scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QIRG'IZISTONDAGI MIGRASYA JARAYONLARINING TARIXIY BOSQICHLARI VA ULARNING IJTIMOIY-IQTISODIY JARAYONLARGA TA'SIRI (1991-2024 YY)

Abdullayev J.I.

Full text

94 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc QIRG‘IZISTONDAGI MIGRASYA JARAYONLARINING TARIXIY BOSQICHLARI VA ULARNING IJTIMOIY-IQTISODIY JARAYONLARGA TA’SIRI (1991-2024 YY) Abdullayev J.I. DTPI Tarix va falsafa kafedrasi o‘qituvchisi Email: [email protected] Tel: +998996173190 https://doi.org/10.5281/zenodo.17639756 Annotatsiya: Mazkur maqolada 1991-2024 yillarda Qirg‘iziston respublikasidagi migratsion jarayonlar haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, maqolada respublikadagi ichki va tashqi migratsiya jarayonlari hamda ushbu jarayonga ta’sir ko‘rsatgan sabab va omilar ham bayon qilingan. Shu bilan birga migratsion jarayonlarning respublika iqtisodiyoti, ijtimoiy muhiti hamda jamiyatning madaniy hayotiga ta’siri adabiyot va manbalarda keltirilgan ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Kalit so‘zlari. Qirg‘iziston, migratsiya, emigratsiya, migratsiya tendensiyasi, paradoks, mehnat muhojirlari, muhojir. Kirish. Sovet Ittifoqi parchalanganidan so‘ng Qirg‘iziston aholisining migratsiyasi quyidagi migratsiya tendensiyalari bilan tavsiflanadi: slavyan aholisining mamlakatni ommaviy tark etishi, aholining ichki migratsiyasi va mahalliy qirg‘iz aholisining mehnat migratsiyasi. Slavyan tilli aholi emigratsiyasining asosiy to‘lqini o‘tgan asrning so‘nggi o‘n yilligi boshlarida sodir bo‘ldi. Keyinchalik aholining chiqib ketish ko‘lamida sezilarli pasayish kuzatildi. Qirg‘iziston migratsiyasiga keskin siyosiy jarayonlar ta’sir ko‘rsatdi. Jumladan, 1990-yillardagi O‘sh voqealari bunga yorqin misoldir. 1991-1994 yillarda respublikani 389 859 kishi tark etgan. 1993-yili migratsion holat eng yuqori raqamga yetgan, chiqib ketganlar soni 282 mingdan ortiq kishi edi [7, - C. 74-81]. Mamlakatni butunlay tark etganlar orasida rus tilli aholi ko‘pchilikni tashkil qilgan. 1991-1994 yillarda 15 mingga yaqin etnik qrim-tatar respublikani tark etgani qayd etilgan. 1991-1994 yillardagi respublikadan tashqariga aholi migratsiyasining asosiy sabablari sifatida ularning aksariyat qismi mamlakatda iqtisodiy inqiroz, sanoat korxonalarining ommaviy yopilishi va respublikaning iqtisodiy “umidsizligi”, jamiyatdagi odatiy hukmronlik mavqeini yo‘qotish, uni “tarixiy vatan” ichida tiklash umidi yo‘qolgani edi. Muhojirlarning bir nechta motivatsiyasining bir-biriga mos kelish omili tadqiqotchilar tomonidan turli darajada tan olingan. 1990-1999 yillar davomida mamlakatni 252 200 nafar rusiyzabonlar, 22 200 nafar o‘zbeklar, 8800 nafar ukrainlar, 3100 nafar beloruslar tark etishgan edi. Ya’ni mamlakat o‘zining ko‘plab sobiq immigrantlarini boy berar edi. Ayniqsa, Bishkek va Chu viloyatlari o‘zining 15 foizgacha[9, - P.20] aholisini yo‘qotdi. Aholi bu viloyatlardan muhojirlikka ketdi. Ikkinchi omil Qirg‘izistonda XXI asr dastlabki o‘n yilligida siyosiy vaziyatning keskinlashuviga bog‘liq. 2005-yilgi “Lola inqilobi” va 2010-yilgi “ikkinchi inqilob” mamlakatdagi siyosiy barqarorlikka jiddiy zarar yetkazdi. Hukumat almashinuvi, korrupsiya va kuchsiz boshqaruv ko‘pchilikni chet elga chiqib ketishga majbur qildi. Siyosiy noroziliklar va norozilik namoyishlari ko‘pincha zo‘ravonlik bilan tugagan, bu esa aholining mamlakatdan chiqib ketishiga turtki bo‘lgan. Mamlakatdagi etnik guruhlar borasidagi vaziyat mavhumlashdi. Qirg‘izistonda ayrim faollarning fikriga ko‘ra yetakchi millat imtiyozi shakllangan va O‘shdagi zo‘ravonlikka bevosita guvoh bo‘lganlar, o‘zbeklarni qamalishlaridan yaqinlari jabr ko‘rgan. Qirg‘izistonda ish topa olmayotgan va tinch yashashda qiynalayotgan o‘zbek yoshlari uchun Rossiya ham boshpana, ham pul topish imkoniga aylangan. Turli raqamlarga ko‘ra, 2010 yilgi iyun qirg‘ini orqasidan ham ishsizlik va ham ta’qiblaru qama-qamalardan vahimaga tushgan o‘n minglab o‘zbek yigitlari va erkaklar Rossiyaga ketib qoldilar[12]. Hozirda o‘zbeklar bu mamlakat aholisining 15 fozini tashkil qilishadi[13]. 95 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Umuman birgina 2010-yilgi tartibsizliklar mamlakatdagi migratsion holatga ta’sir ko‘rsatgan. To‘qnashuvlarda 893, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra 2 ming kishi o‘ldirilgan[14] va 400 ming aholi qo‘shni O‘zbekistonga vaqtinchalik yashashga ko‘chgan[15]. Omon qolish va zo‘ravonlik oqibatlarini yengish, shuningdek, qirg‘izlar bilan har qanday aloqani oldini olish uchun o‘zbek oilalari ko‘chib, qizlarini faqat o‘z millatiga mansub yigitlarga turmushga berishni boshladilar [3]. Material va tadqiqot usullari. Mazkur tadqiqotni olib borish jarayonida tarixiy-qiyosiy tahlil, taqqoslash, tizimli tahlil kabi ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanilgan. Qirg‘iziston Respublikasidagi migratsion jarayonlar masalasi 1991-2024 yillarda turli olimlar tomonidan o‘rganilgan. Ular orasida rus tadqiqotchilari Veselov D.S, Sidirova D.V, Voronina V.V, mahalliy tadqiqotchilar Omarov N, Ismailbekova A, Salmorbekova R.B, Rustamova D.A, Mirzaliyeva T.J, Kemeldinova J.M, Alibayev J.B, xorij tadqiqotchisi Martin Schulerlarning mamlakatdagi migratsion jarayonlarga bag‘ishlangan asarlar va maqolalari mavjud. Mahalliy tadqiqotlarda migratsion jarayonlar asosan davlat mafkurasi asosida bayon qilingan bu esa masalani xolisona yoritishda muammoni keltirib chiqaradi. Rus va xorijiy tadqiqotchilar masalani nisbatan xolisona tadqiq etgan. Natijalar va ularning muhokamasi. XX asr dastlabki o‘n yilligida Qirg‘iziston hukumati mehnat migrantlaridan olingan pul o‘tkazmalariga tayanib qolgan. Shu sababli, davlat migratsiyani rag‘batlantiruvchi va qulaylashtiruvchi siyosat olib borishga majbur bo‘ldi. Hukumatning ichki siyosiy muammolarni hal qila olmasligi fuqarolarni norozilik bilan mamlakatni tark etishga undagandi. Davlat boshqaruvidagi o‘zgarishlar va siyosiy barqarorlikning yetishmasligi aholining o‘ziga qulayroq muhit izlashiga turtki bo‘ldi. Uchinchi omil etnik guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarda diskriminatsiya holati hisoblanadi. 2010 yilning iyun oyida O‘sh voqealari Jalolobod va Botkent viloyatlarida yuz berdi. Qirg‘iziston Respublikasi Mehnat va ijtimoiy rivojlanish vazirligining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda Qirg‘izistondan 238 mingga yaqin kishi chiqib ketgan, 196 mingga yaqin kishi esa mamlakatga kirib kelgan [8]. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston fuqarolarining xorijga chiqishlari yil sayin ortib borgan. Qirg‘iziston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Qirg‘izistonni 8998 ming kishi tark etgan. 2021-yilgi global voqealar tufayli kelganlar soni keskin oshib, 8229 nafarga yetdi, shu jumladan, Rossiya Federatsiyasidan kelganlar 6006 nafarni tashkil etdi. Migrantlarning salmoqli qismi savdo, xizmat ko‘rsatish va qurilish sohalarida ishlagani aniqlandi. Biroq Qirg‘iziston Migratsiya vazirligi e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2015 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda Rossiya fuqaroligini olgan Qirg‘iziston fuqarolari soni 105 250 kishini tashkil qilgan. Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil boshida Rossiyada 600 mingdan ortiq Qirg‘iziston fuqarosi doimiy istiqomat qilgan. Tojikiston va O‘zbekistondan farqli ravishda Qirg‘izistonda migrantlar orasida turmush qurgan va turmushga chiqmagan ayollar ko‘p. Buning asosiy sababi shundaki, bozorlar Rossiyada ishning eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Biroq, savdo ayolning ishi sifatida qabul qilinadi va erkakka o‘z maqomini oshirishga yordam bermaydi. Rossiya poytaxti Moskvadagi bozorlarda ko‘pinchaa tojiklar va o‘zbeklar erkaklari ishlashi mumkin. Lekin erkak qirg‘iz savdogarlari deyarli uchramaydi. Xizmat ko‘rsatish sohasida esa qirg‘iz yosh ayollari haddan tashqari ko‘pdir. Mustaqillik yillaridan keyin Qirg‘izistonda shahar aholisi soni foizda kamaygani e’tiborga loyiq. 1970-yili mamlakat aholisining 37.4 foizi shaharda yashagan bo‘lsa, 1999-yilga kelib, 35 foizga tushgan. 2024-yil oktyabr oyidagi statistikaga ko‘ra mamlakatda 7 million 254 mingdan ziyod aholi yashaydi[16]. Mamlakatda 32 shahar ro‘yxatga olingan bo‘lib, mamlakat iqtisodiy erkinlik reytingida 78-o‘rinda qayd qilingan[17]. Migratsiya siyosatiga Rossiyadagi siyosiy vaziyat ta’siri bilan bog‘liq omilni ham hisobga olish kerak. 2022-yil boshidan beri 190 mingdan 760 minggacha 96 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc bo‘lgan Rossiya fuqarolari Qirg‘izistonga tashrif buyurgan[18]. Qirg‘izlar uchun migratsiyaning o‘sish sur’ati O‘sh, Jalolobod va Bishkekda butun aholiga nisbatan birmuncha kuchliroqdir. Etnik o‘zbeklarning fazoviy taqsimoti qirg‘izlardan butunlay farq qiladi; Shunday bo‘lsa-da, ular Katta Bishkek hududiga ko‘chib o‘tmoqdalar va Aravon, O‘zgan, Bozorqo‘rg‘on, Nooken, Oqsi va boshqalar kabi o‘zlari zich joylashgan qishloqlarni tark etishmoqda. Mamlakatda migratsion holatning ko‘rinishi hudud va geografiyaga nisbatan ham farq qiladi. Qirg‘iziston tog‘li hududlardan iborat ekanligi ham ayrim hududlarda migratsiya balansini o‘zgartirib turadi. Masalan, dengiz sathidan 2.4 km balandlikdagi O‘sh viloyatining chekka janubida joylashgan Oloy vodiysining yuqori qismidagi Cho‘n-Oloyi bo‘lib, u yerda ichki migratsiya juda past (-3,9 foiz) dir. Qirg‘izistonda migratsion holat 2016-yildan keyin ham murakkabligini saqlab qolgan. 2017-2022 yillar oralig‘ida mamlakatdagi migratsiya saldosi 25,3 mingga yetgan. 2018-yili mamlakatga 1.7 ming kishi tashrif buyurgan va 7.1 ming kishi chiqib ketgan, migratsiya oqimi esa 5400 nafarni tashkil etgan Mamlakat ichki migratsiyasi esa bu davrda asosan Bishkek va Chu viloyatiga aholining ko‘chishi balansini oshirgan. 2020-yilda respublikaga 3 963 314 kishi kirib, 3 883 218 kishi esa chiqib ketgan. 2019yilda esa 8 636 133 kishi kirgan va 8 516 944 kishi chiqqan hamda 628 936 nafar chet el fuqarolari ro‘yxatga olingan [4, - C. 377]. Vaziyat tahlili shuni ko‘rsatadiki, Qirg‘iziston Respublikasidan xorijiy davlatlarga tashqi mehnat migratsiyasining o‘sishi Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasi mehnat bozorlarida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning ortib borishi, shuningdek, ushbu mamlakatlarda qonunchilikni liberallashtirish migratsiyaning jozibadorligini saqlab qolish bilan bog‘liq[1, - C. 10]. Zamonaviy davrda Qirg‘iziston Respublikasining ichki migratsiyasida quyidagi tendensiyalar ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. Birinchi o‘rinda aholining qishloqdan shaharga ko‘chishi; 2) viloyat shaharlaridan esa yanada yirik shaharlarga ko‘chish (misol uchun Bishkek, O‘sh, Jalolobod-diss); 3) iqtisodiy jihatdan noqulay hududlardan rivojlangan, farovon hududlarga ko‘chish. Oxirgi o‘no‘n besh yil ichida Qirg‘iziston Respublikasi tarkibiga kiruvchi barcha ma’muriy-hududiy birliklardan asosan Bishkek va Chuy viloyatida migratsiyaning ijobiy o‘sishi kuzatilmoqda. Respublikaning qolgan barcha hududlarida aholi soni kamaygan. 2022-yilgi Batkendagi voqea ham migratsiyaga ta’sir ko‘rsatdi qirg‘izlar tomonidan 63 kishi o‘ldirilgani aholi orasida vahima keltirib chiqargan[19]. Qirg‘izistonda yashovchi tojiklar va mahalliy qirg‘izlar orasida ham bir necha bor to‘qnashuvlar bo‘lganini qayd etish mumkin[20]. Migratsiya harakatini tahlili qilish shuni ko‘rsatadiki, qishloq yoshlari shahar tipidagi yirik aholi punktlari va shaharlarga ko‘chib o‘tayotgani aholining hududlararo migratsiyasida yuqori faollik ko‘rsatmoqda. Bu turmush darajasining pastligi, ishsizlik, oliy va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lish istagi bilan bog‘liq [21]. Qirg‘iz tadqiqotchisi J.Kadirkulovaning tahliliga ko‘ra qirg‘iz migratsiyaning asosiy umumiy sababi so‘nggi o‘n yil ichida mamlakatda shakllangan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning natijasidir [5, - C.186]. 2009-yili mamlakatda 300 minggacha ichki migrantlar hisobga olingan [6, - C.16]. 2018-yilda esa mamlakat aholisining deyarli 20 foizi migrant hisoblangani ham e’tiborga loyiq. Shunday qilib, iqtisodiy va ijtimoiy omillarning beqarorligi, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlarida ekologik va siyosiy omillar, mehnat migratsiyasini rag‘batlantirish, shuningdek, migratsiyaning boshqa yangi omillarning paydo bo‘lishi Qirg‘iziston Respublikasining yangi davrdagi migratsion xarakterini ochib beradi. Mustaqillikdan keyin chet elda ishlayotgan oddiy qirg‘iz migrantlar tomonidan Qirg‘izistonga yuborilgan valyuta mablag‘lari mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim bo‘ldi. Chet elda ishlayotgan muhojirlar Qirg‘izistonga qaytgach, kichik va o‘rta korxonalar yaratish uchun boshlang‘ich kapitalni to‘pladi va shu tariqa o‘rta sinfning shakllanishiga ko‘maklashdi. Mehnat muhojirlarining Qirg‘izistonga o‘tkazayotgan pullari xorijiy valyutaning muhim manbai hisoblanadi. Qirg‘izistonga 97 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc o‘tkazilgan mehnat muhojirlarining daromadlari aholi turmush darajasini oshiradi va respublika to‘lov balansini yaxshilaydi. Mehnat muhojirlari vatanga qaytishda o‘zlari bilan qimmatbaho buyumlar va jamg‘armalarni olib kelishadi. Ayrim ekspertlarning fikricha, mehnat muhojirlari tomonidan amalga oshirilayotgan pul o‘tkazmalarning hajmi respublika davlat byudjeti bilan solishtirish mumkin. Jahon Bankining ma’lumotlariga ko‘ra, mehnat migrantlari tomonidan yuborilgan mablag‘lar Qirg‘iziston yalpi ichki mahsulotining (YaIM) 30-40 foizigacha tashkil etgan. O‘tgan davr mobaynida Qirg‘izistonda migratsiyaning quyidagi oqibatlari kuzatildi. Birinchi navbatda aholi tarkibidagi o‘zgarishlar; Qirg‘izistonning ba’zi hududlarida ruslar va boshqa millatlar sonining kamayishi kuzatildi. Valyuta tushumlari: Chetdan kelayotgan pul o‘tkazmalari Qirg‘iziston iqtisodiyoti uchun muhim daromad manbaiga aylandi. Kadrlar oqimi: Mehnatga layoqatli yoshlarning chetga chiqishi ichki iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Xalqaro emigratsiya ichki migratsiya oqimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Emigrantlar hududda yashovchi odamlar qayta egallashi mumkin bo‘lgan joylarni ozod qildilar Darhaqiqat, emigrantlar ko‘pincha uchinchi darajali sektorda (ma’muriyat, ta’lim va boshqalar) faol bo‘lganligi yoki Shimoliy (Chuy vodiysi)dagi eng unumdor hududlarda yashaganligi sababli, ichki migratsiya oqimlari bo‘sh imkoniyatlarni qayta egallash sifatida ko‘rish mumkin. Boshqa turdagi bo‘sh joylar endi iqtisodiy asosga ega emas, masalan, konlar yoki sanoat shaharlari; ular hijratdan keyin qayta ishg‘ol qilinmagan va shuning uchun tashlab ketilgan [10, - P.74]. Qirg‘izistondagi migratsiya jarayonlarida qo‘shni davlatlardan kelgan qochqinlar ham muhim omil hisoblanadi. Ayni paytda Qirg‘iziston hududida Tojikiston, Afg‘oniston va Rossiya Federatsiyasidan kelgan qochqinlar bor. Ularning jamiyatga integratsiyalashuvi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi davlat uchun muhim masaladir [8]. Qirg‘izistonning emigrant fuqarolari yalpi ichki mahsulotni o‘zlari qabul qilgan mamlakatda ishlab chiqaradilar, ular Qirg‘iziston emas, balki mezbon davlatning milliy boyligini oshiradilar. Emigrantlar xorijda pul ishlab topganlarida, bu pulning salmoqli qismini u yerda sarflaydilar. Aholining eng yaxshi, raqobatbardosh va tashabbuskor qismi Qirg‘izistonni tark etmoqda, buning natijasida milliy iqtisodiyot zaiflashib, mehnatga layoqatli aholi soni kamaymoqda. Yoshlarning ommaviy ravishda chiqib ketishi Qirg‘izistondagi demografik vaziyatga, oila ichidagi munosabatlarga, milliy an’analar davomiyligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Migrantlarning pul o‘tkazmalari va kapitali hajmini aniqlash va bashorat qilish juda qiyin. Muhojirlar xorijda qancha uzoq yashasa, ularning pul o‘tkazmalari shunchalik kamayib, vatanlari bilan aloqalari asta-sekin zaiflashadi. Qirg‘izistonlik mahalliy mehnat muhojirlarining migratsiyasi ortiqcha ishchi kuchi muammosini hal qilishga yordam beradi. Mehnat migratsiyasi ishsizlikning qisqarishiga, ijtimoiy nafaqalar, ishsizlarni qayta tayyorlash, ular uchun jamoat ishlarini tashkil etish, oilalariga yordam ko‘rsatishga sarflanadigan mablag‘larning qisqarishiga olib keladi. Xorijda mehnat muhojirlari o‘z malakalarini oshirib, ishlab chiqarish va tashkilotchilik ko‘nikmalariga ega bo‘lmoqdalar. Bu masala Qirg‘iziston uchun alohida ahamiyatga ega, chunki titul millatiga mansub aholining katta qismi past malaka darajasiga ega. Qirg‘izistonliklarning Rossiya va boshqa davlatlarda uzoq muddat bo‘lib kelgani natijasida Qirg‘iziston bilan bu davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar chuqurlashib, kengayib bormoqda. Qirg‘izistonlik muhojirlarning boshqa mamlakatlarda uzoq muddat bo‘lishi natijasida ishbilarmonlik aloqalari o‘rnatilib, turli ko‘rinishdagi qo‘shma korxonalar vujudga keladi, mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash ko‘payadi. Migratsiyaning eng muhim iqtisodiy tarkibiy qismi migrantlar tomonidan o‘z oilalariga yuboradigan pul o‘tkazmalaridir. Qirg‘izistonda har bir oila uchun o‘rtacha pul o‘tkazmalari miqdori oyiga taxminan 200-300 dollarni tashkil qiladi. Qirg‘iziston standartlari bo‘yicha bu miqdor unchalik katta emas va Qirg‘izistonda bunday mablag‘ni osongina topish mumkin, deb taxmin qilish mumkin 98 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc [11, - C.387]. Muhojirlarning deyarli yarmi uylariga oyiga nisbatan kamroq pul yuboradi. Migrantlarning atigi 18 foizi nisbatan yuqori daromadi sabab ko‘proq pul yuborishi mumkun. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, pul o‘tkazmalari migrant oilalarning atigi 20 foizi uchun muhim daromad manbai hisoblanadi. Ushbu pul o‘tkazmalari Qirg‘izistonning iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Pul o‘tkazmalarining atigi 10 foizi biror narsaga investitsiya qilinganini ko‘rishimiz mumkin. Qolganlari: kundalik iste’molga (55 foiz), kengroq xaridlarga (14 foiz), tibbiyotga (10 foiz) va bolalar ta’limiga (11foiz) sarflanadi. Albatta, ta’lim inson taraqqiyotining juda muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uzoq muddatli sarmoya sifatida qaraladi, ammo aniqroq va qisqa muddatli o‘lchovlarda pul o‘tkazmalarining juda kam foizi biznes, savdo yoki ishlab chiqarishga investitsiya qilinadi. Raqamlar shuni ko‘rsatadiki, mehnat muhojirlarining o‘rtacha yoshi 35 yoshni tashkil etadi va ularning 80 foizi 20 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan guruhga to‘g‘ri keladi. Natijada bizda paradoks paydo bo‘ladi: Qirg‘izistonda juda katta ishsizlik va shu bilan birga malakali xodimlar yetishmaydi. Ayniqsa, mehnatga layoqatli yoshdagi aholining yo‘qligi uning hududlardagi keksalar, ayollar va yoshlar hayotiga ta’sirida keskin sezilmoqda. Shuningdek, migratsiya ota-onasiz o‘sayotgan bolalarga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Maktab o‘qituvchilari, shifokorlar, mansabdor shaxslar va politsiya xodimlari bilan suhbatlar bobo va buvilar ota-onalarning o‘rnini bosa olmaydi va bunday oilalarda o‘sayotgan bolalar jismoniy rivojlanish, maktabda o‘qish va psixologik barqarorlik jihatidan tez-tez orqada qolishlarini ko‘rsatdi [2, -C.105-110]. 2022-yilda Qirg‘iziston aksincha xorijdan migratsiyaning kuchli oqimiga duch keldi. Bu Rossiya-Ukraina urushi bilan bog‘liq siyosiy inqiroz sharoiti bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘plab rossiyaliklar O‘rta Osiyoning boshqa mamlakatlari singari Qirg‘izistonga ham kelishni boshlashdi. Ukraina mojarosidan so‘ng Qirg‘iziston ijtimoiy tuzilmalarni o‘zgartirgan va etnik ziddiyatlarni kuchaytirgan sezilarli demografik o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Tarixan Qirg‘iziston turli etnik guruhlar, jumladan qirg‘izlar, ruslar, o‘zbeklar va boshqalarning mozaikasi bo‘lgan. Biroq, so‘nggi paytlarda Rossiya migratsiyasining kuchayishi e’tibordan chetda qolmadi. Ba’zilar bu oqimni birdamlik va qo‘llab-quvvatlash vositasi sifatida ko‘rsa, boshqalar uni tahdid sifatida qabul qiladi. Xulosa sifatida aytish mumkunki, ijtimoiy, iqtisodiy va etnosiyosiy barqarorlikning yo‘qligi respublika aholisining barcha nomuvofiq milliy guruhlarida migratsiya tafakkurining rivojlanishini rag‘batlantiradi. Hukumat organlari aholi migratsiyasining xususiyatlari haqida aniq tasavvurga ega emas. Qirg‘izistondagi migratsiya jarayonlari doimiy monitoring va izlanishlarni talab qiladi. References: 1. Белеков Ж. К. Особенности внутренней миграции в Кыргызской Республике Алматы: Вестник КазНУ, 2011. – C. 10. 2. Веселов Д.С. Сидорова Д.В. Воронина В.В. Исследование положительных и отрицательных эффектов миграции населения для социально-экономического развития стран мира. Вестник Адыгейского государственного университета. Выпуск 1 (154) 2015. – 105-110 стр. 3. Исмаилбекова А. Брак как стратегия выживания узбекской общины после конфликта в Оше. Этнографическое обозрение № 6, 2016. 4. Кемелдинова Ж. М., Алыбаев Ж. Б. Трудовая миграция в Кыргызской Республики. Бишкек.2022. – С. 377. 5. Кадыркулова Ж.К. Трудовая миграция в Кыргызстане // Международный журнал гуманитарных и естественных наук. – 2018. – С. 186 99 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 6. Ниязова А. Законодательство и политика в области трудовой миграции в Кыргызстане: опыт внедрения гендерных подходов. – Бишкек, 2012. – С. 16 7. 7.Омаров Н. Этническая ситуация и миграционные процессы в постсоветском Киргизстане. Этнографическое обозрение», М., 2005 г., № 3, -74-81 стр. 8. Сaлморбeковa Р. Б. Русmaмовa Д. А., Мырзaлиeвa Т. Ж. МИГРАЦИОННАЯ СИТУАЦИЯ В КЫРГЫЗСКОЙ РЕСПУБЛИКЕ В ПЕРИОД ИНТЕГРАЦИОННЫХ ПРОЦЕССОВ. Бюллетень науки и практики /Bulletin of Science and Practice Т. 9. №6. 2023 9. Martin Schuler. “Migration Patterns of the Population in Kyrgyzstan”, Les populations d'Asie centrale, 2007/1, paragraph 20. URL: https://journals. openedition.org/eps/1967#text. 10. Martin Schuler, « Migration Patterns of the Population in Kyrgyzstan », Espace populations sociétés [En ligne], 2007/1 | 2007, mis en ligne le 30 août 2009, consulté le 30 septembre 2015. – P.74. 11. Элебаева, А. Современные миграционные процессы в Кыргызстане / Постсоветские трансформации: отражение в миграциях. Под ред. Ж.А. Зайончковской и Г.С. Витковской. - М.: «Адамантъ». 2009, - С. 387. 12. https://www.bbc.com/uzbek/lotin/2013/04/130425_latin_foreign_uzbeks_ kyrgyzstan?ysclid=m6hlowp7gx5409 02616 // Foydalanilgan vaqti: 28/01/2025 13. https://www.stat.gov.kg/en/opendata/category/312// Foydalanilgan vaqti: 28/01/2025 14. http://www.kp.ru/daily/24505/657680/ Foydalanilgan vaqti: 28/01/2025 15. http://rianovosti.com/world/20100616/159450948.html // Foydalanilgan vaqti: 28/01/2025 16. https://www.worldometers.info/world-population/kyrgyzstan-population // Foydalanilgan vaqti: 28.01.2025 17. https://www.heritage.org/index/country/kyrgyzrepublic // Foydalanilgan vaqti: 28.01.2025 18. https://www.rbc.ru/politics/12/10/2022/63469bb09a794774082d62d9 // Foydalanilgan vaqti: 28.01.2025 19. https://rus.azattyk.org/a/32065968.html // Foydalanilgan vaqti: 30/01/2025 20. https://web.archive.org/web/20150212104123/http://i-news.kz/news/2012/08/ 28/6583799tadzhikskii_ekspert _v_ kirgizii_poyavilis.html // Foydalanilgan vaqti: 30/01/2025 21. https://cyberleninka.ru/article/n/migratsiya-naseleniya-kyrgyzstana?ysclid= m6kjx3dm71304805185 // Foydalanilgan vaqti: 30/01/2025