SHIMOLIY SURXON VOHASIDA YASHOVCHI YUZ (JUZ)LARNING UY-JOY QURILISHIDA O'TOVNI JIXOZLASH VA BEZATISH TENDENSIYALARI
Full text
115 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc SHIMOLIY SURXON VOHASIDA YASHOVCHI YUZ (JUZ)LARNING UYJOY QURILISHIDA O‘TOVNI JIXOZLASH VA BEZATISH TENDENSIYALARI Dulanov Otabek Yuldashevich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tarix va falsafa kafedrasi dotsenti t.f.b.f.d (PhD) [email protected] +998902451590 https://doi.org/10.5281/zenodo.17640304 Annotatsiya: Ushbu maqolada shimoliy Surxon vohasining uy-joy qurilishida o‘tovning ahamiyati, uning qurilish jarayonlari, jixozlash va bezatish san’ati kabi masalalar o‘rin olgan. Kalit soʻzlar: “xasali po‘stak”, gulxan, mash’ala, ko‘za-chiroq, qora-chiroq, turli xalta, to‘rva, gilam, har xil yog‘och va temir buyumlar, sandiq, bo‘yra, palos, kigiz, po‘stak, ko‘rpa, ko‘rpacha. Аннотация: В статье рассматривается значение хижины в жилищном строительстве северного Сурханского оазиса, особенности её строительства, отделки и декоративного искусства. Ключевые слова: «хижина из бересты», костёр, факел, кувшин-светильник, чёрный свет, различные сумки, мешки, ковры, различные деревянные и железные изделия, сундуки, циновки, палос, войлок, береста, одеяло, плед. Abstract: This article discusses the importance of the hut in the housing construction of the northern Surkhan oasis, its construction processes, furnishing and decorating art. Keywords: "sick bark", bonfire, torch, jug-light, black-light, various bags, sacks, carpets, various wooden and iron products, chests, mats, palos, felt, bark, blanket, blanket. O‘rganilayotgan hududda juzlar o‘g‘il uylantirishdan oldin albatta, o‘tov qilishi va kelinni o‘tovga tushirib olishi shart bo‘lgan. O‘tovning suyagi va kigizlarini o‘g‘il tomon, o‘tovning ichki jihozlarini qiz tomon tayyorlab o‘zi bilan olib kelgan. Bu jihozlar uy sozi deb atalgan. Yangi oilaga qilingan uyning kigizlari oq yoki oqish junlardan tayyorlangan va tashqi jihozlari ham yangi bo‘lganligi uchun oq uy (o‘tov) deb atalgan. Kelin tushgan o‘tovning to‘riga chimildiq tutishgan, kelin-kuyovlar kechasi chimildiqqa kirib yotishgan va 40 kun chilla davrida chimildiqning ichiga begonalarning kirishi mumkin bo‘lmagan. Kelinning onasi kelin-kuyovlar uchun “xasali po‘stak” qilgan va ular tunni shu “xasali po‘stak” ustida o‘tkazishgan. “Xasali po‘stak” kishi hayotida bir marta qilinib, u qo‘y terisidan tayyorlangan. Bu po‘stak 5-6 teridan tayyorlangan, har xil ranglarga bo‘yalib 12-14 sm enlilikda tasma qilib kesib chiqilgan. Tayyor bo‘lgan tasma terilar markazdagi yaxlit terining atroflariga navbatma-navbat tikib chiqilgan. Xasali po‘stakning o‘rtasiga oq teri qo‘yilgan bo‘lsa, po‘stakning eng chetdagi oxirgi terisi qora bo‘lgan, shu tariqa tasmalar ketma-ketlikda tikilib kelin-kuyovlar asal oyini o‘tkazadigan “xasali po‘stak” tayyor bo‘lgan. Bu to‘shakning nomlanishiga kelsak, u kelin-kuyovlarning birinchi “asal oyi” uchun mo‘ljallanganligini hisobga olib, so‘ngra voha ko‘chmanchi qo‘ng‘irotlari shevasida “asalli po‘stak”-“xasali po‘stak” deb atalib ketganligi haqiqatga yaqinroqdir 1 . Yangi oila qurgan kelin-kuyovlar o‘tovida ular bir bolali bo‘lguncha uy-ro‘zg‘or buyumlari, idish tovoqlar va xo‘jalik buyumlari qo‘yilmagan. Bu davrda o‘tovning ichki qismida napramach (qo‘ng‘irotlarda sandiq vazifasini bajargan old tomoni qalin gilam (xoli gilamday)day qilib yon va orqa tomoni taqir gilamday qilib to‘qilgan buyum “napramach” (gazmollar-materiallar atlas, beqasam) narsalar bilan to‘ldirilgach, og‘zidagi ilgaklaridan ip o‘tkazilib mahkamlangan), uning 1 Bo‘riev O., Xo‘jamberdiev T. O‘zbek xalqi boqiy qadriyatlari.....−B.89.
116 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc ustiga bo‘g‘jomaga o‘ralgan “bo‘g‘cha” qo‘yilib (unda yangi kiyimlar saqlangan), so‘ngra kelinning yuki (juk)i yig‘ilgan. Shuningdek o‘tov ichi kelin sepi, to‘shab qo‘yilgan gilamlar, kelin qo‘li bilan tikilgan turli xil kashtalar va sochiqlar bilan bezab qo‘yilgan. Ular bir bolali bo‘lganlaridan so‘ng chaqaloq uchun zarur bo‘lgan buyumlar va narsalarni o‘tov ichiga olib kirishgan. Qolgan uy-ro‘zg‘or, xo‘jalik buyumlari, idish tovoqlar va boshqa kerakli narsalar yangi oilaga mustaqil bo‘lib, ajralib chiqqandan keyin ota tomonidan berilgan. Hududning yarim o‘troq chorvador ko‘chmanchi aholisining uy to‘shamalari to‘qilgan shol gilamlardan, jundan tayyorlab ishlatilgan rangli va rangsiz kigizlardan (juzlarda “takiyamat” deyiladi), shuningdek, oshlangan (iylangan) qo‘y va echki terilaridan iborat bo‘lgan. Uy to‘shamalari ustidan oddiy qo‘lda to‘qilgan matolardan qilingan ko‘rpachalar solingan. Bundan tashqari, uyda ko‘rpa va quroq yostiqlar ham bo‘lib, bularning hammasini uy bekasi o‘z qo‘li bilan tayyorlagan. Uyning ichi paxta pilikli “qorachiroq” bilan yoritilgan bo‘lib, u qo‘yidagicha tayyorlangan. Shisha ichiga moy (jermoyi) solinib, og‘zi xamir bilan suvalgan, xamir o‘rtasidan paxtadan eshilgan pilik o‘tkazilib, uchi chiqarib qo‘yilgan va yoqilgan. O‘tovning yoritilishida qorachiroqgacha nimadan foydalanganligi haqida B.X.Karmisheva asaridagi ma’lumotlarga qaraganda։ “Qariyalarning eslashicha qadimda o‘tovlarning yoritilishida gulxandan, keyinroq mash’aladan (kechki ovqat paytida navbatma-navbat mash’alani ushlab turishgan), so‘ngra chiroq ko‘rinishidagi ko‘zachadan foydalanilgan. Ko‘zachaning yon tomonlari bir nechta teshiklardan iborat bo‘lgan. Ko‘za (kuvshin) da quritilgan ot tezagi yoqilgan, ko‘zacha teshiklaridan tushgan yorug‘lik o‘tovni yoritgan, hatto ko‘zacha yorug‘ligida ayollar kashta tikishgan” 2 . Demak, ota-bobolarimiz qadimda o‘tovni yoritishda։ gulxan, mash’ala, ko‘za-chiroq, qora-chiroqlardan foydalangan. Bugun “qorachiroq” ni Surxondaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyida ko‘rish mumkin. Ayrim etnografik guruhlar (juz, qo‘ng‘irot, musobozori, barloslar)da 1960 yillarning boshlarigacha, loydan qurilgan uylardan tashqari o‘tov (uy) ham saqlanib qolgan. Juzlarda “O‘z uying o‘ligingni chiqarar” deb, oilada keksalardan birontasi o‘tib qolsa, o‘tovdan chiqarilishi shart bo‘lgan. Bu udumga Juzlarda hozirgacha rioya qilinadi 3 . Xuddi shunday udum boshqa xalqlarda ham bo‘lgan, Farg‘ona vodiysi qipchoqlarida XX asr 40 yillariga qadar, qirg‘izlarda esa to hozirgi kungacha vafot etganlarga atalib maxsus o‘tov tiklanadi va marhum aynan o‘tovda yuvib poklanib oxirgi yo‘lga kuzatiladi 4 . O‘tov o‘rtasida gulxan yoqilib isitilgan, yuqorida tutun chiqadigan va yorug‘ kiradigan tuynuk qo‘yilgan. Gulxan yoqiladigan joyga temir sepoyadan o‘choq qilib qozon osilgan. Izg‘irin sovuqlarda gulxan yoqilib bo‘lgach, yuqoridagi mo‘ri kigiz bilan berkitilgan. Yozgi issiqda mo‘rining ham, keragalar o‘ralgan kigizning ham, pastki tomoni shabada kirishi uchun ochib qo‘yilgan. O‘tovni jihozlashda asosan jundan ishlangan turli xalta, to‘rva, gilam, har xil yog‘och va temir buyumlar, sandiq, oyoq ostiga bo‘yra, palos, kigiz, echki va qo‘y terisidan ishlov berib tayyorlangan po‘stak, ko‘rpa, ko‘rpachalar va hokazalar ishlatilgan. O‘troq va yarim o‘troq o‘zbeklarda chayla, kapa, lochiq shaklidagi turarjoylar ham bo‘lgan. Mintaqada XX asrning 30-yillarigacha ular bu turarjoy turlaridan vaqtinchalik boshpana sifatida foydalanganlar. 2 Кармышева Б.Х. Узбеки-локайцы Южного Таджикистана // ТИИАЭ.АН.Тадж.ССР.−Сталинабад, 1954. Вып. XXVIII.−С.139. 3 Dala yozuvlari. Oltinsoy tumani. Kichchik vaxshivor, obshir qishloqlari. 2025-y. 4 Ashirov A. O‘zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi –T., 2007.−B.176.
117 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc O‘tmishda o‘zbek va qozoqlarda cho‘ponlarning konussimon, boshlari biriktirib bog‘langan turarjoylari o‘zining qurilish uslubi va ko‘rinishi bilan qadimgi skiflar turarjoylariga ma’lum ma’noda o‘xshab ketadi. Sodda tuzilishi va tezda yig‘ib olishga qulayligi bilan mavsumiy va vaqtinchalik bunday turarjoylar dastlab xashak, qamish bilan keyinchalik kigizlar bilan yopilib, o‘zbeklarda “chayla”, “kapa”, qozoqlarda “kurke” 5 deb nomlangan. “Cho‘pon chaylasi” nomli bunday konussimon chaylalar qora uylar bilan birgalikda keyingi davrlargacha yetib kelgan. Ko‘chmanchilarning mukammallashib borgan turarjoy shakli, bu gumbazsimon shakldagi tol xodalaridan egib yasalgan va chang‘aroq o‘rnida halqaga bog‘langan “mo‘rili chayla”dir. Bunday turarjoy eramizgacha birinchi ming yillik oxirlarida paydo bo‘lgan bo‘lib, skiflar uni “xunlar chaylasi” deb ataganlar 6 . Shunga o‘xshash, o‘q o‘rnida egilgan xodalar, chang‘aroqqa o‘xshash xalqaga ega va yonlarida keraga yoki yerga ko‘milgan tik o‘qlar bo‘lgani “lochiq” deb ataladi. Lochiqlar o‘z taraqqiyoti, shakli va yasalish texnikasi bilan qadimgi xunlarning chaylasiga juda ham o‘xshab ketadi. Lochiq kigiz, ayrim hollarda qamish bilan yopilgan. Chaylalar esa ba’zan loy bilan suvalgan. Ko‘chmanchi hayotning qora uy shaklli, lochiqlardan Qabodiyon, Kofirnihon va Bobotog‘ etaklarida, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarida yashovchi qarluqlar, do‘rmonlar, barloslar o‘tmishda keng foydalanganlar. Shuningdek, Janubiy tog‘li Tojikiston va O‘zbekiston aholisida ham lochiq keng tarqalgan. Lochiq turarjoy sifatida turkiyalik yuriklarda 7 , ozarbayjonlarda 8 , qolaversa, qirg‘iz 9 va turkmanlarda 10 ham mavjuddir. Xulosa qilish mumkinki, XX asr boshlarida mintaqa aholisining turarjoylari taraqqiyotiga ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va etnomadaniy jarayonlar ta’sir etgan. Bu ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar hudud aholisining an’anaviy turarjoylarining o‘ziga xos transformatsiyalashuviga sabab bo‘lgan. Ayniqsa, yarimo‘troq xalqlar turmush tarzining o‘zgarib borishi, ularning an’anaviy xo‘jalik faoliyatining ham o‘zgarishiga olib kelgan. References: 1. Bo‘riev O., Xo‘jamberdiev T. O‘zbek xalqi boqiy qadriyatlari.....−B.89. 2. Кармышева Б.Х. Узбеки-локайцы Южного Таджикистана // ТИИАЭ. АН. Тадж. ССР. −Сталинабад, 1954. Вып. XXVIII.−С.139. 3. Dala yozuvlari. Oltinsoy tumani. Kichchik vaxshivor, obshir qishloqlari. 2025-y. 4. Ashirov A. O‘zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi –T., 2007.−B.176. 5. Муканов М.С. Халык мурасы. Алма-Ата, 1974.−С. 99. 6. Муканов М.С. Казахская юрта.-Алма-Ата։ Кэйнер, 1981.−С.202, 204-206. 7. Еремеев Д.Е. Происхождение юриков и туркмен Турции и основные этапы их истории // ТИЭ. Н.С. Т.83. М., 1963.−С.40. 8. Кулиева М.В. Кибитка на яйлачах тюрок Казахского уезда // Баку։ Изд.Об-ва обследования и изучения Азербайджана.−Баку.-1927.№5.−С.45. 5 Муканов М.С. Халык мурасы. Алма-Ата, 1974.−С. 99. 6 Муканов М.С. Казахская юрта.-Алма-Ата։ Кэйнер, 1981.−С.202, 204-206. 7 Еремеев Д.Е. Происхождение юриков и туркмен Турции и основные этапы их истории // ТИЭ. Н.С. Т.83. М., 1963.−С.40. 8 Кулиева М.В. Кибитка на яйлачах тюрок Казахского уезда // Баку։ Изд.Об-ва обследования и изучения Азербайджана.−Баку.-1927.№5.−С.45. 9 Антипина К.И. Особенности материальной культуры южных киргизов. Фрунзе, 1963.−С.166. 10 Борозна Н.Г. Материальная культура узбеков Бабатага и долины Кафирнигана // Материальная культура народов Средней Азии и Казахстана.М., 1966.−С.100.
118 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 9. Антипина К.И. Особенности материальной культуры южных киргизов. Фрунзе, 1963.−С.166. 10. Борозна Н.Г. Материальная культура узбеков Бабатага и долины Кафирнигана // Материальная культура народов Средней Азии и Казахстана.М., 1966.−С.100.