scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ZARAFSHON VOHASI YUZ (JUZ)LARINING UY-JOY QURILISHIDA O'TOVNI JIHOZLASH VA BEZATISH SAN'ATI

Dulanov Otabek Yuldashevich

Full text

112 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc ZARAFSHON VOHASI YUZ (JUZ)LARINING UY-JOY QURILISHIDA O‘TOVNI JIHOZLASH VA BEZATISH SAN’ATI Dulanov Otabek Yuldashevich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tarix va falsafa kafedrasi dotsenti t.f.b.f.d (PhD) [email protected] +998902451590 https://doi.org/10.5281/zenodo.17640271 Annotatsiya: Ushbu maqolada XIX asr oxirlarida Zarafshon vohasida doimiy uy-joylardan eng ko‘p tarqalgani o‘tov ekanligi, O‘tov mintaqada yashovchi juzlar, qarluqlar va qo‘ng‘irotda 1930yillargacha asosiy uy-joy bo‘lib hizmat qilganligi haqida so‘z boradi. Kalit soʻzlar: Qora uy, “iyma” chayla, “keraga”, yig‘ma uy, kigiz uy, qora uy, o‘tov, qizil uy, oq o‘tov, ko‘ztumor, tumor, olaquroq, hazorispand, ko‘ztikan, taqa. Аннотация: В статье рассматривается тот факт, что наиболее распространённым постоянным жилищем в Зарафшанском оазисе в конце XIX века был отов, который служил основным жилищем для жузов, карлуков и кунгаратцев, проживавших в регионе до 1930-х годов. Ключевые слова: Чёрный дом, хижина «ийма», «керага», складной дом, войлочный дом, чёрный дом, отов, красный дом, белый отов, козтумор, амулет, алакурак, хазариспанд, козтикан, така. Abstract: This article discusses the fact that the most common permanent dwelling in the Zarafshan oasis at the end of the 19th century was the otov, and that the otov served as the main dwelling for the Juz, Karluk, and Kun'gorat people living in the region until the 1930s. Keywords: Black house, "iyma" hut, "keraga", folding house, felt house, black house, otov, red house, white otov, koztumor, amulet, alakurak, hazarispand, koztikan, taka. Ko‘chmanchilar uyi taraqqiyotida keragali taxlanadigan uyning paydo bo‘lishini S.I.Vaynshteyn eng asosiy davr deb qaraydi. Qora uylarning kelib chiqishi va tarqalishi eramizning I minginchi yilliklari o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Bu o‘z navbatida ko‘chmanchilarning yirik madaniy yutug‘i bo‘lib, ilk ko‘chmanchilikdan so‘nggi ko‘chmanchilik davrigacha bo‘lgan taraqqiyotni belgilab beradi. Bunday turarjoyni “qadimgi turk uyi” deb ataymiz 1 . Etnograf S.I.Vaynshteyn qadimgi turk uyini tasvirini beradi։ “...qadimgi turk uyining panjarali devori tol cho‘plaridan qilingan edi...konussimon yoki yarim sferali tepa qismi to‘g‘ri yoki egilgan o‘qlardan tashkil topib, yuqorida tutun chiqadigan teshik bo‘lgan, atrofiga va ustiga egilgan tayoqlar bog‘lanib, o‘tkir uchli gumbaz hosil qilingan”. Shunday qilib, qadimgi turk uylarining xarakterli xususiyatlaridan biri tuynugining gumbazsimon bo‘lishidir. Shuning uchun bo‘lsa kerak, S.I.Vaynshteyn va E.E.Gafferberglar Afg‘onistondagi hazarlar uyini XVIII asr mo‘g‘ullarning uyi namunasi emas, balki arxeik tipdagi qadimgi turk uylarining namunasi deb ko‘rsatadi. Qadimgi O‘rxun-Yenisey yozuvining A.Steyn (London) kolleksiyasidagi “Folbinlar” kitobi manbasida qadimgi turk termini “keraga” ning uchrashini va keraga deganda yig‘ma qora uy tushunilishini e’tiborga olsak, uning turk xalqlaridan kelib chiqqanligi ayon bo‘ladi. “Terma” (terish, tuzish ma’nosida) to‘qimachilikda qora uy keragasidan ham oldin paydo bo‘lgan bo‘lib, qadimgi xunlar uyi asosida yig‘ma “keragali uy” yoki “terma” nomi bilan ko‘chmanchilarning qulay qora uyi paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ko‘plab xalqlarda “Terma” so‘zi panjara, ya’ni keraga ma’nosida ishlatiladi. 1 Вайнштейн С.И. Проблемы истории жилище степных кочевников Евразии // CЭ.−М.,1976.№4.−С.44-45. 113 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Qora uy ilk bor xunlarning uyi shaklida takomillashib, naymanlarda “iyma” chaylasidan yagona nom bilan “keraga” deb, yig‘ma uy sifatida tashkil topdi va qozoqlarda kigiz uy, o‘zbeklarda qora uy, o‘tov, qizil uy, oq o‘tov nomlari bilan tarqaldi 2 . O‘tovlar uy egasining iqtisodiy ahvoliga qarab baland-past, katta-kichik bo‘lgan, rangbarangligi, bezalishi, jihozlanishi ham shunga yarasha bo‘lgan. Boyroq xonadonlarning o‘tovlari qo‘sh qanotli, ya’ni ikki ustma-ust keragali (jami 4 ta o‘rniga 8 ta keraga ishlatilgan) bo‘lgan bunday uylarni yasash va sotib olish juda katta mablag‘ talab qilgan. Boy xonadonlar o‘g‘il uylantirish uchun albatta “oq o‘tov” qurgan. Kambag‘al xonadonlarning o‘tovlari (“qora uylari”) odmiroq, ya’ni soddaroq bo‘lgan. Asosiy uy-joy hisoblangan o‘tov mahalliy aholi tomonidan juda e’zozlanib, uning har bir qismiga tig‘ tegdirmasdan saqlashga harakat qilingan. Uning tashqarisiga ko‘ztumor, tumor, olaquroq, hazorispand, ko‘ztikan, taqa, sigir va otning bosh chanog‘i osib qo‘yilib, yomon ko‘zlar va ins-jinslardan asrashga harakat qilingan. O‘tov-o‘tovning suyagi, deb ataluvchi keraga, uvuq va changaroqdan, uyning ustini yopuvchi jihozlari-to‘rlik, uzuk va tuynuk yopqichdan iborat bo‘lgan. Keraga uyning panjara qismi hisoblanib, u 48 boshdan 72 boshgacha bo‘lgan 3 . Bitta qora uyda 4 ta keraga mavjud bo‘lib, har bir keraga uyning to‘rtdan bir qismini tashkil etgan va qanot deb, to‘rt tomoni birlashtirilganda o‘tovning aylana panjara qismi paydo bo‘lgan. O‘tovning har bir qanotida 12 tadan quloq bo‘lsa (bu chinoq deb ataladi) uy 48 boshli bo‘lgan, agarda 16 tadan quloq bo‘lsa, uy 64 boshli uy deb atalgan. Keraga panjaralari tuya yoki ho‘kiz terisidan tayyorlangan maxsus tasmalar bilan berkitilgan. Bu tasmalar keraga ko‘ki bo‘lib, oshiq-moshiq vazifasini bajargan. Qo‘ng‘irotlarda o‘tov keragalarini yoyganda balandligi 1,40-1,60 metr bo‘lsa 4 , qarluqlarda esa 1,20 metrlik bo‘lgan. Ushbu qanotlarning birlashgan joyini jafsar deb yuritishgan. Keraganing old tomoni uy eshigining ikki yon ustuni (yon bo‘sag‘a)ga berkitilgan. Keragalarning birlashgan joyi-jafsarlarga balandligi 1,30-1,70 metrlik jafsar qoziqlarga mahkamlangan. Keragalarda hosil bo‘lgan panjara kataklarini ko‘zanak deb atashgan, ko‘zanaklar katta-kichikligiga qarab, yel ko‘zanak yoki tor ko‘zanak deb nomlashgan 5 . Juzlarda o‘tovning (qora uy) uvuqlari 2,50 metrdan 2,80 metrgacha uzunlikda, qarluqlarda uvuqlarning uzunligini 1,70 metr deb ko‘rsatgan 6 . Uvuqlar soni uyning necha boshliligiga bog‘liq bo‘lgan. Yetim uvuqlar bunga kirmagan. Eshik ustiga, ya’ni bo‘sag‘a (erganak) 7 ga o‘rnatiladigan 5 ta uvuq yetim uvuq deb atalgan. Uyning changarog‘i doira shaklida toldan egib qilingan. Bu qasqoq deb nomlangan. O‘tovlar suyagi yog‘och va jundan tayyorlangan. O‘tov suyagi (56 boshli o‘tov misolida 4 keraga, 56 dona o‘q, bir changaroq, 43 tuynuk, shamol paytlarda qo‘yiladigan “boqqoncho‘p”) kabilardan iborat bo‘lib, sariq va qora tollardan qilingan. Uyning suyagini mahalliy ustalar yasashgan, shuningdek ular sotiladigan bozorlar ham bo‘lgan. O‘tovlar suyagining bozorlarda sotilishi hududda tovar-pul munosabatlarining kuchayishi o‘tovlar qismlarining tovar xarakterini olishi bilan bog‘liq edi. Natijada o‘tovlar qismini tayyorlovchi ustalar, ustaxonalar paydo bo‘ldi, bu esa o‘z navbatida o‘tovlarning bir xillashuvi (unifikatsiyalashuvi)ga olib keldi. O‘tovning jundan tayyorlanadigan asosiy qismlari xonadon ayollari tomonidan tayyorlangan, chunki ayollar bezak va jihozlash ishlarida 2 Ibragimov O.I. Mavsumiy va vaqtinchalik turarjoylarning rivojlanish tarixiga doir.(XIX asrning oxiri va XX asrning boshlari) maqolasi // “Arxeologiya va etnografiya masalalari” to‘plami (Sbornik), Samarqand 1984.−B.41. 3 Tursunov N. Janubiy Surxon vohasi etnografiyasi....−B. 73. 4 Dala yozuvlari. Jizzax viloyati Zomin tumani, Yettikechuv qishlog‘i. 2023 yil. 5 Dala yozuvlari. Jizzax viloyati Forish tumani Garasha, QFY, Koriz mahallasi. 2024 yil. 6 Шанияов К.Ш. Узбеки-карлуки....−С.95. 7 Erganak eshik bo‘lib, uyga hayvonlarning kirib ketmasligi uchun panjara vazifasini bajargan. Shuningdek, qo‘ng‘irotlarda vafot etgan kishini erganak ustida mozorga olib borilgan. 114 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc erkaklarga nisbatan ustunroq bo‘lgan. O‘tov ichi bezagi uchun rangdor gulli osma “bovlar” va quroqlardan foydalanilgan, “bovlar” kashtali qilib to‘qilgan, quroqlar esa har xil matolardan chiroyli qilib tikilgan. Uyning ichki jihozlanishi va bezalishi xonadon sohibalarining didlariga bog‘liq bo‘lib, bunda o‘tovning qaysi tomoni kimga mo‘ljallanganligi muhim o‘rin tutgan. O‘tovda eng hurmatli kishiuydagi eng keksa kishi (otaxon, onaxon), uy egasi yoki mehmon to‘rga o‘tqazilgan. O‘tovga kirishdagi chap tomon erkaklarniki, o‘ng tomon ayollarniki hisoblangan. Shunga ko‘ra, o‘tovning chap tomonidan erkaklarning, o‘ng tomonidan ayollarning anjomlari joy olgan. Qora uyning eshigidan kiraverishda, ya’ni, o‘rtada qazilgan o‘choq bo‘lgan. Uyga kirishda uning o‘ng tomonida (irg‘ada) uy-ro‘zg‘or buyumlari, ya’ni turli xil idish-tovoqlar, qozon-qasqonlar, dasturxon, mesh va tuluplar, un va guppi (kuvi) hamda yegulik narsalar saqlangan. Uyning chap tomoniida bo‘sag‘aga yaqin joyda ot yemi (arpa) solingan qop, yonida otning egar-jabdug‘i bo‘lgan, keraga quloqlariga xurjun, ot to‘rva va echki qilidan eshilgan arqon va ola chijim (arqonning kichigi)lar ilib qo‘yilgan. Uyning to‘rida sandiq ustida avval gilamlar, so‘ng ko‘rpa va ko‘rpachalar bo‘g‘jamalarga (“bo‘g‘joma” taxlangan ko‘rpa, ko‘rpachalar toza va ozoda turishi uchun o‘rab qo‘yiladigan chiroyli qilib kashtalangan joypo‘sh, choyshab) o‘rab taxlab qo‘yilgan. Yostiq-bolishlar kashtalangan yoki qurama qilib tikilgan, ko‘rpa-yostiqlar naqshli so‘zanalar bilan yopilgan. O‘tovning ichki tomonini zeb-ziynatlashga katta e’tibor berilgan. An’anaviy uslubda yerga chipta, bo‘yra to‘shalib, uning ustiga kigiz yoki gilam to‘shalgan 8 . Har bir qavmning o‘tovlari o‘ziga xosligi, jihozlanishi va bezalishi bilan bir-biridan ajralib turgan. O‘tovlar ham aholining boshqa turdagi uy-joylari kabi o‘zining uzoq davom evolyusion jarayoni mobaynida tuzilishi, jihozlanishi va bezalishi jihatidan takomillashib borgan. Shunday qilib, XX asr boshlarida mintaqa aholisining turarjoylari taraqqiyotiga ijtimoiyiqtisodiy o‘zgarishlar va etnomadaniy jarayonlar ta’sir etgan. Bu ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar hudud aholisining an’anaviy turarjoylarining o‘ziga xos transformatsiyalashuviga sabab bo‘lgan. Ayniqsa, yarimo‘troq xalqlar turmush tarzining o‘zgarib borishi, ularning an’anaviy xo‘jalik faoliyatining ham o‘zgarishiga olib kelgan. References: 1. Вайнштейн С.И. Проблемы истории жилище степных кочевников Евразии // CЭ.−М.,1976.№4.−С.44-45. 2. Ibragimov O.I. Mavsumiy va vaqtinchalik turarjoylarning rivojlanish tarixiga doir.(XIX asrning oxiri va XX asrning boshlari) maqolasi // “Arxeologiya va etnografiya masalalari” to‘plami (Sbornik), Samarqand 1984.−B.41. 3. Tursunov N. Janubiy Surxon vohasi etnografiyasi....−B. 73. 4. Dala yozuvlari. Jizzax viloyati Zomin tumani, Yettikechuv qishlog‘i. 2023 yil. 5. Dala yozuvlari. Jizzax viloyati Forish tumani Garasha, QFY, Koriz mahallasi. 2024 yil. 6. Шанияов К.Ш. Узбеки-карлуки....−С.95. 7. Erganak eshik bo‘lib, uyga hayvonlarning kirib ketmasligi uchun panjara vazifasini bajargan. Shuningdek, qo‘ng‘irotlarda vafot etgan kishini erganak ustida mozorga olib borilgan. 8. Dala yozuvlari. Jizzax viloyati Baxmal tumani, Temirqadam qishlog‘i. 2024 yil. 8 Dala yozuvlari. Jizzax viloyati Baxmal tumani, Temirqadam qishlog‘i. 2024 yil..