini, milliy va xalqaro musobaqalarda erishilgan natijalarni tahlil qiluvchi tadqiqot sifatida ishlab chiqildi. Maqola shuningdek, sport tizimida gender tenglikni mustahkamlash va ayollar futbolining yanada ommalashishiga xizmat qiladigan ilmiy asos yaratadi. Asosiy qism. Jahon miqyosida xotin-qizlar futbolining vujudga kelishi XIX asrning oxiri – XX asrning boshlariga toʻgʻri keladi. 1911-yilda Rossiyada ilk xotin-qizlar jamoasi tashkil topgan boʻlsa, 1991-yilda birinchi marta xotin-qizlar futboli boʻyicha Jahon chempionati oʻtkazildi. Oʻzbekistonda esa xotin-qizlar futboli boʻyicha respublika chempionatiga 1997-yilda birinchi marta start berilgan. Mamlakat chempionati va kubok musobaqalarida Qarshining "Sevinch", Andijonning "Andijanka" va Namanganning "Gulbahor" jamoalari yetakchilik qilgan. Xususan, Oʻzbekiston xotin-qizlar 48 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc futboli tarixida Kubokning ilk gʻolibi "Andijanka" jamoasi boʻlib, u ketma-ket uch yil bosh sovrinni qoʻlga kiritgan va jami toʻrt marta Kubok sohibi boʻlgan. 1997–2017 yillar davomida oʻtkazilgan Kubok oʻyinlarining 10 tasida esa Qarshining "Sevinch" jamoasi zafar quchgan; "Metallurg-W" 3 marta, "Bunyodkor-W" esa 2 marotaba Kubok sohibiga aylangan [1]. Qarshi shahrining "Sevinch" ayollar futbol klubining tarixi 1997-yilda boshlanib, dastlabki yillarda turli nomlar ostida faoliyat yuritgan: 1997–1998 yillarda "Qaldirgʻoch", 1999–2003 yillarda "Talaba" va 2004-yildan buyon "Sevinch" nomi bilan ishtirok etib kelgan. Jamoa Qarshi pedagogika kollejining jismoniy madaniyat boʻlimi oʻqituvchisi Oʻktam Jabborov bosh murabbiyligida, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari talabalari orasidan saralab olingan 10 dan ortiq qizlar bilan shakllangan. Jamoa dastlabki chempionatda (8 ta jamoa ichida) 5-oʻrinda boʻlgan, ammo moliyaviy qiyinchiliklar tufayli tarqalib ketgan. 2003-yilga kelib qayta shakllangan "Talaba" jamoasi oʻsha yili Respublika chempionatida 3-oʻrinni egalladi, shu yili jamoa nomi "Sevinch"ga oʻzgartirildi va 2005-yili Tailandda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida gʻalaba qozondi [2]. "Sevinch" jamoasining ilk muvaffaqiyatlari 2004-yilgi IX Oʻzbekiston chempionatida yaqqol namoyon boʻldi. Abdurahmon Yumangulov va Vladislav Xan murabbiyligidagi qizlar "Olimpik"ni 6:1, "Yoshlik"ni 4:0, "Sherdor"ni 6:0, "Humo"ni 6:0 hisobida yengib, asosiy raqiblari "Gulbahor" va "Andijanka" jamoalarini bir xil – 2:0 hisobida magʻlub etib, chempionlikni qoʻlga kiritdi. Muvaffaqiyat mini-futbol (futzal) yoʻnalishida ham davom etdi [3] . 2005-yil fevral oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan Respublika birinchi mini-futbol chempionatida "Sevinch" 36 ochko toʻplab gʻolib boʻldi. Bu gʻalabada chempionat toʻpurari Gulnora Aʼzamova va eng yaxshi futbolchi Mahfuza Turopovalarning hissasi katta boʻlgan [4,5]. 2006-yil mart oyida Chirchiq shahrida oʻtkazilgan mamlakat ikkinchi futzal chempionatida ham "Sevinch" ikkinchi bor chempionlikni qoʻlga kiritdi, bu safar ham asosiy taʼqibchi "Andijanka" jamoasi ikkinchi oʻrinni egalladi [6]. "Sevinch" nafaqat mahalliy miqyosda, balki xalqaro maydonda ham Oʻzbekistonning ayollar futbolidagi asosiy kuchi boʻlgan. 2007-yil 26-oktabrda Makaoda futzal boʻyicha yopiq inshootlarda oʻtkazilgan ikkinchi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan Oʻzbekiston ayollar terma jamoasining asosini toʻliq "Sevinch" jamoasi oʻyinchilari tashkil etdi. Ushbu tarkibda Yelena Belova, Zebo Joʻrayeva (darvozabonlar), Oliya Ahmedova, Mariya Moiseyeva, Mahfuza Turopova, Olga Kim, Kamola Usmonova, Aziza Ermatova, Mahliyo Sarikova, Shaxnoza Shukurova va Sadoqat Roʻziyeva kabi qizlar Malayziya, Yaponiya, Eron, Tailand, Vetnam va Filippin terma jamoalariga qarshi maydonga tushishdi [7]. Qarshining "Sevinch" klubi Oʻzbekistonda ayollar futboli boʻyicha chinakam professional klub darajasiga yetishdi. Ushbu muvaffaqiyatga erishishning asosiy omillari viloyat hokimiyatining eʼtibori, "Shoʻrtangazkimyo" majmuasining begʻaraz homiyligi, murabbiylar shtabining tajribali mutaxassislar bilan taʼminlanganligi hamda tarkibga mahoratli futbolchilarning jalb etilganligi boʻldi [5]. Klubning ketma-ket muvaffaqiyatlari 2007-yilda ham davom etdi; "Sevinch" futbol boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston futbol federatsiyasi musobaqalarni oʻtkazish boshqarmasi mutaxassisi Alisher Fayziyev jamoaga Kubok va birinchi darajali diplomni topshirdi. Ushbu chempionat davomida "Stroitel", "Jizzax" va "Andijanka" jamoalari magʻlubiyatga uchratilgan [8]. Futzal (mini-futbol) boʻyicha ham "Sevinch" yetakchilikni saqlab qoldi. 2008-yil mart oyida futzal boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida Samarqandning "Sherdor" jamoasini 11:0 hisobida magʻlub etib, "Sevinch" yana bir bor Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritdi. Keyingi oʻrinlarni "Andijanka" va Zarafshonning "Stroitel" jamoalari egalladi[9]. 2010-yilda Toshkentdagi "Yoshlik" 49 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc sport arenasida boʻlib oʻtgan VI Oʻzbekiston mini-futbol chempionatida Qashqadaryo viloyatidan "Sevinch" va "Olimpiya" jamoalari ishtirok etib, yakuniy bahslarda aynan shu ikki jamoa birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egallashdi [10]. Oʻzbekistonda yildan yilga professional klublar huzurida tashkil etilgan futbol toʻgaraklarining soni ortib bordi, bu esa ayollar futbolining yanada ommaviylashishiga kuchli taʼsir koʻrsatdi. Oʻtkazilgan musobaqalarda asosan Andijonning "Andijanka" va Qarshining "Sevinch" jamoalari yetakchilik qildi. Ayollar futbolini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida Oʻzbekiston ayollar futboli, ayollar mini-futboli (futzal) va plyaj futboli assotsiatsiyasi tashkil etildi. Shuningdek, xotinqizlar oʻrtasida futbol boʻyicha "Yashil maydon malikalari" Respublika musobaqasi muntazam oʻtkazib kelindi [11]. Oʻzbekiston futbol federatsiyasining maʼlumotiga koʻra, 2012-yilda futbol bilan 50 ming nafarga yaqin qizlar shugʻullangan. Yillar davomida Qarshi shahri ayollar futboli markaziga aylanib bordi va "Sevinch" jamoasi mamlakatning eng kuchli futbol jamoalaridan biri boʻlib qoldi [12]. Qarshining "Sevinch" klubi Oʻzbekistonda xotin-qizlar futboli boʻyicha oʻzining dominant mavqeini muntazam ravishda saqlab qoldi. 2013-yilning 1–3-iyul kunlari Qarshi shahrida oʻtkazilgan futbol boʻyicha VII Oʻzbekiston Kubogi musobaqasida "Sevinch" jamoasi mintaqaviy raqiblarini (jumladan, "Lochin"ni 9:1, "Hisor"ni 8:3 hisobida) magʻlub etib, muvaffaqiyatli ishtirok etdi [13]. Ushbu davr mobaynida jamoa 2006-yildan 2017-yilga qadar Oʻzbekiston chempionligini ketma-ket qoʻlga kiritgan. "Sevinch"ning yetakchiligi 2017-yil fevralda Toshkentdagi "JAR" stadionida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Superkubogi uchrashuvida ham oʻz isbotini topdi; unda Bekobodning "MetallurgW" jamoasi ustidan 5:1 hisobida gʻalaba qozonib, Superkubok sohibi boʻldi [14]. Klubning barqaror rivojlanishi viloyat hokimiyatining qoʻllab-quvvatlashi va "Shoʻrtangazkimyo" majmuasining doimiy homiyligi bilan taʼminlandi, bu esa "Sevinch"ni malakali mutaxassislar va mahoratli futbolchilar bilan taʼminlash imkonini berdi [15]. Institutsional oʻzgarishlar: 2021-yil 1-dekabr kuni "Shoʻrtangazkimyo majmuasi"ning qaroriga asosan "Sevinch" ayollar futbol klubi belgilangan tartibda tugatilib, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, boshqaruvni takomillashtirish va nufuzini oshirish maqsadida Qarshining yirik erkaklar futbol klubi – "Nasaf" futbol klubi tarkibiga qoʻshildi. Klub jahon miqyosida oʻz nomi va oʻrniga ega boʻlganligi sababli, uning "Sevinch" nomi saqlab qolindi va 2022-yil 21-yanvar kuni qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazildi [16]. "Nasaf" tarkibiga kirishidan soʻng, klub oʻz muvaffaqiyatli seriyasini davom ettirdi. 2022-yil 24-martda start olgan Oʻzbekiston chempionatini "Sevinch" "Neftchi W"ga qarshi 6:0 hisobida yirik gʻalaba bilan boshladi. 30-mart kuni esa "Navbahor W" jamoasi ustidan 9:0 hisobida gʻalaba qozonib, yetakchiligini mustahkamladi [17]. Qarshining "Sevinch" ayollar professional klubi oʻz tarixi davomida Oʻzbekiston futbolida mutlaq ustunlikni namoyish etdi. Jamoa oʻn uch karra Oʻzbekiston chempioni (2004, 2006–2016, 2019), uch karra vitse-chempion (2005, 2017, 2018) va bir marta bronza medali sohibi (2003) boʻlgan. Shuningdek, "Sevinch" oʻn karra Oʻzbekiston Kubogi (2005–2008, 2010–2014, 2016, 2018) va ikki karra Superkubok (2015, 2017) sohibi hisoblanadi. Futzal boʻyicha Kubok bahslarida esa 12 marotaba "Sevinch" jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 2022-yilgi mavsumda Zumratjon Nazarova, Laylo Tilovova, Nilufar Qudratova, Lianna Narbekova, Angelina Polyushkechich kabi tajribali futbolchilar ushbu klub sharafini himoya qilishgan [18]. Mustaqillik yillarida "Sevinch" kabi boshqa ayollar futbol jamoalarining ham professional klublar tarkibiga integratsiyalashuvi kuzatildi. Masalan, 2012-yildan "Yoshlik" jamoasi "Buxoro" professional futbol klubi tarkibiga kiritilib, 2013-yildan "Buxoro" ayollar futbol jamoasi deb yuritila 50 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc boshlandi. Shuningdek, Namanganning "Navbahor–W" klubi 2001-yilda tashkil etilgan boʻlib, u ham muntazam ishtirokchi jamoalardan hisoblanadi. 2021-yilda Jizzax viloyatining Zomin tumanida "Soʻgʻdiyona–Women" futbol jamoasi ham tashkil etildi [19]. Soʻnggi yillarda mamlakat ichidagi raqobat sezilarli darajada kuchaydi. Toshkentning "Bunyodkor-W" jamoasi 2019-yilda Elmira Gʻulomova murabbiyligida "Sevinch"ni 2:0 hisobida, 2020-yilda esa "Soʻgʻdiyona-W" jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etib, Oʻzbekiston Kubogini qoʻlga kiritdi. 2021-yilgi Oʻzbekiston Kubogi finalida esa "Soʻgʻdiyona-W" jamoasi ganalik hujumchisi Fuseina Mumunining yagona goli evaziga "Bunyodkor-W" ustidan gʻalaba qozondi [19]. Respublika miqyosida ayollar futbolining ommaviylashuvi ortib bormoqda. Oʻzbekistonda 362 ta stadion va 7113 ta futbol maydoni mavjud boʻlib, jami 460,658 nafar kishi futbol bilan shugʻullanadi, shundan 4642 nafari xotin-qizlar hisoblanadi. Ayollar futboli boʻyicha musobaqalar 2006-yildan buyon oʻtkazib kelinmoqda va 2020-yildagi XIV mavsumda 16 ta jamoa ishtirok etgan. Mustaqillik yillarida "Sevinch" va "Bunyodkor-W" kabi jamoalar ayollar futboli rivojiga yetakchilik qildi [19]. Xulosa. “Oʻzbekiston ayollar futbolining genezisi va evolyutsiyasi (1997–2022): chempionat, kubok va futzal musobaqalari misolida” mavzusida olib borilgan tadqiqot natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: 1. 1997–2022 yillarda O‘zbekistonda ayollar futboli jadal rivojlandi. Respublika chempionatlari, Kubok va futzal musobaqalari orqali ayollar futbolining professional tizimi shakllandi. Ushbu davr mobaynida Qarshi, Andijon va Namangan shaharlaridagi yetakchi klublar futbolning sifat va ommalashuvini oshirishga katta hissa qo‘shdi. 2. “Sevinch,” “Andijanka” va “Gulbahor” klublari o‘z faoliyati bilan O‘zbekistonda ayollar futbolini yangi bosqichga olib chiqdi. “Sevinch” klubi milliy chempionatlarda ko‘plab g‘olibliklarga erishib, professional futbol tizimining barqarorligini namoyish etdi. 3. “Sevinch” jamoasi milliy chempionatlarda yetakchilik qilganligi bilan bir qatorda, futzal bo‘yicha xalqaro musobaqalarda ham O‘zbekiston sharafini muvaffaqiyatli himoya qildi. Bu esa ayollar futbolining xalqaro maydondagi tan olinishi va rivojlanishiga xizmat qildi. 4. Musobaqalar va futzal turnirlari yosh futbolchilarni tayyorlash, malakali murabbiylar bilan ishlash va viloyat hokimiyatining qo‘llab-quvvatlashi orqali sport infratuzilmasini rivojlantirishga yordam berdi. 5. O‘zbekiston hududida futbol to‘garaklari sonining ortishi va klublar faoliyati ayollar futbolining ommaviylashuvini kuchaytirdi. 2012-yilda futbol bilan shug‘ullanuvchi qizlar soni 50 mingga yaqinlashdi, bu esa sohaning jadal rivojlanishidan dalolat beradi. 6. “Sevinch” va boshqa klublar professional erkaklar futbol klublari tarkibiga integratsiya qilinishi orqali tizimli rivojlanishga erishdi. Masalan, “Sevinch” 2021-yilda “Nasaf” tarkibiga qo‘shildi, ammo o‘z nomini saqlab qolgan holda muvaffaqiyatlarini davom ettirdi. 7. So‘nggi yillarda mamlakat ichidagi raqobat keskinlashdi. “Bunyodkor-W,” “So‘g‘diyonaW” kabi jamoalar “Sevinch”ga raqobat qilib, musobaqalarning sifatini oshirdi. Bu esa futbolchilarning malakasini oshirish va turnirlar qiziqarli bo‘lishiga yordam berdi. Xullas, ayollar futbolining rivoji nafaqat sport natijalari bilan, balki gender tenglikni mustahkamlash, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish va professional klublar tizimida integratsiyalashuvi orqali o‘lchanadi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston sport tizimida ayollar futbolining taraqqiyotini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. 51 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc References: 1. O‘zbekiston futboli. Qashqadaryo. –T.: Ma’naviyat, 2009. –B. 32. 2. “Sevinch”ning yuksak g‘alabasi // Qashqadaryo yoshlar sporti, 2004-yil 29-sentabr. 3. “Sevinch”ning yuksak g‘alabasi // Qashqadaryo yoshlar sporti, 2004-yil 29-sentabr. 4. Baxtiyev A. G‘alabang muborak, “Sevinch!” // Qashqadaryo yoshlar sporti, 2005-yil 4-mart. 5. Qashqadaryo yoshlar sporti, 2005-yil 19-iyul. 6. “Sevinch” – yana chempion // Qashqadaryo yoshlar sporti, 2006 yil 3-mart. 7. Ayollar terma jamoasi Makaoda // Qashqadaryo yoshlar sporti, 2007 yil 2 noyabr. 8. Sunnatov B. “Sevinch”ning sevingani rost // Qashqadaryo yoshlar sporti, 2007 yil 30 noyabr. 9. “Sevinch” – yana chempion! // Qashqadaryo yoshlar sporti, 2008 yil 14 mart. 10. Hazratqulov B. Chempionlik yana “Sevinch”da // Qashqadaryo yoshlar sporti, 2010 yil 2 aprel. 11. https://kun.uz/94333238?q=%2Fuz%2F94333238 12. Yusupov N.M. Yuqori malakali futbolchi qizlar tezlik-kuch tayyorgarligining vosita va usullari. – Toshkent, 2012. –B. 14-15. 13. Qashqadaryo yoshlar sporti, 2013 yil 5 iyul. 14. “Sevinch” katta g‘alabaga erishdi // Qashqadaryo yoshlar sporti, 2017 yil 27 fevral. 15. https://championat.uz/oz/news/315299 16. http://pfcsevinch.uz/history-of-club/ 17. Baymuradov R. Viloyatda xotin-qizlar futbolining rivojlanishi muammo va yechimlar // Xotin-qizlar sporti: imkoniyatlar va istiqbollar. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari, 4-5 may 2018 yil. – Buxoro: Durdona, 2018. –B. 149-152. 18. https://xs.uz/uzkr/post/khotin-qizlar-sporti-zominda-ayollar-futbol-zhamoasiga-asos-solindi 19. Omonova S.O. Oʻzbekistonda xotin-qizlar sportining rivojlanishi: tarixiy tahlil (XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asrning boshlari). Tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Qarshi, 2025. 169-177 betlar.