Tadbirkorlikni rivojlantirish — mehnat migratsiyasiga muqobil yo'l
Abstract
Ushbu maqolada tadbirkorlikni rivojlantirish orqali mehnat migratsiyasiga muqobil yaratish masalalari hamda O’zbekistonda ishsizlik holati va uni bartaraf etish chora-tadbirlari haqida so’z boradi.
Full text
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 143 Tadbirkorlikni rivojlantirish — mehnat migratsiyasiga muqobil yo'l ISFT insitituti Samarqand filiali Xalqaro buxgalteriya va mamoliya yo'nalishi SFF-01 guruh talabasi Musurmonov Ozodbek Ilmiy rahbar: ISFT insitituti Samarqand filiali «Xalqaro moliya boshqaruv» kafedrasi assistenti Najimova Nigora Annotatsiya: Ushbu maqolada tadbirkorlikni rivojlantirish orqali mehnat migratsiyasiga muqobil yaratish masalalari hamda O’zbekistonda ishsizlik holati va uni bartaraf etish chora-tadbirlari haqida so’z boradi. Kalit so'zlar: Tadbirkorlik, mehnat migratsiyasi, ish o'rinlari, kichik biznes, sanoat, ishsizlik, iqtisodiy barqarorlik Аннотация: В данной статье рассматриваются вопросы создания альтернативы трудовой миграции через развитие предпринимательства, а также анализируется текущая ситуация с безработицей в Узбекистане и меры по её сокращению. Особое внимание уделяется развитию малого бизнеса и промышленности как ключевым факторам создания новых рабочих мест и обеспечения экономической стабильности в стране. Ключевые слова: предпринимательство, трудовая миграция, рабочие места, малый бизнес, промышленность, безработица, экономическая стабильность. Abstract: This article examines issues of creating alternatives to labor migration through entrepreneurship development, and analyzes the current unemployment situation in Uzbekistan and measures to reduce it. Special attention is paid to the development of small business and industry as key factors in creating new jobs and ensuring economic stability in the country. Keywords: entrepreneurship, labor migration, jobs, small business, industry, unemployment, economic stability. Kirish Zamonaviy O'zbekiston iqtisodiyotida barqarorlikni ta'minlash va aholining farovonligini oshirish muhim vazifalardan hisoblanadi. So'nggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va kichik biznesni qo'llab-quvvatlash orqali yangi ish o'rinlari yaratish bo'yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Ushbu maqolada O'zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali mehnat migratsiyasiga
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 144 muqobil yaratish imkoniyatlari, shuningdek, ishsizlikni qisqa muddatda qanday bartaraf etish mumkinligi masalalari tahli qilinadi. So'nggi yillarda O'zbekiston fuqarolarining xorijga ishlash uchun ketishi keng tarqalgan holatga aylandi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, har yili yuz minglab mehnat migrantlari Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya va boshqa davlatlarga borib ishlamoqda. « 1 2024-yilda Rossiyaga kelgan xorijliklar ichida O'zbekistondan kelganlar 23.3% ni tashkil qilgan.» Bu jarayon qisqa muddatda oilalarning daromadini oshirsa-da, uzoq muddatda mamlakat ichki iqtisodiy salohiyatiga, ishchi kuchi balansiga va ijtimoiy barqarorlikka salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. O'zbekiston hukumati mahalliy aholiga yangi ish o'rinlari yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali mehnat migratsiyasiga muqobil imkoniyatlar yaratishga qaratilgan. Mehnat migratsiyasi haqida statistik ma'lumotlar O'zbekistonda mehnat migratsiyasi ko'lami kengayib bormoqda. Xalqaro Migratsiya Tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra 2023-yilda taxminan 4,787 million O'zbekiston fuqarosi chetga chiqqan bo'lsa, 2024-yilda bu ko'rsatkich 5,7 millionga yetgan. Bunda 31,3% o'sish kuzatilmoqda. Turkiya va Janubiy Koreyaga migratsiya uchun ketganlar foizi aniq ko'rsatilmagan, chunki ko'pchilik ishlash uchun emas, balki barqaror daromad manbai yo'qligi sababli xorijiy davlatlarga fuqorolik olish uchun ham ketayotgani qayd etilmoqda. 1 Gazeta.uz 0 1 2 3 4 5 6 7 2023 2024 2025 O'zbekiston mehnat migrantlari soni(million kishi) (2023-2025)
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 145 1-rasm: O'zbekiston mehnat migrantlari soni (2023-2025) «Trading Economic Uzb» ma'lumotlariga ko'ra O'zbekistonda ishsizlik darajasi 2023yilda taxminan 4,5% ni tashkil etgan. 2024-yilda ham bu ko'rsatkich taxminan 4,5% atrofida saqlanib qolgan, 2025-yilda ham o'zgarishsiz qolishi kutilmoqda. Bu ko'rsatkichlarning barqarorligi iqtisodiyotni yanada rivojlantirish zaruratini ko'rsatmoqda. 2-rasm: O'zbekistonda ishsizlik darajasi (2023-2025) Tadbirkorlikdagi ijobiy o'zgarishlar O'zbekiston iqtisodiy taraqqiyotida tadbirkorlikning o'rni beqiyosdir. Ayniqsa, kichik va o'rta biznes sohasini rivojlantirish orqali minglab yangi ish o'rinlarini tashkil etish, aholining bandlik darajasini oshirish va ishsizlikni kamaytirish mumkin. O'zbekiston Statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra 2024-yilda yakka tartibdagi tadbirkorlar (IE) soni taxminan 18% ga o'sdi. 2024-yilda yangi IE ro'yxatdan o'tish 2023-yilga nisbatan 50% ga oshgan. Tadbirkorlik nafaqat iqtisodiy foyda keltiradi, balki ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, aholining turmush darajasini oshirishga ham xizmat qiladi. Davlatning qo'llab-quvvatlash dasturlari Bugungi kunda davlat rahbariyati tomonidan "Har bir oila — tadbirkor", "Yoshlar – kelajagimiz", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" kabi dasturlar orqali aholini o'z biznesini yo'lga qo'yishga rag'batlantirish ishlari olib borilmoqda. Bu dasturlar orqali yoshlar, yo'lovlar va ishsiz moddiy yordamga muhtoj insonlar uchun imtiyozli kreditlar, o'quv kurslari, startap loyihalar; ayollar uchun tikuv mashinalari va kichik 0,00% 0,50% 1,00% 1,50% 2,00% 2,50% 3,00% 3,50% 4,00% 4,50% 5,00% 2023 2024 2025 O'zbekistonda ishsizlik darajasi
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 146 bizneslarini boshlamoqchi bo'lgan aholi uchun grantlar ajratilmoqda. Natijada, ko'plab yoshlar xorijiy davlatlarga ishlash uchun o'z yurtlaridan chiqmasdan turib barqaror daromad topish imkoniyatiga ega bo'lmoqda. Ishlab chiqarish va sanoatni rivojlantirish Yangi zavod va ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish orqali mehnat migratsiyasi oqimini kamaytirish mumkin. 2023-2024 yillardagi migratsiya ko'rsatkichlari 20252026 yillarda va undan keyingi yillarda oshib ketmasligi uchun sanoat infratuzilmasini rivojlantirish zarur. Shuningdek, hududlarda sanoat zonalari, kichik ishlab chiqarish markazlarini yaratish natijasida aholining katta qismi o'z hududida ish bilan ta'minlanadi. Bu jarayon mamlakatda mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshiradi, eksport salohiyatini kuchaytiradi hamda iqtisodiy mustaqillikni mustahkamlaydi. Raqamli iqtisodiyot imkoniyatlari Hozirgi kunda raqamli xizmatlar tizimi kengaytirilmoqda. Raqamli iqtisodiyot sharoitida biznes yuritish uchun yangi imkoniyatlar paydo bo'lmoqda. O'zbekiston fuqarolari endi chet elda emas, balki o'z yurtida o'z ishini yo'lga qo'yish orqali daromad topishlari mumkin. Ta'lim va malaka oshirish Tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bir qatorda, aholining kasbiy malakasini oshirish ham muhim ahamiyatga ega. Hunar-ta'lim markazlari, biznes maktablari va amaliy kurslar orqali yoshlarga zamonaviy kasblarni o'rgatish kerak. Bu nafaqat ularning ish topish imkoniyatlarini oshiradi, balki o'z bizneslarini yo'lga qo'yishlariga ham yordam beradi. Xulosa Tadbirkorlikni rivojlantirish — bu nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy barqarorlikni ta'minlaydigan jarayondir. O'zbekiston fuqarolarining xorijga chiqib ishlashga majbur bo'layotgan sabablaridan biri — ichki ish o'rinlarining yetishmasligi. Shu bois mamlakatda biznesni qo'llab-quvvatlash, yangi korxonalar ochish, startap loyihalarini moliyalashtirish orqali mehnat migratsiyasiga muqobil sharoit yaratish eng samarali yechimdir. Agar bu jarayon izchil davom etsa, O'zbekiston fuqarolari o'z yurtida munosib ish topa oladi, iqtisodiy mustaqillik kuchayadi, va eng muhimi — milliy salohiyat o'z vatanimizda saqlanib qoladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 1.https://www.iom.int/countries/uzbekistan 2. Gazeta.uz 3. Stat.uz (O'zbekiston Statistik agentligi) 4. https://tradingeconomics.com/uzbekistan/(Trading Economic Uzb) 5. https://www.worldbank.org/uz/country/uzbekistan (World Bank)