TOJIKLARNING AN'ANAVIY ARXITEKTURASI, TOG'LI HUDUDLAR MISOLIDA
Full text
100 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc TOJIKLARNING AN’ANAVIY ARXITEKTURASI, TOG‘LI HUDUDLAR MISOLIDA Ahmedov Sardor Sayriddin o‘g‘li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarix va falsafa kafedrasi katta o‘qituvchisi t.f.b.f.d (phd) https://doi.org/10.5281/zenodo.17640154 Annotatsiya: Ushbu maqolada Qashqadaryo va Surxon vohasidagi tojiklarni qadimgi turar joylari tabiy sharoitini hisobga olgan holda barpo qilingan. Shuningdek, har bir qurilgan bino qurilishida undan foydalanish manfaatlari to‘liq hisobga olingan. Kalit so‘z: An’anaviy uy-joylari, madaniy-maishiy inshootlar, tog‘li hududlar, g‘isht, devor, tol, terak, archa yog‘och. Ключевое слово: Традиционные дома, культурные и бытовые постройки, горные районы, кирпичи, стены, древесина ивы, тополя и ели. Keyword: Traditional houses, cultural and domestic buildings, mountainous areas, bricks, walls, willow, poplar and spruce wood. Sharq mutafakkiri Abu Nosir Farobiy uy-joy qurilishi ko‘pdan-ko‘p geometrik uslublarga bo‘lishini, ular ichida «quriladigan me’moriy obida tarhini tuzish san’ati» mavjudligini ta’kidlagan[1]. Shuningdek, Abu Ali ibn Sino turarjoy me’morchiligida qurilajak uyning joyini, uning shamol yo‘liga nisbatini, quriladigan uy-joy yonidan o‘tadigan suvning tarkibini, yaqin atrofda turmush sharoitiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi manbalarning bor-yo‘qligini nazarga olish zarurligini uqtirib o‘tadi. O‘rta Osiyoda har bir shahar, turarjoy me’morchiligi joyning tabiiy sharoiti, ob-havosi, xalqning iqtisodiy, ijtimoiy hayoti ta’siri asosida rivoj topgan. Voha tojik aholisining an’anaviy uy-joylari, madaniy-maishiy inshootlarining qurilish tarixi, dizayni, me’morchilik kompozitsiyalarida so‘nggi o‘rta asrlar davrida bunyod etilgan madaniymaishiy inshootlarning qurilish an’analari izlarini kuzatishimiz mumkin. D.Nozilovning fikricha, o‘rta asrlarda bu yerda o‘ziga xos Tohariston (Baqtriya) me’morchilik maktabi shakllangan[2]. Xususan, bunga Surxon vohasidagi Denov markazida XVI asrda ikki qavat qilib qurilgan Sayid Otaliq madrasasi va Katta Vaxshivor qishlog‘ida 1713 yilda avliyo, shoir So‘fi Olloyor tomonidan qurdirilgan masjidni misol keltirishimiz mumkin. Masjid xonaqoh, ikki tomoni ayvon va qo‘shma xonalardan tashkil topgan. Xonaqoh va ayvon tomi to‘sin bilan yopilgan bo‘lib, sinchli paxsadan qurilgan. Shimoli-sharqiy tomoni hashamatli bo‘lib, mehrobsimon ravoqlar ishlangan. Xonaqohdagi mehrob ravoqi ancha chuqur bo‘lib, uning ikki tomonidagi to‘rt ravoqqa bo‘rtma chiziqlar tortilgan. Bunday bezaklar janubi-g‘arbiy ayvon devorida ham mavjud. Ayvondagi yettinchi va xonaqohdagi oltinchi ustun o‘yma va rangli naqshlar bilan bezatilgan[3]. Bunday inshoatlardagi qurilish uslublari Denov, Yurchi kabi beklik markazlarida hamda Vaxshivor, Sina, Sangardak kabi o‘troq aholi yashaydigan qishloqlardagi uy-joylar qurilishida aks etganligini ko‘rishimiz mumkin. Aholining doimiy turar joyi, uy tomi paxsa, xom g‘ishtdan, tog‘li hududlarda zich (sinch) devor, tosh devordan iborat bo‘lgan. Dastlab bir xonali, ikki xonali XX asr boshlariga kelib uylarni qurish ikki qavatli yoki boloxonali uylarni ham qurish rivojlanib bordi. Tog‘li hududlarda tojiklarini doimiy turarjoylari asosan soy bo‘ylarida, anhor yoqalarida bunyod etilgan bo‘lib, uylarni qurishda hududning tabiiy-geografik xususiyatlari e’tiborga olingan. Xususan, tojiklarini uy-joylarini quriladigan hududga quyosh nuri tushish holati, dara tomonidan o‘tadigan sovuq shamol yo‘lidan saqlash, yomg‘ir yog‘ib sel kelganda soyga tez oqib tushishi, uylarni suvga va dehqonchilik qiladigan hududlarga yaqinroq joylarda qurish, qolaversa tabiiy ofatlar tog‘ ko‘chishi, qor ko‘chishidan saqlanish kabi masalalarga e’tibor qaratilgan.
101 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Vohadagi tojiklarda uy-joy qurishda o‘ziga xos urf-odatlar bo‘lgan. Masalan, uy qurilishini boshlashdan bir kun oldin o‘nglanib, haftaning xayirli va xosiyatli kunlari aniqlanib, shundan so‘ng echki yoki qo‘y so‘yilib, qo‘ni-qo‘shnilar chaqirilgan. Mehmondorchilikdan so‘ng uy devoriga toshni birinchi bo‘lib badavlat, yoshi ulug‘ keksa kishi qo‘ygan, qolganini yoshlar davom ettirganlar. Vohaning Sina, Xondjiza kabi tojik qishloqlarida esa uy qurilishiga chaqirilganlar birinchi kuni o‘zlari bilan uy devoriga bittadan tosh,o‘tin yoki qurilish materialidan bir dona bo‘lsa ham o‘zi bilan keltirganlar. Keyin mehmon bo‘lib tarqalishgan. Uy qurilishini esa uy egasi o‘zi oila a’zolari va hasharchilar bilan boshlagan. Uy poydevorining birinchi qatorini mustahkam qilib, qolgan qatorlarni ham xasharchilar bilan birgalikda bajarganlar. Axborotchilarning ta’kidlashicha, voha tojiklarining ota-bobolari qadimdan odatda uy qurishda ishni binoning qibla tomonga yuzlanib duo qilib shu tomondan qurilish ishlarini boshlashgan. Tog‘li hududlarda tojiklarining uylari asosan bir tomonga, ya’ni soy tomonga qaratib qurilgan. Soydan toqqa tomon balandlik bo‘lib borishi uylarning bu tartibda qurilishiga olib kelgan. Uylarning old tomoni esa shu balandlik hisobiga qavatma-qavat bo‘lib tog‘ tomon ortib boradi. Bu hududda uylarning toqqa qaratib qurilishi yaxshi natija bermaydi. Chunki tog‘dan keladigan qor va yomg‘ir suvlari to‘ppa-to‘g‘ri uy ichkarisiga kirsa, ikkinchidan tog‘ yon bag‘riga qurilgan uyning orqa devori bo‘lmaganligi sababli uyning tomi balandlik hisobiga yopiladi. Bu esa uyning old tomonini boshqa yoqqa o‘zgartirishga imkon bermaydi. Uylarning orqa devorlarini tog‘ hisobiga qurilishining asosiy sababi shundaki, bunda birinchidan, qurilish ashyolari va ishchi kuchi tejalgan bo‘lsa, ikkinchidan, yuqori qavatda joylashgan turarjoylar oldiga keng hovli bunyod etilgan. Albatta, tojiklarda uy tomini yopishda yog‘ochdan (asosan tol, terak yoki archa) to‘sinlar toq yani(11, 13,15,17) donadan terib qo‘yilgan. Masalan, oshxona, dahlizlar uchun tol daraxti yog‘ochidan ishlatilsa, mehmonxona va boshqalari uchun terak yoki boshqa yog‘ochdan ishlatilgan. Qolaversa, uyning xonalari kattalashishiga qarab yog‘ochdan ham ko‘p ishlatilgan. Tomning yog‘ochi ustidan shox shabba, bo‘yra yoki qamish to‘shalib somon qo‘shilgan loy bilan suvalgan. Har yili yomg‘ir va qor suvlari o‘tib ketmasligi uchun somon aralashtirilgan loy bilan suvab turganlar. Qish faslida qor va muzlarning tom ustida uzoq vaqt turib qolishining oldini olish maqsadida suvoqli tomlarning ustiga vaqti-vaqti bilan tuz sepib turilgan[4]. Vohada tojiklarida uy qurishda asosan mahalliy qurilish ashyolaridan foydalanilgan. Tog‘li hududlarning yuqori qismini o‘rmonzorlar tashkil etganligi sababli bu hududda paxsa devor o‘rniga sinch devor keng qo‘llanilgan. Sinch devor juda qulay va mustahkam bo‘lganligi bilan ajralib turgan. Sinch devorda tokcha, taxmon o‘rnatish qulay bo‘lgan. Tog‘li hudud tojik aholisi shamol esadigan va sel keladigan tomoniga tosh devor yoki qo‘sh sinchli devor qurishgan. Shuningdek, sinch devorli uylarning xonalari keng va baland bo‘ladi. Shuningdek, tog‘li hududlarda toshlarning ko‘p bo‘lgani uchun toshdan ham keng foydaliniladi. Asosan devorlar va uyning pastgi qismi yani fundamenti ham toshdan teriladi. XX asrning 80-yillarigacha ko‘plab xonadonlar to‘laligicha toshdan qurilgan va ichki qismi loy bilan shuvalgan. Tosh terib devor yoki bino qurish o‘ziga hos sanat hisoblanadi toshni terish o‘ziga yarasha mashaqqat talab etadi. G‘ishtga o‘xshab bir tekkis bo‘lmagani uchun ham toshni terish hammaning ham qo‘lidan kelmaydi. Tosh terishni o‘rganish uzoq vaqt talab qilgani uchun ushbu sohani o‘rganuvchi shogirlarning hammasi ham bu ishni o‘rgana olmaydi. Toshdan qurilgan uylar hozirgi kunga qadar ham saqlanib qolgan va Chosh, Karsh, Xo‘jaaspin, Pistubarak, Xondjiza va Debodom, qishloqlarida yashovchi tojiklarning toshdan qurilgan uylarini uchratish mumkin.
102 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Vohaning tog‘li hududlarida tojiklarni sinch devordan tashqari kesak, ya’ni guvala devorlaridan ham foydalanishgan. Bu holatni vohaning tog‘ oldi qishloqlarida kuzatishimiz mumkin. Surxon vohasining tog‘li va tog‘ oldi hududida yashovchi tojiklar bilan cho‘l hududida yashovchi aholining turar joylari ichki tuzilishi, jihozlanishi ayrim etnik va hududiy jihatlari bilan farq qilgan. Tog‘li hududlarda tojiklar o‘troqlikka xos xususiyatlari va uy jihozlarida o‘ziga xos o‘ringa ega. Xususan, uylar dahlizli, darchali hamda yon devorlarida tokchalar bo‘lishi bilan ajralib turgan. Uyning poliga avval yerga (bo‘yra) to‘shalib uning ustiga jundan to‘qilgan gilamlar to‘shalgan[5]. Surxon vohasi tojik qishloqlarida XX asrning ikkinchi yarmida ayrim hovlilarining tuzilishi ichki va tashqi hovlilar (qismlardan) iborat bo‘lib, ichki hovli ayollar bolallar va oilaning tan mahramlari uchun bo‘lsa, tashqi hovlida esa asosan mehmonxonalar uchun bo‘lib, tashrif buyurgan mehmonlar shu tashqi hovlida kutib olinib, shu yerning o‘zidan kuzatilgan. Xonadon ayollarining yuzlari nomahram kishilarga tushmasin, deb tashqi hovliga o‘tmagan. Ayrim tadqiqotchilarning qayd etishicha, hovlilarning ichki va tashqi qismlarga bo‘linishi qadimgi Yunoniston va Rim kabi davlatlarda ham mavjud bo‘lib, islom dini o‘zidan ancha avval mavjud bo‘lgan ayollarning jamiyatda ajralib yashash shaklini qonunlashtirgan. Bu uylarda tojiklar qish faslida sandal lardan foydalanganlar. Sandal tomonlari teng to‘rt oyoqli kursidan iborat bo‘lib kursining tagi qozib qo‘yilgan, u asosan xonaning o‘rtasiga o‘rnatilgan. Sandal ustiga ko‘rpa, choyshab yopib qo‘yilgan. Vohaning Kishtut, Xo‘jaasmin kabi tojik qishloqlarida esa doimiy turarjoy uyning tepa qismidan mo‘ri, ya’ni tuynuk qo‘yilgan hamda uyning ichida choy va ovqat tayyorlangan. Tuynukdan tutun chiqib, havo yangilanib, almashib turgan. References: 1. Tursunov S.N. va boshqalar. Surxondaryo tarix ko‘zgusida. 2. Nozilov D. Chig‘anoq ichida marvarid // Sovet O‘zbekistoni san’ati. –Toshkent, 1981. –№ 9. –B. 24. 3. Нозилов А.Д. Мастера школ горного зодчества Средней Азии. –Ташкент, 2001. –С. 144. 4. Dala yozuvlari. 2019-yil. Denov tumani Oybarik qishlog‘i. 5. Dala yozuvlari. 2020-yil. Boysun tumani Darband, Sayrob qishloqlari.