SOVET HOKIMIYATI DAVRIDA PAXTACHILIK SOHASIDA MODDIY MABLAG' SARFLASH IMKONIYATLAR VA UNING NATIJALARI
Full text
64 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc SOVET HOKIMIYATI DAVRIDA PAXTACHILIK SOHASIDA MODDIY MABLAG‘ SARFLASH IMKONIYATLAR VA UNING NATIJALARI Meliyeva Shoira Yuldashevna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17638327 Anotatsiya: O‘zbekistonda sovet hokimiyatini paxta yakkahokimligini amalga oshirigan bir tomonlama siyosati, qishloq-xo‘jaligida boshqa ekin turlarini kamaytirishning sabablari va natijalari, paxtachilikni rivojlantirishda agrartexnikani yangi turlarni sinovdan o‘tkazish natijalari maqolada o‘z ilmiy aksini topgan. Kalit so‘zlar; sovet, paxta, mehnat, kolxoz, pul-material, material rezervlar, sovxoz, agrotexnika, irrigatsiya-melioratsiya, madaniyat, sianamid-kalsiy, gorizontal shpidelli. Kirish. O‘zbekistonda sovet agrar siyosatining asosiy maqsadi paxta ekinlarning hosildorligini oshirish uchun poliz-savzavatchilik, chorvachilik, ipakchilik va boshqa tarmoqlarning kamaytirish bilan bog‘liq masala asosiy siyosatga aylantirilgan edi. Buning uchun bir tomondan-paxta hosilining sentenr hisobiga oshib borishi va ikkinchi tomondan kolxozchilarga beriladigan - mehnat hamda pulmaterial sarfining iloji boricha kamaytirilishi, aniqrog‘i bir sentner mahsulot yetishtirish uchun sarflanadigan ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirishga harakat qilindi. Buning natijasida, kolxoz daromadining mehnat kunlariga taqsimlanadigan qismi yanada ko‘payadi, kolxozchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish, turmush tarzini yaxshilash maqsadida sovet davlati muhim tadbirlarni kun tartibiga qo‘ydi. Aslida esa bu siyosat faqat qog‘ozda amalga oshirilib, dehqonchilikdagi ishlarni mexanizatsiyalash darajasi va agrotexnikaning yangi usullari joriy etilishi respublikadagi kolxozlariga bir sentner paxta yetishtirish uchun sarf qilinadigan mehnat va pul-material chiqimlarini kamaytirish hisobiga bajarildi. Amalda esa 1955 yilgacha kolxozlarda har gektarni parvarish qilish va paxta sentnerini yetishtirishga sarf bo‘lgan mehnat uchun qancha pul va material sarf bo‘lganligi aniq hisob kitob qilinmadi. Adabiyotlar tahlili va metodologiya. “Sovet hokimiyati davrida paxtachilik sohasida moddiy mablagʻ sarflash imkoniyatlari va uning natijalari” mavzusi murakkab iqtisodiy-tarixiy mavzu boʻlib, u sovet iqtisodiyotining Markaziy Osiyo — xususan, Oʻzbekiston qismidagi agrarsiyosatini, resurslar taqsimoti va ularning ijtimoiy-ekologik oqibatlarini tahlil qilishni talab qiladi. N. A. Voznesenskiy, T. G. Ryabushkin kabi sovet iqtisodchilarining ishlari Sovet Ittifoqi Xalq xoʻjaligini rejalashtirish, kapital qoʻyilmalar siyosati va Markaziy Osiyoning yagona paxta bazasi sifatidagi rolini yoritadi. Bu manbalar moddiy mablagʻlarning markazdan rejalashtirish orqali ajratilishi mexanizmlarini tahlil qilishga xizmat qiladi.[4:23b] Oʻzbekistonlik tarixchilarning XX asr tarixi, kollektivlashtirish va iqtisodiy rayonlashtirishga oid tadqiqotlari (masalan, Y. O. Gʻulomov, R. H. Aminova asarlari) paxtachilikning Oʻzbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga kirib kelishi va moddiy investitsiyalarning dastlabki oqibatlarini yoritadi. LEKIN, bu davrdagi manbalar va tadqiqotlar koʻpincha mafkuraviy cheklovlarga uchragan boʻlib, sarflangan mablagʻlarning real rentabelligi, ekologik xarajatlar va investitsiyalarning samaradorligini tanqidiy baholashga oid maʼlumotlarni chetlab oʻtadi.[5:60] Muhokama va natijalar. Surxondaryo oblast Sherobod rayonidagi Lenin, Kirov va Stalin nomlikolxozlarda paxta yetishtirish uchun qancha pul va material sarflanganligi puxtalik bilan tekshirilganida, uchala kolxozda ham pul-material sarfini hali ancha kamaytirish va shu yo‘l bilan paxta mahsulotining tannarxini ko‘pgina pasaytirish imkoni borligi aniqlandi. Bu kolxozlarda paxta ekinlarining har gektarini parvarish qilish va 1 sentner paxta yetishtirish uchun 1955 yidda quyidagi
65 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc miqdorda (so‘m xisobida) pul va material sarflangan, paxtachilikka bevosita aloqador xarajatlar Lenin kolxozida har gektarga 2238 so‘m va har sentnerga 76,8 so‘mni, Kirov nomli kolxozda — 2284 va 90,7 so‘mni, Stalin kolxozida — 1525 va 84,6 so‘mni tashkil etgan. Paxtachilikka bevosita aloqasi bo‘lmagan xarajatlar Lenin kolxozida har gektarga 442 va har sentnerga 15,2 so‘mni, Kirov nomli kolxozda, — 347 va 13,8 so‘mni, Stalin kolxozida — 284,1 va 15,7 so‘mni tashkil etgan.[3:14b] Kirov nomli kolxozda Lenin kolxozidagiga qaraganda kamroq hosil olinganidan, bir sentner paxta yetishtirish uchun pud va material ko‘proq, (104,5 so‘m) sarflangan. Eng kam (gektariga 18 sentner) hosil yetishtirgan «Kommunizm» kolxozida har gektarning sarfi ikkala kolxozdagiga, qaraganda kamroq (1809,1 so‘m) bo‘lsa ham, bir sentner paxta yetishtirish uchun bu kolxozda pul va material ko‘proq (100,3 so‘m) sarf bo‘lgan, Lenin nomli va Kirov kolxozlari da pul va material rezervlarini tejab-tergab sarflashga parvosizlik bilan qaralganligini ko‘rsatadi.[1:10b] Ana shu parvosizlik oqibatida pul va materiallar keragidan ortiqcha sarflanadi va yetishtirilgan mahsulotning tannarxi ortishiga sabab bo‘ladi. Bu uchala kolxozda MTSga natura haqi to‘lash, mineral o‘g‘itlar sotib olish va paxta terimiga chetdan tortilgan kishilarga mehnat hadi to‘lash uchun ayniqsa ko‘p pul sarflangan. Shuningdek, Surxondaryo oblastidagi kolxoz va sovxozlarida almashlab ekishni joriy etish va o‘zlashtirish to‘g‘risidagi qonun asosida 1959 yildan boshlab O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq, respublikadagi yer va suvlar davlat mulkidir. Kolxozlar va sovxozlarga foydalanish uchun berilgan yer va suvdan sotsialistik xo‘jalik sistemasini mustahkamlash va rivojlantirish, jamoat boyliklarini ko‘paytirish, mehnatkashlarning moddiy farovonligi va madaniy saviyasini to‘xtovsiz oshira borish maqsadlarida foydalanildi. Respublika kolxoz va sovxozlari 1959 yili paxta terimini mashinalashtirish natijasida mexanizatorlari mashina bilan 330 ming tonna paxtani terib oldilar. 1959 yili respublika kolxoz va sovxozlarida 6800 ta terim mashinasi ishladi. O‘rta hisobda har bir mashina 48,5 tonnadan paxta terdi. Mashina terimini muvaffaqiyatli o‘tkazishda g‘o‘za bargini o‘z vaqtida, sifatli qilib to‘ktirish katta ahamiyatga eta. 1955-1959 yillardagi tajribalarning ko‘rsatishicha kundalik temperatura 17 gradus va undan yuqori bo‘lgan holda g‘o‘zani sianamid-kalsiy bilan dorilash eng yaxshi natija berdi. Asosiy maydonlarda barg to‘ktirish uchun kremneftoristiy natriy bilan kalsiy-sianamid qo‘llanilib. shudring tushmaydigan, yoki dorilash kechki muddatlarda o‘tkaziladigan rayonlarda magniy xlorat ishlatildi. [3:120b] Surxon vohasida ham dastlabki paxtani mashinalar bilan terishga oid ma’alumotlarni o‘rganish davrida 1959 yilda mashina terimini boshlashdan oldin terimga ajratilgan jami maydonlar aniqlanib, uq ariqlar tekislanib, ko‘prik va yo‘llar ta’mirlanib, terim oldidan begona o‘tlarni o‘toq qilinib, terimga 3-5 kun qolganda paxta dalalari chetlari 5-6 metr kenglikda terim mashinalari uchun burilish joylari tayyorlanish tashkil etilgan. Manbalarga e’tibor berilsa, 1959-1960 yillarda Surxondaryo oblastida ham mashina bilan paxta terishga ko‘saklarning eng kami 60 foizi ochilganda paxta gorizontal shpiidelli mashina bilan teriladigan bo‘lib. terimga ko‘saklarning 65-70 foizi ochilganda ishga tushirilgan. Sovet dariga oid 1960 yillar o‘rganilgan davrida paxtachilikdagi tajribani ko‘rsatishicha, paxtasi kam ochilgan dalalarning hosili mashina bilan terilsa ko‘saklar ko‘proq to‘kilgan va paxta kam teriladi. Odatda ko‘pchilik dalalarda mashina bilan ikki terim o‘tkazilib, unda, yalpi hosilning 85 foizi terilishi mumkin bo‘lgan, natijada paxta tolasining ko‘pi sifatsiz holatga aylangan. Ilg‘or mexanik-haydovchilarning tunda paxta terish tajribalarini keng joriy etish ish unumini ko‘tarishda katta imkoniyatlar bo‘lgan, uning uchun terim mashinalarini qo‘shimcha yoritish chiraqlari bilan jihozlash va har qaysi terim mashinasini 2 smenada ishlatish uchun mexanikhaydovchilar bilan ta’minlash kerak.[5:3b]
66 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Xulosa. Sovet hokimiyati o‘zining mintaqada amlaga oshirgan paxta yakkahokimligi siyosatidan maqsadi Markazni paxta xom-ashyosiga bo‘lgan talablarini qondirish hamda qishloqxo‘jaligini mexanizatsiyalashda maqsad paxta hosildorligini oshirish tufayli agrar tarmoqdagi boshqa soha tarmoqlarini izdan chiqarish asosiy yo‘nalish qilib olingan edi. Sovet davrida paxtachilikka moddiy mablagʻlar sarflash Markaz (Moskva) tomonidan belgilangan yagona rejalashtirish tizimi doirasida amalga oshirilgan. Bu jarayonning asosiy maqsadi Oʻzbekistonni SSSRdagi yagona “paxta mustaqilligi bazasi” ga aylantirish boʻlgan. Ajratilgan mablagʻlarning asosiy qismi irrigatsiya infratuzilmasini yaratish (katta kanallar, gidrotexnik inshootlar) va mexanizatsiyalash darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan. Arxiv maʼlumotlariga tayanilgan tahlil (yoki tadqiqotning faraziga koʻra), sarf-xarajatlarning nominal hajmi yuqori boʻlganini koʻrsatadi. References: 1. Aminova, R. X. Promishlennost Uzbekistana v periode stroitelstva sotsializma. (Oʻzbekiston sanoati sotsializm qurilishi davrida). Toshkent: Fan, 1975. 2. Abdurahmonov, K. X. Oʻzbekiston iqtisodiyotining asosiy muammolari. Toshkent: Fan, 2004. 3. Ergashev, B. A. Regional Environmental Issues of Central Asia: The Aral Sea Disaster and Its Consequences. (Markaziy Osiyoning mintaqaviy ekologik muammolari: Orol dengizi fojiasi va uning oqibatlari). Toshkent: Sharq, 2008. 4. Olcott, M. B. Central Asia’s Second Chance. (Markaziy Osiyoning ikkinchi imkoniyati). Washington D.C.: Carnegie Endowment for International Peace, 2005. 5. Zayonchkovskaya, L. P. Soviet Cotton Monoculture: Impact on Social and Labor Structures in Uzbekistan. (Sovet paxta monokulturasi: Oʻzbekistondagi ijtimoiy va mehnat tuzilmalariga taʼsiri). Central Asian Survey, Vol. 15, No. 3, 1996.