scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DUNYO VA O'ZBEKISTON MUZEYLARI: MADANIY MEROSNI SAQLASH VA GLOBAL TURIZMDA YANGI UFQLAR

Boyto'rayev Sirojiddin Usmon o'g'li; Tursunov Bahriddin Kamoliddin o'g'li

Full text

108 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc DUNYO VA O‘ZBEKISTON MUZEYLARI: MADANIY MEROSNI SAQLASH VA GLOBAL TURIZMDA YANGI UFQLAR Boyto‘rayev Sirojiddin Usmon o‘g‘li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi E-mail: [email protected] Tel: +998912361998 Tursunov Bahriddin Kamoliddin o‘g‘li Boysun tumanidagi 20-maktab ma'naviy-marifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari E-mail: [email protected] Tel: +998995977323 https://doi.org/10.5281/zenodo.17640227 Annotatsiya: Ushbu maqolada dunyo va O‘zbekiston muzeylarining madaniy merosni asrash, saqlash hamda targ‘ib etishdagi o‘rni keng tahlil qilingan. Shuningdek muzeylarning tarixiy, ilmiy va ma’naviy ahamiyati, ularning madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishdagi roli, va zamonaviy turizm tizimidagi o‘rni yoritilgan. Maqolada O‘zbekiston hududida muzeylarning shakllanish bosqichlari, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar, raqamlashtirish jarayonlari va xalqaro hamkorlik tajribalari tahlil qilinadi. Maqola zamonaviy muzeyshunoslik yo‘nalishidagi yangi tendensiyalarni ochib beradi, madaniy merosni saqlash hamda turizm sohasida yangi ufqlarni belgilovchi ilmiy-nazariy xulosalarni taqdim etadi. Kalit so‘zi: Muzey, madaniy meros, O‘zbekiston, muzeyshunoslik, global turizm, ICOM, islohotlar, raqamlashtirish, milliy qadriyatlar, ma’naviy tarbiya. Abstract: This article provides a comprehensive analysis of the role of museums in the preservation and promotion of cultural heritage in the world and Uzbekistan. The historical, scientific and spiritual significance of museums, the role of documents in the development of intercultural dialogue, and the modern tourism system are highlighted. The article analyzes the stages of formation of museums in Uzbekistan, the structures implemented during the years of independence, digitization processes and international cooperation experiences. The article reveals new trends in modern museology, provides scientific and theoretical activities that define new horizons for cultural heritage and tourism. Keywords: Museum, cultural heritage, Uzbekistan, museology, global, ICOM, systematization, digitization, national values, spiritual education. Аннотация: В статье всесторонне анализируется роль музеев в сохранении и популяризации культурного наследия в мире и Узбекистане. Раскрывается историческое, научное и духовное значение музеев, роль документов в развитии межкультурного диалога и современной системы туризма. Анализируются этапы становления музейного дела в Узбекистане, структуры, созданные в годы независимости, процессы цифровизации и опыт международного сотрудничества. Раскрываются новые направления в современной музеологии, а также научно-теоретическая деятельность, определяющая новые горизонты культурного наследия и туризма. Ключевые слова: Музей, культурное наследие, Узбекистан, музеология, глобальный, ИКОМ, систематизация, цифровизация, национальные ценности, духовное воспитание. Kirish: 18-may kuni butun dunyo xalqlari Xalqaro muzeylar kunini nishonlaydi. Bu sana 1977yilda ICOM (International Council of Museums – Xalqaro muzeylar kengashi) tashabbusi bilan joriy etilgan. O‘sha yildan boshlab muzeylar insoniyat tarixining, san’atining va tafakkurining timsoli sifatida e’tirof etila boshlandi. Qiziq tomoni shundaki, bu kunning tanlanishi birinchi muzey ochilgan sana bilan bog‘liq emas — balki insoniyat xotirasini, madaniyatini asrash g‘oyasiga bag‘ishlangan 109 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc ramziy sanadir. Shundan buyon, 1978-yildan e’tiboran, Xalqaro muzeylar kuni 150 dan ortiq mamlakatlarda keng nishonlanadi. Bu bayramning nishonlanish shakli turli hududlarda turlicha bo‘lsa-da, barchasining maqsadi bitta — o‘tmishni asrash orqali kelajakni yoritish. So‘nggi yillarda “Muzeylar kechasi” kabi tadbirlar butun dunyoda ommalashib, insonlarni kechasi ham tarix bilan “suhbat” qurishga chorlamoqda. Muzey — bu shunchaki bino emas, u o‘tgan asrlarning yurak urishini eshittiruvchi maskandir. Yunoncha “musion” — “muzalarga bag‘ishlangan joy” degan so‘zdan olingan bu atama, aslida, inson ijodi va xotirasining mujassamidir. Muzeylar tarixiy, moddiy va ma’naviy yodgorliklarni to‘plash, saqlash, o‘rganish va targ‘ib etish bilan shug‘ullanuvchi ilmiyma’rifiy maskanlar bo‘lib, ularning javonlarida o‘tgan zamonlar nafasi, qadim donishmandlar ovozi, unutilmas asarlar ruhi yashaydi. Muzey xazinasida moddiy va tasviriy asarlar, san’at namunalari, qo‘lyozmalar, qadimiy bosma hujjatlar va kitoblar saqlanadi ularning har biri vaqt bilan bahsga kirishgan xotira parchasidir. Bu bebaho merosni o‘rganish, tartibga solish va kelajak avlodlarga yetkazish bilan shug‘ullanuvchi fan esa muzeologiya yoki muzeyshunoslik deb ataladi. XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan bu atama bugun butun dunyo olimlari, san’at ixlosmandlari va tarixsevarlar qalbida chuqur o‘rnashgan. Ilgari “Muzeografiya” so‘zi muzeylarga oid barcha asarlar uchun ishlatilgan bo‘lsa, XX asr o‘rtalaridan boshlab u muzeylarning ichki hayotini, ularning ruhi va jarayonini ifodalovchi tushunchaga aylangan. Zero, muzey bu o‘tmish bilan bugun o‘rtasidagi muloqot, inson tafakkuri bilan tarixning qo‘l ushlashgan lahzasidir. Bugun muzeylar insoniyat xotirasining yuraklari, millatlar madaniyatining oyinasi, va eng muhimi kelajak avlodlar uchun ilm va ruhiy meros manbaidir. Har bir eksponat, har bir yozma yodgorlik — “Men bor edim, men o‘rgatdim, men iz qoldirdim” deya tarix bilan so‘zlashadi 1 . Asosiy qism: XIX asrga qadar nafaqat antik davr, balki ilk o‘rta asrlar tarixini o‘rganish ham bevosita muzeylar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Chunki aynan shu maskanlarda o‘tmish sirlari, tarixiy manbalarning asosiy qismi saqlanib kelgan tarixiy xotirani asrash va namoyon etish g‘oyasi jamiyat tafakkurida chuqur ildiz otgan davrda, keng qamrovli muzeylarning tashkil topishi burjuaziya sinfining iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlanish davriga to‘g‘ri keldi. Ko‘plab Yevropa xalqlarining milliy mustaqillik, o‘zlikni anglash va uni tan oldirish yo‘lidagi kurashi natijasida muzeylar nafaqat madaniy merosni saqlovchi, balki millat ruhini ifodalovchi maskanlarga aylandi. Aynan shu g‘oyalar ta’sirida Yevropada yirik milliy muzeylarga asos solindi va ular uchun monumental binolar qad rostladi. Bunga 1802-yilda Budapeshtdagi Venger milliy muzeyi, 1818-yilda Pragadagi Milliy muzey hamda 1828-yilda Berlindagi Eski muzey qurilishi yorqin misol bo‘la oladi 2 . Tarixiy manbalarga ko‘ra, dunyodagi birinchi muzey — ta’lim muassasasi sifatida miloddan avvalgi 290-yillarda Aleksandriyada Ptolomey I tomonidan tashkil etilgan. Bu maskan o‘z davrining haqiqiy ilm va ma’rifat markazi bo‘lib, unda yashash va ovqatlanish xonalari, boy kutubxona, o‘quv xonalari, botanika va zoologik bog‘lar hamda rasadxonalar faoliyat yuritgan. Keyinchalik muzey tibbiyot va astronomiyaga oid asbob-uskunalar, haykallar, byustlar bilan boyitilib, ilmiy izlanishlar uchun keng imkoniyat yaratgan. Aytishlaricha, bu maskanda ishlagan olimlar davlat ta’minotida bo‘lib, ularning mehnati uchun maoshlar belgilangan bu esa muzeyning nafaqat madaniy, balki ilmiy va ijtimoiy ahamiyatini ham oshirgan. Aleksandriya muzeyining bosh kohini (direktori) shaxsan Ptolomey I tomonidan tayinlangan bo‘lib, uning qoshidagi kutubxonada 750 mingdan ortiq qo‘lyozmalar saqlangan bu insoniyat tarixidagi eng yirik bilim manbalaridan biri hisoblanadi. Afsuski, milodning 270-yilida yuz bergan yong‘in natijasida muzey va kutubxona jiddiy zarar ko‘rgan, ko‘plab bebaho asarlar yo‘qolgan. Keyinchalik, Vizantiya davrida sobor va monastirlarda, 1 J.U.Kamolov ,,Jahon muzey tashkilotlarining shakllanishi va rivojlanish tarixi” – Buxoro davlat universiteti: 2022 2 I. Sodikova “Madaniy yodgorliklar xazinasi” – T. Fan: 1981 110 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc so‘ngra Fransiya, Italiya, Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlarining diniy markazlarida ham turli xil to‘plamlar saqlanib qolgan. Uyg‘onish davriga kelib esa, buyuk geografik kashfiyotlar ta’sirida Yevropada yangi turdagi muzeylar paydo bo‘ldi bu davr muzeylari faqatgina san’at asarlarini emas, balki o‘simlik va hayvonot dunyosiga oid namunalar, minerallar, geodeziya va astronomiya asboblari, shuningdek etnografik ahamiyatga ega buyumlarni ham o‘z ichiga olgan. Inson tafakkuri va bilishga bo‘lgan qiziqishi natijasida yuzaga kelgan ushbu “kunstkameralar” va “myunskabinetlar” o‘z davrining eng nufuzli ilmiy markazlariga aylangan 3 . 1917-yilga qadar Oʻzbekistondagi mavjud muzeylar hali ixtisosliklarga ajratilmagan boʻlib, san’at, tarix, adabiyot, texnika kabi turli sohalarga oid eksponatlar bir joyda namoyish etilgan. Bu davr muzeylarining umumiyligi, bir tomondan, xalqning turmush tarzini to‘liq yoritgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ilmiy tasniflash tizimining hali shakllanmaganini ko‘rsatadi. Fikrimizcha, bu holat o‘sha davr madaniy va ilmiy muhitining o‘ziga xos ko‘zgusi bo‘lib xizmat qilgan, O‘zbekiston hududidagi birinchi ixtisoslashgan muzey 1918-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u tarix va tabiat yo‘nalishlariga asoslangan edi. 1876-yilda tashkil etilgan O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi esa butun o‘lkaning madaniy xotirasini saqlab kelayotgan eng qadimiy maskanlardan biridir. Uning dastlabki faoliyati rejasiz yig‘ilgan eksponatlarga asoslangan bo‘lsa-da, bu holat keyinchalik turli ilmiy kolleksiyalarni shakllantirishga turtki bo‘ldi. XX asr boshlarida esa bu boyliklarning bir qismi ayrim olimlar tomonidan xorijga olib chiqib ketilgani xalqimiz tarixiy merosiga nisbatan befarqlik oqibatlarini yaqqol namoyon etdi. Sovet davrida ham o‘zbek xalqining boy madaniyati va ma’naviyatini aks ettiruvchi ko‘plab nodir eksponatlar boshqa davlatlarga olib ketilgan. Shunga qaramay, muzey o‘z faoliyatini davom ettirib, bir necha bor nom va tuzilma jihatdan o‘zgarishlarga uchradi. Ayniqsa, muzeyning O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimiga kiritilishi uni nafaqat madaniy, balki ilmiy markaz sifatida shakllantirdi. Bu o‘zgarish milliy muzeyshunoslik rivojida yangi bosqichni boshlab berdi. Afrosiyobda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan buyumlar esa o‘zbek xalqining qadimiy tarixini yanada chuqurroq o‘rganish imkonini berdi. Shu asosda tashkil etilgan “Afrosiyob” Samarqand shahar tarixi muzeyi yurtimizning eng qadimiy sivilizatsiyalaridan biri haqida aniq tasavvur uyg‘otdi. O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi esa 1926yilda tashkil etilib, mamlakatdagi birinchi tarmoq muzeyi sifatida qishloq xo‘jaligi, zoologiya va tabiiy fanlar bo‘yicha qimmatli ilmiy manbaga aylandi. Bu muzeylarning shakllanish jarayoni o‘zbek muzeyshunosligi tarixida muhim bosqichlardan biri hisoblanadi 4 . Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston hayotining barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirilgani singari, madaniyat va ma’naviyat maskanlari boʻlgan muzeylar faoliyati ham yangi bosqichga koʻtarildi. Bu o‘zgarishlar avvalo, mamlakatda milliy qadriyatlarni tiklash, tarixiy xotirani asrash, ajdodlar merosini chuqur o‘rganish va uni kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lidagi yuksak e’tibor bilan chambarchas bog‘liqdir. Bugungi kunda muzeylar nafaqat tarixiy yodgorliklarni saqlovchi joy, balki milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy tarbiya va ilmiy izlanishlar markaziga aylangan, mustaqillik yillarida muzeylarning ijtimoiy ahamiyati yanada oshib, ular xalqning ma’naviy-axloqiy kamolotida muhim omil sifatida e’tirof etilmoqda. Muzeylar fondlarida saqlanayotgan nodir eksponatlar — xalqimizning boy tarixi, hisoblanadi. Prezidentimizning 1998-yil 12-yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni muzeylar hayotida yangi davrni boshlab berdi. Mazkur hujjat asosida muzeylar tarmog‘ini rivojlantirish, ularni moddiy-texnik bazasi bilan ta’minlash, zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va xalqaro tajribani keng joriy etish chora-tadbirlari belgilab berildi. Shuningdek, 19983 O‘quv qo‘llanma. “Muzeyshunoslik” Turon-Iqbol, Toshkent:2018 4 Gʻulomov Ya. Gʻ. Oʻzbekistonning arxeologik yodgorliklari. — Toshkent: Fan, 1971. 111 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc yil 5-martda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Muzeylar faoliyatini tubdan qo‘llabquvvatlash masalalari to‘g‘risida”gi qaror asosida “Oʻzbek muzey” Respublika jamg‘armasi tashkil etildi. Ushbu jamg‘arma mamlakatdagi barcha muzeylarga har tomonlama ko‘maklashish, ularning infratuzilmasini yangilash, ilmiy faoliyatni kuchaytirish hamda ularni xalqaro maydonga olib chiqish vazifasini o‘z zimmasiga oldi. Shuni takidlash joizki, 2017-yilga qadar muzeylar faoliyatiga oid 46 ta me’yoriy-huquqiy hujjatlar, jumladan 0‘zbekiston Respublikasining 2 ta qonuni, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1 ta farmoni, 2 ta qarori va 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19 ta qarori hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi, muzeylaming faoliyatini takomillashtirishda asos bo‘lib xizmat qildi 5 . Xulosa: Xulosa qilib aytganda, muzeylar insoniyat tarixining jonli guvohlari, milliy o‘zlik va madaniy merosning beqiyos saqlovchilaridir. Ular nafaqat o‘tmish yodgorliklarini asrash, balki zamonaviy jamiyatni ma’naviy va ilmiy jihatdan boyitishda ham muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng muzeylar faoliyatida yangi davr boshlandi — ularning moddiytexnik bazasi mustahkamlandi, xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi, ekspozitsiyalar zamonaviy talablarga moslashtirildi. Ayniqsa, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari muzey sohasini davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylantirdi. Bugungi kunda O‘zbekiston muzeylari nafaqat milliy merosni asrab-avaylash, balki global turizm va xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantirishda ham faol ishtirok etmoqda. Shu bois muzeylar kelajakda ham milliy g‘urur va jahon madaniyatining uyg‘unlashuv ramziga aylanishi shubhasizdir. References: 1. Kamolov J.U. Jahon muzey tashkilotlarining shakllanishi va rivojlanish tarixi– Buxoro davlat universiteti: 2022 2. Sodikova I. “Madaniy yodgorliklar xazinasi” – T. Fan: 1981 3. O‘quv qo‘llanma. “Muzeyshunoslik” Turon-Iqbol, Toshkent:2018 4. Gʻulomov Ya. Gʻ. Oʻzbekistonning arxeologik yodgorliklari. — Toshkent: Fan, 1971. 5. SayidrasulovichY.A. “Muzeyshunoslik fanidan ma’ruza matni”-Samarqand:2025 5 Y.A.Sayidrasulovich. “Muzeyshunoslik fanidan ma’ruza matni”-Samarqand:2025