BUXORO XONLIGIDA XALQARO DIPLOMATIYA VA TASHQI ALOQALAR
Full text
119 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc BUXORO XONLIGIDA XALQARO DIPLOMATIYA VA TASHQI ALOQALAR Mamarajabov Bobir Normo‘min o‘g‘li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi [email protected] Davlatov Orziqul Bahodirovich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 4-kurs talabasi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17640336 Annotatsiya: Ushbu maqolada Buxoro xonligining xalqaro diplomatiyasi va tashqi siyosiy aloqalari tahlil qilingan. Unda xonlikning qo‘shni davlatlar bilan boʻlgan siyosati, hamda boshqa mamlakatlar bilan olib borgan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy munosabatlari yoritilgan. Maqolada Buxoro xonlarining diplomatik siyosati, elchilik aloqalari, bitim va shartnomalar, hamda bu aloqalarning mintaqadagi siyosiy barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyotga ta’siri tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada Buxoro xonligining tashqi siyosiy yo‘nalishlari koʻproq iqtisodiy va siyosiy omillarni koʻzlaganini koʻrib oʻtamiz. Kalit so‘zlar: Buxoro xonligi, diplomatiya, tashqi siyosat, elchilik, Rossiya imperiyasi, Abdullaxon II, Ashtarxoniylar diplomatiyasi Annotation: This article analyzes the international diplomacy and foreign political relations of the Bukhara Khanate. It highlights the Khanate’s policies toward neighboring states, as well as its political, trade-economic, and cultural relations with other countries. The article examines the diplomatic strategies of the Bukhara rulers, their embassies, treaties, and agreements, along with the impact of these relations on regional political stability and economic development. Furthermore, it observes that the foreign policy directions of the Bukhara Khanate were primarily driven by economic and political factors. Keywords: Bukhara Khanate, diplomacy, foreign policy, embassy, Russian Empire, Abdullakhan II, Ashtarkhanid diplomacy Аннотация: В данной статье анализируется международная дипломатия и внешнеполитические связи Бухарского ханства. Освещаются политика ханства в отношении соседних государств, а также его политические, торгово-экономические и культурные отношения с другими странами. В статье рассматриваются дипломатическая деятельность бухарских ханов, посольские отношения, соглашения и договоры, а также влияние этих связей на политическую стабильность и экономическое развитие региона. Кроме того, отмечается, что внешнеполитические направления Бухарского ханства в значительной степени были обусловлены экономическими и политическими факторами. Ключевые слова: Бухарское ханство, дипломатия, внешняя политика, посольство, Российская империя, Абдуллахан II, дипломатия Аштарханидов. Kirish. Buxoro xonligi Oʻrta Osiyoda XVI asrdan XVIII asr oʻrtalarigacha boʻlgan davrda muhim oʻrin tutgan. Buxoro xonligi uchun asosiy poydevorni Shayboniyxon qurgan boʻlsa ham, rasmiy ravishda Buxoro xonligi nomi Ubaydullaxon nomi bilan bogʻliq, negaki deganda u poytaxtni Buxoroga koʻchirgan edi. Ubaydullaxon 1511-yildan boshlab siyosiy muhitda obroʻyi oshib, davlat uchun kurash olib borgan. 1 Muhammad Yusuf Munshiy Ubaydullaxonning 2800 kishilik qoʻshin bilan Buxoroga kelgani va Zahiriddin Muhammad Boburni yengani haqida maʼlumot bergani, 1 Mirzo Muhammad Haydar Ayoziy “Tarixi Rashidiy” Toshkent “O‘zbekiston” 2011. B.349-350
120 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Ubaydullaxonning mohir diplomat, sarkarda ekanligidan dalolat beradi. 2 U 1533-1540-yillarda Buxoro xonligida hukmronlik qiladi. U oʻz davlati chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi. Ayni paytda u mamlakat ichkarisidagi o‘zaro kurashlar va tarqoqlikka ham barham bergan 3 . Buxoro xonligining diplomatiyasini esa oʻz navbatida 2 qismga boʻlib oʻrganish mumkin: 1. Shayboniylar diplomatiyasi 2. Ashtarxoniylar diplomatiyasi Asosiy qism. Shayboniylar davrida Buxoro xonligi Hindiston, Rossiya, Eron va Turkiya bilan tashqi aloqalar oʻrnatgan 4 . Biz buni tarixi maʼlumotlar asosida koʻrib oʻtamiz. 1528-yil Bobur Agradagi elchilarni qabul qilish marosimi haqida yozar ekan, Movarounnahrdan kelgan Ko‘chkunchixon elchilariga chap tomondan joy berilgani, ularga Eron, Hind va boshqa yurtlardan kelgan elchilar bilan bir xil munosabatda bo‘linganligini ta’kidlaydi. Bobur bu manzarani ta’riflay turib, boshqa davlat elchilarining kimligi, ularni kim yuborganligi, ularga qanday munosabatda bo‘linganligi singari masalalarga to‘xtalmasa ham Movarounnahrdan kelgan elchilar Koʻchkunchixon, Abu Saidxon, Mehrixonim (Shayboniyxonning kelini, Temur sultonning xotini) va uning oʻgʻli Poʻlat sultonlar tomonidan yuborilgani, ularga qanday sovg‘alar ulashilganini batafsil yozib oʻtgan. Buxoro xonligining Hindiston bilan diplomatik aloqalari Abdullaxon va Akbarshoh (1556-1605) davrida, ayniqsa, faollashdi. Abdullaxonning elchisi Oltamish 1572-yili Dehliga boradi. Elchi Abdullaxonning har ikkala mamlakat o‘rtasida davom etib kelayotgan do‘stlik aloqalarini kuchaytirish haqidagi maktubini topshirgan. Akbar o‘zbek elchisini, Gujarat yurishi muvaffaqiyatli tugagach, qabul qilgan. Akbar elchi orqali Abdullaxon nomiga yuborgan maktubida do‘stlik munosabatlarini o‘rnatishga rozi ekanligini bildirgan. Koʻrishimiz mumkinki, XVI asrning ikkinchi yarmida shayboniylar sulola hukmronlik yillari, ayniqsa, Abdullaxon ibn Iskandarxon davrida Buxoro xonligi bilan Boburiylar davlati o‘rtasida olib borilgan elchilik munosabatlari muntazam ravishda davom etib turgan. Bunda har ikki davlat iqtisodiy va siyosiy munosabatlarining yo‘lga qo‘yilishida manfaatdor bo‘ganligini anglash mumkin. 5 Subhonqulixon diplomatiyasi haqida manbalarda aytilishicha, Hind elchisi bilan Buxoro xoni o‘rtasida Eronga qarshi bir ittifoq tuzilgan. Subhonqulixon shu ittifoqqa suyangan holda Xurosonni bosib olish uchun bir necha bor hujum uyushtirgan, lekin o‘sha vaqtda Xiva xoni Erengxonning Buxoroga qo‘shin tortib kelishi Xuroson urushining muvaffaqiyatli chiqishiga to‘sqinlik qilgan. 6 Lekin ayni Subhonqulixon davrida Balx uchun Boburiy shahzodalar bilan nizolar kelib chiqqanligi, bu urushgacha borganligi ham tarixiy manbalarda aks etgan. 7 Buxoro xonligining Usmoniylar bilan aloqalari Eronning tajovuzi bilan boshlandi. 1514-yil avgust oyida Usmoniylar sultoni Yovuz Salim I ning (1512-1520) Muhammadbek orqali Shayboniylar hukmdori Ko‘chkinchixonga (1510-1530) yuborgan maktubi ikki davlat o‘rtasida siyosiy munosabatlarning o‘rnatilishiga yo‘l ochdi. Usmoniylar sultoni Sulaymon (Qonuniy) (15201566) va Shayboniylar hukumdori Ubaydulloxonning (1533-1539) Eronga qarshi birgalikda kurashish maqsadida qilgan harakatlari bu davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning kuchayishiga olib keldi. 1639-yilda Usmoniylar sultoni Murod IV Ashtarxoniylar hukumdori Imomqulixonga elchi 2 Мухаммад Юсуф Мунши “Мукимканская история” Ташкент “Узбекистан сср” 1956. Стр.54 3 Akbar Zamonov “Buxoro xonligi tarixi” Toshkent-2021. B.53-54 4 Bekzod Mirzayev “Ubaydullaxon – Shayboniylar davlatining hukmdori” Toshkent “Mumtoz so‘z” 2016. B.26-27 5 Akbar Zamonov “Buxoro xonligi tarixi” toshkent-2021. B.163-164 6 Akbar Zamonov, Farruh Subhonov “Buxoro xonligining Ashtarxoniy hukmdorlari” Toshkent “BAYOZ” 2021. B.81-82 7 Muhammad Amin Buxoriy “Muhit at-tavorix” nashrga tayyorlovchilar: R.T. Xudayberganov, S.M. Akbarova Toshkent “FAN” 2020. B.69-74
121 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc yuborib Eronga qarshi birgalikda hujum qilishni taklif qiladi. Uning taklifiga Imomqulxon qanday javob berganligi haqida manbalarda ma’lumot uchramasa ham shunisi ma’lumki bu davrda Imomqulixon va Eron shohi Abbos o‘rtasida yaxshi munosabatlar yo‘lga qo‘yilgan. 1690-yilda Ashtarxoniylar va Usmoniylar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirish maqsadida Subxonqulixon Sulton Sulaymon II huzuriga elchilarni yuboradi. Shundan so‘ng manbalarda ko‘rsatilishicha sulton Ahmad II ning (1691-1695) elchisi mustafo Choush Subxonqulixon huzurida bo‘lgan va ular bir qancha kelishuvlarga erishishgan. 8 Natija va muhokamalar. Buxoro xonligi bilan Rossiya imperiyasi oʻrtasida munosabatlar nizoli vaziyatlar bilan oʻtdi. Chunki XIX asr oʻrtalarigacha Rossiya davlati Buxoro xonligi bilan faqat savdo-elchilik munosabatlarda boʻlgan. Buxoro savdogarlari XVI-XVII asrlardayoq rus yarmarkalarida savdo qilganlar. Numizmatika va arxeologiya boʻyicha taniqli mutaxassis P. Savelyev Rossiyaning Buxoro bilan doimiy savdo aloqalariga ega boʻlishiga qaramay, Ivan Grozniy davridagi ingliz elchisi A. Jenkinson — “ikki yarim asrdan koʻproq vaqt davomida bu shaharga birorta ham yevropalik sayyoh tashrif buyurmaganligini” taʼkidlab oʻtgan. Biroq siyosiy va davlatlararo munosabatlar juda qiyinchilik bilan o‘rnatildi. Chunki Buxoro xonlari rus vakillarini kiritishni istamas edilar. 9 Rossiya bilan diplomatik munosabatlar va savdo aloqalari Abdullaxon II tomonidan 1585yilda Muhammad Ali boshchiligida, 1589-yilda Do‘stum boshchiligida Moskvaga yuborilgan. Elchilar Moskva hukmdori tomonidan iliq kutib olingan. Bu ikki elchilik oldiga o‘rtadagi savdo-sotiq munosabatlarini tartibga solish vazifasi yuklatilgan edi. Elchilar Rossiya podshosi Fyodor Ivanovichga Abdullaxon II ning buxorolik savdogarlar uchun Moskva davlatidagi barcha shaharlarda erkin savdo qilish imkoniyatini yaratish, Qozon va Astraxanda doimiy bozorlar ajratish iltimos qilingan xatini keltirgan. Rus podshosi bu iltimoslarni to‘liq bajarganligi o‘sha davr hujjatlarida o‘z aksini topgan. 10 Buxoro va Rossiya o‘rtasidagi do‘stona aloqalar XVI asr oxirida, xususan Sibir xonligining ruslar tomonidan bosib olinishi tufayli biroz buzilgan bo‘lsada, amalda butunlay to‘xtab qolmadi. 1589-yili Moskvada bo‘lgan Buxoro elchisi Do‘stum orqali Abdullaxon II ruslarning Sibir xonligidagi tajovuzini qoralagan va o‘z noroziligini bildirgan edi. 1589-yildayoq Buxoroga tatar millatiga mansub Boybo‘ri Toychiyev boshchiligidagi Moskva elchilari keladi va buxorolik savdogarlarga Sibir shaharlarida katta imtiyozlar yaratishga rus hukumati tayyor ekanini bildirib, ikki o‘rtadagi siyosiy kelishmovchiliklarni biroz yumshatishga erishdi. XVII asrda Buxoro va Moskva davlati o‘rtasidagi elchilik aloqalari yanada rivojlandi va ikki taraf uchun keng imkoniyatlarni ochadi. 11 Xullas yuqorida Buxoro xonligining Boburiylar davlati, Usmoniylar imperiyasi va Rossiya bilan diplomatik aloqalarini koʻrib oʻtdik. Demak, Buxoro xonligi ham XVI asrdan XVIII asr oʻrtalarigacha tashqi dunyodan uzilmagan holda diplomatiya olib borgan. Manfaatlar toʻqnashuvi tufayli baʼzi davlatlar bilan oʻziga foydali boʻlgan kelishuvlarga erishgan. Xulosa. Yuqorida koʻrib oʻtdik Buxoro xonligining tashqi siyosati va diplomatik faoliyati Markaziy Osiyo tarixida oʻz oʻrniga ega. Xonlik o‘z davrida mintaqadagi yirik siyosiy kuchlardan biri sifatida xalqaro munosabatlarda faol ishtirok etgan. Boburiylar davlati, Usmoniylar imperiyasi va Rossiya bilan o‘rnatilgan elchilik aloqalari bu davlatlar o‘rtasida harbiy-siyosiy, savdo, madaniyat va ilm-fan sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilgan. Bu davlatlar tashqi munosabatlari diplomatik aloqalari mintaqaviy siyosat tarixini ancha boyitganiga amin boʻldik. 8 Erqo‘ziyev A. “Buxoro xonligi tarixi” (o‘quv qoʻllanma) Namangan-2018. 9 Прищепова В.А. ”Бухарское ханство в фотоколлекциях маэ” 2011 https://share.google/S1ikR89nR55oHcHGU 10 Абаева Т. Г. Из истории взаимоотношений государства русского и народов Афганистана (XVII начало ХІХ вв.) // Очерки по новой истории Афганистана. Ташкент. 1966 11 Azamat Ziyo “O‘ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXI” Toshkent “SHARQ” 2000.
122 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc References: 1. Mirzo Muhammad Haydar Ayoziy “Tarixi rashidiy” Toshkent “O‘zbekiston” 2011. 2. Мухаммад Юсуф Мунши “Мукимканская история” Ташкент “Узбекистан сср” 1956. 3. Akbar Zamonov “Buxoro xonligi tarixi” Toshkent-2021. 4. Bekzod Mirzayev “Ubaydullaxon – Shayboniylar davlatining hukmdorI” Toshkent “Mumtoz so‘z” 2016. 5. Akbar Zamonov, Farruh Subhonov “Buxoro xonligining ashtarxoniy hukmdorlari” Toshkent “Bayoz” 2021. 6. Muhammad Amin Buxoriy “Muhit at-tavorix” nashrga tayyorlovchilar: R.T. Xudayberganov, S.M. Akbarova Toshkent “Fan” 2020. 7. Anvar Erqo‘ziyev “Buxoro xonligi tarixi” (o‘quv qoʻllanma) Namangan-2018. 8. В.А. Прищепова ”Бухарское ханство в фотоколлекциях МАЭ” 2011 https://share.google/S1ikR89nR55oHcHGU